N. Fozilov – realistik o‘zbek bolalar nasrining yetakchi vakili. Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi



Download 22,06 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi22,06 Kb.
#222248
  1   2
Bog'liq
Nosir Fozilov


N.Fozilov – realistik o‘zbek bolalar nasrining yetakchi vakili.

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi.

Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Buvasi Tursunmuhammad a’lam esa G‘urbatiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr bo‘lib, Toshkentda uning uchta she’riy kitobi chop etilgan.

Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelganligi uchun ham o‘qib, ham mehnat qilgan. Shu tufayli u o‘z tengdoshlaridan ancha kech, ya’ni, 1949 yilda o‘rta maktabni tugatadi. So‘ng Toshkentga kelib, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ga o‘qishga kiradi va uni 1954 yilda tugatadi. Shundan so‘ng «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.

Nosir Fozilovning ko‘plab asarlari o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lib, nashr etilgan. U 1994 yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan bo‘lsa, birinchi kitobi 1959 yilda «Irmoq» nomi bilan chop qilinadi. So‘ngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qiyoslari» (1970), «Diydor», (1979), 2 jildlik «Tanlangan asarlar» (1983-1986), «Bir otar to‘pponcha» (1995) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqadi.

Nosir Fozilov tarjimon sifatida, ayniqsa, samarali ijod qildi. U Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga ag‘darib, nashr ettirdi. Shuningdek, qirg‘iz, qoraqalpoq va o‘zga tillardan ham ko‘plab sara asarlarni o‘zbekchalashtirdi.

Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoye ketmadi. 1985 yilda unga «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘.G‘ulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi, «Ustozlar davrasida» asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1990 yilda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqini original asarlar, qolganlari tarjimalardir. 

Yozuvchi 2018 yil 13 yanvarda vafot etgan.



Fozilov Nosir (1929.10.6, Qozogʻiston Respublikasining Turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). U rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). "Gulxan" jur.da masʼul kotib(1955—59), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1959—63; 1975—82), "Sharq yulduzi" jur.da masʼul kotib (196375; 198284; 198692). Birinchi toʻplami — "Irmoq" (1959). "Oqim" (1962), "Robinzonlar" (1964), "Qush qanoti bilan" (1965), "Qorxat" (1968), "Koʻklam qissalari" (1970), "Bolaligim — poshsholigim" (1989), "Bir otar toʻpponcha" (1995), "Shum bolaning nabiralari" (1995), "Toshkentning nosi" (1996) va boshqa asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy boʻyoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining , ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, oʻykechinmalarining jonli tasviri, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida choʻl tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Download 22,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish