Mundarija kirish monopoliya va uning vujudga kelishi Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari. Monopoliyaning turlari va xususiyatlari. 4 O’zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar



Download 181,97 Kb.
bet1/10
Sana06.07.2022
Hajmi181,97 Kb.
#748560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi (3)




MUNDARIJA

Kirish
1 Monopoliya va uning vujudga kelishi


3 Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari. 
2 Monopoliyaning turlari va xususiyatlari.
4 O’zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi: Monopoliya haqida o‘rganishim davomida sun'iy monopoliyalar jamiyat uchun, iqtisodiyot uchun turgan-bitgani zarar ekaniga amin bo‘ldim. Birinchidan, sun'iy monopolist, ya'ni, raqobatdan himoyalangan sub'yekt o‘z mahsuloti sifatini yaxshilashga urinmasligi — o‘zi ustida ishlamasligi kundek ravshan bo‘ldi“Raqobatchisi bo‘lmasa mahsulotini yaxshilamaydi-da!” . Ikkinchidan, monopolist o‘z mahsuloti narxini imkon qadar oshirishga urinadi — bu yana bir xulosam bo‘ldi. Tabiiyki, “kim ham ko‘proq foyda ko‘rishni xohlamaydi?!”. Mahsulot tannarxini tushirishga va texnologik yangilanishga esa urinmaydi. Monopol tashkilot narxni ko‘proq mehnat qilgani, ko‘proq xarajat qilgani yoki mahsulotiga ko‘proq ishlov bergani uchunmas, balki MONOPOLIST bo‘lgani uchungina oshirishga moyil bo‘lishini tushundim — kam mehnat qilib ko‘p foyda qilish istagi bu — tabiiy istak, biologik pragmatik istak. Monopolistni bu uchun malomat qilish kerak emas. Uchinchidan, raqobatsiz muhitda ishlaydigan korxona xaridorning ko‘nglini olishga moyil bo‘lmaydi — “o‘zi shundoq ham xaridor mening mahsulotimni olishga majbur bo‘lsa, nima qilaman ter to‘kib unga mulozamat ko‘rsatib!?” — mulohaza qiladi monopolist. Yo‘q, monopolist emas, balki uning ichki mantiqiy “qurilmasi” shunday xulosa qiladi. Zero, har bir insonda quvvatni iqtisod qilish tabiiy dasturi ishlab turibdi: “quvvatingni imkoni boricha teja, kim bilsin, ertaga kerak bo‘lib qolar”, — deydi o‘sha ichki dastur, inson bu tabiiy dasturga qarshi turishi qiyin. Bundan xulosam shu bo‘ldiki— yuqoridagi holatlar barchasi jamiyatga zarar:
mahsulot sifati ustida ishlamaslik (rivojlanmaslik);
narxning sababsiz ko‘tarilishi;
servisni yaxshilashga urinmaslik
bular monopoliyaning shundoq ko‘rinib turgan, har kim oson tushunib olsa bo‘ladigan salbiy jihatlari. Sal “kovlasak” boshqa – chuqurroq salbiy jihatlari ham chiqib keladi. Xo‘sh, ular nimadan iborat? Monopolistning o‘z maqomidan foydalanib topgan ortiqcha mablag‘i mo‘may daromad bo‘ladi. Mo‘may (ishlab topilmagan) daromad esa o‘z mohiyatiga ko‘ra to‘g‘ri — samarali sarflanmaydi. Nega? Chunki pul mehnat natijasi — mehnat ekvivalenti bo‘lsagina uning qadri bo‘ladi. Qadr nima u? “Qadr” so‘zini iqtisodiyot tiliga “tarjima” qiladigan bo‘lsak, ma'nosi quyidagicha bo‘ladi: Puxta rejalashtirish va qattiq mehnat evaziga erishiladigan daromad hali qo‘lga tushmasidan avval qayerga sarflanishi rejaga kiritilgan bo‘ladi. Ya'ni bunday pul tizimli rejalar zanjirining bir qismi. Shu bois uning har bir so‘mi qadrlidir. U nojo‘ya sarf etilsa rejalar barbod bo‘ladi. Reja va qattiq mehnat orqasidan kelgan pul noratsional (havoga) sarflanishi ehtimoli o‘ta past. Bunday pulni “odamning jigaridan bo‘lgan” deyishadi. Mehnatsiz qo‘lga kiritilgan pul esa hech narsaning ekvivalenti emas. Uni “odamning jigariga” o‘xshatib bo‘lmaydi. Reja va mehnatga evaz bo‘lmagan bunday pulning keyingi taqdiri o‘zining kelib chiqishiga mos bo‘ladi — hech bir rejalar zanjirining uzviy qismi bo‘lmagan, “havodan kelgan” pul yuqori ehtimol bilan “havoga” sarflanadi. Mamlakat va korxona iqtisodiyotining o‘sishiga bunday pul xizmat qilishi amri mahol. Zero, iqtisodiyot ichida aylanadigan pulning aynan shu qismi iqtisodiyotning o‘sishiga xizmat qiladi. Chunki bunday daromad, takror aytamiz, hali qo‘lga kirmasidan avval samara keltirayotgan tizimli rejalarning bir bo‘lagi bo‘ladi. Baraka Mo‘may pul — o‘z mohiyatiga ko‘ra “quvvatsiz” puldir. Xususan, monopolist topgan mo‘may pul. Zero, u raqobat muhitida “tug‘ilmagan”, korxonaning rivojlanish strategiyasining uzviy qismi bo‘lmagan, aqliy va jismoniy urinishlar bilan “sug‘orilmagan” puldir. Boshqacha qilib aytganda bu pul — barakasiz. Mo‘may daromad korxona egalari va xodimlarining ichki zaxiralarini so‘ndiradi. Inchunun, korxonani bebarakalikka mubtalo qilib, “o‘ldirmoqchi” bo‘lsangiz, unga monopol imtiyozlar bering. Raqobat esa, aksincha, insonning barcha ichki zaxiralarini qo‘zg‘atuvchi, iste'dodlarini uyg‘otib, kulminatsion nuqtasiga keltiruvchi omildir. Taqsimot Demak, masalan, avtomobillarni ishlab chiqaruvchi korxona monopolist (raqobatdan himoya etilgan) bo‘lsa u, tabiiyki:
a) mashinalari sifatini yaxshilash uchun bosh qotirmaydi (“shundoq ham sotib olishyapti”),
b) narxni ko‘tarishga intiladi (“qimmatroq sotsam ham olishadi”),
v) iste'molchi uchun kurashmaydi (“kim bilan kurashsin?”)
g) mashina narxini tushirish bo‘yicha harakat va izlanishlar qilmaydi (“kimga kerak ortiqcha dahmaza?”).
Narxni oshirish evaziga monopolist qo‘shimcha (mo‘may) daromadga ega bo‘ladi. Bu kabi daromad “korxonani rivojlantiradi”, degan xulosani qilish mumkin. Ammo yuqorida qilgan tahlilimiz ko‘rsatyaptiki, unday emas — butun boshli rivojlanish konsepsiyasi mahsuli bo‘lmagan mo‘may daromad rivojga xizmat qilmasligi ayon bo‘lib turibdi. Aksincha, mashina xaridi uchun monopolistga ortiqcha to‘langan pul egasida qolganda edi, iqtisodiyot uchun foydaliroq bo‘lardi, zero, bu pulga odamlar boshqa narsalarni sotib olishardi, ya'ni pullarini mo‘may daromad topayotgan (tekinxo‘r)ga emas, balki boshqa bir — raqobat sharoitida faoliyat yuritayotgan, raqobat sharoitida rivojlanish konsepsiyasiga ega bo‘lgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga berishardi. Ma'naviy buzilish Monopoliyalarning iqtisodiy salbiy oqibatlaridan-da kattaroq — salbiy ma'naviy oqibatlari ham bor. Mo‘may daromad o‘z mohiyatiga ko‘ra birovdan noo‘rin olingan, birovni norozi qilib olingan pul bo‘ladi. Monopolist narxni sababsiz oshirganda, sifatsiz molini (odamlar uning molini olishga majbur ekanligini bilib) sotayotganda, xaridorni mensimaslikka borganda uning ma'naviy dunyosi zarar ko‘rmay qolmaydi. Bunday ishlar, bunday “model” monopolist korxona boshliqlari uchun odat tusiga kiradi va bu ularni xudbin va badnafs qilib qo‘yadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, monopoliyalarning paydo bo‘lishi uchun muhitni yaratish jamiyatning ma'naviy ustunlariga zarar keltiradi. Bunday noo‘rin holat jamiyatdan pinhon bo‘la olmaydi — odamlarning ko‘z o‘ngida bo‘ladi va ommaning ezgulikka bo‘lgan ishonchiga, o‘zaro ishonch muhiti vujudga kelishiga to‘siq bo‘ladi

Download 181,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish