Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi



Download 39,04 Kb.
bet1/5
Sana13.06.2022
Hajmi39,04 Kb.
#663026
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ИНТЕГРАТЦИЯ


Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta‘lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi. Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi” (O’sha manba, 43-b).
“Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta‘lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta‘lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo’yishni anglatadi.
Muhammadi Rasululohning muborak xadislarida: “Beshikdan qabrgacha ilm izla!”, - deyilgan. Demak, buyuk ajdodlarimiz ham barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasi uzluksiz bo’lishi lozim deb hisoblashgan (Imom Ismoil Buxoriy. Hadis. 1- kitob. Toshkent, “Meros”, 1991. ....-b.)
Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta‘lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta‘sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta‘lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o’z ichiga oladi. Binobarin, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi va muallifi; davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy hodisa, kafolatchilar; uzluksiz ta‘lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi, ta‘lim turlari va standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini o’z ichiga oladi; fan – yuksak soviyali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi kuch; ishlab chiqarish - kadrlar tayyorlashga, ularning sifatiga qo’yiladigan talablar buyurtmachisidir.

Uzluksiz ta‘limining faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyidagilarni o’z ichiga olishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rsatib o’tilgan:
-ta‘limning ustuvorligi (jamiyatda yuksak darajadagi bilim, ta‘lim va intellekt nufuzining yuqori qo’yilishi);
-ta‘limning demokratlashuvi (ta‘lim – tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligi ...);
-ta‘limning insonparvarlashuvi (inson qobiliyatlarining ochilishi va ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarning ustuvorlashuvi);
-ta‘limning ijtimoiylashuvi (ta‘lim oluvchilarda estetik did, ma‘naviyat, ijodiy fikrni shakllantirish);
-ta‘limning milliy yo’naltirilganligi;
-ta‘lim va tarbiyaning uzviyligi;
-iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuksak darajali, jadal ta‘lim olishga shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta‘limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida ob‘ektiv va sub‘ektiv shart-sharoitlar yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz mentalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta‘limning quyidagi islohot yo’nalishlari, tizimi va turlari belgilandi:


Download 39,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish