Mustaqil ish bajardi: Qabul qildi: mavzu: Elektr energiyasining elektr himoyaviy manbalari. Reja: Kirish



Download 437,52 Kb.
bet4/4
Sana12.03.2022
Hajmi437,52 Kb.
#491717
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr energiyasining himoyaviy manbalari

Avtomat uzgichlar

O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarini normal bo‘lmagan rejimda avtomat


ravishda uzadigan yoki normal ish sharoitida ham o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok
zanjirlarini ayrim hollarda ulash va uzishda ishlatiladigan apparatlarga avtomat uzgich (avtomat)lar deyiladi.
Avtomat uzgichlar yordamida elektr zanjirini uzganda hosil bo‘ladigan yoy muhitdagi havo yordamida so‘ndiriladi. Shu sababli ularni havo uzgichlari ham deb ataladi.
Avtomatlar bajaradigan funksiyasi va tezligiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi.
O‘zining ishlab ketish vaqtiga qarab avtomatlar qo‘yidagi guruxlarga bo‘linadi:
1-guruh. Bu guruhga kiruvchi avtomatlarga o‘rnatiluvchi va universal avtomatlar
kiradi. Normal toki 100 A dan yuqori bo‘lgan o‘rnatiluvchi va universal avtomatlarning o‘zini ishga tushib ketish vaqti 10 ms dan 100 ms gacha bo‘ladi. SHu sababli bu avtomatlar tokni cheklash ta‘siri bo‘lmaydi.
Qisqa tutashuv toki 100 kA bo‘lgan avtomatlarning tez ta‘sir etishini ta‘minlash uchun maxsus choralar ko‘riladi va avtomatlarning ishlab ketish vaqti 10 ms dan kam bo‘lishi mumkin. Bunday holda avtomatlarni tokni cheklovchi deyiladi.
2-guruh. Bu guruhga nominal o‘zgarmas toki 500-10000 A bo‘lgan tez ta‘sir etuvchi avtomatlar kiradi. Bunday avtomatlarning ishlab ketish vaqti katta toklarda 5 ms gacha bo‘ladi.
5-rasmda avtomat uzgichlarning asosiy elementlari ko‘rsatilgan.

5-rasm. Avtomat uzgichning prinsipial sxemasi:
1-elektromagnit yuritgich; 2-dastak; 3- richak; 4, 6, 10, 16 – prujina; 5,11 – asosiy
kontaktlar; 7- yoy so‘ndiruvchi kontakt; 8- yoy so‘ndiruvchi kamera; 9- elektrodinamik kompensator; 12-egiluvchan tutashtirgich; 13-etakchi detal; 14-ilgak; 15-tishchalar; 17- maksimal to‘g‘ri ta‘sir etuvchi rele. 5-rasmda uzgichning uzilgan holati ko‘rsatilgan. Uni ulash uchun qo‘lda ushlagichi 2 aylantiriladi yoki elektromagnit yuritgich 1 (YA)ga kuchlanish beriladi.
Hosil bo‘lgan kuch richak 3ni o‘ng tomonga siljitadi, natijada etakchi detal 13 buraladi. So‘ngra yoy so‘ndirish kontaktlari 7 ulanadi va ketmag‘ket holda egiluvchan bog‘lanish 12 va kontaktlar 5,11 ishga tushadi. Bu jarayon tugagandan keyin uzgich ulangan holatda tishli 15 ilgak 14 va prujina 16 lar yordamida ushlab turiladi. Uzgich yuritgich 1 li dastak 2 yordamida uziladi.

6-rasm. Avtomat uzgichning himoya tavsifi


―Elektron‖ seriyadagi avtomat uzgichlar o‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun 660 V
gacha va o‘zgarmas tok zanjirlari uchun esa 440 V gacha, nominal toklari 1000-6300 A, hamda uzish toki 65-115 kA ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
AVM seriyali avtomat uzgichlar o‘zgaruvchan kuchlanishi 500 V, va o‘zgarmas
kuchlanishi 440 V va nominal toklari 2000 A ga mo‘ljallab tayyorlanadi.
Tez ta‘sir etuvchi avtomatlar. Bunday avtomatlar vazifasiga qarab:
- teskari tok avtomatlari (o‘zgarmas tok tomonidan uzishga mo‘ljallangan);
- maksimal tok avtomatlari (o‘zgarmas tok zanjirlarini o‘ta yuklanish va qisqa
tutashuvdan himoyalash uchun, zanjirni uzishga mo‘ljallangan);
Avtomatlarni tanlash o‘rnatilgan kuchlanish bo‘yicha tok turi va uning qiymati bo‘yicha ; konstruktiv tuzilishi bo‘yicha; chegaraviy uzish toki bo‘yicha tanlanadi.

XULOSA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan apparatlarga elektr qurilmalarida
ishlatilayotgan ko‘plab avtomat va noavtomat elektr apparatlari kiradi.
Bu apparatlar elektr qurilmalarining elektr zanjirlarini ulash, uzish, anormal
rejimlardan himoya qilish va boshqa vazifalarini bajaradi.
Vazifasi va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra bu apparatlar 4 ta guruhga bo‘linadi.
1. Uzish (o‘chirish)uchun ishlatiladigan apparatlar. Ajratgichlar yuklama bo‘lmaganda zanjirlarni turli xil qayta ulash uchun qo‘llaniladi. Uzilgan holatda ajratgichlar izolyasiyali oraliq bo‘lib xizmat qiladi va zanjirning uchastkalarini uzish vazifasini bajaradi hamda elektr qurilmalariniko‘zdan kechirish va sozlash sharoitlarini yaratib beradi. Uzgichlar anormal va avariya rejimlarida sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv va o‘ta yuklanishdan elektr zanjirlarini avtomat ravishda uzish va zanjirlarni operativ (tezkor) ulash va uzish uchun ishlatiladi.
2. Himoya apparatlari. Saqlagichlar elektr janjirlarini qisqa tutashuv va o‘ta yuklanish toklaridan himoyalash uchun mo‘ljallangan. Zaryadsizlantirgichlar elektr zanjirlarini o‘ta kuchlanishdan himoya etadi.
3. Releli va o‘lchov manbalari zanjirlarining apparatlari. Tok va kuchlanish
transformatorlari o‘lchov asboblari va releli himoyasi uchun manba hisoblanib, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan releli va o‘lchov zanjirlarini birlamchi kuchlanishi 1000 V dan katta bo‘lgan zanjirdan izolyasiyalaydi.
4. Tokni cheklovchi apparatlar. Tokni cheklovchi reaktorlar katta quvvatli elektr
zanjirlarda sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv rejimidagi tokni cheklash va shu rejimlarda kuchlanishning qiymatini bir xilda ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Kuchlanishi 1000 V dan katta bo‘lgan elektr apparatlarining asosiy parametrlari.
Apparatning nominal kuchlanishi U н -apparat uzoq muddatli normal ishlab turgan vaqtdagi va ma‘lum bir izolyasiya sinfiga mos keluvchi kuchlanish.
Energetika tizimida qo‘yidagi kuchlanishlar qabul qilingan: 3; 6; 10; 15; 20; 35; 110; 150; 220; 500 va 750 kV.
Apparatning nominal (uzoq muddatli) toki I н - apparatdan uzoq muddat o‘tib turgan tok, bunda atrof muhit teperaturasida apparatning ayrim qismlarining qizishi yo‘l qo‘yilgan qiymatidan oshib ketmasligi lozim.

Download 437,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish