730 guruh Azizov Doniyorbek
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKEN AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
FARG’ONA FILALI
O`ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:
Amir Temur va Temuriylar davrida o`zbek davlatchiligi.
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
Bajardi:
Azizov Doniyorbek
Tekshirdi:
______________
Farg’ona 2020
730 guruh Azizov Doniyorbek
Amir Temur va Temuriylar davrida o`zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hayot.
Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va
harbiy yurishlari
Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336-yil 8-
aprelda (hijriy 736, sha‟bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo`ja Ilg„or
(hozirgi Yakkabog„ rayoni) qishlog„ida barlos beklaridan biri Amir Tarag„ay ibn
Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning obro„li bekalaridan
biri bo„lgan.
Temurning bolaligi va o`spirinlik yillari Keshda o`tdi. Ibn Arabshoh, Rui
Gonzales de Klavixo va boshqa tarixshunoslar 1360 yilga qadar uning hayotini
ayrim ma‟lumotlar bilan izohlashadi.
1360-1361 yillarda Mo`g„uliston hukmdori hoqon Tug„luq Temur
Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik
tadbirlari O`rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma‟lum bo`lganidan keyin ular
sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni ham
kiritish mumkin. Tug„luq Temur Xo`jandni ishg„ol etish niyatida Sirdaryodan
o`tganidan so`ng Movaraunnahr amirlari va Hoji Barlos qo`rquvdan o`z
jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o`tib Xurosonga ketib qoldilar.
1360-1370-yillarda Movaraunnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir
qatorda ta‟sir o`tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog„onning nabirasi amir
Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasarrufida edi. 1361-
yilda Amir Temur amir Husaynga yaqinlashgan edi. Endi ikkala hukmdor
birlashib, mo`g„ul xonlariga qarshilik ko`rsatish imkoniga ega bo`ldilar.
Ma‟lumki, Amir Temur mo`g„ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib,
Movaraunnahrni boshqarishni Tug„luq Temur o`z o`g„li Ilyosxo`jaga topshirdi.
Mustaqil bo`lishga harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat
etmadi. Buning oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan
Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi
munosabatda bo`lgan davrlar 1361-1365-yillarni o`z ichiga oladi.
730 guruh Azizov Doniyorbek
Amir Temurning hayotida ro`y bergan va bir umrga unga tan jarohatini
muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo`lib o`tgan. Amir Temur jang vaqtida
o`ng qo`lini tirsagidan va o`ng oyog„idan kamon o`qi tegishidan qattiq
jarohatlanadi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan
dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni hasad bilan “Temurlang” deb
atashgan.
Tug„luq Temur o`limidan so`ng 1363-yilda Movaraunnahr tuprog„idan
haydalgan Mo`g„ul xoni Ilyosxo`ja yangidan juda katta lashkar bilan avvalgi
mulklarini egallab olish maqsadida Movaraunnahr tomon harakat qila boshlaydi.
Mo`g„ul xoni ayniqsa o`zining raqiblariga nisbatan qahrli kayfiyatda ekanligi
ham ma‟lum edi. Temur va Amir Husayn bo`lg„usi qaqshatqich to`qnashuvga
imkon boricha harbiy kuchlarni yig„dilar. Tarixda “Loy jangi” nomi bilan kirgan
mazkur jang. Chinoz bilan Toshkent o`rtasida 1365-yilning bahorida ro`y
bergan. Amir Temur va Amir Husayn Chirchiq daryosi bo`yidagi bu jangda
mag„lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag„lubiyat sabablarini, har xil bayon
etishadi. Ayrim solnomachilar mo`g„ul xonining g„olib chiqishida Amir
Husaynning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Ehtimol
shundandir, yoki mo`g„ul xoni qo`shinining soni ko`pligi hamda yaxshiroq
tayyorlanganligi bu yutuqning asosiy omili bo`lsa kerak.
Qayta urinish behuda ekanligini anglab yetgan Amir Temur jang
maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon qaytib
ketgan. Samarqand shahriga kelgandan so`ng bu yerda ham uzoq turmasdan
avvaliga Keshga so`ngra Amudaryo orqali Balxga o`tib ketadi. Yuqorida
ta‟kidlab o`tganimizdek, bu paytda Movarounnahrning bosh amiri Husayn edi.
Biror qarorga kelish esa uning irodasiga bog„liq bo`lgan. Shu sababli Amir
Temur ham uning ko`rsatmasi bilan, ko`p hollarda Husaynning roziligi bilan ish
tutishga majbur edi. Samarqand shahri, qolaversa, butun Movaraunnahr o`z
holiga tashlab qo`yildi. Mo`g„ul xoni changalidan qutilish samarqandliklarning
o`ziga bog„liq edi. Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o`z
qo`llariga oldilar.
730 guruh Azizov Doniyorbek
Sarbadorlar mo`g„ullar zulmidan ozod bo`lish yo`lida o`zlarini qurbon
qilishga tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Eronda
ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo`lib, 50-60-yillarda Movarounnahrga
ham yoyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mo`g„ul istilochilari va
zulm o`tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi.
Xurosondagi singari Samarqandda ham bu harakat qatnashchilarning
ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo`lgan. Hunarmandlar, do`kondorlar ayrim
madrasa mudarislari va talabalar mazkur harakatga faol qo`shildi. Ilyosxo`ja
to`g„ridan-to`g„ri Samarqandga tomon yo`l oldi. Shahar jome‟ machitiga
yig„ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo`lajak rahbaridan biri bo`lgan, madrasa
mudarrisi Mavlonozoda chiqib, shaharning har bir a‟zosidan katta miqdorda
soliq va to`lov yig„ib, uni o`z bilganicha sarf etib yurgan hukmdorning shaharni
o`z holiga tashlab qo`yganligini uqtirib o`tadi.
Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Mavlono Xo`rdak Buxoriy
va Abu Bakr Kalaviy ham qo`shildilar. Mudofaa tashkil etilganligidan xabarsiz
mo`g„ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb o`ylashardi. Ularning asosiy
qo`shinlari shaharga kiraverishdagi bosh ko`chadan hujum qiladilar. Xavf-
xatardan shubhasi bo`lmagan bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan
pistirmada turgan joyga yaqinlashganlarida to`satdan kamon o`qlariga duch
keladilar. Shahar mudofaachilari mo`g„ullarga uch tarafdan hujum qildilar.
Birinchi hamladayoq shaharni egallaymiz deb o`ylab bostirib kirgan mo`g„ullar
katta talofat ko`rib, orqaga chekinishga majbur bo`ldilar.
Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va o`z
samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo`g„ullar shahar
atrofini qurshab olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o`ylab chiqdilar. Lekin
lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabosi (o`lati) deb atashadi.
O`lat oqibatida Ilyosxo`ja qo`shinlariga mansub otlarning katta qismi qirilib
ketdi. Ilyosxo`ja katta yo`qotishlar bilan dastlab Samarqandni keyin esa
Movaraunnahrni tashlab ketishga majbur bo`ldi.
730 guruh Azizov Doniyorbek
Bu paytda Keshda bo`lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo bo`ylarida
bo`lgan Amir Husaynga etkazdi. 1366-yilning bahorida ular Samarqandga etib
keladilar va sarbadorlar rahbarlarini o`z huzurlariga chorladilar. Uchrashuv
Samarqanddagi Konigil degan joyda bo`ldi. Bu erda sarbadorlarning rahbarlari
bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular qatl etiladi. Amir Temurning iltimosi
bilan faqat Mavlonozoda omon qoldirilib, Xurosonga jo`natiladi. Sarbadorlar
harakati bostirilgandan so`ng Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi
munosabatlar keskinlashadi. Bunga Amir Husaynning sarbadorlarga nisbatan
adolatsizligi ham bir qadar sabab bo`lgan edi.
1366-1370-yillar oralig„ida Amir Temur o`z e‟tiborini ichki ishlarga
qaratdi. Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi ziddiyatlar 1370-yilda
Husaynning o`ldirilishi va Amir Temurning taxtga o`tirishi bilan yakunlandi.
Movaraunnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bo`lgan
Suyurg„otmish qo`liga o`tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movaraunnahr amiri
nomini olgan Amir Temir qo`lida qoldi, hamda Kesh shahridan Samarqandga
ko`chib, uni o`z davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Amir Temurning Movarounnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi.
U Amudaryo va Sirdaryo oralig„ida turgan yerlarni o`ziga bo`ysundirib, o`ziga
itoat ettirdi. Farg„ona, Shosh viloyatlarini o`z tasarrufiga kiritish unga qiyin
bo`lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O`rdaga qarashli erlarni egallashda
u bu erlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.
Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga intildi.
1372-yilda Husayn Sufi Amir Temurga boj to`lamasdan, buning ustiga
Sohibqiron tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: “Men
mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun ham uni faqat qilich bilan
olish mumkin”.
O`sha yili Amir Temur Xorazmga qo`shin tortib keladi. Urganchga borish
uchun Qiyot shahri orqali o`tish kerak edi, bu shahar bir oz qarshilik
ko`rsatgandan keyin Temur qo`shini tomonidan ishg„ol qilinadi. Qiyotning
qo`ldan ketishi Xusayn Sufiga kuchli ta‟sir ko`rsatadi. U Amir Temur bilan
730 guruh Azizov Doniyorbek
yarashishga, uni talablarini bajarishga rozi bo`ladi. Lekin ayrim hokimlar Amir
Temurning tez baland martabaga erishishini ko`rolmay Husaynni unga qarshi
gij-gijlay boshladilar. Husayn ularning yordamiga ishonib Amir Temurga qarshi
chiqadi, ammo uning tomonidan tor-mor etiladi. Shundan so`ng Husayn
Urganch qal‟asiga berkinadi va tezda vafot etadi. Uning o`rniga akasi Yusuf
So`fi (1372) hokimiyatga keladi va Amir Temur bilan yarash shartnomasi
tuzadi. Lekin u yarash shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib
ketgandan keyin Qiyot shahrini bosib oladi va unga qarshi ochiqdan-ochiq
dushmanlik harakatlariga o`tadi. Shundan so`ng Amir Temur Xorazmga
ikkinchi marotaba yurish qilishga majbur bo`ladi. (1373-1374-y.). Ammo bu
harbiy to`qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba qilib
yarash shartlarini so`zsiz bajarishga va‟da beradi. Bu ikkinchi yurish natijasidan
Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi.
1374-yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish qildi.
Buning sababi Oltin O`rda xoni To`xtamishning Xorazmga da‟vosi tufayli edi.
1387-1388-yillarda To`xtamish, Amir Temurning Movaraunnahrda
yo`qligidan foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo`lgan
Sulaymon So`fini Amir Temurga qarshi qo`zg„olon ko`tarishga undadi.
Sulaymon So`fi bunga rozi bo`ldi. Bu voqealar Amir Temurni 1388-yili
Xorazmga yana yurishga majbur etdi. Temur Urganchni ishg„ol qildi va sufiylar
sulolasini tugatdi.
Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo
etaklaridagi yerlardan tashqari, Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur
qo`liga o`tdi.
Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda “uch yillik” (1386-1388) “besh
yillik” (1392-1396) “yetti yillik” (1399-1405) urushlar deb nom olgan. Temur
1381 yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar
edi. Ularning hukmdori G„iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik
ko`rsatmadi. Lekin 1383 yilda Hirotda qo`zg„olon ko`tarildi. Qo`zg„olon
730 guruh Azizov Doniyorbek
bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning so`nggi hokimi
bo`lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda o`z yerlari va hokimiyatini Temurga
topshirdi. XIV asrning 80-yillari o`rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur
ixtiyoriga o`tdi. “Uch yillik” urush davrida Amir Teur Ozarbayjon, Tabriz,
Mozandaron, G„ilonni bo`ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish
boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal‟asini egalladi.
Shunday qulay payt kelganidan, ya‟ni Amir Temurning Erondaligidan
foydalangan To`xtamish Movaraunnahrga Qamariddin etakchiligida qo`shin
yubordi.
1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman orqaga
qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalarga
dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo`yidagi Sarisuv degan joyda
dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar. To`xtamish 1388-yil
oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Temur esa urushga
tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo`rg„on)da qarorgohini tikib, qo`shinlarini
jangovar holatga keltirdi. Amir Temur dushmanning orqa tarafidan hujum qilish
uchun Qo`ng„i o`g„lon, Temur Qutlug„ o`g„lon, Shayx Ali Bahodir
qo`mondonligidagi qo`shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo`ldi.
Dushman tor-mor etilib, To`xtamish zo`rg„a qochib qutuldi.
1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy qismi)da
turgan paytda To`xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur
Shekidan chiqib Qura daryosi bo`ylab yurdi. Oltin O„rdaliklar Amir Temur
qo`shinlari kelayotganini eshitib chekinishga majbur bo`ldilar. 1395-yil aprelida
Amir Temur va To`xtamish o`rtasida urush harakatlari yana boshlanib ketdi.
Jangning asosiy qismi o`ng qanotda bo`ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat
paydo bo`lgan. Amir Temur zahira qo`shin bilan jangga kirdi va dushmanni
chekinishga majbur qildi. To`xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan
ajraldi.
730 guruh Azizov Doniyorbek
To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo`yida tor-mor etilishi va 1395
yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi Oltin O`rdaga juda kuchli zarba bo`ldi.
Shundan keyin u o`zini o`nglay olmadi.
Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa
mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari
ko`rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba hujum qilib
bordi va 1387-yilda uni bo`ysundirishga muyassar bo`ldi. Armaniston va
Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo`ysundiradi. Temurning uzoq Hindistonga
yurishi 1398-yilda tamomlandi.
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o`z
dushmanlarini erkin nafas olishga qo`ymagan. 1400-yilda Amir Temur
qo`shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib
bordilar. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta
to`qnashdi va uni tor-mor etdi.
Amir Temur o`z qo`shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga qarab
yo`lga chiqqandi. O`sha yili qish O`rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo`lgan.
Sirdaryoning suvi 1 metga muzlagan, askarlardan ko`pini quloq-burunlarini,
qo`l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o`zi ham ko`p o`tmay
shamollab qoladi. 1405-yil yanvar oyining o`rtalarida O`trorda to`xtashga qaror
qilishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur
vafot etdi.
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar
natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga
Movarounnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg„oniston, Eron,
Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G„arbiy Osiyoning bir
qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir
harbiy iste‟dodi sabab bo`ldi. Amir Temur qo`shinida qat‟iy tartib va intizom
o`rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo`l-yo`riqlarni
o`zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste‟dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga
qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon bo`ldi. Armiyaning yuragini va
730 guruh Azizov Doniyorbek
qo`mondonlik o`zagini barlos urug„i vakillari tashkil etardi. Shu davr
voqealarining shohidi bo`lganlarning guvohlik berishicha barloslar harbiy
qo`nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o`q uzishga juda usta, o`z
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo`lganlar.
Mustaqillik sharofati hamda Respublikamiz Prezidenti I.Karimov
tashabbusi bilan sovetlar davrida unut bo„lgan buyuk Sohibqironning pok nomi
qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik
tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |