Mustaqil ishi mavzu: Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar. Mavzu: Mavzu: Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar


Nashr jarayonining ikkinchi bosqichi



Download 0,98 Mb.
bet2/6
Sana23.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#506815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kadikologiya

Nashr jarayonining ikkinchi bosqichi


Tahrir davri nashr jarayonining markaziy bosqichi hisoblanadi. Muallifdan qo‘lyozmani qabul qilish tahrir davrining boshlanishi bo‘lsa, qo‘lyozmani ishlab chiqarishga topshirish yakunidir. Nashriyotga kelgan qo'lyozma bu bosqichda har tomonlama baholanadi, so‘ng loyiq deb ma’qullangach bosishga tayyorlanadi. Agar biz oldingi bobda ko‘rganiraizdek, u bosqichda muharriming faoliyatida tashkillashtirish, ko‘proq pedagoglik ustuvorlik qilgan bo‘lsa, mazkur bosqichda ishning ijodiy tomoni asosiylik kasb etadi. Lekin, shunda ham bu bosqichda tashkiliy, tahririy-texnik
masalalar kam emas. Qo‘lyozmani qabul qilish shulardan biri hisoblanadi.
Qo‘lyozmani qabul qilish degani uni muallifdan qo‘lyozma solingan jildni olish-u, jovonga qo‘yish emas. Qo`lyozmani avvalo, tahririyat mudiri, bosh mutaxassis (katta muharrir) qabul qilib oladi. Ba’zi hollarda esa ular topshirig‘iga ko‘ra yetakchi mutaxassis (muharrir) qabul qilishi mumkin.
Qo‘lyozmani qabul qilish bir qator vazifani bajarishni taqozo etadi. Avvalo, qo‘lyozmaning tayyorlanganlik sifatini baholash kerak. Qo‘lyozmaning matniy qismi, albatta harf terish texnikasi (bugungi kunda asosan kompyuterda) qog‘ozning bir tomoniga yozilgan bo'lishi lozim. Qog‘oz bichimi - A4, ya’ni 210 ga 297 mm. Har bir satr uzunligi 60-63 zarbga teng bo‘lishi, bir betda ular
soni 30 dan oshmasligi shart, xat boshilar aniq qoldirilishi kerak.
Matnning to‘rt tomonidagi ochiq joy chapda 2,5-3sm, o‘ngda 1-1,5sm, yuqorida 2,5sm, quyida 2sm belgilanadi. Nashriyotga qo‘lda yozilgan qo‘lyozma yoki matn tavsiya etilishi mumkin, agar harflar maxsus yozuvni talab etsa, yoki qo‘lyozma lug‘at bo‘lib, alifbosi mavjud bo'lmasa. Qo‘lyozmadagi matematika, kimyoga oid formulalar, tenglamalar, tilshunoslik matnlari (transkripsiyalar) va notalar ham qo'lda yozilishi mumkin.
Qo‘lyozmaning bosh varag‘i (tituli)dan to so'nggi varag‘igacha sidirg‘a raqamlanishi lozim. Har bir betda bitta raqam qo‘yiladi, qo‘shimchalar (21a, 21b) bo‘lmaydi. Umumiy betlar soni bosh varaqda, yuqori o‘ng burchakda (260 b) ko‘rsatiladi. Agar qayta nashr bo`lsa, unda oldingi kitobning har bir betini alohida, alohida varaqqa yelimlab topshiriladi. Qo‘shimchalar albatta terilgan va tegishli o‘ringa ilova qilinib, varaqqa elimlangan bo‘-
ladi. Muallif qo‘lyozmani ikki nusxada - biri elektron talqinda, ikkinchisi uning qog‘ozdagi matniy talqinida taqdim etiladi. Yana bir muhim talab qo‘lyozmaning kam-ko‘stsiz to‘liq bo‘lishi, ya’ni unga ilova qilingan shartnomadagi, shuningdek, unga qo‘shib topshiriladigan tarxdagi talablar to‘liq bajarilgan bo'lishi kerak. Bosh varaq, annotatsiya, sarlavhalar (mundarija), tasvirlar imzosi. Muallif maxsus belgilar yordamida tasvirlar, chizmalar, jadvallar va portretlar o‘mini aniq belgilab qo‘yadi. Tasvirlami
raqamlaydi, zarur tushunchalar beradi. Tasvirlarga ayniqsa katta
e’tibor berish talab etiladi. Ular nihoyatda sifatli va nusxa ko'chirish
uchun yaroqli, rangli yoki rangsiz bo'lishidan qat’iy nazar aniq,
tiniq bo‘lishi lozim. Qo‘lyozmani qabul qilish jarayonida tahrir bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish, qo'lyozmani tahrir qilishga kirishishdan oldin, asosiy
matnni to‘ ldiruvchi materiallar kitob apparati to‘la-to‘kis ekanligiga
alohida e’tibor qaratiladi. Chunki u o‘quvchiga kitobda berilgan
ma’lumotlami oson va tushunarli tasawur etish imkonini beradi.
Quyidagilar kitob appartinini tashkil etadi: so‘z boshi, so‘ng so‘z;
asar annotatsiyasi; eslatma, sharhlar; kitob ichidagi kitobga ilova
etilgan bibliografiya; ko‘rsatkichlar; ilova; sarlavhalar (mundarija);
nashr ma’lumotlari Adabiy asarning tavsifiga ko‘ra kitob apparati ham o‘zgarishga uchraydi. Ommabop, keng ommaga mo‘ljallangan nashrlarda apparat unsurlari kam bo‘ladi, akademik nashrlarda esa eng ko‘p
miqdorda uchraydi. Shu o‘rinda, aytish joizki, noshirlik amaliyotida va maxsus adabiyotlarda kitob apparati atamasi o‘mida ilmiy-ma’lumotnoma apparat, ma’lumotnoma-ilova apparat, ma’lumotnom-apparat kabi iboralar uchraydi. Hozirgi vaqtda bular qatorida ilmiy apparat iborasi ham qo‘liana boshiadi. Xullas, qanday atalmasin, asar turiga ko‘ra qanday o‘zgarishlarga
uchramasin kitoblaming har birida qanday ko‘rinishda bo`lmasin,
albatta mavjud bo‘ladi. Kitob eng oddiy apparati faqat nashr
ma’lumotlaridangina iborat bo‘ladi. Kitob apparati barcha asarlar (nashrlar) uchun zarur hisoblanadi. U o‘quvchiga dastlabki tushuntirishlami beradi (so‘z boshi), matn bayoni davomida uni tushuntira boradi (eslatmalar, sharhlar),
o‘quvchini manbalar va muammolar tadqiqi ichiga olib kiradi.
Bulardan tashqarii kitob apparati asaming tahliliy mundarijasini
ochib beradi (ko‘rsatkichlar) va nashming axboriylik ko‘lamini
yanada oshiradi. Kitob apparati noshirlik madaniyatining muhim
ko‘rsatkichlaridan biridir. Ilmiy adabiyotlarda kitob apparatining
unsurlaridan bo'lmish bibliografiya va ko‘rsatkichlaming muhim
ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Zero, samarali tayyorlangan va sifatli tahrirdan o‘tgan apparat olimlar, muhandislar, shifokoru va bilimning boshqa har qaysi sohasi mutaxassisining mehnat samarasini oshirishga xizmat qiladi. Kitob apparati xususida so‘z borganda ikki jihatni farqlash lozim bo‘ladi. Biri, uni tayyorlash, ikkinchisi tahrir qilish. Qo‘lyozmani qabul qilishda kitob apparatining u yoki bu unsurini tayyorlash usuliga ham yo‘l-yo‘lakay to‘xtalishga to‘g‘ri keladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish