Muqumiy nomidagi


Mavzuning tarixshunosligi



Download 485,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana30.04.2022
Hajmi485,46 Kb.
#596642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
amir temur va temuriylar jang sanati tarixi

Mavzuning tarixshunosligi: 
1987 yil 22 martda Parijda «Temuriylar davri tarixi 
va san’atini o’rganish Fransuz-O’zbek madaniy hamkorligi Uyushmasi tuzildi. Bu 
uyushmaning asoschilari va rahbarlari professor L. Keren va doimo o’zbekona 
liboslar kiyib yuradigan Frederik Bopartyus-Bressan xonimdir.Uyushma Amir 
Temur va temuriylar davri tarixi va madaniyatini targ’ib qilish borasida dunyoda 
birinchi tuzilgan tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar
madaniyati va san’ati, Buyuk Ipak yo’lining muhim qismi, Sharq va G’arb 
madaniyatlarining chorraxasi bo’lmish Markaziy Osiyo tarixi va uning jahon 
sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan xissasi bilan keng Fransuz ommasini tanishtirishdan 
iborat.Bu boradagi amaliy harakat sifatida 1989 yildan beri Uyushma o’zining 
«Temuriylar» nomli davriy nashrinnng 15 ta sonini chop etdi. Bu jurnallarda Amir 
Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’ati to’g’risida qimmatli maqola 
va ma’lumotlar bosilgan (maqolalar ro’yhati ushbu risolaning ilovasida keltiriladi). 
. Amir Temur tarixi manbalari Yevropa olimlari nazdida. L. Kerenni ta’kidlashicha
Temurbek shaxsi va «Tuzuklariga» kelganda eng mashqqati ularni o’sha davr 
ruhida o’rganishdir. Temur tarjimai xoli yana shu bilan maroqliki, u noyob, o’ta 
qobiliyatli, harbiy, boshqaruv, san’at va siyosat kabi turli jabxalarda faoliyat 
ko’rsatgan shaxs. Agar uning nasliy kamtarinligini va o’sha Movarounnaxrdagi taxt 
uchun shiddatli ko’rashlar davrida xukmdorlikni qo’lga kiritishda qanchalik kuch 
sarflaganini olib qaraydigan bo’lsak o’zining barcha rejalarini amalga oshirishdagi 
zafarlari mo’jizali ko’rinadi. Bunda o’tmishdagi voqea va shaxslar xayotidan 
namunalar keltirish va qayyoslashga asoslanuvchi tarixchilar e’tiborini tortadigan 
alohida bir holat bor.
Temurbek beqiyos, uning miqyosi yuq. Biz Soxibqironning tarixiga doir 
Ashyoviy tomonlarni turli mamlakat solnomachilari tuzgan hujjatlar tufayli 
bilsakda, uning xukmdorligi, bashorat qobiliyati, zukkoligi va kuchli irodasi bilan 
do’st va muxolif kishilar hamda voqealarni idora qilish qo-biliyati sirligicha qoladi. 
Ayni uning idora qilish qo-biliyati XV asrdan beri tarixchilarni chalgitib, uning 
hukmdorligi va muzaffarligi jumboqlariga yechim topulmagan tarjimai xol 
mualliflarini bezdirib kelmoqda. Xatto yirik Fransuz tarixchisi Rene Grussening 
«Sahro Sohibqironi» nomli yirik asarida Temur xaqida mantiqsiz jumlalar 
uchraydiki, ular Temur shaxsini asoslashda tarixchilar oldida turgan govlarni 
eslatadi. Bulardan asosiylari «Zafarnoma» nomi bilan mashhur tarixiy 
solnomalardir. Bu muhim manbalar o’sha davrdagi kishilar, mamlakatlar, voqealar, 
janglar, urf-odatlar va xokazolar haqidagi qimmatbaho ma’lumotlarga juda boy. 
Lekin ular Temur avlodlariga xushomad ma’nosidagi qasidalardir. Birinchisi 
Nizomiddin Shomiyning «Zafarnomasi» Temur zamonasida bitilgan, lekin 
Temurning o’zi tomonidan rad etilgan asar. 



Download 485,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish