N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

ob'ektiv,
ko’pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emotsional 
holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o’lchash; 2) so’rov 
metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning 
umumshaxsiy testlari; 3) «qalam va qog’ozli» testlar, masalan, diqqatni 
tashhislash uchun - matndagi ma’lum harflami o’chirish yoki labirintdan eng 
yaqin chiqish yo’lini chizish va boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori 
ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh 
tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB).
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning 
psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlami tadqiq etish uchun qo’llaniladi. 
Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlami baholashga, Teylor testi 
esa xavotirlanish darajasini aniqlashga mo’ljallangan.
Testlar juda xilma-xil bo’ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan:
1. 
Yutuqlarga erishish testlari
- sinaluvchining aniq bilim, malaka va 
ko’nikmalarga ega bo’lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik 
tashhislash metodikalardan biri.
2. 
ldrok testlari -
individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik 
tashhislash metodikasi.
37


3. 
Ijodkorlik testlari
- insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o’rganish va 
baholash metodikalarining jamlanmasi.
4. 
Shaxsni bilish testlari
- individ shaxsining turli tomonlariga baho berish 
imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi.
5. 
Loyihalash testlari -
psixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan 
xususiy xossalari va holatlarining ustun bo’lgan ehtiyojlar, mazmunlar va 
qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko’chirilishiga 
asoslangan shaxsni yaxlit o’rganish uchun qo’llaniladigan metodikalar 
jamlanmasi.
Yuqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo’llanilishi haqidagi 
ma’lumotlarga 
A.X. 
Yugayning 
«Obshaya 
psixologiya: 
laboratomo-
prakticheskie zanyatiya» (Tashkent, 2007) o’quv qo’llanmasi yordamida ega 
bo’lish mumkin.
6. 
Suhbat metodi
o’rganilayotgan muammoni qo’shimcha ravishda yoritib 
berish uchun yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi. 
Suhbat -
bu nutq muloqoti 
orqali psixologik axborotga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita yo’l bilan ega 
bo’lishni ko’zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari 
va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy 
usuli bo’lib xizmat qiladi.
7. 
Psixologik intervyu -
insonning shaxsiy sifatlari, tasawurlari, motivlari 
va boshqalami o’rganishga yo’naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida 
intervyu o’tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, 
individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, 
shaxsiy psixologik korrektsiya jarayonida qo’llaniladi. Bu metodning afzalligi 
shundaki, yetarlicha tayyorgarlikka ega bo’lgan psixolog yordamida so’z 
iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko’rinish, harakatlaming o’ziga 
xosligi, faollik darajasi, hissiy reaktsiya va boshqa muloqotning barcha omillari 
kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin.
8. 
Anketa -
oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun 
so’rovnoma varag’idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi 
ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo’llaniladigan metodik vosita.
9. 
Sotsiometriya —
o’zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning 
tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlami psixologik 
tadqiq etish metodi.
Xulosa o ’mida aytish mumkinki, metodni samarali qo’llash uning validligi 
(oldindan belgilab qo’yilgani bo’yicha baholash uchun mos kelishi) 
va 
ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini 
beruvchi) bog’liqdir.
38


Ishonchlilik va validlik - bular psixologik tashhisning sifati va yuqori 
samaradorligini aniqlash mumkin bo’lgan mezonlar.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish