N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

(aslo 
pichirlab emas!) 
suxandonga jo‘rovoz holda 
takrorlash 
kerak. 
Bu 
jarayon 
qiynalmay, 
suxandondan ortda qolmay talaffuz qiladigan 
bo‘lguningizgacha davom etsin. Dialoglarda 
o‘rganilayotgan tildagi barcha tovushlar ishtirok 
etadi va siz endi ularni qiynalmay, mohirlik bilan 
talaffuz eta olasiz. 


105
Matn ustida ikkinchi bosqichda ishlaysiz. 
Asosiysi, e’tibor bilan tinglash, baland ovozda 
takrorlash 
(faqat baland, baland, baland ovozda!) 
Birinchi bosqichda nutq a’zolarimiz shu yo‘l bilan 
millionlab turli harakatlarni bajaradi. Hech qachon 
pichirlab, shivirlab, ming‘irlab o‘rganmang. Bu 
narsa o‘z-o‘zini aldash, chet tilida so‘zlashni 
xayolan o‘rganishdan boshqa narsa emas. Tilni 
professional darajada o‘rganishning boshqa to‘g‘ri 
yo‘li yo‘q. 
Matritsa usuli - sog‘lom fikr mahsulidir! 
- Bolaligimda bir musiqiy asbobni chalishni 
o‘rganishimga to‘g‘ri kelgan edi. Barmoqlarimni bu 
ishga ko‘niktirish uchun oylab ter to‘kkanman. 
Yoshim ulg‘aygach boshqa bir musiqa asbobini 
chalishni o‘rganishni o‘zim xoxlab qoldim 
(o‘rganishimga to‘g‘ri kelgani yo‘q, o‘zim 
o‘rganishni istadim). Bu safar barmoqlarimni 
ko‘niktirishga umuman qiynalganim yo‘q, ularda 
mavjud ko‘nikma bor edi. Nikolay Fyodorovich 
Zamyatkin usulida ham xar bir dialog ustida musiqa 
asbobini chalishni o‘rganganimday ter to‘kyapman. 
Bu yerda ham hammasini oson va chiroyli ijro 
etmaguningizgacha 
mashg‘ulotlarni 
davom 
ettiraverasiz. Ijro asbobi esa sizning o‘zingiz - 
ovozingiz va nutq a’zolaringiz. 


106
Albatta qattiq ishlashga o‘zingizni faqat o‘zingiz 
ko‘niktira olasiz xolos. Qancha istasangiz shuncha 
ishlaysiz! Bu mashg‘ulot juda ko‘ngilli, kishiga 
beadad rohat baxsh etadi. 
- Krishna o‘zidan «aniq bilim» talab qilgan 
shogirdlariga shunday degan ekan: 
«Siz bu boqqa mevalardan totish, tabiatdan 
bahra olish uchun kelgansizlar. Shunday ekan 
mevalardan eng! Ular shundoqqina qo‘l uzatsa 
yetguday joyda turibdi! Siz bo‘lsangiz daraxtlardagi 
mevalar va barglar sonini hisoblash bilan ovorasiz!» 
Matritsa usulida ham shunday: sizdan 
qo‘shimchalar, so‘z turkumlari va hokazolar ustida 
bosh qotirish talab qilinmaydi (shuni ham 
unutmaslik kerakki, grammatikani sof holda 
o‘rganish ta’qiqlanmaydi, faqat boshlang‘ich 
bosqichda bu sizga xalaqit berishini hisobga olgan 
holda uni biroz keyinroqqa qoldiramiz), aksincha 
siz tilni amalda qo‘llaysiz, uning imkoniyatlaridan 
bahra olasiz. 
Matritsa - go‘yo kichkina motorcha, startyorga 
o‘xshaydi. Til esa katta bir dvigatel. Birgina startyor 
bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi, albatta. Ammo 
startyorni olib qo‘ysangiz dvigatel sovuq va 
harakatsiz asbobga aylanib qoladi. 


107
Nikolay Fyodorovich Zamyatkinning tavsiyalari 
va usullari insonning ichki imkoniyatlariga 
tayanadi. U kishi ongida o‘ziga xos inqilob yasaydi. 
Har kungi to‘xtovsiz mashqlardan so‘ng til 
matritsasi so‘zsiz o‘z samarasini beradi va chet tilini 
o‘rganishga aynan shunday yondoshish kerakligini 
yurakdan anglab etasiz. 
Ha, til o‘rganishga aynan shunday yondoshish 
kerak, aslo o‘zgacha emas! 
Mening eng yaqin do‘stimga aylanib ulgurgan 
o‘quvchim! Siz o‘zga til darvozasini asta ochar 
ekansiz, dastlab zulmatdan boshqa hech narsani 
ko‘rmaysiz. Qo‘llaringiz bilan nimalarnidir 
paypaslaysiz, ammo hech narsani ushlab qololmay-
siz. Oldinga yurib ko‘rasiz, lekin nazaringizda bir 
joyning o‘zida aylanayotganday bo‘lasiz. Shu tariqa 
zulmat bilan jangingiz boshlanadi. Zarbalaringiz 
havoga uchadi. Ayni damda sizga tayanch nuqtasi 
kerak. Matritsa - sizning tayanch nuqtangizdir. Bu 
qorong‘ulikda sizga mening tavsiyalarim va 
saboqlarim yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi. Siz 
bu sohada men bilgan va muvaffaqiyatga eltuvchi 
hamma narsani bilib oldingiz. Bu chakana ish emas. 
Siz endi tilni his qila boshlaysiz. Harakatlaringiz 
qat’iylasha boradi. Kuchingizni ikkinchi darajali 
yoki umuman keraksiz narsalarga sarf qilib 


108
o‘tirmaysiz. Boshi berk ko‘chalarda besamar 
kezmaysiz. Qo‘lingizda aniq va puxta ishlangan, 
sizni muvaffaqiyat sari eltuvchi xarita turibdi. 
Tavsiya etilayotgan ushbu usulning eng mayda 
jihatlari ham puxta o‘ylangan. Ishga bor kuchingiz 
bilan kirishsangiz, tilni o‘zingiz o‘ylaganingizdan 
ham tezroq va yaxshiroq o‘rgana olasiz. 
Bu yo‘lning to‘g‘riligi borasida shubhalani-
shingizga hojat yo‘q. Negaki bu usul amalda 
muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan va juda ishonchli. 
Yaqin orada bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. 
Sizga muvaffaqiyat tilayman! 
Omad tilamayman, negaki, til o‘rganishda u 
umuman kerak emas. Qiyinchiliklardan qo‘rqmas-
lik, mehnatsevarlik, o‘z-o‘ziga ishonch va qat’iylik 
- mana sizga eng keragi! 
Xullas, mening qadrdonim, Sizga faqat va faqat 
muvaffaqiyat tilayman! 
Mana, aziz suhbatdoshim, bizning qizg‘in va 
sermazmun suhbatlarimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi. 
Baxtimizgami yo baxtga qarshimi, ishqilib hamma 
narsaning o‘z ibtidosi bo‘lganiday, intihosi ham bor. 
Qani, boraqoling, ishga kirishing. 
Mehnat qilib, bo‘ston yarating. Qisqagina dam 
olish chog‘laringizda risolamni qo‘lga oling, 


109
hamsuhbat bo‘laylik. Sizsiz men o‘zimni juda ham 
yolg‘iz his qilaman... . 
Hech shubha yo‘qki, mening mehnatsevar 
do‘stim, oradan yillar o‘tib siz bitta, uchta, beshta, 
boringki undan ham ko‘p xorijiy tillarni o‘rganib 
olgach, bu ajib dunyo bilan yanada kengroq 
tanishgach, anglab yetasizki, sizning asl tilingiz - 
o‘z ona tilingizdir. Hech narsaga almashmaydigan 
bebaho boyligingiz - ona Vataningizdir! 
Mening yosh va orzular qanotida uchib yurgan, 
begona sohillarni zabt etish ishtiyoqida yonayotgan 
o‘quvchim, siz hozir buning asl ma’nisini anglab 
yetmaysiz va buning uchun men sizni koyimayman. 
Negaki, siz hali katta yo‘lning boshidagina turibsiz 
xolos. Ha, do‘stim, faqat boshida... . 
Podolsk-Elan- Sietl-Podolsk... . 2006 yilning 
bahor va yozi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish