Mustaqil ishi mavzu: Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida



Download 37,7 Kb.
bet1/9
Sana16.04.2023
Hajmi37,7 Kb.
#929027
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kasbiy Psixologiya Boratov.B


Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali
Elektronika va Elektr texnikasi fakulteti
11-20 “E.A” guruhi talabasi
Boratov Bunyodjonning
Kasbiy psixologiya fanidan


MUSTAQIL ISHI



Mavzu: Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.
Bajardi: Boratov B.
Qabul qildi: Bakubayev K.


Qo’qon 2023


Reja:

  1. Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.

  2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs.

  3. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.

  4. «Men» — obrazi va o`zini-o`zi baholash.

  5. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo`nalishining shakllanishi.

  6. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o`zgartiruvchi omillar. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli.



Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko`p qo`llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o`rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo`lgan aloqasi masalasini chetlab o`tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» — «aqlli zot» tushunchasini o`zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo`lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko`proq biologik omillardan ko`ra, ijtimoiy-sotsial omillar ta’sirida ro`y bermoqda. Shuning uchun ham xar bir individni yoki shaxsni o`rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o`rganishni taqozo etadi.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko`rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo`ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo`lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o`zaro bog`liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o`zlarining eng durdona asarlarini bag`ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo`lgan narsa shu bo`lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o`rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o`rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o`rni bilan belgilanishi kerak.
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo`lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi aniqlandi: yumshoq-tonal yoki keskir (qo`pol) — tonal bo`lmagan tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so`zlashuvchi vetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.
Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli bo`lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo`ysunadi, uning kutishlariga javob berishga xarakat qiladi va o`z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin.

Download 37,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish