Mustaqil ishi mavzu: Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar. Mavzu: Mavzu: Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar


Nashr jarayonining uchinchi bosqichi



Download 0,98 Mb.
bet3/6
Sana23.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#506815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kadikologiya

Nashr jarayonining uchinchi bosqichi

Matbaa texnika vositalarida bosish uchun bosmaxonaga topshirishga to‘liq tayyorlangan qo‘lyozma noshirlik amaliyotida asl nusxa deb ataladi. Nashriyot asl nusxasi muhim xujjat bo‘lib, korrektura nusxalarini tekshirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Asl nusxani tayyorlash o‘ta mas’uliyatli ish. Asl nusxalar yozuv (grafika) jihatidan turlicha bo‘ladi. Shulardan eng asosiysi, yozuv texnikasida bajarilganidir. Matnga tuzatish kiritish (ma’noviy, uslubiy), qo‘lyozmani yozuv texnikasida ko‘chirish, bosilgan matnni qoralama nusxa


bilan solishtirib o‘qish shular jumlasidandir. Nashr jarayonidagi ishlab chiqarish bosqichi bilan bog‘liq muhim vazifalardan bo'lib, qo‘lyozma ustida bajarilgan barcha ijodiy va texnik ishlar me’yorida ekanligini tekshirish uchun bir sidra o‘qish, matnni bosish va qo‘lyozmani sahifalash hisoblanadi.
Keyingi ishlami badiiy va texnik muharrirlar bajaradi, bu jarayon
xususida maxsus to‘xtalib o‘tmaymiz. Bir sidra o'qish qo‘lyozma ustida ishlashning davomi va bu ishlami yakunlovchi hisoblanadi. Darslikning “Muallifdan qo‘lyozmani qabul qilish” qismida asosiy qoidalar bayon etilgan
bo‘lib, u qismda aytilganlarga ba’zi narsalami qo‘shish kerak,
xolos. Matnning barcha unsurlarini tayyorlash va matn ichiga - joyjoyiga kiritish texnika vositalarida amalga oshirilmoqda. Bu ishlar bilan muharrirdan tashqari badiiy muharrir (dizayner), texnik muharrir (nashriyotda), shuningdek, bosmaxonadagi boshqa mutaxassislar shug‘ullanmoqda. Shunga ko‘ra bir sidra o‘qib chiqish barcha qilingan ishlami yaqqol tasawur etish uchun zarur.
Izohlar, tasvir osti yozuvlari, sarlavhalar, chizmalar, tenglama
(formula) ning matn bilan uyg‘unligi va o‘z o‘midaligiga hamisha
ham birdek erishib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra asl nusxani tayyorlash
uchun aniq talablar mavjud. Asl nusxa to‘la-to‘kis mujassam holda
bo‘lishi lozim. Unda asosiy matn; sarlavha (rukn); bosh (titul)
varaq unsurlari (titul, old titul, shmus titul); jadvallar; formulalar;
izohlar; qo‘shimcha matnlar (bular kitobda, boshqa o‘lchamdagi
harflarda beriladi); kolontitul; tasvir osti yozuvlari; mundarija;
ma’lumotnoma-eslatmalar (boshqa o‘lchamdagi harflarda beriladi);
nihoyat suratlar jamuljam holatda bo‘ladi. Nashr jarayonining muhim vazifalaridan biri hisoblanmish bir sidra o'qishdan maqsad tahrirdan so‘ng, ko‘chirib bosish, solishtirib o‘qishlardan keyin ham uchrab qoladigan xato, kamchiliklami bartaraf etish, qo‘lyozmani rasmana holga keltirish
uchun tartibga solishdir. Bu degani qo'lyozmadagi barcha harf va belgilar aniq, ravshan bo‘lishiga erishish, ko‘z xatolar, imlo xatolar, gramatik xatolami tuzatish, shartli belgilar, qisqartmalami bir xillikka keltirish, sarlavhalaming matn bilan, ruknlarni boblar, havolalaming havola qilingan manba bilan mazmunan mosligini uyg'unligini, jadvallar va tasvirlaming tartib raqamlarining to‘g‘riligini tekshirish, matn ichidagi izohlar, bibliografik sharhlar, alifboli ko‘rsatmalar va boshqalami tekshirib chiqish demakdir.
Qo‘lyozma ustida ishlar ekan bir sidra o‘quvchi nihoyatda
tajribali bo‘lishi kerak, odatda, bu ish bilan tajribali nazoratchi
musahhihlar shug‘ullangan.Ular muallif tomonidan yo‘l qo'yilgan,
muharrir tomonidan o'tkazib yuborilgan ancha jiddiy xato va
nuqsonlami ham payqab qolganlar. Bunday kamchiliklar ko‘pincha
distant xatoliklar bo‘lib, bir o'rinda bildirilgan fikr boshqa bir
o‘rindagi fikrga zid kelib qolishi, aniqlikning yetishmasligi, til va
uslubga oid kamchiliklardir. Bular barchasi sahifa chetida qayd
etiladi, so‘ng muallif va muharrirga xabar qilinadi. Qo‘lyozmani
diqqat bilan bir sidra o'qish keyinchalik asl nusxa bilan solishtirib
o‘qishdagi ortiqcha tuzatishlar qilishning oldini oladi. Albatta,
nashr jarayonining har bir bosqichida amalga oshiriladigan barcha
ishlaming o‘z qoidasi bo‘lgani kabi, bir sidra o‘qishning ham o‘z
yo‘rig‘i bor. Shulardan ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz. Avvalo, bir sidra
o‘qishning umumiy usuli xususida so‘z yuritamiz. Asl nusxani bir
sidra o'qishni musahhih (yoki boshqa vakolatli mutaxassis) uning
jamuljam va shakliy jihatdan me’yorida ekaniigini tekshirishdan
boshlaydi: barcha sahifalar mavjmfligi, tasvir materiallar to'liqligi shularni aniqlaydi. So‘ng asl nusxa bilan tanishish boshlanadi: bosh varaq, mundarija diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi, annotasiya, so‘z boshi, ba’zan ayrim qismlar o‘qib chiqiladi. Bular ish haqda, uning mazmun mundarijasi, auditoriyasi haqida umumiy tasawurga ega bo'lish imkonini beradi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish