Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Quduq qurishning sikllari



Download 21,56 Mb.
bet16/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

1.7. Quduq qurishning sikllari

Neft va gaz quduqlarini qurishning to‘liq sikli quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: yer tekislash ishlarini amalga oshirish va minoralar uchun poydevorlar qurish (ko‘chma, ko‘chmas, metalli, betonli va yog‘och brusli);

minoralarni, qurilma va asbob-uskunalarni joylashtirish; burg’ilash va energetik asbob-uskunalarini yig‘ish; quduqni burg’ilashga asosiy tayyorgarlik ishlari; quduqni burg’ilash (quduq tanasini chuqurlashtirish); quduq tubini shlamlardan tozalash; qatlamlarni ajratish (quduqlarni mustahkamlash va sementlash); mahsuldor qatlamlarni ochish va neft yoki gaz oqimini sinash; quduq ichi bosimlarini tartibga solish; yeyilgan, ishdan chiqqan jins yemiruvchi burg’uni va boshqa asbob-uskunalarni almashtirish; suv va gil qorishmasining zahirasi bilan ta’minlash; burg’ilash, energetik asbob-uskunalarni va minoralarni qismlarga ajratish, ularni yangi joyga ko‘chirish. Quduqlarni qurish burg’ilashga joy tanlashdan boshlanadi. Burg’ilashning butun ishlab chiqarish sikli, ya’ni burg’ilashga poydevorlar tayyorlashdan to qurilma va asbob-uskunlarni bo‘laklashgacha bo‘lgan hamma ishlar hamda qurish va yig‘ish ishlarining ayrim turlarini hisobga olgan holda qisqa muddatda bajariladi.

Burg’ilash minoralarini qurish ishlarining birinchi kunidan boshlab yer tekislovchilar, duradgorlar, yig‘uvchilar (maxsus mexanizmlar bilan) brigadasi ish boshlaydi. Agar ish joylarining relyefi notekis bo‘lsa, gorizontal holatga keltiriladi. Relyef yuzalari tekis bo‘lgan hollarda poydevorlar yuzasidan minoralar, chig‘irlar, dvigatellar va nasoslar ramasi uchun chuqurchalar qaziladi. Undan tashqari quduqqa tushiriladigan yo‘naltiruvchi deb ataluvchi birinchi mustahkamlovchi quvurlar uchun shaxta qaziladi. Bu quvurlar quduq tanasiga yo‘nalish beradi hamda suyuqlik oqimi bilan quduqning yuqori qismi yuvilib ketmasligini ta’minlaydi. Burg’ilash jarayonida ixcham va arzon metallardan tayyorlangan ko‘chma poydevorlardan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Odatda, burg’ilash poydevorlari qurilib bo‘lgandan keyin metalli minoralarni yig‘ish operatsiyasi boshlanadi. Balandligi 41 dan 53 metrgacha bo‘lgan minoralar konussimon, to‘rt oyoqli kesish piramida yoki A-simon shakllarda tayyorlanadi. Minoralarni yig‘ish jarayonida ayrim qurilma va asbob-uskunlar ham o‘rnatiladi. Burg’ilash qurilma va asbob-uskunalarini yig‘ish ishlari tal sistemasini jihozlash bilan tugallanadi. Ko‘tarish mexanizmi chig‘ir, tal arqoni, kronblok, tal bloki va ko‘tarish ilgagidan tashkil topgan. Ko‘tarish mexanizmi – burg’ilash quvurlarini quduqqa tushirish va ko‘tarishga, ishlash natijasida samara bermaydigan (sayqalangan) burg’ularni almashtirishga, burg’ilash jarayonida burg’ilash quvurlarini og‘irligi bo‘yicha tutib turishga, shuningdek mustahkamlovchi quvurlarni quduqqa tushirishga xizmat qiladi. Chig‘irning harakati elektromotor yoki maxsus reduktor (korpus ichiga o‘rnatilgan tishli yoki gidravlik uzatma) yordamida ichki yonuv dvigateli bilan amalga oshiriladi. Burg’ilash minorasi markaziga o‘rnatilgan rotor aylanma harakatni chig‘irdan yoki individual dvigateldan oladi. Rotor o‘z navbatida aylanma harakatni kvadratli shtanga deb ataluvchi yetakchi quvurga, keyin u orqali burg’ilash quvurlariga va burg’uga uzatadi.

Burg’ilash asbob-uskunalarini yig‘ish operatsiyasi kronblok orqali chig‘ir barabaniga o‘tadigan tal arqoniga ko‘taruvchi ilgak yordamida tal blokini osib uskunalash bilan tugallanadi. Odatda nasos oldiga yuvish qorishmalarini to‘plash uchun metalldan yasalgan sig‘im joylashtiriladi. Keyin quduq og‘zidan nasos sig‘imga ma’lum bir qiyalikka va burilishga ega bo‘lgan tarnov yoki Mexanik tozalagichlar (tebranma elak, elak-konveyyer)dan tashkil topgan aylanish sistemasi yoki gidrotsiklon o‘rnatiladi. Quduqlarni burg’ilash usuliga va chuqurligiga qarab tarnovlarning uzunligi 15-16 m dan 25-30 m gacha, balandligi 0,020-0,025 m, eni 0,030-0,040 m bo‘ladi. Tarnovning tag qismining har 1,5-2,0 metrida balandligi 0,015-0,018 m bo‘lgan to‘siq o‘rnatiladi. Bu esa qorishmalar strukturalarining buzilishini va qorishmadan shlamni to‘liq ajratilishini taminlaydi. Ularning to‘siqli, tarnov sistemali, shtanga uchun tozalash sistemali, gidravlik tarnovli, aylanmali turlari mavjud.

Shuningdek quduqqa kerakli miqdorda yuvish qorishmalarini yetkazib berish, tubni to‘liq tozalash, yemirilgan tog‘ jinsi zarrachalarini quduqdan tashqariga olib chiqish va quduq tubida ishlayotgan burg’uni sovutish uchun ikkita nasos o‘rnatiladi. Burg’ilash jarayonida burg’ular qanchalik tez sovutilsa, shunchalik quduq tubida ishlash muddati oshadi hamda burg’uning bir reysdagi qazish unumdorligi yuqori bo‘ladi.

Bundan tashqari tayyorgarlik ishlari tarkibiga bir yoki ikkinchi shurflarni qazish ham kiradi. Birinchi shurf hamma burg’ilash joylarida mavjud. Bu shurf tushirish va ko‘tarish jarayonlari vaqtida kvadratli shtangalarni va burg’ilash quvurlarini tushirib qo‘yishga mo‘ljallangan. Ikkinchi shurf burg’ilash jarayonida quvurlarni uzaytirish jarayonini tezlatishga hizmat qiladi.

Burg’ilash quvurlari birikmasini uzaytirish ikki yoki bir necha usullarda bajariladi:

a) ikki elevator orqali;

b) uchta elevator orqali;

v) qo‘shimcha shurf bilan.

Burg’ilash quvurlari birikmasi - chuqur quduqlarni burg’ilashda tog‘ jinslarini yemiruvchi asboblarni yer ustidagi qurilma bilan birlashtiruvchi pog‘onali ichi bo‘sh val orqali xarakatga keltirib turadi.

Ular burg’ilash quvurlari birikmasiga o‘q bo‘yicha yuklanishni tashkil etishga, aylanma harakatni burg’uga uzatishga, elektr va gidravlik energiyani yetkazishga, quduq tubini tozalash uchun qorishma uzatishga, shlamni chiqarishga, quduqning egriligini o‘lchashga mo‘ljallangan.

Burg’ilash quvurlari birikmasi asosan yo‘naltiruvchi quvur, yupqa devorli po‘lat quvur va og‘irlashtirilgan quvurlardan tashkil topadi.

Odatda og‘irlashtirilgan quvurlar birikmasining pastki qismiga burg’ilash burg’usi birlashtiriladi.

Xulosa

«Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» ishini o’rganish natijasida umumiy bilimga ega bo’lgan har bir talaba quduq tuzilishini loyihalash, burg’ilash asbob – uskunalari va ularning ishlash printsiplari, burg’ilash usullarini, mahsuldor qatlamlarni ochish, ularni sinash, ishga tushirish usullarini tanlash bilish hamda mahsuldor qatlamlarni sifatli qilib ochish hozirgi kun talabiga javob beradigan yuvish eritmalarini aniqlay bilish, shuningdek quduq sifatini to’g’ri baholash va quduq qurishini tan – narxini pasaytirish muammolarini yecha olish malakasiga ega bo’lishlari lozim.




Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish