Namangan davlat


Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy ta’minoti



Download 183,71 Kb.
bet4/12
Sana12.07.2022
Hajmi183,71 Kb.
#780629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

1.2 Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy ta’minoti.


Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni muhofaza qilish sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash tizimini, axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi talablari bo‗yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini, kadrlarni tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish tizimlarini o‗z ichiga oluvchi murakkab tizimdir. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi qonun, me‘yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:





  • O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;




  • «Davlat sirlarini saqlash to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Axborotlashtirish to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Standartlashtirish to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Aloqa to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Telekommunikatsiyalar to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida»gi qonun




  • «Elektron hujjat aylanishi to‗g‗risida»gi qonun;




  • «Elektron raqamli imzo to‗g‗risida»gi qonun;

  • «Elektron tijorat to‗g‗risida»gi qonun;




  • O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;







  • Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo‗jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.

Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‗maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‗llab, O‗zbekiston milliy xavfsizligiga bo‗lgan zararni jiddiy kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‗zlangan maqsad bo‗lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:



  • yagona texnik siyosatni o‗tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‗yicha ishlarni muvofiqlash va tashkil etish;




  • razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‗lga kiritishni jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‗l qo‗ymaslik;




  • axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni qabul qilish;







  • davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini nazorat qilish;




  • axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash;




  • axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‗nalishlarini aniqlash;

  • axborotni muhofaza qilish bo‗yicha ishlarni me‘yoriy-metodik va axboriy ta‘minlash.

Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti - axborotni ximoyalash tizimida bajarilishi shart bo‘lgan qonun chiqarish aktlar, me'yoriy-huquqiy xujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti masalasi xam amaliy, xam krnunchilik jixatidan faol o‘rganib chiqilmoqda. Axborotni ishonchli ximoya mexanizmini yaratishda tashkiliy tadbirlar muxim rol o‘ynaydi, chunki konfidentsial axborotlardan ruxsatsiz foydalanish asosan, texnik jixatlar bilan emas, balki ximoyaning elementar qoidalarini e'tiborga olmaydigan foydalanuvchilar va xodimlarning jinoyatkorona harakatlari, beparvoligi, sovuqqonligi va ma'suliyatsizligi bilan bog‘liq.


Axborot xavfsizligi soxasida mutaxassislar o‘z faoliyatlarida mos standartlar va snetsifikatsiyalarni chetlab o‘tolmaydilar. Bunga sabab, birinchidan standartlar va spetsifikatsiyalar - avvalo axborot xavfsizligining muolajaviy va dasturiy-texnik darajalari bo‘yicha bilimlarini to‘plash shakllaridan biri. Ularda malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan, tasdiqdangan yuqori sifatli yechimlar va metodologiyalar qayd etilgan. Ikkinchidan, standartlar va spetsifikatsiyalar apparat-dasturiy tizimlar va ularning komponentlarining o‘zaro qo‘shila olishligini ta'minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. (Intemet-uyushmada bu vosita haqiqatdan samarali ishlamoqda).


Standartlar va spetsifikatsiyalarning bir-biridan jiddiy farqlanuvchi ikkita guruhini ajratish mumkin:





  • axborot tizimlarini va xavfsizlik talablari bo‘yicha himoya vositalarini baxrlash va turkumlash uchun atalgan baholash standartlari;




  • ximoya vositalari va usullarini amalga oshirish va ulardan foy- dalanishning turli jixatlarini reglamentlovchi spetsifikatsiyalar.

Bu guruhlar ma'lumki, ixtilofga bormaydilar, balki bir-birini to‘ldiradilar. Baxrlash standartlari tashkiliy va arxitekturaviy spetsifikatsiyalar vazifasini o‘tagan holda
axborot tizimlarining axborot xavfsizligi nuktai nazaridan muxim bo‘lgan tushunchalari va jixatlarini tavsiflaydi. Spetsifikatsiyalar esa arxitektura belgilagan axborot tizimini qanday qurish lozimligini va tashkiliy talablarni qanday qondirilishini aniqlaydi. Me‘yoriy-huquqiy hujjat tushunchasi. Ma‘lumki, huquq - bu hukumat
tomonidan turmushning ma‘lum bir sohalariga, davlat organlari, tashkilotlari yoki aholiga nisbatan o‗matilgan yoki sanksiyalangan umummajburiy qoidalar va me‘yorlar to‗plamidir.

O‗zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi «Normativ- huquqiy hujjatlar to‗g‗risida (yangi tahriri)»gi qonunining 3-moddasiga asosan «Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalami belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir» Me‘yoriy huquqiy hujjat - bu huquq ijodkorligi hujjati bo‗lib, ma‘lum bir tartibda, qat‘iy belgilangan subyektlar tomonidan qabul qilinadi va huquq me‘yoriga ega bo‘ladi. Me‘yoriy huquqiy hujjat huquqning asosiy manbai hisoblanadi.


Me‘yoriy huquqiy hujjat (boshqa huquq manbalariga nisbatan) kafolat doirasida faqat mas‘ul davlat organlari tomonidan qabul qilinadi hamda ma‘lum bir ko‘rinishga, hujjat shakliga ega boiadi. Me‘yoriy huquqiy hujjatlar mamlakat bo‘yicha amal qiladi va yagona tizimni hosil qiladi.

Me ‘yoriy huquqiy hujjatlar belgilari:



  • me‘yoriy xarakter

  • huquqiy akt

  • huquq ijodkorligi natijasi hisoblanadi

  • umummajburiylik

  • rasmiy hujjat ko‗rinishida tuziladi

  • huquq me‘yorlarini guruhlashda ma‘lum bir tartibga rioya qilinadi.

Me‘yoriy huquqiy hujjatlar turlari. O‗zbekiston Respublikasining 2012-yil 24- dekabrdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g'risida (yangi tahriri)»gi qonunining 5-moddasi me‘yoriy huquqiy hujjatlaring turlarini aniqlaydi:
Quyidagilar me‘yoriy huquqiy hujjat hisoblanadi:

  • O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  • O‗zbekiston Respublikasi qonunlari;

  • O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;

  • O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;

  • O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;

  • Vazirliklar, davlat komitetlari va tashkilotlari hujjatlari;

  • Davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari.

Me‘yoriy huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari hisoblanadi va O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligini tashkil etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari
qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. О‗zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va mа ‘lumotlami himoyalash bo'yicha me 'yoriy huquqiy hujjatlar. Axborotni huquqiy himoyalash zaxira sifatida davlat va xalqaro miqyosda tan olingan hamda xalqaro shartnoma, konvensiya va deklaratsiyalarda aniqlanadi. Davlat miqyosida axborotni huquqiy himoyalash davlat va tashkilot hujjatlari orqali nazorat qilinadi.
Bizning mamlakatimizda bunday me‘yoriy hujjatlarga Konstitutsiya, O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, fuqarolik, ma‘muriy va jinoyat kodekslarida keltirilgan tegishli moddalar kiradi. Tashkilot me‘yoriy hujjatlariga esa ushbu tashkilot doirasida amal qilinuvchi buyruq, yo‗riqnoma, ko‗rsatma kabilar kiradi.

Litsenziyalar Konstitutsiya Buyruqlar Sertifikatlar Qonunlar Ko‗rsatma!ar


(kodekslar) Nizom
Farmonlar Yo‗riqnoma!ar
Farmoyishlar Rahbariy hujjatlar Qarorlar
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida bank, tijorat va sug‗urta sirlari tushunchalari hamda ulami himoya qilishning zaruriy choralari belgilab qoyilgan. Axborot xavfsizligi borasida O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi muhim o‗rin egallaydi. Ushbu kodeksning ―Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar‖ deb nomlanuvchi XX1 bobida axborot texnologiyalari sohasida sodir etiluvchi jinoyatlarga jazo belgilab qo‗yilgan. Axborotlami kriptografik himoyalash borasidagi masalalami tartibga solish 2007-yil 3-apreldagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari tog‗risida‖gi PQ-614 sonli qarorida1 o‗z aksini topgangan bo‗lib, unga ko‗ra ushbu sohada O‗zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati mas‘ul organ hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qaror bilan 0‗zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik himoyalash bo‗yicha Nizom hamda 0‗zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik himoyalash vositalarini sertifikatsiyalash Nizomlari tasdiqlangan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda axborot xavfsizligi masalalarini yechish borasida muhim tashkiliy qadam bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‗g‗risida»gi 71 -II-sonli qonuni1 turli faoliyat sohasida litsenziyalashni amalga oshirish bo‗yicha asosiy hujjat hisoblanadi.
Ushbu qonunning 3-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan:

Download 183,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish