«napoleon» torti: bosqichma-bosqich retsept



Download 15,4 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi15,4 Kb.
#786862
Bog'liq
NAPOLEON


«NAPOLEON» TORTI: BOSQICHMA-BOSQICH RETSEPT
Ushbu tortni tayyorlash qiyin emas, lekin sizning yaqinlaringiz qanchalik xursand bo’ladilar! Shunday qilib, sizga quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi:
Xamir uchun:

  • suv — 160 ml;

  • elangan yuqori navli un — 400 g;

  • sariyog’ yoki margarin — 260 g;

  • tuz — ¼ choy qoshiq;

  • sirka — 15 ml.

Krem uchun:

  • shakar — 300 g;

  • sut — 700 ml;

  • sariyog’ — 200 g;

  • tuxum — 2 ta;

  • kraxmal — 20 g;

  • ta’bga ko’ra vanilin.

Tayyorlash usuli:

  1. Tuz, un va sariyog’ni chuqur idishga solib uvoq holiga keltiring.

  2. Muzli suvni sirka bilan aralashtiring.

  3. Suvli aralashmani sariyog’li uvoqqa to’xtovsiz aralashtirgan holda soling.

  4. Tez xamir qoring.

  5. Xamirni 10 yoki undan ortiq bir xil bo’laklarga bo’ling (bu sizning tortingiz qanchalik katta kichik ekanligiga bog’liq).

  6. Zuvalachalar yasab, ularni bir soatga muzlatgichga qo’ying.

  7. Stolga pishirish qog’ozi yoki pergament parchasi qo’ying, uni yog’ bilan yog’lang va har bir zuvalani yoying.

  8. Idishning qopqog’i yoki biron bir tarelka yordamida tekis qilib kesib oling. Qolgan xamirni keyingi zuvalachalarga qo’shsangiz bo’ladi.

  9. Korj yuzasini vilka bilan bir nechta joyida teshiklar qiling.

  10. Korjlarni 200 ° C haroratda 7-10 daqiqa davomida pishiring.

Kremini tayyorlash bosqichlari:

  1. Krem uchun kraxmal, vanilin va shakarni chuqur kastryulyaga solib aralashtiring.

  2. Tuxumni ham o’sha kastryulyaga solib yaxshilab ko’pirtiring.

  3. Ushbu aralashmaga sutni soling.

  4. Idishni olovga qo’yib tinimsiz, krem yuzida pufaklar paydo bo’lguncha aralashtiring.

  5. Sovutilgan kremga sariyog’ni qo’shing.

  6. Kremni yaxshilab ko’pirtirib oling.

  7. Tayyor krem bilan har bir korjni surib tort holatiga keltiring va bitta korjni urvoqlab tort ustini bezatish uchun qoldiring.

  8. Tortni 2 soatga krem singishi uchun qoldiring.

  9. Krem yordamida tort yonlarini surib tekislab oling va qolgan bitta korjni urvoqlab tort usti va yonlariga sepib chiqing.

  10. Tayyor Napoleon tortini 10 soat davomida muzlatgichda qoldiring.

Napoleon torti tayyor.
Download 15,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish