Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish



Download 21,56 Mb.
bet15/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

I.3-rasm. Burg’ilash maydonni tayyorlash ishi.

B urg’ilash jarayonida minora va qurilmalarni to‘liq yoritilishini ta’minlash uchun elektr chiroqlari o‘rnatiladi. Undan tashqari halokat jarayonida foydalanish uchun 12 V kuchlanish beradigan moslama bilan ham burg’ilash qurilmalarining shikastlanmasdan va to‘xtamasdan ishlashi ta’minlanadi. Qurilma va uskunalarni

qabo’l qilib olish maxsus aktlar bilan hujjatlashtiriladi.

I.4-rasm. Burg’ilash maydonni tayyorlash ishi.

Hamma kamchiliklar va nosozliklar burg’ilash ishlarini boshlashdan oldin to‘g‘rilanadi. Neft va gaz quduqlarini burg’ilashdan oldin qurilmalar, burg’ilash asboblari, burg’ular, konduktor uchun mustahkamlovchi quvurlar, burg’ilash quvurlari, kichik mexanizmlar, nazorat–o‘lchov asboblari, yetakchi quvurlar uchun shurflar, kerak bo‘lgan suv, gil va kimyoviy reagentlar bilan komplektlanadi.

Burg’ilash maydonida dam olishga, ovqatlanishga, ishchi kiyimlarni quritishga hamda yuvish eritmalar retseptlarini tanlash va tahlil etishga mo‘ljallangan xonalar quriladi. Bundan tashqari ular qo‘l va yordamchi asboblar to‘plami, yong‘inga qarshi vositalar, tibbiy quticha va sanitariya vositalari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi tadbirlar to‘g‘risidagi har xil ko‘rsatmalar, rasmlar, chizmalar bilan jihozlanadi. Nomlari aniq ko‘rsatilgan har xil turdagi yoqilg‘i va moylash materiallari zahirasi burg’ilash joyidagi yopiq idishlarda saqlanadi.

Transport bilan borish qiyin bo‘lgan joylarda parmalanayotgan quduqlarning butun ish muddati yoqilg‘i va moylash materiallari bilan ta’minlanadi. Quruvchilar va yig‘uvchilardan yer ishlari, qurilma va asbob-uskunalarni qabo’l qilib olgandan keyin, burg’ilash brigadasi tomonidan burg’ilashga tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Keyin tal sistemalari o‘rnatiladi va kichik mexanizmlar (mashina kalitlari, tal bloklari, ilgaklar) yig‘iladi.

Quduqni qurilishi quduq og‘zining o‘pirilishi va yuvish eritmalari bilan yuvilib ketmasligini ta’minlash uchun shaxta yo‘naltiruvchisini o‘rnatishdan boshlanadi. Mustahkam tog‘ jinslarining shaxta yo‘naltiruvchisi minoralarni yig‘ish jarayonida aniqlanadi. Shuning uchun yo‘naltiruvchi quvurlarni joylashtirish uchun chuqurligi 4-5 metr bo‘lgan shaxta qaziladi. Yo‘naltiruvchi quvur markazi burg’ilash minorasining pastki romi markaziga mos bo‘lishi kerak. Bu markazning tikligi maxsus og‘irlik tekshirgichi yordamida tekshiriladi.

Shaxta yo‘naltiruvchisi o‘rnatilgandan keyin unga toshli bitum to‘kiladi va sement eritmalari quyiladi. Agar yer yuzasi bo‘shoq tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lsa rotor yordamida yo‘naltiruvchi quvurlar uchun chuqurligi 15-20 metr bo‘lgan quduq qaziladi. Quduqqa yo‘naltiruvchi quvurlar tushirilib, markazlashtiriladi va quvur devorlari oralig‘idagi muhitga sement eritmalari quyiladi. Yo‘naltiruvchi quvurlarning yuqori qismi tarnovgacha yetadi va u orqali quduqdan chiqayotgan yuvish eritmasi sirkulyatsion sistemasiga uzatiladi. Ko‘p yillik muzlagan bo‘shoq tog‘ jinslarining 1°C da erishi natijasida quduq og‘zi yuvish qorishmalari bilan yuvilib ketmasligini ta’minlash maqsadida chuqurligi 10 m, kengligi 2x2 yoki 1,5x1,5 metrli shaxta qaziladi. Keyin shaxtaga diametri 0,508 yoki 0,509 m li quvur tushirilib, ular markazlashtiriladi.

Quvurlar atrofi va shaxta tagiga 0,030-0,040 m qalinlikda gillar va tuproqlar tashlanib zichlanadi. Keyin qizdirilgan but va shag‘al tashlanadi hamda qat-qat qilib sementli qorishmalar quyiladi. Bunday qat-qat qilib quyilgan sementli qorishmalar toshli materiallar orasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga hamda suyuqliklarni o‘tkazmaydigan manolit hosil qilishga mo‘ljallangan. Qizdirilgan tosh materiallar va issiq sementli qorishmalar harorat rejimini hosil qiladi. Bu esa sement qorishmasining butobeton bo‘lib qotishini hamda butobeton va yo‘naltiruvchi quvurlar orasida mustahkam kontakt paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Burg’ilash qudug‘ining muvaffaqiyatli burg‘ilanishi uchun minorani markazlashtirish katta ahamiyatga ega. Yetakchi quvurlar va tal sistemasi o‘rnatilgandan osgandan keyin minorani markazlashtirishga kirishiladi. Agar minora to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, og‘ir yuk tekshirgich markazdagi diagonal kesishgan nuqtaga mos keladi. Quduq og‘zi markazidan og‘ir yuk tekshirgichning og‘ish yo‘nalishiga qarab minoraning qaysi tayanch oyoqlarini ko‘tarish yoki pastki tushirish hamda taglik quyib, umumiy markazga ega bo‘lmagan holatlari tekshiriladi va maxsus ko‘targichlar yordamida to‘g‘rilanadi. Burg‘ilanayotgan quduq chuqurligi 40-50 metrga yetganda yana bir marta minoraning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi. Rotorning markazi minora va yo‘nalish markaziga mos kelishi kerak. Rotorning gorizontal o‘rnatilganligi tenglashtirgich moslama bilan tekshiriladi.

Rotorning o‘qi chig‘irning transmission o‘qiga parallel bo‘ladi. Undan tashqari rotorga aylanma harakat beradigan rotor o‘qidagi zanjirli g‘ildirak va chig‘ir o‘qidagi transmission zanjirli g‘ildiraklar bir vertikal tekislikda joylashishi lozim. Aks holda zanjir onda-sonda o‘zining yo‘nalishidan chiqib ketib uzilishi mumkin. Shuning uchun rotor o‘rnatilgan joy mahkamlangan va to‘silgan bo‘ladi.

Burg’ilash minorasi markazlashtirilib, rotor o‘rnatilgandan keyin, yetakchi quvurlar uchun shurf qazishga kirishiladi. Shurf burg’ilash quvurlarini uzaytirish jarayonida yetakchi quvurlarni tushirishga mo‘ljallanadi. Shurf tagi asosan turbobur yoki rotor yordamida qaziladi. Quduq og‘zida turbobur bilan shurf qazish uchun burg’u, turbobur va yetakchi quvurlar to‘planadi. Minoraning o‘ng oyog‘i bilan quduq markazini tutashtiruvchi chiziqda quduq o‘qidan 1,5-2 m masofada shurf quvuri uchun teshikcha qaziladi. Ana shu minora oyog‘iga vaqtinchalik burg’ilash asosidan 1,5-2,0 m sathda g‘ildirakcha va uzunligi 12-15 m, diametri 0,285 m li kanop arqon bog‘lanadi. Shurf tagini burg’ilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: burg‘ilanayotgan shurf tagi teshikchalariga turbobur burg’u bilan birgalikda keltiriladi. Turbobur korpusi kamida uchta o‘ramli kanop arqon bilan o‘raladi. Yuruvchi arqonning oxirgi uchi minora oyog‘iga va qochuvchi arqon oxirgi uchi esa blokcha orqali kontryukka ulangan bo‘ladi. Vertikal holatda yetakchi quvur bilan turboburning birgalikdagi harakati ma’lum kuchlanishni saqlagan holda kanopli arqon o‘ramining tushirilishini ta’minlaydi. Turbobur yoki elektrobur yordamida shurflarni havfsiz burg’ilashda maxsus egilgan yetakchi quvurlar shaklidagi bolg‘alanib yasalgan ikki plastinli moslamadan foydalaniladi. Plastinalar yetakchi quvurlarga kiydiriladi va ular bir-biri bilan to‘rtta boltda mahkamlanadi.

Plastinning ikki yon tomonlaridagi teshikchalarga po‘lat arqon o‘tkazilib soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda vertlyukka ulanadi va ilgakga mahkamlanadi. Ilgak stopor yordamida qayd qilinadi. Shurf tagini burg’ilashda inersiyasi reaktiv momentni so‘ndirishga yetadigan yetakchi quvurlar aylanishini tal sistemasining osilgan qismi yordamida ushlab turiladi. Keyin chuqurligi 15-16 metrli shurf qaziladi. Unga diametri 0,273 m bo‘lgan bir-biriga buralgan ikki mustahkamlovchi quvurlar tushiriladi. Rotor bilan shurf tagi parmalanganda, uning uzatmasi chig‘ir orqali amalga oshiriladi. Shurf tagini burg’ilashda chig‘ir orqali rotor uzatmasi shurf joyiga ko‘chiriladi va rotor qiya o‘rnatilib uning tagiga 0,90 m li yog‘och doska quyiladi. Rotorga aylanma harakatni chig‘ir barabanining kichik tezlikdagi g‘ildiragiga kiydirilgan zanjir yordamida beriladi. Shurf tagini burg’ilashda rotor quduq og‘zidan 1,5-2,0 m masofadagi shurf qazilgan joyga o‘rnatib mahkamlanadi. Hamma tayyorgarlik ishlar nihoyasiga yetgandan keyin, burg’ilash qudug‘ini qazishdan 2 kun oldin burg’ilashni ishga tushirish bo‘yicha brigada a’zolari va korxonalar rahbarlari ishtirokida katta yig‘ilish o‘tkaziladi. Bu yig‘ilish davomida brigada a’zolari quduqning konstruksiyasi, geologik kesimi, tog‘ jinslarining fizik-Mexanik xossalari, kutiladigan asoratlar, burg’ilash tartibi bilan mukammal tanishadilar. Shu yerning o‘zida burg’ilash qudug‘ini tez va halokatsiz burg’ilashning texnik tadbirlari muhokama qilinadi. Agar quduqni burg’ilash muddati 2 oydan oshgan hollarda har oyda ish natijalari va burg’ilash texnologiyasi to‘g‘risida texnik kengashlar o‘tkaziladi. Quduqlarni burg’ilashga quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lgandagina ruxsat etiladi:

а) geologik-texnik naryad (GTN);

b) rejim-texnologik xarita. Agar burg’ilashning chuqurligi 3000 metrdan oshsa, burg’ilashning texnologik loyihasi;

v) «Sanoatkontexnazorat» inspeksiyasi ruxsati yoki qabo’l komissiyasi akti bo‘lganda;

g) burg’ilash ishlarini olib borish naryadi.



Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish