Mundarija kirish I. Boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslari


II. BOB. ZAMONAVIY BOSHQARUVNING MA’NAVIY-MA’RIFIY JIHATLARI VA UNING TAHLILI



Download 291,5 Kb.
bet5/8
Sana11.03.2022
Hajmi291,5 Kb.
#490838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistonda zamonaviy boshq

II. BOB. ZAMONAVIY BOSHQARUVNING MA’NAVIY-MA’RIFIY JIHATLARI VA UNING TAHLILI
II.1. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish
Pedagog ta’lim-tarbiya jarayoni subyekti sifatida jamiyatning boshqa ijtimoiy guruhlariga nisbatan hayotda muayyan mavqega ega. U jamiyatda sog’lom avlodni tarbiyalash jarayoni uchun mas’uldir. “Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalat qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat, shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi”.1 U mazkur jarayonni boshqaradi, rahbarlik qiladi, shaklan va mazmunan tashkil etadi, uning natijasi uchun bevosita javobgar hisoblanadi. Ushbu mas’uliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish garovi esa ko‘p jihatdan pedagogning axloqiy madaniyatlilik darajasiga bog’liq. Chunki u davlat tomonidan berilgan vakolatlar, huquqlar, imtiyozlar asosida davlatning boshqaruv, ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalarini amalga oshirish siyosatini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Ayni paytda, unga mas’uliyat va majburiyat ham yuklanadi. Demak, u imtiyoz va mas’uliyat oralig‘ida o‘ziga xos faoliyat yurituvchi shaxsdir. Boshqa ijtimoiy guruhlarga nisbatan u ana shu ziddiyat qurshovida bo‘ladi. Bu “qurshov”da mo‘tadil harakat qilishi uchun uning o‘zi axloqiy madaniyatga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir. Olimlar fikricha, axloqiy madaniyat inson uchun eng muhim vazifani bajaradi, ya’ni:
1. Axloqiy madaniyat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning hosilasi sifatida kishini umumiy axloq meyorlariga moslashtiradi.
2. Bu moslashtirishda insonning tabiati, aqli, insoniy his-tuyg’ulari, o‘zini anglash layoqati, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lish jarayonini takomillashtiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya sohasida rahbar imtiyoz va majburiyat oralig’ida faoliyat yuritar ekan, umumaxloqiy meyorlarga moslashishi va buning vositasida o‘z axloqiy ongini takomillashtirib borishi lozim. Agar u takomillashib borishdan bir lahza to‘xtasa, mo‘tadil yo‘lni qo‘ldan boy beradi. Shu ma’noda, Prezident I. A. Karimovning: “Zamon talablariga mos bo‘lish uchun hammamiz qaytadan o‘qishimiz darkor. Buning aybi yo‘q. O‘qish va o‘rganish hech kimga zarar yetkazmagan. Agar qaysarlikka borib, masalaning mohiyatini yaxshi tushunmasak, unda xato qilamiz. Lavozim va vazifaga ega bo‘liboq darrov o‘zgarib qolamiz. Boshqalarni nazarga ilmay qo‘yamiz. Xuddi atrofdagilarning bizdan aqli, saviyasi pastdek tuyuladi. Eng katta xatomiz ana shunda”, – degan fikri aynan jamiyatning har bir a’zosi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv pedagogning o‘z axloqiy madaniyatini takomillashtirib borishda “o‘qish va o‘rganish yo‘li”dan borishini taqozo etadi. Chunki o‘qish va o‘rganish pedagog uchun axloqiy madaniyatning g’oyaviy asoslarini egallashi uchun zamin hisoblanadi.
Ushbu muammo tarixiy xarakterga ega bo‘lib, asrlar osha dolzarblik kasb etib kelmoqda. Jumladan, Sharq va G‘arb falsafiy-axloqiy tafakkur rivojida axloqiy ong va axloqiy xatti-harakatlar muammosiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu borada dastlab Sharq donishmandi Konfutsiy “Davlat – bu katta bir oila, davlat ayonlari (xizmatchilari) xuddi oiladagi singari kichikning kattalarga bo‘ysunishi qoidasiga amal qilishlari kerak”, degan g‘oyani ilgari surgan. Mazkur g’oyada quyidagilar aks etgan: birinchisi, davlat oila kabi shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqaradi; shu jumladan, ta’lim muassasasi ham shu maqsadni amalga oshiradi; ikkinchisi, ta’lim muassasasi o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘z mavqelari bo‘yicha bir-birlariga axloqiy munosabatda bo‘lishlari kerak, bu xuddi kichik yoshdagilarning katta yoshdagilarga hurmat munosabatida bo‘lishiga o‘xshaydi. Demak, ta’lim muassasalari manfaat manbai ekanini o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham anglab olishi lozim. Konfutsiyning “Davlatni boshqarishda odam o‘ldirish shartmi? Agar siz ezgulikka intilsangiz, xalq ham ezgu axloqli bo‘ladi. Mardning axloqi shamolga o‘xshaydi, nomardning axloqi esa maysaga o‘xshaydi. Maysa shamol qaysi tomonga essa, shu tomonga egiladi”, degan fikri o‘qituvchi uchun ham taalluqlidir. Demak, bunday shaxsda ezgulik, mardlik, yetakchilik kabi axloqiy sifatlar bo‘lishi lozim.
Mardlik – bu inson tabiatiga xos bo‘lgan o‘zgalar xatosini kechirish va o‘zgalarni xatoga yo‘l qo‘ymaslikka undash kabi xatti-harakatlardir. Bunday xatti-harakat esa yetakchilik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Konfutsiy nazarida yetakchilikning mazmuni shundan iboratki, u xuddi shamol maysani tebratib chiniqtirish asosida voyaga yetkazgani singari o‘qituvchi ham o‘z o‘quvchilarini maqsadli ravishda tarbiyalab boradi. Zero, Konfutsiy bunday axloq sifatlariga ega shaxsning g‘olib va yetuk shaxs bo‘lishiga ishonadi. Bu borada u o‘zi ma’qul ko‘rgan quyidagi yo‘lni tavsiya qiladi: “Agar boyliklar kishilarga teng taqsimlansa, kambag’allik bo‘lmaydi; agar mamlakatda hamjihatlik bo‘lsa, aholi soni ko‘payib boradi; agar davlatda tinchlik hukm sursa, hukmdorga tahdid bo‘lmaydi”. Bu fikrlar ham aynan ta’lim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchi bilan bog’liq zanjirga bevosita taalluqlidir. Demak, pedagog yuksak axloqiy madaniyatga ega bo‘lishi uchun tenglik, hamjihatlik, tinchlik tamoyillariga amal qilishi kerak. Kon­futsiy fikricha, “davlat boshqaruvida qonunga asoslanish jazo vositasida tartib o‘rnatishga, ezgulik va urf-odatlarga asoslanib boshqarish esa tabiiy tartib o‘rnatishga olib keladi”. Buyuk donishmand bu bilan boshqaruvni an’anaviy tarzda amalga oshirish tarafdori ekanligini bildiradi. Bu o‘ziga xos bir qarash. Konfutsiyning zamondoshi Geppiy (er.av. V asr) fikriga ko‘ra, “qonunlar mazmuniga qattiq ishonish va unga mutlaq darajada itoat qilish shart emas”. Negaki, qonunlarga ko‘p o‘zgarishlar kiritib boriladi, lekin an’anaviy odatlar nisba­tan konservatorligi va axloqiy meyorlarga asoslanishi bilan yashovchan bo‘ladi. Bu esa ta’­lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda muhim ahamiyatga egadir.
Axloqiy madaniyat masalasiga doir yondashuvda G’arb donishmandi Aflotunning qarashlari ham Konfutsiy fikrlariga yaqin. U o‘zining “Davlat” asarida “ideal davlat oliy maqsad va koinot o‘rtasida mavjud bo‘ladi, bunday davlat o‘z boshqaruvida faqat adolatga asoslanadi. Ideal davlat g’oyasi esa insonning qalbida bo‘lishi kerak” degan g’oyani ilgari suradi. Shu ma’noda, buyuk donishmand insonning adolatlilik sifatiga ega bo‘lishi, oila, jamoa va davlatning adolatli bo‘lishiga olib kelishini ta’kidlaydi.
Aflotunning fikricha, adolatli inson va adolatli jamiyat bir-biriga o‘xshaydi. “Inson qalbidagi, – deb yozadi u, – donishmandlik, mardlik va yetakchilik tuyg’usi davlatga xos bo‘lgan kengashchilik, himoyachilik va tashabbuskorlikka o‘xshaydi”. Demak, har qanday pedagog oqillik, mardlik, yetakchilik kabi axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak: agar diqqat qilinsa, bu o‘rindagi “oqillik” sifati Konfutsiyda “ezgulik” deb berilgan. Har ikki mutafakkirning fikriga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda pedagogning adolat mezoniga amal qilishi ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Donishmandning fikricha, mehnatsevarlik, tenglik, mo‘tadillik axloqiy ong tamoyillari bo‘lib, ular ham o‘quvchiga, ham o‘qituvchiga xos xususiyat hisoblanadi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayonining obyekti va subyekti mehnat bilan axloqiy xatti-harakat qila oladi, tenglikka amal qilib o‘z maqsadiga erishadi va mo‘tadillikka rioya qilgan holda ta’lim oladi va ta’lim beradi.
Axloqiy madaniyat masalasiga Arastu ham o‘ziga xos tarzda yondashadi. Uning fikricha, “Davlat – farovon hayot barpo etish uchun quriladi. Shu sababli davlatni uyushgan bir jamoa deb qabul qilish lozim”.
Demak, ta’lim-tarbiya boshkaruvida ishtirok etuvchilar bir maqsad atrofida uyushgan jamoa hisoblanadi. Bu yagona maqsad esa “ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish”dan iboratdir. Xuddi shu o‘rinda o‘qituvchining axloqiy madaniyatga ega bo‘lishi masalasi yuzaga chiqadi. Chunki u sinf jamoasini boshqarish uchun mas’ul shaxs sifatida muayyan axlo­qiy me’yorlarga itoat qilishi shart.
Arastu bu masalani hal qilish uchun shaxs quyidagi axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi, bular: maqsadlilik, oqillik, ezgulik. Bu axloqiy sifatlar peda­gogni barkamol siyosiy shaxs sifatida voyaga yetkazadi, deb hisoblaydi. Arastu har bir shaxsda adolatparvarlik, mo‘tadillik, o‘rtahollik kabi sifatlarni tarkib toptirish uchun uni “aql” va “axloq” quroli vositasida to‘g’ri tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi. Bunda pedagog ta’lim-tarbiya jarayoni boshkaruvida adolat qoidasiga rioya qilishi, munosabatlarda mo‘tadil bo‘lishi va mulkka egalik qilishda o‘rtahollik yo‘lini tutishi lozim bo‘ladi. Ana shundagina u axloqiy madaniyatli pedagog hisoblanadi.
Ma’lumki, eramizgacha bo‘lgan davrda Sharq va G’arbning faylasuf- siyosatshunos mutafakkirlari axloqiy madaniyat masalasiga yondashishda turli qarashlarni olg’a surganlar. Bu quyidagilarda ko‘rinadi: birinchidan, har bir shaxs o‘ziga xos axloqiy madaniyatga ega bo‘lishi shart; ikkinchidan, shaxsning axloqiy madaniyati muayyan axloqiy meyorlar va axloqiy tamoyillar asosida shakllantiriladi; uchinchidan, ular mutafakkirlar bayon qilgan axlo­kiy sifatlar va tamoyillarga o‘xshash fazilatlarni qamrab oladi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash mil­liy dasturida belgilangan vazifalarni izchillik bilan hayotga tatbiq etilishida oliy ta’­limni rivojlantirish, Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish jarayonlarida ishni izchil tashkil eta oladigan malakali mutaxassislar tayyorlash, bevosita boshqaruvni pedagogik-psixologik bilimlar asosida tashkil etish davr talabidir.1
Boshqaruv kasbiy mahoratini yoshlarda shakllantirish va boshqarish ijtimoiy aql-idrokning doimiy rivojlantirilishiga asoslanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, darajasidan qat’i nazar, rahbarlar faoliyati samaradorligining 60-90 foizini kommunikativ omilkorlik belgilab beradi. O’zbekiston sharoitida sohalar bo‘yicha yetakchilarning vujudga kelishi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Imkoniyatdan foydalanib, yetakchilikni belgilovchi ayrim jihatlarga e’tibor qaratsak. Chunki yetakchilikka xos jihatlar boshqaruv mahoratining asosiy shakl va turlarini belgilab beradi.
Pedagogik jamoa ish unumining mahsuli aksariyat hollarda rahbarning jonkuyarligi, tadbirkorligiga, shuningdek, uning talabchanligiga ham bog’liq. Xodimlar boshini qovushtirib, reja asosida, adolat bilan jamoani boshqaruvchi rahbar jamoasida yutuqlar ko‘lami ortib boradi. Bugungi kunda barchamizning oldimizda ta’lim va tarbiyani uzviy bog’liq ravishda olib borish hamda barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim vazifalar turgan ekan, bunday mas’uliyat ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan har bir rahbarning chuqur bilimga ega, tashabbuskor, qobiliyatli, o‘zini el-yurt uchun fido qiladigan inson bo‘lishini talab etadi. Rahbarning tashkilotchilik salohiyati, jamoadagi ahillik, sog’lom psixologik muhit, ishning to‘gri yo‘lga qo‘yilganligi, zamon bilan hamnafas qadam tashlash kabi omillar har qaysi joyda muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Ma’lumki, rahbar kursisiga o‘tirgan har qanday shaxs, birinchi navbatda, o‘zida mavjud tashkilotchilik, yetakchilik qobiliyatini namoyon etish orqali jamoani o‘z orqasidan ergashtiradi. Rahbar, avvalo, o‘zining ijobiy va salbiy xususiyatlarini tahdil eta olishi lozim. Rahbarning qo‘l ostidagi xodimlar sifatiga qo‘yiladigan talablarni aniqlashi uchun ko‘plab metodologik usullar mavjud. Zamonaviy rahbar uchun zarur bo‘lgan eng asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: ochiqlik, xushmuomalalik bilan birga qattiqqo‘llik; yangilikni tez qabul qiluvchi va uni amalda qo‘llay biluvchi; dadil, jur’atli, har bir ishning natijasini oldindan ko’ra oluvchi; tajribali, ishga tanqidiy yondashuvchi; ishonch hosil qiluvchi; o‘zini tuta oluvchi; boshqalarni o‘z ustida ishlashga undovchi va turli kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan qisqa fursatda hal qiluvchi.
Rahbarga qo‘yiladigan talablarni ishga oid, axloqiy-psixologik, ilmiy kabi uch guruhga bo‘lish mumkin. Ishga oid guruhga, avvalo, uning tashkilotchilik, kadrlarni tanlay olish va ular bilan ishlash, kelishmovchiliklarni bartaraf eta olish, jamoani birlashtirish kabi xususiyatlari kirsa, axloqiy-psixologik guruhga pedagogik jamoadagi har bir xodim va o‘quvchilar bilan individual ishlay olish, axloqiy jihatdan namuna bo‘lish kabi sifatlar kiradi. Ilmiy guruhga, apbatta, rahbarning ilmiy salohiyati va pedagogik jamoa ilmiy salohiyatini oshirish, xodim-larning o‘z ustida ishlashini nazorat eta olish qobiliyatini kiritish mumkin.
Ishni ma’lum bir tizim asosida, maqsadli rejalashtirish ta’lim jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Har bir jamoada o‘ziga xos muhit, yutuq va muammolar mavjud. Ta’lim-tarbiya ishlarini yagona reja asosida olib borish boshqarish uslubining eng samarali va ajralmas qismidir. Tadqiqotlardan ma’lumki, har bir boshqaruv faoliyatida muayyan tizimning bo‘lishi shartdir. Tizim esa tasodifiy, bir-biriga aloqasi bo‘lmagan tadbirlar yig’indisidan iborat bo‘lmay, balki aniq sharoit, vaziyatning xususiyati hamda butun ta’lim tizimi jamoasi oldida turgan vazifalarning xususiyatlarini hisobga olib aniq tartibga solingan, bir-biri bilan uzviy bog’lik va chuqur, puxta o‘ylab ko‘rilgan reja-tadbirlar majmuidan iborat bo‘lishi talab etiladi. To‘g’ri tuzilgan ish rejasi xatoga yo‘l qo‘yishdan asrash bilan birga, ilgari yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishni ham ta’minlaydi. Kutilgan natija, monitoring tahlillari, xulosalarning ijobiy bo‘lishi, kafolati ham boshqaruvdagi tizimlilikka bog‘liq.
Oliy ta’lim muassasasidagi rahbarlik o‘ziga yarasha mas’uliyat va bilim talab qiladi. Rahbar jamoaga yaxshi tanish bo‘lsa, bunda jamoa bilan rahbarning ishlab keta olishi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g’ri tashkil qilishda bir-birini qo‘llab-quvvatlashi muhimdir. Rahbarlik butun bir jamoaning oldiga umumiy maqsad qo‘yib, uni amalga oshirishga birgalikda harakat qilish degani. Jamoa turli toifali, fe’l-atvorli, turli saviya, dunyoqarash, turli maqsadga ega shaxslardan tashkil topadi. Ular bilan til topishish uchun, avvalo, yangi rahbar jamoaning ishonchini kozonishi lozim. Yangi rahbar jamoadagi sharoit va tartibni tubdan o‘zgartirib yoki ish usullaridan batamom voz kechmasdan, imkoniyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritib boradi. Jamoa oldiga talab qo‘yish, vazifa yuklashdan oldin uning imkoniyatlari, bilim saviyalari chamalab ko‘riladi, shunga ko‘ra maqsad belgilanadi, reja va dasturlar ishlab chiqiladi. Bu jarayon rahbardan har bir xodimning shaxsiy sharoiti, fe’l-atvori, ruhiyati, bilim darajasi, imkoniyatini o‘rganish, umumiy psixologik holatini bilishni talab etadi. Zamonaviy rahbar jamoa bilan hamnafas, hamfikr bo‘lishi kerak. Shuningdek, jamiyatdagi har bir jarayonning ta’limga bog‘liq jihatlarini tahlil qila olishi, kamchiliklarni jamoa o‘rtasiga muammo sifa­tida olib chiqishi, ularni bartaraf etish uchun takliflar berishi, yangiliklarni amalga oshi­rishga jamoani jalb qila olishi lozim. Rahbar o‘z qo‘l ostidagi jamoa a’zolarini shaxsan o‘rganib, ularning mehnat faoliyatini munosib taqdirlay olishi lozim.
Mazkur xususiyatlarga ega bo‘lgan rahbar o‘z jamoasini samarali boshqara oladi va albatta, uning boshqaruvida bo‘lgan ta’lim muassasasi doimo boshqalarga nisbatan yetakchilikni boy bermaydi.
Pedagog rahbar millat taqdiri va kelajagini hal qilishga bevosita daxldor shaxs hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarining boshqaruviga zamonaviy axborot va Internet texnologiyalarini keng joriy etilishi ularning ko‘p qirrali boshqaruv faoliyatini elektron ish yuritish uslublarini qo‘llab tashkil etishga hamda ta’lim jarayonlarini elektron darsliklar, mul­timedia vositalari asosida olib borishga imkon yaratadi.1
Internet texnologiyalari o‘quv axborotlarini ko‘paytirish va tarqatishning chegaralanmagan va arzon imkoniyatlarini yaratadi, interfaol tartibda mustaqil bilim olish ahamiyatini hamda o‘quv jarayonining izchilligini kuchaytiradi, Bugungi kunda axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonlariga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maqsad – boshqaruv va o‘qitish jarayonlarining sifatini tubdan yaxshilash.
Quyida Respublikamizda bosh ta’lim muassasasi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Internet texnologiyala­ri bazasida yaratilgan “Intrenet” portali asosidagi ish yuritish tizimining faoliyati keltiriladi.
Akademiyaning “Intranet” Web-portali uning tuzilmasi, ish yuritish jarayonlari, elek­tron hujjat aylanishi, o‘quv va ilmiy faoliyati tug’risidagi ma’lumotlarni yagona platforma asosida shakllantirgan axborot makoni hisoblanadi. Portal asosida faoliyat yuritish “bir oyna” rejimida amalga oshiriladi.
Portal Akademiya hayoti, uning rahbariyati, kafedra va bo‘linmalari haqidagi umumiy ma’lumotlarni, Akademiya miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar, madaniy-ma’rifiy yangiliklar va e’lonlarni o‘zining sayt va sahifalarida muntazam yoritib boradi. U yagona axborot muhiti va o‘z tarkibidagi ixtiyoriy axborotni operativ izlab topishni ta’minlaydi.
Akademiya boshqaruvini elektron shaklda tashkil etish va o‘quv jarayonini muntazam moni­toring qilib borish maqsadida “Intranet” portali tarkibida qator dasturiy tizimlar ish­lab chiqilgan. Ular yordamida Akademiya faoliyati va o‘quv jarayonlari qog‘ozsiz ish yuritish texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Jumladan:
“SOME TANLOV” tizimi – Akademiyada o‘qiyotgan va bitirib ketgan tinglovchilar monitoringini ta’minlovchi axborot-qidiruv va tahlil tizimi. Tizim ma’lumotlar bazasi boshqaruvini ta’minlaydi, uning yordamida tinglovchilar haqida batafsil ma’lumotlar olish mum­kin. Dasturiy ta’minot ma’lumotlarni har xil kesimda, ya’ni guruhlangan shaklda, so‘rovnoma shaklida, turli statistik axborot shaklida ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
“SOME TEST” tizimi – avtomatlashtirilgan test nazorati tizimi. U Intranet muhitida test olishni ta’minlaydi. Tizim bir paytning o‘zida bir nechta fanlar majmuasidan test olish va har bir fan bo‘yicha natijalarni alohida tahlil qilish, test baholarining turli statistik natijalarini ko‘rsatishni ta’minlaydi.
“SOME REYTING" tizimi – Akademiya fakultetlari tinglovchilarining kafedralarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha kundalik, oraliq va yakuniy natijalarini kuzatish, tinglovchining o‘zlashtirish reyting ballarini yig‘ib tahlil qilish va har xil kesimdagi operativ ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Ma’lumotlar bazasida kafedra professor-o‘qituvchilari ro‘yxati, fakultet tinglovchi-talabalari ro‘yxati, kafedra o‘quv fanlari, tinglovchi-talabalarning kundalik, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha yig’ilgan reyting ballari ma’lumotlar bazasida markazlashgan holda yig’ib, saqlanadi.
Akademiya tinglovchilarining o‘quv fanlaridan to‘plagan reyting ballarini tahlil qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish ta’minlanadi. Fakultet bo‘yicha yillik o‘kuv rejalari, o‘quv fanlari buyicha umumiy va yarim yillik reyting qaydnomalarini har xil ko‘rinishda hosil qiladi. Reyting natijalari tahliliga asoslanib fakultetlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni chiqaradi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilariga oid barcha ma’lumotlar tizimning fakultet, kafedra va o‘quv markazi bo‘yicha markazlashgan tuzilmaga ega ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
“MUNShAOT” hujjat aylanishi va ish yuritish nazoratini avtomatlashtiruvchi tizimi – akademiyada ish yuritish xizmatlari va hujjat aylanishi boshkaruvini avtomatlashtiradi. Ush­bu tizim rahbariyat topshiriqlarini Akademiya xodimlari tomonidan bajarilishini markaz­lashgan holda nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Yangi hujjat ro‘yxatga olinishi bilan kompyuter axborot bazasida shu hujjat uchun elek­tron varaqa ochiladi (hujjat matnining elektron varianti ham bog’lab qo‘yilishi mumkin).
Hujjat bilan ishlashi kerak bo‘lgan har bir xodim, ish joyidagi lokal tarmoqqa ulangan kompyuter orkali hujjat haqidagi ma’lumotni qabul qilishi, kerakli “muolaja”ni o‘tkazishi va yana qayta ishlashga jo‘natishi mumkin. Shu hujjat bilan bog’liq barcha amallar, uning akademiya ichida aylanishi avtomatik tarzda tizim ma’lumotlar bazasida yig‘ib boriladi.
Tizim Akademiya ish boshqaruvi va hujjat aylanishini qog’ozsiz ish yuritish texnologiyasiga o‘tkazib, quyidagi funksiyalarni avtomatlashtiradi:
– Akademiyaga kelgan barcha korrespondensiyalarni yagona ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbariyatga yoki kerakli bo‘linmalarga yetkazish;
– Akademiyaning ichki va tashqariga jo‘natilgan hujjatlarini yagona ro‘yxatdan o‘tkazish;
– ishlatib bo‘lingan hujjatlarni arxivlashtirish;
– hujjatlarda keltirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, rahbariyat rezolyutsiya va topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
– zarur hujjatni kalitli so‘zlar bo‘yicha izlab topish, hujjat aylanishi bo‘yicha turli statistik hisobotlarni olish.
Elektron dars jadvali – fakultetlar bo‘yicha dars jadvali to‘g‘risidagi bir haftalik ma’lumotni Akademiya “Intranet” muhitida chiqarib ko‘rsatishni ta’minlaydi.
“Intranet” axborot resurslarini boshqarish tizimi – elektron asarlar resursi ma’lu­motlar bazasini boshqaruvchi dastur. Hozirgi kunda Akademiya “Intranet” ma’lumotlar baza­sida 1500 tadan ortiq elektron asarlar mavjud.
Tug’ilgan kunlar dasturi – tug’ilgan kunlari yaqinlashgan hamkasblar ro‘yxatini avvaldan “Intranet” tabrik formasi sahifasiga chiqarib ko‘rsatuvchi dastur. Dastur tavallud egasiga tabriknomalar jo‘natish imkoniyatiga ega.
“RAHBAR TEST” – rahbar xodimlarning shaxsiy va professional xususiyatlarini tahdil qiluvchi psixologik test tizimi.
Shu vaqtgacha zamonaviy boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi qo‘lga kiritgan yangilik va yutuqlarni yanada targ‘ib qilish, Akademiyada tahsil olayotgan tinglovchilarning boshqaruv (rahbarlik) mahorati monitoringini yanada mukammallashtirish maqsadida Akademiya tinglovchilari, professor-o‘qituvchilari va xodimlariga “Intranet” tarmog‘i vositasida psixo­logik xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Tizimning ma’lumotlar bazasi Akademiya “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasining bir necha yillik faoliyati natijasida to‘plangan tajriba va bilimlari, imkoniyatlari, kafedrada o‘qitilayotgan fanlar doirasida yig’ilgan test va trening materiallari, kafedrada dars beruvchi professor va o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy salohiyati, kafed­ra bilan hamkorlik qilayotgan boshqa sotsiolog va psixolog olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida qurilgan.
Axborot materiallarini sahifada joylashtirish, psixologik testlarni o‘tkazish, savol-javob forumlari “Intranet” Platformasida olib boriladi.
“EKITOB” elektron asarlar axborot qidiruv tizim yordamida an’anaviy chop etilgan kitobning matni boblarga yoki undan maydaroq qismlarga ajratilib ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Matn ma’lumotlar bazasiga html formatda joylashtirilgan. Keyinchalik, tizimni ishlatish jarayonida, eletron kitob matnidan kerakli ma’lumot mundarija yordamida tanlab, ajratib olinadi va tizim sahifasiga chiqariladi. Bundan tashqari, elektron kitob zarur ma’lumotni kalit so‘z yordamida “izlash” dasturi yordamida bazadan ajratib olish mumkin. Izlash jarayonida kiritilgan kalit so‘z, eletron kitob bobi sarlavhalari va matnidan qidiriladi. Tizim sahifasiga elektron kitob matni va unda joylashgan suratlar-ma’lumotlar bazasiga kiritilgan formatda chiqaradi.
Xalqaro aloqalar monitoringi dasturi – avtomatlashtiruvchi axborot qidiruv va tahlil tizimi, Akademiya xalqaro aloqalari, o‘tkazilgan konferensiyalar, malaka oshirish masalalari, ekspert ma’ruzachilar monitoringini olib borishni ta’minlaydi. Tizim xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyatini avtomatlashtiradi.
Bellashuv natijasi baholarini hisoblovchi tizim – turli konkurslar. “Quvnoqlar za zukkolar” klubi bellashuvlarining sinovlari natijasini hisoblaydigan hakamlar vazifasini avtomatlashtiradi. Tizim sinov uchun ajratilgan vaqtni hisoblab boruvchi taymerga ega.
“Intranet” portalining yana bir xususiyati shundan iboratki, uning tarkibida interfaol texnologiya asosida “Psixolog” va “Yurist maslahati” bloklari yaratilgan. Bloklar orkali portal foydalanuvchisi Akademiya yurist-maslahatchi va psixolog bilan interfaol muloqotga o‘tib, anonim ravishda savol bilan murojaat etishi va masofaviy tarzda maslahat olishi mumkin.
Bunday masofaviy interfaol muloqotlar foydalanuvchiga keyinchalik psixolog yoki yurist-maslahatchi bilan ochiq muloqot o‘rnatishi va mavjud muammolarni yanada chuqurroq muhokama qilishi uchun zamin yaratadi.
Shu bilan birga, foydalanuvchi “Intranet” tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z ma’lumot­lar bazasini yaratishi hamda interfaol muloqot davomida psixologik forumlarda qatnashib ma’lum bir natijalarga erishishi, ularning o‘zgarish dinamikasini kuzatib borishi va olgan natijalarining namunaviy ko‘rsatkichdan qancha uzoqligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxsning, shu jumladan, pedagogning axloqiy madaniyatiga doir yondashuvlari asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
– pedagogga ta’lim-tarbiya jarayonida hal qiluvchi qaror qabul qilish huquqi berilganligi bilan u jamiyatning boshqa ijtimoiy guruhlariga nisbatan keng imkoniyat va imtiyozlarga ega. Bu hol esa pedagogning yuksak axloqiy madaniyat sohibi bo‘lishini taqozo etadi;
– faylasuf-siyosatshunos mutafakkirlar g’oyalarida bayon etilgan har bir insonda bo‘lishi lozim bo‘lgan ezgulik, mardlik, yetakchilik kabi axloqiy sifatlar, tenglik, hamjihatlik, tinchliksevarlik kabi axloqiy tamoyillar ta’lim-tarbiya jarayonining negizini tashkil etadi;
– axlokiy madaniyat o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham muhim tarbiya mezoni hisoblanadi.

Download 291,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish