Munozara metodlari va ularni tashkil etish texnologiyasi


Kichik va katta guruhlarda munozaralarni tashkil etish qoidalari



Download 72,5 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2022
Hajmi72,5 Kb.
#575820
1   2   3
Bog'liq
Munozara metodlari va ularni tashkil etish texnologiyasi.

Kichik va katta guruhlarda munozaralarni tashkil etish qoidalari.

“Munozara” yoki “bahs” so’larining mohiyati shundaki, ular doimo kishilar guruhini anglatadi, ya’ni har qanday bahs yoki munozara guruhda mavjud bo’ladi. Lekin ijtimoiy psiholodiyada (asosan) guruhlarning ikki turi bo’lib, ulardagi shahslar soni va guruhning hajmiga ko’ra, katta va kichik guruh turlariga ajratiladi. Ijtimoiy psihologik treninglar o’tkaziladigan mahsus gurhlar “T-gurhlar”, deb yuritiladi. Lekin an’anaviy “T-gurhlar” kishilar sonining ozligi va bevosita muloqot sharoitlarining yetarli ekanligi bilan tavsiflanadi. Shunday bo’lishiga qaramay, ko’pincha real amaliyotda psholog shunday guruhlar bilan ishlashga to’g’ri keladiki, undagi odamlar soni belgilangandan ko’proq bo’ladi. Masalan, o’rta maktablardagi sinflar, o’quv yurtlaridagi akademik guruhlar shular jumlasidandir. Shuning uchun ham biz bevosita kompakt 8-10 kishilik kcihik guruhlarda hamda odamlar soni 20-30 kishi bo’lgan guruhlarda munozaralarni uyushtirishning mohiyati haqida alohida to’htab o’tamiz.


Shunday qilib, T-guruhlarda munozarani tashkil etishning ayrim o’ziga hos tomonlari va turlari mavjuddir.
Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq scenariyli disput turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog’liqdir (“disput” so’zining lug’aviy ma’nosi “fikrlayapman”, “tortishyapman” , degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa – guruh a’zolarining tanlangan mavzu hususiyatiga qarab, har birining o’z fikr-mulohazalarini ohirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimi batamom hal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda, ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar T-guruh odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 kishigacha) bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga hos tomoni bor. Bu holda bahs guruhi shartli ravishda a’zolarga aniq mavqelari bayon qilingan holda 3 ga bo’linadi. Birinchi guruh – “fikrlarni jamlovchilar”generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi – “tanqidchilar” va uchinchi guruh – “fikrlarni tezlatuvchilar”“katalizatorlar” deb ataladi. Har bir ajratilgan guruhning o’ziga hos funksiyalari bor: “generatorlar” o’rtaga tashlangan muammo yoki bahs mavzusi bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarnio’rtaga holis tashlaydilar. Guruh a’zolaridan biri – lider – ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’linga taqdirda ham, ularni umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga “tanqidchilar” kirishadi. Ularning vazifasi - eshitgan fikrlarga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi “mag’izni” va “puchak” fikrlarni saralash. Shundan keyin vaziyatga qarab, yan so’z “generatorlarga” yoki “katalizatorlarga” berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa yoki mohiyatdan shu mavzuga aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini qaratish kerak, bo’lsa, bahsni davom ettirishga ruhsat berish va uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning o’yiniga baho bergan holda munozarani to’htatish – “katalizatorlar”ning vazifasidir. Ular ko’pincha ikkala guruh uchun arbitrlar – “hakamlar” rolini ham o’ynashlari mumkin.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida ahloqiy-ma’naviy mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash, imkoniyati bo’lsa, suhbatdoshlarni uchburchak – berk stol atrofiga to’plash mumkin. Demak, bahslashuvchilarning fazoviy joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashuvining boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’I lozim. Kichik guruhlardagidan farqli o’laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu guruhga yon bosmasligi yoki ularni o’zining shahsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum man’noda tayyor bo’lishi shart.

Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish