Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet11/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Ki, chiqmish Xuroson elidin vafo...
Vafo erida zohir o‘lmish nifoq,
Saxo o‘rnida buxl tutmish visoq...
Ham el manzilin shah katakdek buzub,
Tovug‘ o‘rniga cho‘g‘d o‘lturg‘uzub.
Elida kishilikdin osor yo‘q,
SHaroratdin o‘zga padidor yo‘q...
Ne bir hujrakim, kom topqay ko‘ngul,
Dame anda orom topqay ko‘ngul.
Ne bir sho‘x vaslig‘a ul moyadast,
Ki, azmim ayog‘ig‘a bergay shikast.
Ne yoreki, ranjimni qilg‘ay qabul,
Ne zoreki, hajrimdin o‘lg‘ay malul.
Alisher Navoiyning mamlakatni tashlab ketishga majbur bo‘lganining yana bir sababi yurtdagi notinchlikdir. Odamlarda bir-biriga vafo yo‘q. Vafoning o‘rnini nifoq, saxovatning o‘rnini baxillik egallagan. Mamlakat shohi xalq uyini katakdek buzib, tovuq o‘rniga boyo‘g‘lini o‘tkazib qo‘ygan. Odamlarda kishilikdan nishona yo‘q, hamma joyda yomonlik hukmron. Ko‘ngil orom topadigan bir hujra yo‘q. Tasalli beruvchi biror kishi, ketaman, desa etagidan tutadigan umr yo‘ldoshi, ketsa ayriliqdan eziladigan do‘sti yo‘q.
Samarqandga ketishning yana bir sababi ilm egallashga bo‘lgan ehtiyojdir. Zero, Navoiyning fikricha, “Haq sirrining mahrami” qilib yaratilgan inson Ollohni ma’rifat orqali tanishi kerak:
Uchinch ulki, chun xoliqi zuljalol,
Ki, ham lamyazal keldi, ham loyazol.
CHu lavhi vujud uzra tortib qalam,
Iki kavn tarhig‘a urdi raqam...
Emas erdi maqsud juz odamiy
Ki, haq sirrining bo‘lg‘ay ul mahrami.
Baridin g‘araz garchi inson edi,
Anga dag‘i maqsud irfon edi.
Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Ollohni tanish 2 yo‘l orqali amalga oshiriladi:
1.Haqdan jazba etishi, ya’ni Olloh yodi bilan o‘zligidan bexabar bo‘lib yurish, maqomlarni egallamasdan turib, hol martabasiga erishish, bu yo‘lni Navoiy “majzubi solik” yo‘li deb ataydi.
2. Pirga qo‘l berib, uning irodasi bilan riyozat chekish va undan so‘nggina jazba etishi, bunda avval tariqatdagi maqomlarni bosib o‘tgandan keyingina hol martabasiga erishiladi, bu yo‘lni Navoiy “soliki majzub” deb ataydi. Navoiy birinchi yo‘lga erishish muyassar bo‘lmagach, piri komil topib, o‘zini unga topshirishga qaror qiladi:
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topqach o‘zin anga topshurub...
CHu avvalg‘i ish bo‘lmadi dastgir
Ikinchisidin xo‘b emastur guzir.
Shu tariqa Alisher Navoiy 1465-69 yillarda Samarqandda yashaydi. SHoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi. Keyinroq, unga shahar hokimi Ahmad Hojibek homiylik ko‘rsatadi. Ahmad Hojibek fozil va shoirta’b hukmdor bo‘lib, “Vafoiy” taxallusi bilan she’rlar bitgan. Navoiy “Majolis un-nafois”ning 6-majlisini aynan shu ijodkor-hukmdor ta’rifidan boshlaydi: “Surati xush va siyrati dilkash, axloqi hamida va atvori pisandida yigitdur. Xurosonda tarbiyat topti. Hirot dor us-saltanatida o‘n yilg‘a yaqin hukumat qildi. Samarqand mahfuzasida ham muddate hokim erdi... Va tab’i bag‘oyat xub voqe’ bo‘lubtur va nazmg‘a ko‘p iltifot qilur”.
Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olim Xoja Fazlulloh Abullays huzurida fiqh ilmidan saboq oladi. Bu haqda keyinchalik “Majolis un-nafois”da shunday yozadi: “Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, “farzand” der erdilar”.
Alisher Navoiy Samarqandda Mavlono Uloyi Shoshiy, Xoja Xurd, Mavlono Muhammad Olim, Mavlono Soyiliy, Darvesh Ahmad Samarqandiy, Mirzobek, Yusufshoh Safoiy kabi olim va shoirlar bilan tanishadi. SHe’riyat va adabiyotshunoslikka doir ko‘plab asarlarni o‘qib chiqadi, salaflar va zamondoshlarining baytlarini yod oladi. “Muhokamat ul-lug‘atayn”da bu haqda shunday ma’lumot beriladi: “Yigitligim zamoni va shabob ayyomi avonida ko‘proq she’rda sehrsoz va nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash’ori va rangin abyotidin ellik mingdin ortuq yod tutubmen va alar zavq va xushholligidin o‘zumni ovutupmen”.
Alisher Navoiy shu yillari shoir sifatida katta shuhrat qozonadi. 1465-1466 yillarda muxlislari uning she’rlarini to‘plab, Mashhadda “Devon” tuzadilar va uni oqqa ko‘chirishni mashhur xattot Sultonali Mashhadiyga topshiradilar. Bu devon bugun fanda “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir.
Alisher Navoiy she’rlarining dovrug‘i SHerozu Tabrizga ham yoyiladi. “Ilk devon” tuzilishidan so‘ng oradan 5 yil o‘tgach, 1471 yilda Oqquyunlilar saltanatida ham Alisher Navoiy she’rlaridan tarkib topgan yana bir devon tuziladi. Mazkur devon Oqquyunlilar saroyida faoliyat yuritgan mashhur xattot va shoir Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy (taxallusi Anisiy) tomonidan ko‘chiriladi. Demak, shoirning o‘zi hali rasmiy devon tartib berishga ulgurmay, uning she’rlari kiritilgan ikki devon: biri Mashhadda, biri SHerozda ko‘chirilib, Navoiy ixlosmandlarining ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
1468 yil Xuroson hukmdori Abu Sa’id Mirzo Eron uchun bo‘lgan jangda halok bo‘ladi va 1469 yilning boshida Husayn Boyqaro taxtni egallaydi. U Samarqandga maktub yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqiradi va Navoiy Hirotga qaytadi. SHu yilning aprelida ramazon hayiti kunlarida shoir unga bag‘ishlab “Hiloliya” qasidasini yozadi. U Husayn Boyqaroning taxtga chiqishini yangi oy – hilolga qiyos qiladi:
YAngi oyu iyd iki qullug‘ching o‘lsun, aylagan

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish