N a b ijo n qo dirov


UMR SHOMIDAGI QARIYALAR YOKI



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

UMR SHOMIDAGI QARIYALAR YOKI
XUFIYONA VIDOLASHUV
K elishganim izday ertalab soat sakkizda taksi olib 
keldim. X ayriyatki, tanlagan shofyorim Hotam boy aka 
kirishimli, xushchaqchaq kishi ekan. Q o ‘li k o ‘ksida, 
«Qori dada»ga xizm at qilayotganidan quvonib jilm a- 
yardi xolos. Hoji buva nabiralari Izzatillo bilan orqa, 
kam ina oldingi o ‘rindiqqa joylashib y o ‘lga chiqdik. 
Bugun ustozning shaxtlari past, negadir ju da o ‘ychan 
edilar. X ohishlariga k o 'ra y o ‘l-yo‘lakay to ‘xtab, bozor-
282


dan 12 dona katta, y o g ‘li patir olib chiqdim. Nonlarni 
k o ‘zdan kechirib, Izzatillo bilan chorsiga to ‘rttadan 
tugar ekanlar, eshitilar-eshitilm as:
Barakalla! Didingiz chakki emas, - deb q o ‘ydilar.
«B o ‘ston» q ish lo g ig a kirib borar ekanm iz, qo ‘sh 
tabaqalik eshik oldida to ‘xtadik. Haydovchi m ashinasini 
artishga tutindi. Biz tugunlardan birini olib bobom izga 
ergashdik. O ddiygina hovli sahnidagi loysupada o ‘tir- 
gan chol-u kam pir kutilm agan tashrifdan shoshib qol- 
dilar. Q ariyalar bir-birlarini b ag ‘rilariga bosib, y ig'lab 
k o ‘rishdilar. Enkayib qolgan, am mo chayirgina kam ­
pir Hoji buvani alqab etaklarini k o ‘zlariga surtar, qu- 
vonchi ichiga sig‘may, yuzlarim izdan choMpillatib 
o ‘pardi. U supaga uchib yurib yangi k o ‘rpachalar to ‘- 
shar ekan, bitta qilib o ‘rilgan oppoq sochining uchidagi 
soMkavoyga o ‘xshash tanga o ‘ng-u so‘lga tebranib 
xayolim ni olardi. K am pir dasturxonga choy keltirib 
q o ‘ygach, supaning chor tarafida yashnab turgan gul-u 
rayhonlam i q o ‘li bilan tebratib chiqdi. Havoga yoqim - 
li ifor taraldi. A trofga razm soldim. Bir qarashda 
boshqalam ikidan farq qilm aydigan j o ‘ngina hovlida 
sarishtalik, kishi bahridilini ochuvchi o ‘zgacha bir fayz 
bor edi.
- Lom it qalay, - dedilar Hoji buva yuzidan sami- 
m iyat y o g ‘ilib turgan m ezbonga qarab.
- 0 ‘sha-o‘sha yotibdi bechora. Hech qanday o ‘z- 
garish y o ‘q.
Cham asi yarim soatlar o ‘tirgach, bolaiarday b eg ‘u- 
bor, m ehribon qariyalar bilan xayrlashib m ashinaga 
o ‘tirdik. Shofyor m otom i endigina yurgizgan ham ediki 
chopag‘on kam pir halloslaganicha ichkaridan bir chor- 
si yong ‘oq k o ‘tarib chiqdi-da, holi-jonim ga q o ‘ymay 
q o ‘limga tutqazdi.
Keyingi m anzilim iz shu qishloqdagi Lom it buvaniki 
b o ‘ldi. Eshikni xushsurat, yoshgina juvon ochib bizni
283


bem or yotgan uyga boshladi. U ydan chidab b o ‘lmas 
darajada badbo‘y hid anqib turardi. X onaning to'rig a 
q o ‘yilgan karavotda soch-soqoli o ‘sib ketgan keksa bir 
otaxon sukut saqlab yotardi.
Q o‘l-oyog‘i ishlamay, til-zabonsiz qolgan bem om ing 
ahvoliga havas qilib b o ‘lmasdi. Ikki do ‘st bir-birlariga 
m a’yus term ilib o ‘tirdilar. K o‘zlar so ‘zlashdi, k o ‘zlar 
yoshlandi. Juvon chaqqonlik bilan dasturxonga choy, 
non va har xil yeguliklar q o ‘yib tashqariga chiqib ketdi. 
Hoji buva k o ‘rpachaga o ‘tirib, sochiq bilan piyolani 
yaxshilab artdilar va xayollar o g ‘ushida xotirjam
choy icha boshladilar. U ydagi yoqim siz isdan k o ‘ngli 
behuzur b o ‘lgan Izzatillo: - M ashinada o ‘tiraman, -
deya qulog‘im ga pichirlab eshik tom on yurdi. Ozroq 
fursat o ‘tgach, dasturxonga duo qilgan bobo o ‘m ila- 
ridan turib, Lom it buvaga «ketyapm iz» deganday 
ishora qildilar. Kasai atrofga loqayd boqar, hech narsani 
anglamasdi.
M ashinaga o ‘tirgach, negadir Izzatillo ikkim izning 
kulgim iz qistab hiringlay boshladik. Hayron bo ‘lgan 
Hoji buva biz tom onga o ‘girildilar.
- Ha, nim a b o ‘ldi? Juda xursandsizlar.
- Uy biram sassiq ekanki, - dedi nabira kulgidan 
o ‘zini to ‘xtatolm ay. - Q anday chidab o ‘tirdingiz, bobo?
- Iye, shunaqam idi... M enga sezilgani y o ‘q, payqa- 
m abm an ham.
Hoji buva haydovchiga qaradilar.
- O xir-oqibat bandaning ahvoli shu-da. Bechora, 
A bdulom itni qiziq-qiziq odatlari bor edi. Boyaqish 
pulini doim odam lar oldi-da sanashni yaxshi k o ‘rardi.
H otam boy aka sharaqlab kulib yubordi.
- 0 ‘zim izdan ekan-da... M endayam shunaqa odat 
bor.
K attalam ing suhbatiga jo n kirdi. H aydovchi shaldir- 
shuldur, qiziqchigina ekan. M ijozlarini zeriktirib q o ‘y-
284


madi. Tushkun kayfiyat H oji buvani butkul tark et- 
magan bo'lsa-da, har qalay yuzlaridagi tundlik biroz 
chekinganday bo'ldi. Bizning esa quvonchim iz ichi- 
mizga sig ‘mas, m ashinada maza qilib sayr qilayot- 
ganim izdan xursand edik. Q olaversa, 4 0 -5 0 chaqi- 
rim naridagi ham m aniyam qadami yetaverm aydigan 
«Fayzobod» atalmish to g‘li qishloqqa ketayotgandik- 
da. K im sasiz o ‘nqir-cho‘nqir y o ‘llardan o ‘tib, m anzilga 
yaqinlashgan sari 
poda haydab yurgan yosh-yalang, 
paranji, chopon yopingan qiz-juvonlar k o ‘rina boshladi. 
Sho‘xroq bir yigitcha arava q o ‘shilgan eshakni z o ‘r 
berib yugurtirar, uning yonida chiroyli x o ‘tikcha ham 
o ‘ynoqlaganicha chopib borardi.
- Qara! Q ara bolasi z o ‘r ekan, - dedi Izzatillo hovli- 
qib.
- Ha, hali peshonasida tonnalab yuk tashish-u, son- 
sanoqsiz qam chilar turganidan bexabar-da, - dedim 
uning gapiga javoban.
Suhbatga m ashina oynasidan jilm ayganicha bizni 
kuzatib borayotgan Hotam aka q o ‘shildi.
- A na shunaqa... Kim yoshligida yaxshi o ‘qib o ‘r- 
ganm asa, arava tortishdan boshqasiga yaram ay qola- 
di. Hech b o ‘lmasa, aravakash b o ‘lish kerak. Menga 
o ‘xshab.
Kulgi k o ‘tarildi. Gap gapga ulanib ketdi.
Q ishloqning chang ko ‘chalari oralab borarkanm iz, 
bolaxonador eshik oldida to ‘xtadik. Bizni ro ‘molini 
shunchaki boshiga tashlab, yuzini to ‘sib olgan tojik 
ayol qarshi oldi.
- Xush, xush, D odokalonbam i? X onaba ragarde- 
ton, - dedi u ro ‘m olining bir uchini tishlab. A yolga 
ergashib kichikroq hujraga kirdik. Xonadagi karavotda 
barvasta bir qariya uzala tushib yotar, uning katta-katta 
shahlo k o ‘zlari jalanglab, tinm ay atrofni kuzatardi. 
Baralla o ‘sgan m osh-guruch soqoli o ‘ziga yarashgan,
285


quyuq qoshlari tim qora, salobatli bu odam o ‘zim izning 
oddiy chollarga sira o'xsham asdi. Hoji buva qariyaning 
bosh tom oniga o4irib, hol-ahvol so'rashgan b o ‘ldilar. 
Bemor savollarga javob qaytarm as, xuddi hech narsa 
eshitm aganday xotirjam edi. B a’zan uning o 4 k ir ni- 
gohlari aylanib, sal narida o ‘tirgan izzatillo ikkimizga 
kelib qadalar, odamni o ‘qday teshib yuborguvchi qa- 
rashlarga dosh berolm agan biz, yigitchalar dovdirab 
nima qilishim izni bilm ay o ‘n g ‘aysizlanardik. Har kim 
o ‘z xayollari bilan band, xonada osudalik hukm surardi.
K utilm aganda bem or q o ‘qqis tilga kirib, yoqim siz 
sukunatni buzib yubordi.
- Qorijon!
- Labbay, labbay.
Choi birdan o ‘ng q o ‘lini ko ‘tarib, k o ‘rsatkich bar- 
m og‘ini m enga bigiz qildi.
- Inam nevaram i? (Buyam nevaram i?)
- Ha, nevara, nevara, - dedilar Hoji buva shoshib.
Xonani jim lik egallab oldi. Taxm inan, o ‘n daqiqalar
o ‘tgach, cholning butun diqqat-e’tibori yana men tom on 
qaratildi.
- Qorijon!
- Labbay, labbay.
- Inam nevaram i?
- Ha, inam nevara. Inam nevara.
Cholning vajohatidan q o ‘rqib ketdim. U m enga 
k o ‘zlarini olaytirganicha uzoq-uzoq tikilib qolardi. 
Shaytoni tez Izzatillo yuzini q o ‘llari bilan berkitganicha 
piqirlab silkina boshladi. Tavba, nega bunday b o ‘lyapti? 
Dodokalon m eni kim gadir o ‘xshatdim i? Yo unga yoq- 
may qoldim m ikan? Kallam da har xil fikrlar g ‘u jg ‘on 
o ‘ynab, jim o ‘tiraverdim . X ayollarga g ‘arq b o ‘lgan Hoji 
buva pichirlab nim alam idir o ‘qir, nabiraga qarab «jim» 
deganday g ‘am gin bosh chayqab q o ‘ydilar.
286


Savol uchinchi bor takrorlandi. Endi Izzatillo o ‘zini 
tutib turolmadi. Ichidan quyilib kelayotgan kulgini 
jilovlashga kuchi yetmay, xaxolaganicha tashqariga 
otildi. Yopinchiqli ayol ostonaga choy, patnisda non, 
asal q o ‘yib ketdi. Patnisni yaqinroq olib choydan bir 
piyola quydim -da, dam solayotgan bobom ga uzatdim. 
U kishi piyolaga asaldan bir qoshiq solib, erinm ay 
aralashtirdilar. Qaytib hech birim izdan sado chiqmadi. 
Uzoq duodan so ‘ng bobo d o ‘stining peshonasidan 
o ‘pib, tashqariga y o ‘l oldilar. Kiprigidan bir tomchi 
yosh dum alagan D odokalon k o ‘zlarini pirpiratganicha 
ortim izdan jim qarab qolaverdi.
Haydovchi hushyorlik bilan m ashina eshigini ochib, 
joylashib olishim izga ko ‘maklashdi. Hoji buvaning 
g ‘am gin qiyofalarini k o ‘rib, Hotam boy aka ham biror 
so‘z deyishga ju r ’at qilmadi. Izzatilloning ham dami 
ichiga tushib ketgan, qilgan beadabchiligi uchun 
gap eshitib qolishdan ch o ‘chib bobosiga o ‘g ‘rincha 
qarab-qarab q o ‘yardi. K o‘z o ‘ngim dan o ‘tayotgan 
chiroyli m anzaralam i kuzatib borar ekanm an, qori 
bobom ning olis qishloqlardan d o ‘st orttirganlari biroz 
g ‘alatiroq tuyuldi. 0 ‘zim izning yaqin atrof, qolaversa, 
m ahallam izdayam chollar k o ‘p-ku, shu gadoy topm as 
joylardagi odam lar bilan ham bordi-keldi qilish shart- 
m ikan? D o‘stlik, qadrdonlik m asofa tanlam asligi, bu 
dunyoda inson o ‘z k o ‘ngliga mos keladigan ham dard, 
sam im iy oshno topishi am rim ahol ekanligini keyinroq 
tushunib yetdim. Q om im quldirab sum ay chala bosh­
ladi. Beixtiyor m ashina yukxonasidagi laganchada 
tobiga keltirib zirvaklangan qiym a borligi yodim ga 
tushdi. M aqsadim , safar davom ida xush k o ‘radigan 
taom larini tayyorlab, bobom ni xursand qilm oqchi edim- 
da. Afsus, bu ishning mavridi b o ‘lmaydi shekilli.
Q ishloqni ortda qoldirib, sharqirab oqayotgan soy 
yonidan o ‘tayotganim izda Hoji buva shofyorga: - Biroz
287


to ‘xtab istrohat qilsak, - dedilar. Darrov «bagaj»dan 
k o ‘rpachani olib, k o ‘rsatilgan jo yga to ‘shadim. Temirni 
qizig‘ida bos. Rejamni am alga oshirish uchun paydo 
b o ‘lgan qulay fursatni boy bergim kelmadi.
- Bobo, shu yerda oltitagina shashlik pishirsak, nim a 
deysiz.
Hoji buva taajjublanganday k o ‘zlarim ga boqib:
- Ixtiyoringiz, - dedilar.
Kabob daragini eshitib, o g ‘zining tanobi qochgan 
Izzatillo atrofdan o ‘tin terib, birpasda alangani avjiga 
chiqardi. H otam boy aka: Sizlar bem alol dam olave- 
ringlar. U ngacha men toychog‘imni gijinglatib q o ‘- 
yaman, - deganicha «Gaz - 24 V olga»sini soy to- 
m onga tushirib yuvishga tutindi. Qiymani chiroyli 
qilib sixlarga joyladim . X ayolga berilgan bobo goh 
toshdan toshga urilib oqayotgan suvga, goh purviqor 
to g ‘lar-u oppoq bulutlar suzib yurgan osm onga termilib 
to ‘ym asdilar. H ash-pash deguncha kabob ham tayyor 
b o ‘ldi. D ala-dashtda qilingan ovqat shirin b o ‘ladi, 
deyishardi. Chindanam kabobim iz ju d a mazali b o ‘lib 
pishdi. Izzatillo ikkim izdagi k o ‘tarinki kayfiyat ne- 
ch og ‘liq yuqori b o ‘lmasin, dilni o ‘rtovchi qandaydir 
g ‘ashlik m u n g ‘ayib qolgan qariyani sira tark etgisi 
kelmasdi. Bunday paytda ishtaha nim a qilsin.
- Tishingizni borida g o ‘shtga to ‘yib oling, - dedilar 
Hoji buva k o ‘ngil uchun kabobdan ozgina tatingan 
bo ‘lib.
- B olaligim m ing azobda ilm olish, qiyinchiliklar 
bilan o ‘tdi. G o ‘sht qayoqda deysiz, bir burda non 
topsak ham biz uchun bayram edi. Buyam yetm aganday 
ochlikdan sillasi qurigan xalqni bit bosib battar holdan 
toydirardi. H ozir to ‘kinchilik, bunday zam onda faqat 
bilim olish kerak, bolalarim . D unyoning tosh-tarozisi 
bor, ham m ayam olim -u ulam o b o ‘lavermaydi. Kasb-u- 
koringizdan q a t’iy nazar rostm ana odam b o ‘lish uchun
288


ham o ‘qishingiz kerak. H adem ay V atanim iz mustaqil 
boMadi. M en bu ozodlikni bir um r kutib yashadim . 
Ammo u baxtli kunlam i k o ‘rish menga nasib et- 
maydigan k o ‘rinadi. Zero, siz k o ‘rasiz, men bunga 
ishonaman.
Hoji buva chuqur tin olib, osm onga tikilib qoldilar. 
K alxatga o ‘xshash qandaydir bir qush qanotlarini yoz- 
ganicha tepam izda charx urib aylanar, xuddi « bo‘l- 
b o ‘l» deganday g ‘ayritabiiy ovoz chiqarib q o ‘yardi.
- Bobom aytdi dersiz, tez orada bu adolatsiz, z o ‘- 
ravon tuzum o ‘z-o ‘zidan yem iriladi, parchalanib ketadi. 
Chunki ular Xudoga ishonm aydilar, yaratganni tan 
olm aydilar. Bu yomon, bu yomon.
D onishm and boboning hech qachon, hech qayerda 
aytilm agan anchayin tushunish qiyin b o ‘lgan so ‘zlarini 
eshitib, ensam iz qotdi. Q anaqa mustaqillik, qanday 
ozodlik haqida gap borayapti? T u g ‘iliboq ongi jilov- 
langan, m iyasining o ‘tkir fikrlovchi qismi o ‘chirib 
qo ‘yilgan biz bolalam ing aqlim iz hali bunga yetmasdi.
M ashina tekis y o ‘lda yelday uchib borar, tushirilgan 
oyna oldida k o ‘kraklari ochiq, oppoq soqoli hilpirab 
atrofni m a’yus kuzatib borayotgan Hoji boboga:
- O ynani k o ‘tarib oling, sham ollab qolasiz, - dedim.
O 'y g a c h o ‘mgan bobo beparvo q o ‘l siltadilar.
- Q o ‘yavering... Endi nim at>o‘lsa b o ‘lar.
Q ishloqqa kirib borgunim izcha boshqa hech kim
churq etib o g ‘iz ochm adi. 0 ‘yga tolgan Hoji buvani 
uylarida qoldirib chiqayotganim da ortimdan ergashib, 
o ‘zlariga o ‘zlari javraganday:
- Y ana bir-ikki yil yashasam kerak, deb o ‘ylar- 
dim , - dedilar.
Hayron b o ‘lib ortim ga o ‘girildim.
- N im alar deyapsiz bobo?! Hali uzoq yashaysiz.
- A ytganingiz kelsin-u, tushim da M uqim iy domla 
meni otlariga mindirib olib ketdilar-da.
289


Seskanib ketgan bo'lsam -da, o ‘zimni q o ‘lga olib 
dalda berishga kirishdim.
- Tushga nim alar kirmaydi. Hali baquvvatsiz, rang- 
ro ‘yingiz ham qip-qizil. Hali k o ‘p yashaysiz, bobo.
- Inshaalloh, Buncha shoshasiz, duo olib ketmay- 
sizmi? D uoda gap k o ‘p, dem aganm idim sizga.
K o‘cha eshikkacha kuzatib chiqqan Hoji buva qib- 
laga yuzlanib q o ‘llarini ochdilar.
- Iloho omin! Sizga Xudo uzoq um r bersin. Tuproq 
olsangiz, oltin bo ‘lsin. Siz kelajakda obro‘yi baland, 
hurmatli inson b o ‘lasiz, inshaalloh.
Chin dildan qilinayotgan duolar qulog‘imga kirib 
tursa-da, har safar xayolim boshqa joyda b o ‘lar, jis- 
mimni qandaydir beparvolik chu lg ‘ab olardi. Bugun 
ham shunday b o ‘ldi. Kechki payt ovozi d o ‘rillab, 
endigina m o ‘ylabi sabza urayotgan biz erkakchalar osh 
qilishga kelishib olganim iz bois duo kaltaroq b o ‘lishini, 
ayni dam da choyxonaga kech qolayotganim ni o ‘ylab 
bezovta edim. Hoji buva yuz ifodalarim dan hammasini 
sezib turgan ekanlar.
- M ayli, siz shoshib turibsiz-u, o ‘g ‘lim, am mo sabr 
bilan duoni olib q o ‘yavering. Duoning kuchini keyin 
bilasiz. H ayotingiz davom ida katta-katta, aqlli odam lar 
gapingizga quloq soladi, sizga k o ‘makchi b o ‘ladi. 
Qaysi ishga q o ‘l ursangiz, om ad yor b o ‘ladi. U paytda 
men oldingizda b o ‘lmayman. Hali bu kunlam i k o ‘p 
qo ‘msaysiz. 0 ‘shanda bizlam i ham yod etib tilovat 
bilan ruhim ni shod etasiz, degan um idim bor. Ilohim, 
ikki dunyo saodatiga erishing. Om in, A llohu akbar!
X ayr-m a’zum i qisqa qilib, choyxonaga shoshildim.
«M uqim iy dom la otlariga m indirib ketdilar». Tuni 
bilan bu so ‘zning ta ’sir kuchi oshib, Hoji buvaning 
m ahzun qiyofalari k o ‘z o ‘ngim dan ketmadi. Nahotki... 
B o ‘lishi m um kin emas. Yom on fikrlam i boshimdan
290


quvib, o ‘zim ga tasalli berarkanm an, ertaga m aktabdan 
so ‘ng u kishini birrov ko ‘rib o ‘tishni niyat qildim.
Darsdan ertaroq chiqib, qadrdon hovli tom on oshiq- 
dim. Taassufki, bobo ko ‘rpa-to‘shak qilib yotib olgan, 
bem or boshida valaqlashayotgan qizlar d o ‘xtir yozib 
bergan dorini otalariga ichirolm ay xunob edilar.
- Kelib yaxshi qildingiz, - dedilar Hoji buva yotgan 
joylarida qo4im ni siqib. - Peshin namozini o ‘qiganim 
y o ‘q. Tahorat olishim ga qarashib yuborasiz.
Boboning bellariga kuchli o g ‘riq kirgan, hatto qimir- 
latish ham am rim ahol edi.
- Shu ahvolda nam oz o ‘qishingiz shartmi, bobo. 
Tuzalganingizdan so‘ng o ‘qib olarsiz, - dedim o g ‘riq 
zaptiga olayotganini sezib.
Ustoz q a t’iy bosh silkidilar.
- 0 ‘n ikki yoshim da ibodatni boshlagan b o ‘lsam, 
hali biror m artayam nam ozni qoldirmadim. Keling, shu 
safarh am qazo b o ‘lmasin.
O talarining nam ozga hozirlanayotganidan quvongan 
qizlar xotirjam tashqariga chiqib ketdilar. Hoji buvani 
obrez chetiga o ‘tirgizib, bir am allab tahorat olishlariga 
k o ‘m aklashdim . Chidab b o ‘lmas o g ‘riqqa dosh berib 
poklanayotgan qariyaning e ’tiqodi shu darajada kuchli 
ediki, tahoratni k o ‘ngillari to ‘lgunicha, nuqsonsiz baja- 
rishga tirishardilar. Eng ajablanarlisi, joynam oz ustida 
ham m a azoblar unutildi. Ibodat to ‘la-to‘kis bajarildi. 
Salom berib nam ozni ado etganlaridan so‘ng o g ‘riqqa 
chidolm agan bobo ingragancha q o ‘llarini ikki yonga 
yozdilar. Q o ‘ltiqlaridan asta k o ‘tarib o ‘rinlariga yotqiz- 
dim. Y otgan joylarida q o ‘limni siqib tabassum qildilar:
- Q abrim ni M irzaqul g o ‘rkov kovlasin. Janozaga 
M ulla M a’sudxon qori-dom la o ‘tsinlar.
- U nday demang, hali k o ‘p yashaysiz, - dedim 
o ‘pkam to ‘lib.
291


- Siz eshitib q o ‘yavering, bolam. Ana endi opala- 
ringizni chaqiring.
Eshik ortida o ‘tirgan ayollar chopib uyga kirdilar. 
Hoji buva qizlariga qarab jilm ayarkan:
- Boshimni k o ‘taring, - dedilar.
Shoshib boshlarini ko'tardim . U stozning lablari bili- 
nar-bilinm as pichirladi.
- La ilaha illalloh, M uham m adar rasululloh.
Yillar davom ida o ‘limini kutib yotgan kasallar qo- 
lib, peshin nam oziga ilhaq Hoji buva qarzlaridan qutu- 
lib, osongina dorul baqoga rihlat qildilar. Haq sub- 
hanahu taologa bo'lgan cheksiz m uhabbat, pokiza 
tu yg'ularga y o ‘g ‘rilgan 
ruh o ‘z oshyonini tark etdi. 
K em tik ko ‘nglim ni to ‘ldirib, boshim ni silagan m a’na- 
viy otam dan ayrilib qoldim.
Janozaga tum onat odam y ig ‘ildi. H am m aning k o ‘zi- 
da yosh. Yurib b o ‘lmas katta olom on tepasida tebranib 
qo ‘lm a-qo‘l o ‘tayotgan tobut asta-sekin oxirgi manzil 
tom on yaqinlashib borardi.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish