Nafas olishning ahamiyati


-rasm. L.Frederik tajribasi



Download 388,61 Kb.
bet6/8
Sana24.06.2022
Hajmi388,61 Kb.
#699512
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olishning ahamiyati125

4-rasm. L.Frederik tajribasi






Nafas olishning gumoral boshqarilishi. Qon tarkibidagi kar¬bonat angidrid miqdori nafas olishning boshqarilishida muhim rol o'ynaydi. Qonda karbonat angidrid miqdori ko'paysa, u uzunchoq miyadagi nafas markazini qo'zg'atadi va nafas olish tezlashadi. Agar o`quvchilar deraza va eshiklari yopilgan sinfda uzoq vaqt o'tirsa, sinf havosi tarkibida karbonat angidrid gazi miqdori ko'payadi. Bunday havodan nafas olish natijasida ular qonida bu gaz miqdori ortib ketadi va u nafas markazini kuchli qo'zg'atib, nafas olishning tezlashuviga sabab bo'ladi. Bu hol da¬vom etaversa, o'quvchilarda bosh aylanish, uyqu bosish, esnash, umumiy holsizlik va nafas qisish kabi noxush belgilar yuzaga ke¬lishi mumkin. Bu holatlar qonda va to'qimalarda karbonat angidrid ko'payishi hamda kislorod kamayishi natijasida sodir bo'ladi.
Qonda karbonat angidrid miqdorining ko'payishi nafas mar¬kaziga qo'zg'atuvchi sifatida ta'sir ko'rsatishini L. Frederik o'z tajribasida aniqlagan. Buning uchun narkoz yordamida hushsiz¬lantirilgan ikkita itning uyqu arteriyalari va bo'yinturuq venalari¬ni kesib, bir-biriga shun day ulanadiki, bunda qon birinchi itning tanasidan ikkinchi itning boshiga, ikkinchi itning tanasidan birinchi itning boshiga oqib boradigan bo'lgan (4-rasm). Birinchi itning traxeyasini barmoq bilan bosib, uning o'pkasiga havo ki¬rishi to'xtatiladi. Shu vaqtda ikkinchi it go'yo unga havo yetishma¬gandek tez-tez nafas ola boshlaydi, holbuki, uning o'pkasiga havo kirishi to'silmagan. Buning sababi shundaki, birinchi itning traxeyasi bosilib, o'pkasiga havo kirishi to'silganligi tufayli uningqonida karbonat angidrid miqdori ko'payadi va u ulangan qon tomiri orqali ikkinchi itning qoniga o'tib, uning nafas markazini qo'zg'atishi nal;jasida nafas olishi tezlashadi.
Odam jismoniy mashq bajargan vaqtda uning qonida karbonat angidridning miqdori ko'payadi va u nafas markazini qo'zg'atib, nafas olishni tezlashtiradi. Mashqlarni bajarish tezligi qancha katta bo'lsa, nafas olish shuncha tezlashadi. Qonda karbonat angidrid miqdori kamayib, normaga kelishi bilan nafas olish sekinlashadi. Shunday qilib, qon tarkibidagi karbonat angidrid miqdorining ko'payishi yoki kamayishi gumoral yo'l bilan nafas markaziga ta'sir etib, nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi.
Sun'iy nafas oldirish
Odam shikastlanganda, suvga cho'kkanda va boshqa og'ir kasal¬liklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to'xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun'iy nafas oldiriladi. Sun'iy nafas oldirish ikki usulda: «og'izdan-og'izga,) yoki (,og'izdan¬burunga» usulida amalga oshiriJadi. Og'izdan-og'izga sun'iy nafas 01¬dirish quyidagicha bajariladi:
I. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og'zidagi ko'pik rezina balloncha yordamida so'rib olinadi yoki barmoqqa bint o'rab artib olinadi (5-rasm, I). 2. Bemorning yelkasi ostiga yupqa yostiq qo'yiladi. So'ngra yor¬dam beruvchi odam bir qo'li bilanbemoming bo'ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo'l bilan boshining tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burun-halqumini yopib qo'ymasligi uchun u bir oz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi (5-rasm, 2).
3. Bemorning og'ziga ikki qavat bint yopiladi. Yordam beruvchi uning yon tomonida o'tirib, bir qo'lini uning bo'ynini orqa to¬monidan o'tkazib, ikkinchi qo'Ji bilan uning bumini qisadi. O'zi chuqur nafas olib, labini bemor labiga qo'yib, bint orqali uning og'ziga bor kuchi bilan puflaydi. Shundan keyin bemoming bur¬nini qisishni to'xtatadi. Shu vaqtda bemoming ko'kragi bir oz shishsa, puflagan havo uning o'pkasiga borgan bo'ladi. So'ngra yor¬dam beruvchi odam o'zi yoki ikkinchi yordam beruvchi ikki qo'li¬ning kaftini bemor ko'kragining ikki tomoniga qo'yib bosadi. Shu vaqt uning o'pkasidagi havo tashqariga chiqadi. So'ngra bemoming burnini yana qisib, og'zini og'ziga qo'yib puflashni takrorlaydi. Puflash har 4-5 sekundda takrorlanadi, ya'ni bir minutda 12¬15 marta puflanadi va ko'kragini bosib nafas chiqariladi. Agar bemoming yuragi ishlab turgan bo'lsa, to uning o'zi nafas ola bosWaguncha sun'iy nafas oldirish davom ettiriladi.







Download 388,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish