N. B. Yahyoxonov h. I. Allayorov


KURS ISHI REJASINI TUZISH



Download 198,8 Kb.
bet6/16
Sana16.04.2022
Hajmi198,8 Kb.
#556088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
N. B. Yahyoxonov h. I. Allayorov (1)-converted

KURS ISHI REJASINI TUZISH


Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan, maqsad va vazifalar belgilangan kirish qismidan, tuzilgan rejani to‘la, nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.


Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibi mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan muammoni har tomonlama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni yoritishda esa korxona, firma, tashkilot va muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bo‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida 2-ilovada keltirilgan.


MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA QAYTA ISHLASH


Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, statistik ma’lumotlar, jurnal va ilmiy- amaliy konferensiyalardagi maqola hamda tezislar, korxonalarning hisobotlari, internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan ikkilamchi axborotlarni yig‘adi. Shuningdek, o‘rganilayotgan ob’ekt bo‘yicha so‘rovnoma-anketalar, kuzatish orqali birlamchi axborotlarni to‘playdi va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Ayniqsa, korxonalarning marketing muhitini tahlil qilish natijasida SWOT, STEP, vaziyatli tahlillar amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.


Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi statistik ma’lumotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, chizma, grafik, jadval va diagrammalarda mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim.


KURS ISHI MATNINI YOZISH


Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va mas’uliyatli bosqich hisoblanadi.


Kirish qism – bu kurs ishining boshlang‘ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish ob’ekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyati bo‘yicha to‘xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish, barcha ilmiy ishlarda majburiy hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi muallifning ilmiy salohiyati va professional tayyorgarligi, bu mavzuning ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishda ko‘rinadi. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi, asosiy omillar to‘liq bir betda ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda albatta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asarlaridan, ma’ruzalaridan, Davlat dasturlaridan va yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga tegishli bo‘lgan iqtiboslar keltirish lozim.
Dolzarbligi ochib berilgandan so‘ng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) hal qilib olish lozim.
Bular, odatda, quyidacha ifodalanadi:

  • o‘rganish;

  • ochish (yoritish);

  • tasvirlash;

  • belgilash;

  • aniqlash;

  • uslubiy ishlab chiqish;

  • tayyorlash.

Ko‘rsatilgan bu vazifalarni chuqurroq tahlil qilib yozish kerak. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti muhim elementi ekanligini kirish qismida ifodalaydi.
Tadqiqot ob’ektini aniqlaydigan bo‘lsak, tadqiqot ob’ektini har bir kurs ishi mavzusining o‘zidan kelib chiqadi. Masalan, “Brend samaradorligi va uni tahlil qilish” mavzusi bo‘yicha kurs ishi ob’ekti “Marketing faoliyati natijalari va ularni aniqlash” yoki “Korxonalar brend tadqiqotlari natijalari”, predmeti esa “Brendni samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilish jarayoni”dir.
Shuningdek, kirish qismida tadqiqotning uslubiy ko‘rsatmasi muhim elementlardan biri bo‘lib, u amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadini ochib berishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo‘yicha olib borgan ishlarini ko‘rsatish kerak. Kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi (3-ilova).
Kirish qismidan so‘ng, asosiy qism keladi. U bir nechta savoldan iborat bo‘lib, bunda ushbu mavzuning asosiy mohiyati batafsil ochib beriladi.
Asosiy qismda ishning mohiyati, roli, brend samaradorligi tushunchasi va uning ahamiyati, brend samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibi va uning iqtisodiy mazmuni, korxonalarda marketing faoliyati natijalari tahlil qilinadi. Bunda
mavzu bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari izlab topiladi.
Kurs ishining har bir bo‘limi mos ravishda asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
Birinchi savolda mavzuning nazariy jihatlari, mazmuni, mohiyati, ahamiyati yoritiladi. Bunda turli iqtisodiy maktablar vakillari bo‘lgan iqtisodchi olimlar asarlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalardan foydalanilishi, mavzuga oid asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida keltirilgan nazariy fikrlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, marketing faoliyati va uning samaradorligi to‘g‘risida tushunchalar, marketing faoliyati samaradorligining mohiyati va uning roli ochib beriladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 6-8 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi savolda brend atributlari, ularni tahlil qilish yo‘llari atroflicha yoritib beriladi. Bunda marketing faoliyati samaradorligiga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Har bir ko‘rsatkichning ahamiyati va tahlil qilish yo‘llari sharhlab beriladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 5-6 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Uchinchi savolda aniq bir korxonaning brend faoliyati o‘rganiladi. Brend faoliyati ko‘rsatkichlari sharhlab beriladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 5-6 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
To‘rtinchi savolda mavzuga oid amaliyot holati tahlilini amalga oshirish va tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalar shakllantirishdan iborat. Bunda jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklidagi amaliyot ma’lumotlaridan keng foydalanish, ularni batafsil tahlil etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga, hukumat idoralarining rasmiy internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga va korxonaning ikkilamchi ma’lumotlariga asoslanish tavsiya etiladi. Har bir jadval, diagramma va rasmlarning manbalari aniq ko‘rsatilishi talab etiladi. Ya’ni korxonaning brend ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq ma’lumotlar (3-4 yillik ma’lumotlar) asosida tahlili va ushbu tahlil natijasida olingan mavjud muammolar hamda xulosalar ko‘rsatiladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 8-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Beshinchi savolda mavzuga oid asarlarda tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish va rivojlantirish borasidagi fikrlarni umumlashtirgan holda ularga nisbatan talabaning mustaqil munosabatini bildirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni bayon etish va ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar kiritish talab etiladi. Ushbu savolga javobni ko‘pi bilan 5-6 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi (4-ilova).
Nazariy tomondan o‘rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so‘ng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lay olishi kerak. Ish bo‘yicha berilayotgan takliflar asosli bo‘lishi va takliflar aniq, lo‘nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan sitatalar va mualliflarning qarashlari qo‘shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar ko‘rsatib o‘tiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro‘yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, aftoreferatlar, jurnallar, gazetalar va hokazolar kiritiladi.
Amaldagi “Hujjatlarni biblografik ro‘yxatga olish” davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar keltiriladi:

  • kitob, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar uchun muallif (lar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi (shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlari;

  • to‘plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, to‘plamning nomi, nashr joyi (shahar), nashr yili, betlar to‘plamdagi maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.

  • Jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.

Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro‘yxatidan alfavit bo‘yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan bo‘lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko‘rsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday hollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo‘llaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, hukumat qarorlari va me’yoriy hujjatlardan aynan ko‘chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.
Satr osti izohlari sahifa so‘ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma- ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi (5-ilova).
Kurs ishini yozishda talaba avvalo rahbarning ko‘rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.



kerak.

Download 198,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish