Namunaviy nizom



Download 51,13 Kb.
bet2/6
Sana20.03.2022
Hajmi51,13 Kb.
#502688
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIR MARTALIK ISH BILAN TAMINLASH MUSTAQIL ISH

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Quyidagilar Vaqtinchalik ish bilan ta’minlash Byurolarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
4. Quyidagilar:
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byuro to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byuroning namunaviy tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi huzurida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi tashkil etilayotgan tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining rasmiy tavsiyasi asosida tegishli hududiy mehnat organi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi xodimlari va Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosida doimiy ravishda bo‘ladigan shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimi mehnatiga haq to‘lash tegishli ravishda tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi;
Byurolarni tashkil etish va saqlab turish, shu jumladan, Byuro xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga xizmatlar Byuro tomonidan tekin ko‘rsatiladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan o‘rnatiladigan va ularni saqlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha xodimlari hisobidan butlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Byurolar xodimlari o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishlari ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar, ularning vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga nisbatan o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan joylarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Markazlarning joylashtirilishini belgilasinlar va bir oy muddatda ushbu Markazlarni tashkil etsinlar;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari huzurida ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilishini va ish izlovchi fuqarolar uchun boshqa zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda aholining, birinchi navbatda kasb tayyorgarligiga ega bo‘lmagan yoshlarning, ayollarning va sudning hukmi bilan jazoni o‘tagan shaxslarning ish bilan ta’minlanishi darajasini oshirish yuzasidan dasturiy maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Ushbu dasturlarda kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, maishiy xizmatlar sohasini kengaytirish yo‘li bilan fuqarolarni doimiy yashash joylarida ishga joylashtirish nazarda tutilsin;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
ichki ishlar organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun doimiy yashash joyidan tashqariga muntazam ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy ta’minlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib yurgan, jamoatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni ular doimiy yashaydigan joylarda ish bilan ta’minlash maqsadida monitoring olib borsinlar.
6. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmalari bo‘yicha Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarini zarur telefon aloqasi bilan jihozlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, basharti vaqtinchalik bir martalik ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari orqali bajarilsa, bunday ishlardan olingan fuqarolarning daromadlarini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.

Download 51,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish