Mundarija Kirish Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha


Inflyatsiya va inflyatsionkutilmalar



Download 272 Kb.
bet7/10
Sana20.07.2022
Hajmi272 Kb.
#828175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat. Reja Kirish Inflyatsiya haq

Inflyatsiya va inflyatsionkutilmalar. Joriy yilning noyabr oyida inflyatsiya darajasi pasayishda davom etdi va yillik 11,3 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, yoz mavsumida narxlar o'sishining sezilarli sekinlashishidan so'ng sentyabr oyining oxiridan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o'sishining ma'lum darajada tezlashishi kuzatildi. Bunda asosan meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy o'zgarishi hamda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taklifidagi uzilishlar va sust raqobat sharoitlari ushbu tovarlar narxlarining o'sishiga olib keldi.
Xususan, noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o'sishi yillik hisobda 16,3 foizni tashkil etdi. Bunda 2019 yil noyabr oyiga nisbatan go'sht mahsulotlari 17,7 foizga, meva va sabzavotlar 18,5 foizga, non mahsulotlari 16 foizga qimmatlashdi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlarining o'sish sur'atlari esa umumiy inflyatsiyadan sezilarli darajada past bo'lib, mos ravishda 8,3 foiz va 6,5 foizni tashkil etdi. Natijada yillik bazaviy inflyatsiya darajasi sekinlashishda davom etib, 11,5 foizgacha pasaydi.
Joriy yilning noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari biroz pasaygan bo'lsa, tadbirkorlik sub'ektlarining kutilmalari aksincha ortdi. Tadbirkorlikning bir qator sohalarida inflyatsion kutilmalarning o'sishi qish mavsumida an'anaviy energiya resurslari (tabiiy gaz, elektr energiyasi) ta'minotidagi uzulishlar bois ishlab chiqarish xarajatlarning oshishi va taklif hajmi pasayishining kutilayotganligi bilan izohlanadi.
Iqtisodiy faollik. Joriy yil yanvar-oktyabr oylari yakunlariga ko'ra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bir qator asosiy ko'rsatkichlari yaxshilanishda davom etdi. Xususan, oktyabr oyi yakunlari bo'yicha yillik sanoat ishlab chiqarish hajmining pasayishi 1,6 foizni tashkil etgan bo'lsa (yanvar-sentyabr oylaridagi pasayish 2,7 foiz), chakana savdo aylanmasining ijobiy o'sish ko'rsatkichlari 1,2 foiz darajasigacha tiklandi. Xizmat ko'rsatish va qurilish sohalarida bajarilgan ishlar hajmi o'sishi mos ravishda 2,2 foiz va 9,1 foiz darajasida bo'ldi.
Tahlillarga ko'ra, qisqa muddatli davrda iqtisodiy o'sish o'z potensial darajasidan past bo'lishi kutilmoqda. Bu talab hamda taklifning bosqichma-bosqich tiklanib borishi, shuningdek, ayrim iqtisodiyot tarmoqlarining to'liq tiklanishi uchun uzoqroq muddat talab etilishi bilan izohlanadi.
Iqtisodiy faollikning operativ ko'rsatkichlari bosqichma-bosqich tiklanish tendensiyasini namoyon etmoqda. Xususan, bank to'lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy soni joriy yil oktyabr oyida o'tgan oyga nisbatan 7,3 foizga, noyabr oyida esa 1,1 foizga oshdi.
Savdo va pullik xizmatlar sohasida bank kassalariga pul tushumlari hajmi noyabr oyida oktyabrdagi ko'rsatkichdan 1,4 foizga kamayib, 14,3 trln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 11,8 foizga oshdi.



Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish