Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo„lib, sobiq



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo„lib, sobiq 
ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus 
olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o„zligimizni anglash va toptalgan 
milliy g„ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz 
mustaqilligini qo„lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona 
va xolis ko„z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha 
amalda yo„qligini afsus bilan aytishga to„g„ri keladi»
– dedi. 
Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob 
qadriyat ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib Prezident I.A.Karimov 
«O„zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday 
maqsadlarni ko„zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, 
bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak 
bo„lsa, istiqlol o„zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani – bularning barchasi 
haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil 
bugungi kunda ham o„zining dolzarbligi va ahamiyatini yo„qotmaganini qayd 
etishimiz zarur»
, degan talablarni qat‟iy qilib qo„ydi. 



Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta‟sir o„tkazadi, milliy 
g„oyaning shakllanishida muhim omil bo„lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur 
xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog„li o„rganish, undan saboq chiqarish 
bilan bog„liq. Ulug„ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da‟vat etadi, ulkan 
yaratuvchilikni rag„batlantiradi. Zotan, uning ulug„ murabbiylik, tarbiyachilik, 
yo„naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. 
Shu ma‟noda mamlakatimiz rahbarining O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida «O„zbekistonning yangi 
tarixi» Markazini tashkil qilish to„g„risida chiqargan Farmoyishi katta tarixiy va 
siyosiy ahamiyatga ega. Unga javoban 2000-yili «Turkiston chor Rossiyasi 
mustamlakachiligi davrida», «O„zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» va 
«Mustaqil O„zbekiston tarixi» kitoblari nashr etilgan edi. 2003-yili esa Nukusda 
«Qoraqalpog„iston» nashriyotida «Qoraqalpog„istonning yangi tarixi» chop etildi. 
Oradan yillar o„tdi. O„zbekistonning mustaqil taraqqiyoti davrida ko„pdan ko„p tarixiy 
voqealar yuz berdi. Mualliflar keyingi yillar voqealari rivoji va mustaqillik davri 
yaxlit tarixiga ehtiyojning kattaligini nazarda tutib, kitobning to„ldirilgan, qayta 
ishlangan ikkinchi nashrini tayyorlashdi. Jumladan, unda quyidagilarga e‟tibor berildi: 
– kitob yangitdan to„la tahrir qilindi; 
– birinchi bob, oltinchi paragrafga O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi 
tahrirda qabul qilinganligiga doir alohida qism qo„shildi; 
– sakkizinchi bobga «O„zbekiston – Rossiya munosabatlari», «O„zbekistonning 
SHHTdagi faoliyati», «Toshkent – Sharq darvozasi» deb nomlangan uchta yangi 
paragraf qo„shildi; 
– barcha paragraflar 2008-yilgacha bo„lgan voqealar bilan to„ldirildi; 
– kirish va xulosa qismi yangi tahrirda berilmoqda. 
Kitobda O„zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o„tish 
davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O„zbekistonda huquqiy demokratik 
davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 
ta‟minlash omillari, ma‟naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi 
hamda O„zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o„rin olishi kabi masalalar 
mumkin qadar o„z ifodasini topgan. 
Xullas, «Mustaqil O„zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarni to„laroq 
qamrab olish, uni jamlash, ma‟lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni 
iloji boricha ko„proq o„rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik 
davrida o„tgan kunlarimiz alohida o„rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy 
xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning o„ziga xos asoslari bor: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish