Namunaviy nizom



Download 51,13 Kb.
bet4/6
Sana20.03.2022
Hajmi51,13 Kb.
#502688
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIR MARTALIK ISH BILAN TAMINLASH MUSTAQIL ISH

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
6. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
7. Markazda ichki ishlar organlarining bir nafar xodimi doimiy ravishda ishlaydi.
Markazning qo‘shimcha xodimlariga sarflanadigan xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Markazda doimiy bo‘luvchi shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi xodimining mehnatiga tegishli shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi tomonidan haq to‘lanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
8. Byuroning shtatdagi xodimlari:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
fuqarolarga xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarning muayyan turlarini bajarishga doir mavjud buyurtmanomalari to‘g‘risida ma’lumotlar berishga;
xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga doir buyurtmanomalarini qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarning aniq turlariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab turishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollanishda, shuningdek yangidan tashkil etilayotgan va bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy asosda ishga kirishda fuqarolarga ko‘maklashishga;
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, kasb-hunarga o‘qitish va qayta o‘qitish, o‘z ishini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish masalalari bo‘yicha fuqarolarga maslahat xizmatlari ko‘rsatishga;
zarurat bo‘lganda aniq masalalarni hal etish uchun mehnat organlarining boshqa mutaxassislarini jalb etishga yoki yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam olish uchun fuqarolarni tegishli mahalliy organlarga yo‘llashga;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishning asosiy qoidalari bilan tanishtirishga;
Byuro tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi muntazam o‘tkazilishida bevosita ishtirok etishga;
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilishida ko‘maklashishga majburdirlar.
9. Byuroda doimiy ravishda bo‘luvchi ichki ishlar organlarining xodimi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan fuqarolar tomonidan jamoat tartibiga, pasport rejimiga rioya etilishini ta’minlashga;
vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolar tomonidan huquqni buzishlarning oldini olish yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishga majburdir.
10. Byuro orqali vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolar Byuroda:
vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar va tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Byuro xodimlarining mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari bo‘yicha xavfsiz ish usullari to‘g‘risidagi maslahatni;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Byuroga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘makni tekin olish huquqiga egadirlar.

Download 51,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish