N. M. Kayumova


balki boshqalar manfaati uchun  harakat qilishi)



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

balki boshqalar manfaati uchun  harakat qilishi) 

uslubini qo'llash zaruriyatini qo'yadi.

Bu jihat -   pedagog bolaning ustidan  hukmronlik qilishdan, 

uni  nazorat  qilish,  zo'ravonlik,  kuch  ishlatishdan  voz  kechib, 

tarbiyalanuvchiga  uning  xohishiga  ko'ra  erkin  tanlash  huqu- 

qini beradi.

Bunda:


Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish;

Bola  va  pedagog  o'rtasidagi  hissiyot  shaxsiy munosabatla- 

rini rivojlantirish;

Munosabatlar  tizimining  o'zaro  hurmat  tarzda  shakllanti- 

rishga e'tibor qaratiladi.

III. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:

Bolaning  tengqurlari  va  kattalar  bilan  munosabatining 

o'zaro  hurmat  doirasida  bo'lishi  bolaning  tizimli  o'zaro  mu- 

nosabatlarda  o'zining  "Men"  mezoni  bo'yicha  shaxsiy  rivoj- 

lanishinmg  ijtimoiy faolligi  ko'rsatkichida  muhim  omil  hisob­

lanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich  -   oiladagi  muhit.  Bolani  o'rab  turgan  muhit  bi­

lan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga 

(ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniq- 

lanadi. Bolaning faolligi muhitga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga 

yo'naltiriladi.

2-bosqich  -   vaziyatdagi  voqelik  -   bolani  bo'lib  o'tayotgan 

hodisalardan  ajrala  olmasligi  va  uni  vaziyatga  to'liq  qaram- 

ligi  bilan  tavsiflanadi.  Bunda  muhit  alohida  ahamiyatga  ega 

bo'ladi.

3-bosqich -  vaziyat ustidagi voqelik -  bolani vaziyatlar oqi- 

mi  ta'siridan  chiqish  va  o'zining  aqli  yordamida  vaziyatni  tu- 

shunib ish tutishi bilan xarakterlanadi.

4-bosqich  -   o'zidagi  voqelik -   bola  o'z  vaziyatlari  modelini 

tayyorlab,  atrofdagi  kattalar va tengdoshlari bilan  ish yuzasi­

dan munosabatlar o'rnatib, o'z "men’lni namoyish etadi.

5-bosqich  -   bolaning  boshqadagi  voqelik va  o'zining  qadr- 

qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.

63



Ijtimoiy  pedagogik  yondashuvning  mazmuni  -   bola  to­

monidan  insoniyat  o'zlashtirilishini  ta'minlovchi  rivojlanish- 

ni  amalga  oshirishdir.  Bunday  yondashuv  ta'lim  berish  jara­

yonini  yakuniy  natijasiga  bola  shaxsining  axloqiy,  ma'naviy 

o'zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.

IV.  Psixologik yondashuv asoslari -  bola shaxsini rivoj- 



lantirishda 

-   psixologik qo'llab-quvvatlash  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Bu  yondashuv  -   bolaning  muammolarini  tushu- 

nishi, qabul  qilish va uni hal qilishda yordam berishdir.  Uning 

asosiy  maqsadi  -   bola  va  kattalar  o'rtasidagi  kundalik  peda­

gogik munosabatlarda yuzaga keladigan hissiy-shaxsiy muno- 

sabatlarni rivojlantirishdir.

Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:

- Bolaga o'ziga va pedagogga bo'lgan ishonchni oshira borib, 

unga samimiylik, g'amxo'rlik va mehr-muhabbat namoyon eta­

di;

-  Bolaning  o'z-o'zini  baholashni  mustahkamlash  va  aha- 



miyatni  oshirish  maqsadida  uning yutuqlarini  ongli  ravishda 

ta'kidlaydi;

- Bolada xato qilish qo'rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy his­

siy bo'shliq yaratadi;

-  Bolaning  omadsizliklariga  diqqatni  to'xtatmay  tushunib 

(norozilik  bilan  emas}  qaraydi,  uning yechimini  topishda  bo­

la bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxs­

ga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar tizimida “katta bola" mu­

nosabatlar yo'nalishlaridan biri bo'lib, har bir inson va ayniqsa, 

ta'lim  oluvchilar xatolar va ularni to'g'irlash huquqiga  egadir­

lar.

-  Bolani  tarbiyalamaydi,  balki  uning  muammolarini  birga 



hal qilib yo'l ko'rsatadi.

Psixologik  qo'llab-quvvatlash  pedagog  va  bola  o'rtasidagi 

hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.

V.  Tubdan  o'zgartirilgan  o'qitish  tamoyili.  Bola  va  pe­

dagogning  hamkorlikdagi  tubdan  o'zgartirilgan  (ko'rgazmali

-   rivojlantiruvchi)  pedagog  va  bola  shaxsini  mustaqil  tarbi-




yalashga  yo'naltirilgan  faoliyati,  qaysiki  shaxsiy  mazmunini 

hayotiy bo'shliqda  qimmatli  ahamiyatga ega bo'lgan,  pedagog 

va bolaning universallashtirilgan tizimi.

Tubdan o'qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:

-  Ijtimoiy pedagogik yondashuv;

-  Gnoseologik  (bilish  faoliyati)  yondashuv  o'qitish  jarayoni 

mohiyatini anglash jarayonidan olib  chiqadi va yuzaga kelgan 

anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi)

-  Psixologik  yondashuv  -   insonning  rivojlanishi  va  bilim­

larni  o'zlashtirishi  psixologik  nazariy  bilimlarni  yuzaga  olib 

chiqadi.

-  Aqliy faoliyat yondashuvi:  (P.Ya.  Galnerin,  N. F. Talo'zin)  - 

rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;

-  Akmeologik yondashuv -   (grekcha so'zdan olingan bo'lib, 

yuqori  nuqta,  yuksalish,  yaxshi  payt va  o'qish  degan  ma'noni 

bildiradi)

Uning asl  mohiyati  -   o'qitish  shaxsning hayotiy dunyosiga, 

pedagog va  bolaning mavjud hayotiy mazmunini  o'zgartiradi, 

o'ziga  xoslik  takrorlanmaslik  kabi  amaliy  vazifalarni  bajara- 

di. Hmni o'rgatishga o'tish - bu inson tafakkuri uchun obyektiv 

bo'lgan olamni anglashdir.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish