Naimov kamronbek nodirbek o’G’li ning “biznesda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzu


Roʻyxatga olish va litsenziyalash



Download 112,29 Kb.
bet2/6
Sana12.04.2023
Hajmi112,29 Kb.
#927414
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Roʻyxatga olish va litsenziyalash
Davlatdan faoliyat yuritish huquqi uchun litsenziya olish.
Reklama
Reklama joylashtirish, aktsiyalar va kampaniyalar, maxsus takliflar.
Kengaytmalar
Kengaytirish (ishlab chiqarish yoki taqdim etilayotgan xizmatlar koʻlamini), shuningdek,raqobatchilarning qoʻshilishi va sotib olinishni koʻzda tutadi. Kapitalizatsiya.
Ulashish muammosi
Birjada roʻyxatga olingan aktsiyalarni chiqarish.
Faoliyat sugʻurtasi
Tayyor biznesni sotish va sotib olish
Biznes hayotidagi bosqich — bu hayotiy korxonaning shakllanishi va uni sotish imkoniyati hisoblanadi. Sotib olish va sotish mulkdorning oʻzi tomonidan ham, tayyor biznesning ochiq bozorida ham (qoʻshilgan qiymatga ega va aktivlar narxida korxonalar) amalga oshirilishi mumkin.

  1. QISHLOQ XO’JALIGI

Qishloq xoʻjaligi —Aprel inqilobidan keyin o‘tkazilgan tadbirlardan biri bu yersizlarni va kam yerlik dehqonlarni pomeshchiklar va yer egalaridan qarzini bekor qilish haqida dekret qabul qildi. Hukumat dasturining yer islohatida mehnatkash dehqonlarni ishtirok etishini hisobga olib hayotga tadbiq qildi.Qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil qilishda yersiz va kam yerlik dehqonlar, kо`chmanchi kambag‘allarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.Dehqonchilik. Afg‘oniston dehqonchiligi sun’iy sug‘orishga asoslangan. Juda quruq iqlim, atmosfera yog‘inlarining kam miqdori va ularning yil mavsumlarida notekis taqsimlanishi ekinlarni nafaqat tekisliklarda, balki tog‘li rayonlarda ham sug‘orish zaruriyatini taqazo qiladi. Hattoki shunday viloyatlar mamalakatning boshqa qismlariga nisbatan atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi ta’minlangan Badaxshon, Nuriston va Hazarajotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 3/4 qismidan ko‘proq yalpi hosilini sug‘orma yerlar beradi. Afg‘oniston iqlim sharoitidagi sug‘oriladigan yerlar sezilarli darajada yuqori va bir maromda hosil berishi bilan harakterlanadi.Afg‘onistonda haydaladigan yerlarning umumiy maydoni hamma yerning 12% ni tashkil qiladi. O‘tloq va yaylovlar 46%, o‘rmon va butazorlar 3% Qadimdan Afg‘oniston dehqonlarining hayoti suv bilan bog‘liq. Afg‘oniston sun’iy sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining qadimiy о`choqlaridan biri.
Sug‘orma dehqonchilikning asosiy areallari quyidagicha joylashgan: Janubiy Afg‘onistonda Hilmond havzasida, Qobul vodiysi va uning irmoqlari, Shimoliy Afg‘onistoning Harirud daryosi bo‘ylab, shuningdek Baqtriya tekisligidagi Qunduz va Balxu daryosi bo‘ylab joylashgan.
Jalolobod irrigatsiya kompleksi qurilgandan keyin Qobul vodiysi vohalari boglar, g‘alla va sholi maydonlariga aylandi. Davlat yerlardan sitrus, zaytundan katta hosil yig‘ildi.
Yer osti suv yig‘uvchi inshootlar - korizlar ochiq vodiylarda va Qondahor va Farox oralig‘idagi Janubiy Afg‘onistoning G‘azna platosida past tog‘oldi qismida, Nangraxar provinsiyasining janubiy qismi Qobuldan shimolda Hindiqusholdi vodiylarida ko‘proq uchraydi. Korizlar mamlakatning hamma sug‘oriladigan yerlarining 20%ga xizmat ko‘rsatadi.
Sug‘orilmaydigan yerlar mamlakatning shimolidagi keng tog‘oldi palasasida Qalayi - Nau, Honabod Fayzobodda to‘plangan. Lalmi yerlarda yaxshi yog‘ingarchilikdan so‘ng sug‘oriladigan yerlarga nisbatan ba’zan yuqori hosil olinadi, lekin уоg‘in yetishmaganda hattoki uruglik ham yig‘a olishmaydi. Lalmi dehqonchilik bilan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilar kо`proq shug‘ullanadi. Lalmi yerlarda ko‘pincha g‘alla, arpa yog‘li lyon, poliz ekinlari, asosan qovun yetishtiriladi.
Ko‘pchilik xo‘jaliklar bir yilda bir marta hosil olishadi. Doimo dehqonchilik qilinadigan quyi joylashgan vohalarda, ya’ni Hirot, Farox, Qandohor, Jalalobodda bir yilda ikki marta hosil olinadi. Bir yilda ikki marta hosil olinadigan yerlar maydonini kengaytirishga tog‘li rayonlarda noqulay iqlim sharoiti yilning asosiy qismida sug‘orish kanalida suvning yetishmasligi to‘sqinlik qiladi. Bahorgi ekinlardan muhimlari – g‘alla, arpa, ba’zi dukkaklilar. Kuzda sholi, makka va asosiy texnika ekinlaridan paxta, qandlavlagi, shakarqamish yig‘ib olinadi.
Afg‘oniston dehqonchiligining asosini don mahsulotlari ashkil qiladi. Muhim ekinlardan g‘alla xissasiga о`simlikshunoslikdagi hamma mahsulotlar qiymatining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bog‘lar va uzumzorlar Afg‘onistoning hamma qismida tarqalgan. Mevali ekinlar vohalarda va katta shaharlar atrofida to‘plangan. Mevalar, asosan uzum ko‘p miqdorda eksportga ketadi. Afg‘oniston dunyo bozorida mayiz va turshak, anorning eng yaxshi navi bilan mashhur.
Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi band bo‘lishi bilan bir qatorda va YAIMning 70% dan ko‘prog‘ini berishiga qaramay, qishloq xo‘jaligi hozirgacha kam mahsuldor, aholining oziq-ovaqtga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmayapti.
Chorvachilik hissasiga qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining yarmi va mamlakat eksportining 50% atrofida to‘g‘ri keladi. Yaylov qoramolchiligi ko‘pchilik ko‘chmanchilarning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Mollar uchun mavsumiy yaylovlarni qidirib ko‘chmanchilar yozda Hindiqushning alp о`tloqlariga va boshqa baland tog‘ tizmalariga 500 dan 1500 metr masofagacha ko‘tarilishadi, qishda esa Hind va Panjob (Pokiston) qirg‘oqlarigacha bo‘lgan tekisliklarning quyi vodiylariga tushishadi.
Chorvachilik. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilar qoramollari boshini hisoblash juda qiyin. Odatda mollar miqdori mavsumdan mavsumgacha va iqlim sharoitlariga juda bog‘liq holda o‘zgaradi. Sovuq qishlarda oziqa yetishmasligidan ⅓ qism mollar nobud bo‘ladi va mollar boshi tiklanguncha bir necha yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek mollar miqdoriga kasallik ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘troq qishloq aholisi uchun asosiy mashg‘ulot dehqonchilik bo‘lib, chorvachilik faqat uni to‘ldiradi.
Afg‘oniston chorvachiligining muhim va bir vaqtning о`zida bir muncha mahsuldor, tarmog‘i qo‘ychilikdir. Mamlakatda go‘sht-jun va qorako‘l qo‘ylar yetishtiriladi. Qo‘ychilikning ikki tipini ajratish mumkin: ko‘chmanchi qo‘ychilik va yarim o‘troq aholining yaylov qo‘ychiligi.
Yirik shoxli qoramolchilikdan farq qilib ozuqa ekinlarni yetishtirishga majburlar, chunki qo‘y va echkilar odatda yerdan о`sib chiqqan oziqlar bilan qanoatlanadi. Qo‘у va echkilarning mahalliy zotlari beozor va ular quruq mavsumda yog‘ zaxirasini to‘plab uzoq masofalarga haydashlarga bardoshli bo‘ladi.
Afg‘oniston dunyo bozoriga qorako‘l terisini asosiy yetkazib beruvchi hisoblanadi. U mamlakatga chet el valyutasi keltiruvchi manbaa hisoblanadi.
Afg‘oniston bir yilda 2- 2,5 mln teri yetkazib beradi.Qorako‘l qo‘ylar yetishtirish uchun maxsus iqlim va yaylov sharoitlari zarur, shunga bog‘liq holda otarlar chalachol qumli Baqtriya tekisligi rayonida, asosan uning g‘arbiy qismida to‘plangan.
Yilqichilik bilan asosan Shimoliy Afg‘onistondagi о`troq aholi shug‘ullanadi. Qishloq xo‘jaligida otlardan kam foydalaniladi. Zotdor otlar juda qimmat turadi, asosan “tekin” zotli tez yugurar otlar qadrlanadi. Dehqonchilik xo‘jaliklarida otlarni o‘rnini eshaklar egalladi.

  1. MOLIYA

Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada Moliya amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona Moliya si (buni korporativ Moliya deb yuritiladi), xonadon Moliyasi, jamoat tashkilotlari Moliyasi, sugʻurtalash Moliyasi kabilar kiradi. Davlat Moliyasi makrodarajadagi Moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro Moliya munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro Moliya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi Moliya oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. Moliya turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon Moliyasi oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.

Download 112,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish