Научный совет dsc



Download 167,32 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi167,32 Kb.
#768218
1   2
Bog'liq
5- Маъруза

Lokomotivlarning umumiy parki turkumlar va harakat turlariga ko‘ra alohida hisobi yuritiladigan, fizik birliklarda hisoblanadigan temir yo‘llar, yo‘l va deponing inventar parkini hosil qiladilar. Ekspluatatsiya qilinayotgan parkning inventar parkidagi ulushi Me taxminan 70–80% ni tashkil qiladi. Lokomotiv parkiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uslublari analitik va grafoanalitik ko‘rinishlarga bo‘linadi. Analitik uslublar umuman temir yo‘llar tarmog‘i, tortuv poligonlari va yo‘nalishlar (istiqbolli rejalashtirish) bo‘yicha yuk va yo‘lovchi tashishlar uchun lokomotivlarga istiqbolda bo‘ladigan ehtiyojni aniqlashda (uzoq istiqbolga yoki beshyillik yillari bo‘yicha), shuningdek temir yo‘l bo‘linmalari va depolarning joriy ehtiyojlari uchun (operativ rejalashtirish) lokomotivlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda qo‘llanadi.


Boshlang‘ich ma’lumotlar va ularning tafsilotlariga bog‘liq ravishda istiqbolli rejalashtirish ikki usulda amalga oshiriladi. Yuklar aylanmasiga (mlrd. t-km larda) va yo‘lovchilar aylanmasiga oid (mlrd. yo‘lovchi-km da) yoki lokomotiv-kilometrlarda ifodalangan ma’lumotlar mavjud bo‘lganida hisob-kitoblar umuman tortuv poligonlari bo‘yicha, mos ravishda lokomotivning hisobiy yildagi unumdorligi va lokomotivning sutkalik o‘rtacha bosib o‘tgan yo‘liga ko‘ra aniqlanadi. Yuk va yo‘lovchi tashish harakatining o‘lchamlari poyezdlar juftlari hisobida berilganida (maksimal tashishlar oyida) hisob-kitob tortuv poligoniga kirgan lokomotivlarning qatnov uchastkalari bo‘yicha yuritiladi; bunda poyezdlar juftining lokomotivlarga bo‘lgan ehtiyoji koeffitsiyenti Kl belgilab olinadi.
Operativ rejalashtirishda tarmoqning aksariyat temir yo‘llarida lokomotivlarning bir sutka davomida ekspluatatsiya qilinadigan parki quyidagicha aniqlanadi:
• bo‘linmalar va temir yo‘llar chegaralarida qatnov uchastkalari bo‘yicha poyezdlar juftining lokomotivlarga bo‘lgan ehtiyoji koeffitsiyenti Kl bo‘yicha belgilanib olinadi (xatolik 10% gacha);
• ishchi parkining bir vagoniga lokomotivlar ehtiyoji koeffitsiyentiga ko‘ra Kvag (xatolik 20% gacha, bu uslub keng tarqalmagan);
• ishchi parkining har bir vagoniga nisbatan lokomotivlarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha bir sutkalik bosib o‘tilgan yo‘lga ko‘ra; lokomotivlar unumdorligi bo‘yicha (xatolik 15% gacha).
Harakatlanish o‘zgarishlarini va poyezdlarning yetib kelishi va jo‘natilishi orasidagi intervallar notekisligini hisobga olish uchun lokomotivlarga bo‘lgan ehtiyojni ikki qism – asosiy va qo‘shimcha qismlar ko‘rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘lish kerak. Bu aniqlikni oshirishni ta’minlab, hamda poyezdlar harakatlanishini tashkillashtirishga doir muayyan shart-sharoitlarni yaxshiroq aks ettiradi.
Lokomotivlarning ekspluatatsiya qilinayotgan parkini aniqlashning grafoanalitik uslubi temir yo‘l bo‘linmasi chegaralaridagi qatnov uchastkalari uchun tezkor rejalashtirishda qo‘llanadi. Hisob-kitoblar lokomotivlar aylanish grafigi yoki vedomosti bo‘yicha yuritilib, ularning tuzilishi asosida poyezdlarning harakatlanish grafigi yoki jadvali yotadi.
Hisob-kitoblar ancha aniq bo‘lib, qabul qilingan grafik barqarorligi va poyezdlarning harakatlanish jadvali bilan belgilanadi. Lokomotivlarning aylanish grafigi nafaqat hisobiy hujjat bo‘lib, balki lokomotivlar va butun lokomotiv xo‘jaligining poyezdlar harakatlanish grafigining amal qilish davriga ish rejasi bo‘lib xizmat qiladi.
Manyovr lokomotivlari parkining hisobi quyidagicha bajariladi: hisobiy yilda yuk aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganida umuman tarmoq bo‘yicha; har bir stansiya bo‘yicha, manyovr ishlari hajmi va turlariga bog‘liq ravishda. Xuddi shu uslublar yordamida xo‘jalik, olib chiqish va boshqa ishlar uchun lokomotivlar parkiga bo‘lgan ehtiyoj hisoblab topiladi.
Ko‘pincha yo‘lovchi poyezdlari harakatlanish jadvalida ayrim poyezdlar bir kun o‘tkazib (juft yoki toq kunlarda), yoki haftaning muayyan kunlari bo‘yicha tayinlanadilar va shu tarzda yo‘lovchi poyezdlarining hafta kunlari bo‘yicha soni har xil bo‘lib qoladi. Bu holda aylanish vedomostini va aylanish grafigini tuzish ba’zi o‘ziga xos jihatlariga ega bo‘ladi. Aylanish vedomosti sutkalik emas, balki haftalik jadval bo‘yicha tuziladi (agar poyezdlar juftliklari soni har xil bo‘lsa).
Yo‘lovchi poyezdlar harakatlanishining hafta kunlari bo‘yicha notekis bo‘lganda aylanish vedomosti ikki hafta uchun ishlab chiqiladi. Haftaning har bir kuni qarshisida ana shu kuni qatnaydigan poyezdlar raqamlari qo‘yib chiqiladi.
Keltirilgan asosiy aylanish A deposi bo‘yicha vedomosti kabi B aylanish deposi bo‘yicha vedomost ishlab chiqiladi. Ana shu aylanish vedomostlari asosida 14 sutka davomidagi A stansiyasidan B stansiyasigacha yo‘ldagi umumiy vaqt hamda asosiy A depo va aylanish B deposidagi turib qolish vaqti, shundan so‘ng – yo‘ldagi o‘rtacha umumiy vaqt hamda depoda bir sutka davomidagi turib qolishlar aniqlanadi. Ana shu qiymatlarga ega bo‘lib, lokomotivlarning ekspluatatsiya qilinayotgan parkining hisob-kitobi amalga oshiriladi.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ
Download 167,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish