Mundarija kirish I bob. Web texnologiyalar va ularning imkoniyatlari §



Download 23,59 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi23,59 Kb.
#467165
  1   2
Bog'liq
Эшпулатов БМИ


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Web texnologiyalar bo`limini o‘qitish metodikasi
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. WEB TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING IMKONIYATLARI
§1.1. Web texnologiya va uning asosiy tushunchalari.
§1.2. Web texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
II BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA WEB TEXNOLOGIYALAR BO`LIMINI O‘QITISH
§2.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni tashkil etishda aralash ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
§2.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Web texnologiyalar bo`limini oʻqitish metodikasi
III BOB. TAJRIBA-SINOVI ISHLARI VA UNING TAHLILI
3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari
3.2. Tajriba-sinovi natijalarining tahlili
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
GLOSSARRIY
ILOVALAR

KIRISH


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishdan toʻrtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolarni barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital taʻmirlash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan toʻliq taʻminlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Umumiy oʻrta ta’lim sifatini tubdan oshirishda, qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, informatika, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga alohida eʻtibor qaratiladi.
Prezidentimizning 2020- yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sohada yangi tartiblar joriy etildi. Jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati 24 tadan 67 taga kengaytirildi. Internet tarmog‘i orqali bajariladigan bir qator istiqbolli frilansing turlari, xususan, matnni yaratish va ishlov berish, tarjimonlik, multimedia, veb-dizayn, san’at materiallarini yaratish va ishlov berish, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, ularni texnik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, turli sohalarda onlayn maslahatlar berish singari yo‘nalishlar ushbu ro’yxatga kiritildi.
Endilikda frilanserlarga yakka tartibdagi tadbirkor maqomi berilib, ular qonunchilikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan barcha huquq va imtiyozlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Ma’lumki, soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilishning o‘zi kifoya. Frilanserlar, shuningdek pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan tegishli ish stajiga ega bo‘lishlari mumkin. Buning uchun frilanserlar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida ijtimoiy soliq to‘lashlari kifoya. Ushbu summa to‘liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Qarorga asosan frilanserlik bilan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda, O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish huquqi berilmoqda. Frilanserlar shartnoma tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Frilanserlik dunyoda, xususan, AQSh, Rossiya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida shiddat bilan rivojlanayotganini ta’kidlash mumkin. Ko‘plab mamlakatlarda faoliyatning ushbu turi qonuniy asosga ega. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda Amerikada ish bilan band aholining 37, Rossiya Federatsiyasida 4, Hindistonda esa taxminan 1,5 foizini frilanserlar tashkil etadi.
Ta’limning bugungi vazifasi kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida bilim oluvchilarga axborotlar oqimidan samarali foydalanishni o'rgatish va ularga mustaqil ishlash imkoniyatini yaratib berishdir. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1 degan so’zlari buning yaqqol isbotidir.
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ilgari surilgan “beshta tashabbus” ham ta’limga bo’lgan e’tibordan darak beradi.
Xususan tashabbusning 3-yo’nalishi yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish yo’nalishida aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish ko’zda tutilgan.

Download 23,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish