Musiqiy ta`limiy o`yin jarayonida musisiy diqqat va musiqiy tafakkur


O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan



Download 37,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana04.09.2021
Hajmi37,79 Kb.
#164044
1   2   3   4
Bog'liq
N32-raqam Davronov F

3.O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan

o‘zaro  hamkorlik aloqalari.

Prezidentimizning jahondagi turli mamlakatlarga tashrifi

O`zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini yanada

mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan,

Yaponiya, AQShga tashrifi davomida bu mamlakatlar bilan

o`zaro hamkorlik maslalalari hal etildi. Bu o`rinda AQSh bilan

bo`layotgan o`zaro aloqalarga to`xtab o`tmoq joiz. Dunyoning

yetakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy,

intelektual salohiyatga ega bo`lgan AQSh bilan har tomonlama

munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz

uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham ikki davlat

uchun muhim bo`lgan yo`nalishlardagi munosabatlar izchillik

bilan rivojlandi. O`zbekiston rahbariyatining 1995-yil AQSh

vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashuvi davomida

O`zbekiston va AQSh o`rtasida teng huquqli va o`zaro manfaatli

aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor

masalalar hal etildi. Ayni paytda AQSh O`zbekistonning

Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi

yetakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm,

narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va

I.Karimovning AQShga tashrifi chog‘ida muhokama etilgan



17

boshqa masalalar sohasida teng huquqli hamkorlikni

rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

O`zbekiston rahbarining 1996-iyun oyida yil AQShga

qilgan yetti kunlik tashrifi O`zbekiston tashqi siyosatida o`ziga

xos o`rin tutadi. Mazkur tashrif davomida O`zbekiston va AQSh

o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy

asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va

xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi. Siyosiy jihatdan ushbu

tashrifning ahamiyati shundan iborat bo`ldiki, O`zbekiston

rahbariyati AQShda kamdan kam qo`llaniladigan udum

mukammal askariy tashrifot bilan kutib olindi.

O`zbekistonning AQSh bilan munosabatlari yildan yilga

mustahkamlanmoqda. O`tgan bir necha oy ichida yurtimizga

Vashingtondan bir qancha davlat va jamoat rahbarlari, harbiy

mutaxassislar, chunonchi 16 nafar senator va 8 nafar

kongressmen kelib ketdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2002-yil

11-14 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Amerika Qo`shma

Shtatlarida bo`ldi. Tashrif kunlari Yurtboshimiz AQSh

Prezidenti Jorj Bush va bir qancha davlat rahbarlari bilan

uchrashdi.

Jorj Bush O`zbekiston qat’iyat bilan aksilterror

koalisiyatsini qo`llab-quvvatlaganini AQSh hukumati va xalqi




18

unutmasligini, bu minnatdorlik va ehtirom kelgusida juda ko`p

bor namoyon bo`lishini ta’kidladi. U Islom Karimovni, bundan

buyon AQSh strategik sherik sifatida doim O`zbekiston bilan

birdam bo`lishiga ishontirdi.

Vashingtonda AQSh hukumati 2002-yilga O`zbekistonga

yordam tariqasida 160 mln. dollar ajratishini ma’lum qildi.

O`zbekiston qurolli kuchlari islohotga ko`maklashish uchun 43

mln. dollar ajratilish ma’lum qilindi. O`tgan yili bu raqam 15,5

mln. dollar edi.

Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana

olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O`zbekiston

rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi

iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy

sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga

xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi

tamoyillarga amal qiladi:

 

-Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;



-O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb

qilishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-

sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish;

-Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini

zamonaviylashiga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga

nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini o‘tkazish;




19

 

-Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim



sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda

raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish;

O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va

bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi

qonunlarning ahamiyati katta bo`ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat

to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi va “Xorijiy

investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”gi,

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar

shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el

investisiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni ham

ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni

kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish

uchun shart-sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik

investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida

keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O`zbekiston iqtisodiga

umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan

investitsiyalar boj to`lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning

davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki

natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to`lashdan va

korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va

texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham

soliq to`lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni




20

import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha

kamaytirildi.

Bu o`rinda shuni aytib o`tmoq lozimki, chet ellik

investorlarga yordam ko`rsatish maqsadida O`zbekistonda

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmog‘i tashkil

etildi. Bular qatorida “O`zbekinvest” Milliy eksport-import

sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo`yicha agentlik,

tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta

ahamiyatga ega bo`ldi.

Ana shunday yaratilgan qulay shart-sharoitlar imkoniyatlar

natijasida O‘zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar

Germaniya, XXR, Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya

kabi mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli aloqalar o`rnatdi.

Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab O`zbekistonga 12

milliard Amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb

qilindi. O`zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida

respublika hududida qayd qilingan qo`shma korxonalarning soni

esa shu kunlargacha 1810 taga yetdi.

O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o`z mavqeiga

ega bo`lib borishi quvonarli holdir. Bu o`rinda mustaqillikning

dastlabki kunlaridan boshlab AQSh bilan o`zaro hamkorlik

aloqalari bu ikki davlat o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng

miqyosda olib borilishi xususida to`xtab o`tmoq lozim.




21

O`zbekistonda mustaqillik dastlabki yillaridan AQSh bilan

O`zbekiston o`rtasida imzolangan o`zaro manfaatli shartnomalar

asosida O`zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib keldi. Bu

sarmoyalar ishtirokida respublikada qo`shma korxonalar tashkil

topib faoliyat ko`rsatib turibdi. O`zaro tuzilgan shartnomalarga

ko`ra, AQSh O`zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti

boyliklarini o`zlashtirish uchun katta sarmoya mablag‘larni

ajratishni o`z zimmasiga oldi, natijada respublikaga

Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O`zbekistonda

Amerikaning “Nyumont-Mayning” kompaniyasi bilan

hamkorlikda oltin qazib oladigan “Zarafshon-Nyumont”

qo‘shma korxonasi qurib ishga tushirildi.

Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O`zbekistonda

“SamKuchavto”, “UzDEUavto”, Ko`kdumaloq kompressor

stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar

qurildi.

  Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan “O‘zDEUavto”,

“O‘zDEU elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat

natijasi o`laroq O`zbekiston jahondagi avtomobil ishlab

chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o`rin egalladi va yuqori

baholarga sazovor bo`ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda



telefon tarmoqlari yangilandi.

Download 37,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish