Namangan muhandislik texnologiya instituti «umumtexnika fanlari»



Download 9,92 Mb.
bet7/18
Sana20.01.2023
Hajmi9,92 Mb.
#900630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Юритманинг кинематик ҳисобини бажариш

3.4. TISHLI UZATMALAR

Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deyiladi. Hozirgi vaqtda tishli uzatmalar texnikaning turli sohalarida keng qo’llamda ishlatilib kelmoqda.


Tishli g’ildiraklar diametri 1 mm dan bir necha metrga yetadi. Vallarning o’qlarini bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi.
- vallarning o’qlari o’zaro parallel bo’lgan, sirtqi yoki ichki tomondan ilashadigan tsilindrik g’ildirakli uzatmalar;
- vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar;
- vallarining o’qlari ayqash bo’lgan vintaviy (chervyakli) va gipoid deb ataluvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar.
Tishlarning g’ildirak sirtida joylalashuviga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli, qiya tishli, aylanaviy tishli g’ildiraklar deb ataluvchi turlarga bo’linadi.
Tish profilining shakliga ko’ra evolьventali, tsikloidali va Novikov tipidagi turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, aylaNma harakatni ilgarilaNma harakatga aylantiruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan, tishli g’ildirak bilan tishli reykadan iborat uzatmalar ham ishlatiladi.


Tishli uzatmalarning afzalliklari:

- sekundiga 150 metrgacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzata oladi va uzatish soni bir necha yuzga yetadi;


- sirtqi o’lchamlari nisbatan kichik;
- tayanchga uncha katta kuch tushmaydi;
- foydali ish koeffitsenti yuqori (0,97-0,98);
- uzatish soni o’zgarmas;
- ishlashi ishonchli, chidamliligi katta;
- xilma-xil materiallardan foydalanish mumkin.


Tishli uzatmalarning kamchiliklari:

- tayyorlanishi nisbatan murakkab;


- ishlayotgan vaqtda, ayniqsa katta tezlikda shovqin chiqaradi;
- zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari seziladi.
4. MEXANIK YURITMA ELEMENTLARINING KINEMATIK SXEMALARDA BELGILANISHI

Kinematik hisoblash, yuritmani hisoblashning birinchi bosqichi bo’lib, yuritma kinematik sxema asosida o’zaro bog’langan qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan zvenolardan tashkil topgan.


Standart masshtab bo’yicha bajariladigan kinematik sxemalarda kinematik juftlar va zvenolar ma’lum (masshtab bo’yicha) shartli belgilar orqali tasvirlanadi. Bu belgilashlar Davlat Standarti va Halqaro Standartlarda, ya’ni GOST 2.2770-68 (St SEV 2519-80) «Sxemalarda shartli grafik belgilanishlar. Kinematik elementlar» da (2-jadval) keltirilgan.
Hisob chizma ishini topshiriqlarida kinematik sxema zvenolarining uzunlik o’lchamlari aniq bo’lmaganligi uchun kinematik sxemalar shartli belgilar orqali masshtabga rioya qilinmagan holda ko’rsatiladi. Sxemani tasvirlash ortogonal proektsiyasi bo’yicha bajarilib, yetaklanuvchi zvenolardagi berilgan qiymatlarni ko’rsatib, harakat yo’nalishi ham ko’rsatilishi lozim.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish