Mustaqil ish mavzu: Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari. Bajardi


Yer tuzish - bu mamlakat xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismidir. Uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi



Download 428,66 Kb.
bet4/7
Sana30.06.2022
Hajmi428,66 Kb.
#718680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqqil ish

Yer tuzish - bu mamlakat xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismidir. Uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
* yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning oqilona tizimini yaratish va takomillashtirish;
* barcha shakldagi yer egaliklari, yerdan foydalaniщlar va yerda xo‘jalik yuritishlarning rivojlanishlari uchun teng hududiy sharoit yaratish;
* mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yerlardan foydalanish tartibini va sharoitlarni belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlash;
* yer solig‘i va yer uchun ijara haqini belgilash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish ziyonlarini va yer egaliklari hamda yerdan foydalanishlarning yerlarni olishdagi zararlarini belgilash uchun ma’lumotlar tayyorlash;
* yer tuzishda belgilangan chegaralarning joylarda belgilanishi aniqligini va so‘zsiz tan olinishini ta’minlash;
* melioratsiyalashning yo‘nalishini asoslash va kelajagini belgilash;
* qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish uchun hududiy sharoit yaratish;
* tabiiy landshaftlarni saqlash va yaxshilash, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, yerlarni rekultivatsiyalash, ularni eroziyadan himoya qilish va boshqa buzilish jarayonlarini hamda buzilgan yerlarni konservatsiyalash bo‘yicha tadbirlarni ishlash.


Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va texnikasi

Yer tuzish iqtisodiy, huquqiy va texnik harakatlar yigindisini o‘zida mujassamlashtiradi, lekin uning mohiyati hamma vaqt ham uning tashqi ko‘rinishlari orqasidan ko‘rinavermaydi. Yer tuzish avvalo iqtisodiy tadbir bo‘lib, huquqiy va texnik harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun u ko‘pchilik hollarda toza texnik va huquqiy operatsiyalar yig‘indisiga o‘xshab ko‘rinishi mumkin.


Yer tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning yerning ma’lum uchastkalariga bo‘lgan huquqlari paydo bo‘lishi yoki o‘zgarishi mumkin, u texnik (geodezik) harakatlar yordamida belgilanadigan chegaralarning o‘rnatilishi yoki o‘zgarishi bilan yakunlanadi. Yer egaliklari (yerdan foydalanishlar) chegaralari yer egasining (yerdan foydalanuvchining) yerga bo‘lgan huquqlarining hududiy chegarasi hisoblangan chiziqning joylardagi aniq o‘rnini o‘zida ifodalaydi. Yer egaliklari
yoki yerdan foydalanishlar ichida, geodezik vositalar yordamida, har xil xo‘jalik ahamiyatiga ega (dalalar, yer turlari) yer uchastkalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaralar o‘tkaziladi. Bu chegaralar qishloq xo‘jalik korxonasining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ham zarur. Yer tuzishning tashqi ko‘zga tashlanadigan namoyon bo‘lish shakli shunday, u o‘z o‘zidan juda ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan uning mohiyatini aks ettirmaydi.
Yer tuzishning mohiyati uning iqtisodiy mazmuni bilan aniqlanadi, u avvalo, yerdan ishlabchiqarish vositasi va iqtisodiy aloqalar ob’ekti sifatida foydalanishni va muhofazalashni tashkil etishdan, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarni yechish uchun hududni tuzishdan iborat. Yer tuzish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish bilan organik bog‘langan, boshqa tarmoqlarda esa kamroq darajada bog‘langan; u ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun hududiy asosni ham yaratadi. Nihoyat, har qanday korxona, muassasa, tashkilot, faoliyat ko‘rsatishi va o‘z vazifalarini bajarishi uchun yer uchastkasi - yerdan foydalanishi zarur, u yer tuzish yordamida
tashkil etiladi; shuning uchun yer tuzish iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarishni joylashtirish masalalari bilan chambarchas bog‘liq.
Hududni tashkil etishning barcha shakllari va elementlari (chegaralar, maydonlar, shakllar, yer uchastkalarining joylashishi, tarkibi va sh.o‘.) ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va talablariga, uning rivojlanishi va samaradorligining oshishiga hamda undan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni albatta ta’minlash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish texnologiyalariga to‘la mos kelishi kerak. Shu maqsadda ayrim uchastkalarga ma’lum maydon va shakl beriladi, joylarda qutb tomonlariga nisbatan joylashishi va sh.o‘. belgilanadi. Bular hammasi avvalo yerdan foydalanishning turg‘un iqtisodiy natijalariga erishish uchun qilinadi.
Yer tuzishning ahamiyatli tomonlaridan biri - u hamma vaqt huquqiy mazmunga ega. Yer mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning ma’lum yer uchastkalariga huquqlari va majburiyatlari hamda bu uchastkalardan foydalanish tartibi va xarakteri, bundan kelib chiqadigan shaxslarning o‘zaro majburiyatlari belgilanadi. Qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalariga huquq beriladi, bu huquqni tasdiqlovchi hujjat tayyorlanadi va beriladi. Yer tuzishni o‘tkazishning va unga kiradigan ishlar tarkibinining belgili tartibi ham mavjud.

Download 428,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish