Mundarija kirish I. Boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslari


II. 2. Boshqaruvda rahbar ayol ma’naviyati



Download 291,5 Kb.
bet6/8
Sana11.03.2022
Hajmi291,5 Kb.
#490838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistonda zamonaviy boshq

II. 2. Boshqaruvda rahbar ayol ma’naviyati
Ijtimoiy psixologiya fan va amaliyot sifatida so‘nggi yillarda gender-menejment dasturlari doirasida xotin-qizlarning boshqaruvdagi o‘rni va roli muammolariga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bunda boshqaruvning markaziy figurasi sifa­tida ayol shaxsi va uning o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari masalasi dolzarblik kasb etmoqda. Chunki shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi muammosi bugun har qachongidan kuchaydi, uni tavsiflovchi fenomenlar doirasi kengaydi. Zero, o‘z ruhiy kechinmalarini boshqarish, yaqinlari bilan samimiy, sog‘lom munosabatlarda bo‘lish istagi oddiy fuqarolarda kun sayin ortib borgan sari, ularning u yoki bu holatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘rsatishi mumkin bo‘lgan rahbar va lider shaxsiga qo‘yiladigan talablar ham ortib bormoqda. Bu bevosita muomala, o‘zaro ta’sir va o‘zligini o‘zgalar oldida namoyon eta olish qobiliyatlarining takomillashuvini talab qiladi. Shu bois ham ishlab chiqarishning barcha sohalariga dadil kirib borayotgan xotin-qizlar va ularning rahbarlik, liderlik qobiliyati masalasi dolzarb va ilmiy nuqtai nazardan qiziqarlidir.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davr har bir insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda inson o‘zini o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmagani uchun ham ijtimoiy psixologiyani, uning muhim predmeti bo‘lmish o‘zaro ta’sir muammolarini, rahbarlik va boshqaruv muammolarini yaxshi bilishga, o‘rganishga majbur bo‘layotir. Zero, mustaqil davlatning siyosati inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassislar, qaysi sohada ta’lim va tarbiya olishlaridan qat’i nazar, ijtimoiy borliq qonuniyatlarini, aniqrog‘i, ijtimoiy psixolo­gik jarayonlarni bilishi va undan maromida foydalanib, turmush me’yorlariga bo‘ysungan holda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo‘lishi darkor.1
Fan nazarda tutishi lozim bo‘lgan holatlardan biri shundan iboratki, xotin-qizlar qay sohada faoliyat ko‘rsatmasin, asl tabiatidan kelib chiqqan xolda kimlardandir juda keskin farq qilishni istamaydi, shu bilan birga, o‘ziga xoslikni ham saqlashga urinadi. Ularning ana shu o‘ziga xos psixologiyasi rahbarlikda erkaklar bilan ayollarning muayyan farqlari bo‘lishini taqozo etadi.
An’anaviy yondashuvga ko‘ra, rahbarlik yoki liderlik masalasi erkaklar amalga oshiradigan mas’uliyat sifatida qaraladi. Lekin eramizdan avvalgi IV asrda yashagan faylasufning shunday gapi bor: “Biz ayollarga pullarimizni, uy-ro‘zg‘orimizni, farzandlarimizni ishonib topshiramiz. Nima uchun ularga davlat boshqaruvini ishonmasligimiz kerak?” Bu gapning tagida ma’no bor: ayollar oiladan tashqari yumushlarni bajarishda ham o‘zlaridagi qator ijobiy sifatlarini namoyon etadilarki, aynan shu narsa ayniqsa, XX asrning oxiri va yangi asr boshiga kelib ko‘plab ilmiy izlanishlarning predmetiga aylandi.
O‘tkazilgan qator tadqiqotlarda gender tafovutlarining liderlikni samarali tashkil etishdagi o‘ziga xosligi nima ekanligiga e’tibor qaratildi va bunda asosan ayollar va ularning shaxsiy sifatlari diqqat markazida bo‘ldi.
Ayollarning rahbarlik mavqelari tahlil qilinganda. ba’zi murakkabliklar ke­lib chiqadiki, buni o‘sha ayolning rahbarlik faoliyatini olib borishi uchun o‘zini qay darajada erkin tutishi bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, rahbarlik lavozimlaridagi ko‘pgina ayollar o‘zlarini tutishlari, ish yuritishlari, hattoki, odamlarga munosabatlarda erkaklarga o‘xshab ketadilar. Umuman olganda, erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘xshashliklar ham, tafovutlar ham mavjud, lekin tafovutlar hammaning diqqatini ko‘proq tortadi. Har bir alohida olingan erkak yoki ayolning shaxs sifatidagi indivi­dual farqlaridagi tafovut gender rollaridagi tafovutlardan ortiqroq bo‘lsa-da, eng muhim sifatlar nuqtai nazaridan, ya’ni, tobelik va emotsional bog‘liqlik sifatlarida tub farqlar bo‘lgani uchun ham ijtimoiy-psixologik farqlar kattaday tuyuladi.
Xususan, O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda o‘rta bo‘g’in rahbar ayollari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari borligi isbotlandi. Bunday o‘ziga xosliklar quyidagilarda ifodalanadi:
– ayol rahbar o‘z ish faoliyatida bevosita rahbarlardan tashqari, o‘z xodimlarining fikrlarini ham inobatga olib ishlaydi;
– ayol rahbar, eng avvalo, o‘zi boshqarayotgan jamoadagi insonlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga ko‘proq e’tibor beradi;
– ayol rahbar biror masalani hal qilishda 2-3 kishi bilan maslahatlashib, so‘ng qaror qabul qiladi;
– ayol rahbar ishxona manfaatlari bilan oilaviy manfaatlarni deyarli bir da­rajada ahamiyatli deb qaraydi;
– uning xodimlarga beradigan ko‘rsatmalari ko‘proq konstruktiv bo‘lib, tashabbus ko‘rsatuvchi xodimlar bilan kelishuvlar asosida ishlaydi;
– ayol rahbar xodimlarining shaxsiy hayotlari hamda oilaviy sharoitlari bilan ham qiziqib turadi va hokazo.1
Maxsus tadqiqotlar orqali ayrim yuqori lavozimlarda ishlaydigan ayollarga xos xususiyatlar, sifatlar ham o‘rganilgan. To‘gri, siyosat bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni erkaklarga nisbatan ancha kam bo‘lsa-da, davlat rahbarligi, Oliy palatalar, kongreslarda faoliyat ko‘rsatayotganlar ayollar shaxsiy sifatlari shkalasida sof ayollik xususiyatlaridan tashqari, tavakkalchilik, shijoat, matonat, sabr-bardosh, faollik, intiluvchanlik, yuqori madaniyat, analitik fikrlash qobiliyati kabi erkaklarga xos qator sifatlarni o‘zida mujassam etgan ayollarning siyosiy-ijtimoiy va tarixiy rollari muxim ekanligi isbotlandi. Ya’ni, ayol kishi rahbarlik lavozimi pillapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilgani sari, o‘zida erkaklarga o‘xshash sifatlarni ko‘prok, namoyon etishga moyil bo‘ladi, oila manfaatlarini ham sekin-asta jamiyatnikidan keyingi o‘ringa qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Masalaning muhim jihati shundaki, aynan yuqori lavozimdagi ayollarning noan’anaviy sifatlari xarizmatik yoki rahbarlik pillapoyalaridan ko‘tarilgan sari orttiriladigan sifatlar ekanligini empirik materiallar asosida o‘rganish lozim. Vaholanki, jamiyatning teng yarmini tashkil etadigan xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va salohiyatidan oqilona hamda o‘rinli, oila manfaatiga ziyon yetkazmagan holda foydalanish psixologik jihatdan o‘zini oqlaydigan omildir. O‘zbekiston sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy psixologik maqomini o‘rganish, gender menejment va shu kabi fenomenlar doirasida shaxsiy xususiyatlarining o‘ziga xosligini tadqiq etgan holda ularni samarali rahbarlik faoliyatiga tayyorlash, iqtisodiy jihatdan ayollarni raqobatlarga bardoshli qilib tarbiyalash, ishbilarmon, tadbirkor, menejment sohasida bilimdon qilib voyaga yetkazish, shu bilan birga, oilaviy maqomlarini ham yo‘qotmaslikka o‘rgatishda amaliy ahamiyatga eta. Chunki o‘zbekistonlik xotin-qizlar uchun oila va nikoh masalalari ham o‘ta muhim bo‘lib, eng muvaffaqiyatli tadbirkor ayol bir vaqtning o‘zida ham tashkilotchi-tadbirkor, ham suyukli rafiqa, ham mehribon ona rollarini qarama-qarshiliksiz mujassam etishdan manfaatdordir. Ushbu tamoyillar turli bo‘g‘inlar uchun tadbirkor va rahbar ayollar tayyorlash kurslarida inobatga olinishi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy samara beradi, xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi faol ishtirokini oilaviy rollar bilan uyg‘unlashtirib olib borishiga imkon yaratadi, deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston milliy siyosatining bosh yo‘nalishlaridan biri – xotin-qizlar ahvolini yaxshilash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishda ularning faolligini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va rolini yanada oshirish, ayollarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Albatta, bu bejiz emas. Chunki mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog’ini tashkil etuvchi xotin-qizlar islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylanib ulgurdi.
Bugun o‘zbek ayoli ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, amalga oshirilayotgan islohotlar, Va­tan va millat taqdiri, jamiyat muammolariga nisbatan aslo befarq munosabatda emas. Bu esa erishgan yutuqlarimizning eng muhimidir.
Kelgusida ham xotin-qizlarning jamiyatda tutgan mavqeini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularning siyosat, iqtisod va ijtimoiy fikr doirasida tutgan o‘rnini yanada yuksaltirish uchun qat’iyat bilan harakat qilaveramiz.
Bugungi zamonaviy boshqaruv tizimida ham ayollar ishtiroki tobora ortib borayotgan ekan, mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar samaradorligini ta’minlash rahbar mas’uliyatini alohida talab qiladi. Shunday ekan, rahbarlik lavozimiga erishgan shaxslar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi darkor:
– qat’iyatlilik;
– kadrlarni tanlay olish va ular faoliyatini munosib baholash;
– o‘z xodimlariga ishonish, ularning qobiliyat va sifatlarini o‘rganish, shaxsiy hayotidan xabardor bo’lish;
– mas’uliytalilik;
– talabchanlik;
– bilimli va yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish;
– doimiy izlanuvchanlik;
– vaziyatga javoban tezkor qarorlar qabul qilish;
– yuqori kasb malakasiga ega bo‘lish;
– o‘rnak bo‘lishga arzigulik sifatlarga ega bo‘lish;
– xodimlar bilan o‘zaro muloqot jarayonida oraliq masofani saqlash.
Albatta, rahbarning ko‘rsatib o‘tilgan sifatlarga ega bo‘lishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda xotin-qizlarning yuqori lavozimlarni egallashiga imkoniyat yaratilayotgan ekan, ulardagi boshqaruv mahorati shakllanishining o‘ziga xosligi nimada, degan savol tug‘iladi Ayrimlar ayollarning kuchi ularning zaifa ekanligida, deb hisoblasa, boshqalar, aksincha, e’tiborni ayollarning kuchli xarakteriga qaratadilar. Yana bir guruh tadqiqotchilar esa, ayol-rahbarning muvaffaqiyatini uning shaxsiy hayotidagi mag‘lubiyati bilan bog’lab, bunga o‘z yuqotishlarini unutish uchun barcha kuch-g‘ayratini ishga safarbar qilishi bilan belgilashadi.
Ma’lumki, xotin-qizlar tabiatidagi o‘ziga xos saranjomlik xislati u boshqaradigan ja­moada kuchli tartib-intizomning o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi, onalarcha mehr esa, xodimlari haqida doimiy g‘amxo‘rlikka undab turadi. Xalqimiz orasida bejizga “Biror ishni aytish lo­zim bo‘lsa, erkakka topshir, agar bajarish lozim bo‘lsa, ayolga topshir”, degan naql yurmaydi.
Mana shu iboraning o‘zi ham, ayollarga ishonchning yuksakligidan, ularning mas’uliyatni chuqur his qilishidan dalolat beradi. Ayol-rahbarning yaratuvchanlik salohiyati yuqori bo‘lib, bunday rahbar hayotiy natijalarga erishib, o‘z g’oyalari va mehnati singgan barcha narsani qadrlaydi. Aynan ayollarga xos bo‘lgan sabr-bardoshlilik, teran fikrlilik, mas’uliyatlilik, fahm-farosat va atrofidagilarga e’tiborli bo‘lishi unga jamoani boshqarishiga yordam beradi. Shu o‘rinda ayol-rahbar mas’uliyati uning oila va ishni uyg‘unlashtira olishida ham namoyon bo‘ladi.
Biroq, ayollarni rahbarlik lavozimiga tavsiya etishda oshkora bo‘lmasa ham yashirin tarzdagi to‘siqlar mavjud. Biz buni biror-bir lavozimga tavsiya etilayotgan ikki jins vakili o‘rtasidagi jarayonda kuzatishimiz mumkin. Bunday sharoitda ko‘pchilik erkak nomzodni qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki ayolning ojiza, uy bekasi sifatida tan olinishi, ularning ijtimoiy faolligiga nisbatan patriarxal munosabatda bo‘lish xalqimizga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri sifatida hali ham saqlanib kelmoqda.
O‘zbek ayolining o‘z zamoni, amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatan va millat taqdiri, jamiyat muammolariga befarq emasligi erishilgan yutuqlarning eng muhimidir.
Kelgusida ham xotin-qizlarning jamiyatda tutgan mavqeini saqlab qolish va rivojlantirish, ularning siyosat, iqtisod va ijtimoiy fikr doirasida tutgan o‘rnini mustahkamlash hamda yanada yuksaltirish uchun samarali va qat’iyat bilan harakat qilish lozim. Shunday ekan, jamiyat hayotining barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan, hali yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni hal qilishda ayollarning ham o‘z o‘rni borligini, islohotlar jarayoni xotin-qizlarning faol ishtirokini talab etayotganligini his qilgan holda, jamiyatda ayollar faolligini oshirish, munosiblarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish eng mas’uliyatli va dolzarb vazifalardan biri ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim.
Huquqiy demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri qonun ustuvorligi, fuqarolar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining mustahkam kafolatlari yaratilganligidir. Bunda, ayniqsa, respublika aholisining yarmidan ko‘prog’ini tashkil etgan ayol­larning huquq va manfaatlari masalasi alohida o‘rin tutadi.1
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish jarayoni rahbar va uning mas’uliyati masalasiga yangicha yondashishni talab etmoqda.
Mamlakatni modernizatsiyalash orqali ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar jarayonida respublika xotin-qizlari faol ijtimoiy kuch sifatida zamonaviy boshqaruv tizimida ham ishtirok etib kelmoqdalar. Biz ularning rahbar sifatidagi faoliyatini jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati tizimi, siyosiy partiyalar faoliyatida; iqtisodiy sohada rahbar tadbirkor ayol sifatida, ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning rahbarlari misolida ko‘rib turibmiz. Bunda, albatta, rahbar ayol o‘zining ma’naviyati, barkamolligi, fidoiyligi, iymon-e’tiqodliligi, vatanparvarligi singari qobiliyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turishi, ijtimoiy-ma’naviy, ijtimoiy-psixologik tuzilishi bilan keskin farq qilishi lozim. Ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Dilorom Toshmuhamedova hamda O’zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari Farida Akbarovalar siymosida o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan hayo, ibo singari sharqona an’analarni, senator Mavluda Rajabova siymosida shijoatkorlik va tashabbuskorlikni, senator Farida Abdurahimova siymosida izlanuvchan va g’amxo‘r rahbar ayollarni ko‘ramiz. Zero, shahdam qadamlar bilan odimlab borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkor, salohiyatli, fidoiy rahbargina jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi mumkin. Aksincha, yuqori tashkilotlardan buyruq kutadigan, boqimandalik psixologiyasi ustuvorlik qiladigan kadr rahbarlikning uddasidan chiqmaydi.
Ma’lumki, ayollar zimmasida erkaklarga nisbatan ikki baravar yuqori mas’uliyat mavjud, ya’ni ular ijtimoiy faollikni oiladagi vazifasi bilan uyg‘un holda olib borishi lozim. Bu albatta, ayollarga faoliyat olib borish uchun biroz qiyinchilik tug’dirsada, ular tabiatidagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va shijoatkorlik kabi xislatlar tufayli rahbarlik lavozimida talab qilinadigan sifatlarga erishib, ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Rahbar idora qilishning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qaty nazar boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun muayyan qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim. Rahbar o‘z fazilatlari, mustahkam xarakteri, kuchli irodasi, barqaror hissiyoti, barcha narsalar va jabhalarga nisbatan maxsus qobiliyati bilan jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bugungi kundagi fan va texnika taraqqiyoti, insonlarda onglilik darajasining yuksakligi, ijtimoiy tajribalarning ta’sirchan kuchi, kishilarning muayyan bilimlarga ega ekanligi rahbarning komil inson darajasiga ko‘tarilishni taqozo etadi.
Hozirgi zamonda buyruq berish, tahdid qilish va boshqa salbiy xatti-harakatlar bilan jamoani boshqarib bo‘lmaydi. Respublikamizda yuz berayotgan demokratik yangilanishlar, so‘z va vijdon erkinligi, milliy o‘zlikni anglash, huquqiy himoyalanganlik fuqarolar ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar natijasida respublikamiz aholisi uchun mustaqil fikrlash va ish yuritish, shaxsiy rejalarni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini izlash imkoniyatlari vujudga keldi. Shuning uchun xam xalqimiz davlatimizni “O’zbekiston – keng imkoniyatlar mamlakati” deb e’tirof etadi. Zamonaviy rahbar ijtimoiy hayotdagi munosabatlar, ularning tuzilishi va mohiyati bilan yaqindan tanish bo‘lishi, boshqaruv jarayonida ularni hisobga olishi taqozo etiladi. Rahbar o‘z boshqaruvi ostidagi kishilar, ijrochi-yordamchilar orasida o‘zining har tomonlama ustuvorligi bilan obro‘-e’tibor orttirishi lozim, aks holda ishlab chiqarish samaradorligi, xodimlarning ijodiy fikrlashi to‘g’risida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Rahbarning shaxs sifatida yuksak ma’naviyat egasi ekanligi, qat’iy xarakteri, milliy kiyofasidan tashqari yana qator quyidagi sifatlar lavozimning keyingi bosqichlari uchun imkon yaratib, istiqbol rejalarini ro‘yobga chiqaradi. Jumladan, zamonaviy rahbardan:
tashkilotchilik;
– rostgo‘y, samimiy, jonkuyar, insonparvar, vatanparvar inson bo‘lish va xodimlar uchun ibrat-namuna vazifasini bajarish;
– savodxon va notiqlik mahoratiga ega bo‘lish;
– o‘zining qator ijobiy xususiyatlari bilan nufuzga ega bo‘lish;
– ish jarayonida har bir shaxs va barcha narsalarga e’tiborli bo‘lish;
– murakkab bilimlar, muammolar, axborot va xabarlarni turli toifadagi kishilarga, mutaxassislarga oson yo‘l bilan tushuntira olish;
– loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik;
– sinchkov, teran, kuzatuvchan, bir vaqtning o‘zida bir necha obyektlarga o‘z munosabatini bildira olishi;
– turli insonlar bilan hamkorlik qilish, ularni tarbiyalash, ish o‘rgatish, yetuk mutaxassis yoki mukammal shaxs sifatida kamol toptirish;
– turli jins va kasbdagi insonlar bilan muloqotga kirisha olish;
– milliy rasm-rusumlarga rioya qilish orqali muomala qilish madaniyatini egallash, shaxs individual xususiyatlarini hisobga olish;
– konstruktiv qobiliyat orqali ishlab chiqarish uchun yangi texnologiya ustida fikr yuritish, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, muayyan loyihalarni rejalashtirish, ularning natijalarini oldindan aytish;
– gnostik qobiliyat orqali ilmiy tadqiqotga layoqatlilik qobiliyatiga ega bo‘lish talab etiladi. Yuqorida qayd etilgan qobiliyatlar rahbarlar, jumladan, ayol rahbarlar uchun bugungi kunda ular boshqaradigan jamoa faoliyati samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan va rivojlantirilayotgan O’zbekiston taraqqiyot modeli ayollar muammosini hal etish masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u davlat ichki siyosatining nazariy va amaliy asosini tashkil etadi. Mamlakatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, ayollarga munosabat jamiyatimiz ma’naviy yuksalishining o‘lchov mezoni sifatida xizmat qilishi kerak. Yuksak bilim va malakaga ega oqila ayollarimiz hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarida nufuzli o‘rinni egallab, ishonchli vakillar sifatida faoliyat olib borishi uchun kengroq imkoniyatlar yaratish bu sohadagi dolzarb muammolarni adolatli tarzda hal etish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi salmoqli qadam bo‘lishi tabiiy. Bugungi kunda ayollar o‘rtasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ularning ilmiy va madaniy saviyasini ko‘tarish vazifasi ustuvor bo‘lib qolmoqda. Prezident I.A.Karimovning ta’kidlashicha: “Dunyoda jamiyat yoki davlatning nufuzini, madaniy darajasini belgilaydigan mezonlar ko’p. Lekin har qanday zamonda, har qanday jamiyatda millatning, xalqning ma’naviy kamolini o‘zida yaqqol namoyon etadigan bir o‘lchov, ta’bir joiz bo‘lsa, bir ko’zgu bor. Bu ana shu davlat, ana shu jamiyatning ayollarga, ularning haq-huquqlari, hayotiy manfaatlarini ta’minlashga bo‘lgan munosabatidir”. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ayollarni mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash borasida hali yechilmagan muammolar, hal etilishini kutayotgan masalalar mavjud. Vaholanki, barcha sohada ayollar juda faol mehnat zaxiralari hisoblanadi, millat genofondi shakllanishining asosiy manbai, oilaviy maishiy munosabatlarda millat an’analarining yashovchanligini ta’minlovchi kuch sifatida alohida ahamiyatga ega.
Bugun biz axborot asrida yashayapmiz, jamiyatimiz hayotiga “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan mafkuraviy tahdidlar nafaqat yosh avlod ongiga, balki butun bir oilaga ham ta’sir etadi... Buning uchun birinchi navbatda ma’naviyati yuksak qizlarni, Vataniga sodiq mard va jasur o‘g‘lonlarni tarbiyalash zarur. Bu borada nafaqat ona, balki mahalla, maktab, ustozlar ham mas’uldirlar. Zamonaviy o‘zbek oilasi shunday bo‘lishi kerakki, unda zamonaviylik va milliylik uyg’unlashib ketgan bo‘lsin. Bunday oilada urf-odatlarning farovonlik, kelajakka yaxshilik olib keladigan nuqtalari va zamonaviylikning ma’rifatparvarlik, insonparvarlik g’oyasi ufurib tursin. O‘z ota-onasini boshqa tilda chaqirish, milliy kiyimlarni inkor etgan holda ota oldida ochiq-sochiq kiyinib yurishga odatlangan beadab qizlarni o‘stirayotgan oilalarni zamonaviy, bugungi kunga munosib deyish qiyin. Zamonaviylik degani, bu chegaradan chiqish degani emas, balki bu dunyoga yangicha nigoh bilan qarash va o‘tmishga ehtirom ko‘rsatishdir. Bu kabi millatimizning ma’naviy qiyofasi uchun yot bo‘lgan salbiy holatlar istaymizmi-yo‘qmi hali hamon oilalarimiz orasida uchrab turganligi achinarli holdir. Yoshlarimiz o‘rtasida turli omma­viy madaniy tahdidlar yoki mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan g‘arb uslublariga, ularning urf-odatlariga ergashishning salbiy oqibatlari to‘grisida tushuntirish, targ’ibot ishlarini olib borishda xotin-qizlar qo‘mitalarining o‘rni nihoyatda katta. Barkamol avlod tarbiyasi nafaqat ayolning, balki butun jamoatchilikning oldiga katta vazifalarni qo‘yayotganini doimo his qilishimiz zarur. Yosh avlod tarbiyasida millatimizning yuksak qadriyatlari hisoblangan mahalla, oila va maktabning ta’siri katta. Zero, mafkuraviy tarbiyaning eng muhim omili oila tarbiyasidir. Darhaqiqat, ajdodlarimiz bejizga oila muqaddas rishtaning hosilasi ekanini qayta-qayta takrorlamaganlar. Aynan, o‘sha muqaddas rishtalardan biri – nikoh oila­larni mustahkamlaydi va eru xotinni bir-biriga bog’lab turadi. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yoshlar orasida sog’lom turmush tarzi va sog’lom oilani shakllantirish, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning mohiyati, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlab mahallalarda aholi va yoshlar ishtirokida to‘xtovsiz suhbatlar tashkil etilishi barkamol avlod tarbiyasining yana bir ko‘rinishidir.
Biz demokratik fuqarolik jamiyati asoslari qurilayotgan yangi davr avlodlarimiz. Bugun qurilayotgan jamiyatda ayol – ona, rafiqa, hamkasaba, siyosiy yetakchi. Zero, bugun barchamini rahbarning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savol o‘ylantirmoqda. Mazkur muammoning yechimini topish davr talabidir. Kim olg‘a yurmasa, u orqaga qarab ketadi, Shu bois, XXI asr boshida turib biz ayolning jamiyatda tutgan o‘rni haqida mulohaza yuritar ekanmiz, ayol va taraqqiyot so‘zlari bir-biriga aloqador ekanligiga iqror bo‘lamiz. Shu o‘rinda oddiy savol tug’iladi. Yer yuzidagi barcha ayollarning ezgu orzu umidi nimadan iborat? Bizningcha, dunyodagi barcha ayollar baxtga intiladi, baxt esa ular uchun tinch va osuda hayot, mustahkam oila. Oila esa o‘z o‘rnida farzandlar kamoli demakdir. Ayollarning mana shu orzulariga ega bo‘lishlari uchun biz o‘zga masalani muhokama etmog‘imiz lozim, bu masala tabiiyki, ayol va jamiyat mavzuidir. Zero, ayol hayotini jamiyatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jamiyat qanchalik farovon bo‘lsagina ayol oilasi ham shunchalik farovon bo‘ladi. Farovonlik esa taraqqiyot manbaidir. Shunday ekan, demokratiyani ayollarning jamiyatda tutgan o‘rniga qarab belgilash mumkin bo‘ladi Shunday fikr mavjudki, aksariyat erkaklar siyosatga asli hayotni yaxshi tomonga uzgartirish uchun emas, balki yuqori mansabga sazovor bo‘lish, ya’ni karyera qilish uchun intilar ekan. Ayollarning hayotdan bosh maqsadi esa faqat yaxshi hayot kechirishdan iborat bo‘lar ekan. Ayollardagi bunyodkorlik salohiyati buzg‘unchilik kabi illatlarga qaraganda ancha ustuvorroq ekan. Shu bois, ayollar rahbarlikka fakat ezgu maqsad bilan ya’ni, tinch va farovon hayotni yaratish uchungina kelishar ekan.
Insoniyat hayotida XX asr qirg’inbarot urushlari, insoniyat uchun noan’anaviy global muammolari bilan bir qatorda, keng ilmiy kashfiyotlari va umumiy hayot tarzining keskin o‘zgarganligi bilan alohida o‘rin tutadi. Ya’ni, eng muhim voqeliklar ichida xotin-qizlarga nisbatan qarashlarning tubdan o‘zgarganligi, nafaqat oilaviy hayot, balki davlat va jamiyat hayotida ayollar va erkaklarning maqomi ham tenglashganligini alohida ta’kidlash lozim.1
Bunda uzoq yillar davomida, ya’ni odamzod hayotida patriarxal davr boshlangandan so’ng sharoitning og’irligi va hayotda ko’proq jismoniy kuchga tayanishga majburlik natijasida erkaklar o’z hukmronligini ta’miladi. Shu bilan birga, xotin-qizlar uchun jiddiy muammolar ham paydo bo’ldiki, bu muammolar ularning qul qilib sotilishi, savdo-sotiqning predmetiga aylanishi, sovg‘alar tarzida in’om qilinishi, qimmatbaho mol sifatida baholanishi, qo’yingki jismoniy, jihatdan ustun bo‘lgan erkaklarning barcha tabiiy istaklarini bajaradigan omilga aylanib qolishi kabi holatlarda o‘z aksini topdi. To‘g‘ri, ayollarning huquqlari kamsitilgan yoki ular ikkinchi darajali shaxs sifatida qaralganligi to‘grisidagi fikrlar bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Chunki, islom dini nuqtai nazaridan ayollar jamiyatda hurmat va e’zozlanishga sazovor bo‘lsa-da, ko‘p xotinlilik, ayollarning davlat va jamoat ishlariga aralashishga qo‘yilmasligi, ularga zaifalar toifasi sifatida muomala qilinganligi kabi holatlar ularning huquq va erkinliklarining cheklanishi bilan davom etdi. Bunda ayollarga farzandni dunyoga keltirish vazifasi yuklatilib, ularga insoniyat hayotining davomiyliligini ta’minlash mas’uliyati berilgan bo‘lib, davlat va jamiyatni boshqarish va boshqa muammolardan ozod qilingan.
Sharq jamiyatida xotin-qizlar diniy qarashlar asosida e’zozlanishi bilan bir qatorda, G’arb jamiyatida xotin-qizlarga nisbatan qarash tubdan farq qilar, ularning faqatgina avlodni davom ettiruvchi omil sifatida baholangan deya bemalol aytishimiz mumkin. Sharq davlatlarida, ayniqsa, musulmon davlatlarida jamiyatning buzilishiga olib keladigan jinoyatlarni bartaraf etish: ayollarning oyoq osti bo‘lishining oldini olish, ularning oila va urug’ sha’ni, erkakning g‘ururi bo‘lishi singari omillarni hisobga olgan holda, jamiyatni larzaga soladigan fohishabozlik, qimorbozlik va boshqa illatlar qat’iy taqiqlanganligini alohida ta’kidlash zarur. G‘arb davlatlarida esa, aksincha ayollarga tirik tovar, hattoki, savdo-sotiq vositasi sifatida qaralar, asrlar davomida fohishaxonalarda ularning xizmatidan foydalanib, jamiyat va insoniyat hayotining gultojisi bo‘lgan ayollarga o‘z xayvoniy nafslarini qondirishning vositasi sifatida qaralgan.
Hayotning murakkablashib borishi bilan ayollarning mavqei ham turlicha bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Misol uchun, ayollarning donoligi, uddaburonligi va go‘zalligi natijasida butun-butun mamlakatlar yoki xalqlar qutqarib qolinganligi, davlatlar o‘rtasida urushlar kelib chiqishiga ham sabab bo‘lganligiga oid tarixiy dalillar ko‘p.
Tarixiy jarayonlar natijasida jamiyatda ideal ayollar obrazi ham yaratildi. Ayolning go‘zalligi, oqila va donoligiga bag’ishlab shoirlar she’rlar yozsa, rassomlar go‘zal suratlar chizdi, haykaltaroshlar o‘z idealidagi sanamlarni yaratdi. Bularning barchasida ayollarning tutqun, bo‘ysunuvchan va erkaklar izmida bo‘lgan qiyofasi yaratilgan. Dunyoning o‘zgarishi va inson ehtiyojlarining takomillashib borishi bilan, sivilizatsiya insoniyat hayotiga ko‘plab o‘zgarishlarni olib kirdi va xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgara boshladi. Asrlar davomida ular ongida shakllanib kelgan o‘zlarining erkaklar irodasiga bog’liq sanash, ularga bo‘ysunish holatlari o‘z-o‘zidan ikkinchi darajali ahamiyat kasb eta boshladi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuvi va Yevropada boshlangan Renessans davri tufayli xotin-qizlarning ham o‘z siyosiy huquqlari borasida tom ma’nodagi uyg‘onish davri boshlangan edi.
Yuqorida aytganimizdek, insoniyat hayotida o‘ta muhim o‘rin tutgan XX asrda feministik harakatlarning kuchayib borishi, xotin-qizlarning yangidan-yangi marralarga erishishi, ularning siyosiy, huquqiy maqomining oshishi, mulkka egalik qilishi singari yutuqlar ayollarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshirdi. Ular ruhiyatida bular jamiyatning muhim tarkibiy qismi ekanligi to‘g‘risidagi qarashlarning tobora rivojlanib borishiga olib keldi.
Tarixiy shakllangan an’analarning chetga chiqishi, ya’ni ayollarning saylov va referendumlarda ovoz berishi, davlat mansablari va parlamentlaridan o‘rin zabt etishi, ijtimoiy sohada ularning mavqei tobora ortib borishi holatlariga nisbatan erkaklar qarshilik ko‘rsata olmadilar. Bundan nafaqat xotin-qizlar, balki shaxs, jamiyat va davlatning ham yutganligini alohida ta’kidlash zarur.
Bu davrda ayollar yer kurrasida nafaqat son jihatdan, balki turli sohalarda xizmat qilayotgan ishchi-xodimlarning ko‘pligi jihatidan ham ustunlikka erishdilar. Ular bugungi kunda insoniyatning hayotiy muhim sohalari, ya’ni sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy xizmatlar, fan, madaniyat va sport, san’at, axborot, qo‘yingki, barcha sohalarni, garchi erkaklarchalik huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lmasalar-da, zabt etmoqdalar.
Siyosiy modernizatsiya jarayonlarining jadallashuvi sharoitida qaysiki davlat
yoxud jamiyat xotin-qizlar uchun to‘laqonli sharoit va imkoniyat yaratib bermasa ekan, u taraqqiyotdan ortda qolib ketishi, insoniy resurslarning eng muhim omillari
bo‘lgan xotin-qizlar salohiyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Taraqqiyot yo‘li unchalik uzoq bo‘lmagan O‘zbekistonda xotin-qizlar, ularning har bir sohadagi kamoloti masalalari belgilab olingan strategiyaning ajralmas qismi sifatida belgilangan. Mamlakat rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan siyosatning hosilasi o‘laroq mamlakatda xotin-qizlarning siyosiy faolligi kuchaymoqda. Boshqaruv, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalarda xotin-qizlarning o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Ular yaratilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlardan foydalangan holda, o‘zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni a’lo darajada bajarib kelmoqdalar.
Davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning ishtiroki, o‘rni va maqomini yuksaltirish uchun birinchi galdagi vazifalar ichida xotin-qizlarga bo‘lgan jamiyatning munosabati, asrlar davomida shakllanib kelgan an’anaviy qarashlarni o‘zgartirish masalalari dolzarb ahamiyat kasyo etdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “...jamiyatning demokratik o‘zgarishlar yo‘lida nechog‘lik ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollarga bo‘lgan munosabati uning madaniy-ma’rifiy salohiyatini belgilaydi”, – deya bildirilgan fikrda mamlakatimizda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilgan siyosatning mazmuni mujassamlashgan edi. Elitaning davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishdan manfaatdorligi ham alohida o‘rin tutishini yaxshi anglagan holda, shuni aytish lozimki, mamlakatda islohotlarning yetakchisi va xalq yo‘lboshchisi bo‘lgan Islom Karimovning davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning mavqei yuksalishi, ularning olib borilayotgan keng demokratik o‘zgarishlar va fuqarolik jamiyati shakllanishining to‘laqonli, faol ishtirokchisi bo‘lishi uchun katta ishlarni amalga oshirganligini aytish lozim. Aynan mamlakat rahbarining sa’y-harakatlari bi1an xotin-qizlarning o‘rni va rolini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Xullas, bugungi kunda O‘zbekiston ayollarining ko‘pchiligi davlat va jamiyatning eng muhim sohalarida xizmat ko‘rsatmoqda. Mamlakat bo‘yicha ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish sohasi, kasanachilikning katta qismini ayollar band etganligi, ularning mamlakat Parlamentidagi o‘rni va ahamiyati ortib borayotganligi, ko‘plab tadbirkor, mulkdor xotin-qizlarning yetishib chiqayotganligi va fuqarolik jamiyatining eng asosiy shartlaridan bo‘lgan xususiy mulk instituti shakllanishida ularning roli nihoyatda yuqori bo‘layotganligi holatlarining guvohimiz. Za-monaviy ayol qiyofasini yaratish va uni ro‘yobga chiqarish ulug maqsadlarimizdan. Zero, kelajagi buyuk davlatning oldiga ko‘ygan maqsadlari ham ulug’ bo‘ladi.



Download 291,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish