Навоий кон – металлургия комбинати



Download 392,5 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi392,5 Kb.
#214936
1   2   3   4   5
Bog'liq
POTENSIOMETRIK TITRLASH

II-BOB. TAJRIBA QISM

2.1. Polyarografik usul
Polyarografik usul - tekshiriluvchi moddaning elektroliz jarayonida qaytarilishi yoki oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladigan tok kuchini o‘lchashga asoslangan elektrokimyoviy tahlil usulidir.

Moddaning elektrolizi jarayonida hosil bo‘ladigan elektr tokining yacheykaga ta’sir ettirilgan kuchlanishga bog‘liqligi volt-amper grafigi tarzida ifodalanib, «polyarografik to‘lqin» deyiladi (rasm 12).



Rasm 12. Volt-amper grafigi

 

Jarayon  elektroliz idishi (elektrolizer), tomchili simob elektrodidan iborat bo‘lgan mikrokatod va katta yuzaga ega bo‘lganelektrolizer tubiga solingan simob yoki to‘yingan kalomel anodidan iborat bo‘lgan elektrolitik yacheykada olib boriladi (rasm 13).



Elektroliz boshlanishida elektrodlarga beriladigan sekinlik bilan ortib boruvchi kuchlanish ta’sirida tok kuchi juda oz o‘zgarib,  buvolt-amper grafigida «qoldiq tok» deyiladi. Tahlil qilinayotgan moddaning qaytarilish potensiali qiymatida tok kuchining keskin ravishdaortishi kuzatilib, bu «tok ortishining chegara qiymati» deyiladi.

«Tok ortishining chegara qiymati»da elektrod yuzasida qaytarilgan modda konsentratsiyasi bilan eritmaning asosiy moddasidanelektrod atrofiga  diffuziyalanadigan modda konsentratsiyalari orasida muvozanat hosil bo‘ladi. Modda diffuziyalanishdan tashqari elektrmaydonning kuchi ta’sirida ko‘chish (migratsiya) orqali ham katodga o‘tishi mumkin.

Diffuziya toki Ilkovich tenglamasi bilan tavsiflanadi.

Jd=607·n·D1/2· m2/3·t1/6·c

formulada:

Jd - o‘rtacha diffuzion tokning mikroamperlardagi qiymati.

n - reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soni,

D - diffuziya koeffitsiyenti, sm2/sek larda

m - kapillyardan oqib tushadigan simobning mg/sek lardagi miqdori

t - bitta tomchining hosil bo‘lish vaqti

c - aniqlanuvchi moddaning  mol/l lardagi konsentratsiyasi

 

Ilkovich tenglamasiga ko‘ra o‘rtacha diffuzion tok tekshiriluvchi namunadagi modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, haroratga va kapillyar tavsifiga ham bog‘liq. Kapillyar 0,03-0,05 mm diametrga va 6-10 sm uzunlikka ega bo‘lishi kerak. Kapillyarning ustki qismidan elektrolizerdagi simob yuzasigacha bo‘lgan simob ustunining balandligi 40 sm dan 80 sm gacha bo‘lib, kapillyarning aniq uzunligi va simob ustunining balandligi tomchi hosil bo‘lish vaqti 3-5 sekund etib moslashtiriladi.



Polyarografik yacheykaning harorati 0,50S atrofida doimiy bo‘lib, haroratning 10S gacha o‘zgarishi diffuzion tokning 2-3% ga o‘zgarishiga olib keladi.

Polyarografik to‘lqin moddani sifat va miqdor jihatdan tavsiflash imkonini beradi.

Yarimto‘lqin potensialining qiymati (YE1/2) polyarografiyalanuvchi moddaning sifat tavsifnomasi bo‘lib, to‘yingan kalomel elektrodiga nisbatan o‘lchanadi. U eritma tarkibiga bog‘liq bo‘lib, rNga va eritmaga kompleks hosil qiluvchi moddalar qo‘shilishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Polyarografik sifat tahlilida tekshiriluvchi namunadagi modda konsentratsiyasi bilan mutanosib bo‘lgan diffuziya toki ortishining chegara qiymatlarini o‘lchashga asoslangan ko‘chib o‘tuvchi (migratsion) tokni kamaytirish va tekshiriluvchi eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida «fon» deb atalgan elektrolitdan 50-100 hissa ortiq qo‘shiladi.

«Fon»ning qaytarilish potensiali volt-amper grafigida aniqlanuvchi modda potensialiga nisbatan manfiyroq maydonda joylashadi.

Polyarografik miqdoriy tahlil kalibrlangan grafik tuzish, standart namunadan foydalanish va qo‘shimchalar qo‘shish usullari bilan o‘tkaziladi.

MTX talabi bo‘yicha tayyorlangan tekshiriluvchi eritma harorati 0,50S oralig‘ida doimiy bo‘lgan elektrolizerga quyilgach, polyarografik faol kislorodni siqib chiqarish maqsadida 10-15 minut davomida undan azot yoki vodorod o‘tkaziladi. Faol kislorodni natriy sulfit yoki metol-(n-metilaminooksifenol)  qo‘shish orqali ham bog‘lash mumkin.

Tomchili simob elektrod tekshiriluvchi eritmaga joylashtirilgach, simob tomchilarining oqib tushishi moslashtirilib, xususiy maqolada ko‘rsatilganiga ko‘ra   polyarogramma olinadi. Bir vaqtning o‘zida standart namunaning polyarografik to‘lqini olinib, uning balandligi (mm larda) grafik bo‘yicha topiladi.

Tekshiriluvchi eritma tarkibidagi aniqlanuvchi moddaning miqdori quyida ko‘rsatilgan usullardan biri bo‘yicha hisoblanadi.

1. Kalibrlangan grafik tuzish usuli

Bu usuldan foydalanilganda standart namunaning turli konsentratsiyalardagi eritmalari tayyorlanib, polyarogrammalari olingach, to‘lqinlarning balandligi o‘lchanadi. Olingan qiymatlar asosida koordinatalari to‘lqin balandligi - konsentratsiyadan iborat kalibrlangan grafik tuziladi.

So‘ng tekshiriluvchi eritmaning polyarogrammasi olinib, to‘lqin balandligi aniqlangach, kalibrlangan grafikdan foydalanib, uning konsentratsiyasi topiladi. 

Bu usul bir turkum dori vositalarini tahlil qilish uchun qulay.

2. Standart namunadan foydalanish usuli

Tekshiriluvchi eritmaning taxminiy konsentratsiyasi ma’lum bo‘lsa, standart namunaning turli konsentratsiyalardagi bir qator eritmalarini tayyorlamasdan, konsentratsiyasi tekshiriluvchi eritma konsentratsiyasiga yaqin bo‘lgan 2-3 eritma tayyorlash va ularning polyarogrammalarini olish orqali eritma konsentratsiyasini aniqlash mumkin.

formulada:

Sx - tekshiriluvchi eritmaning konsentratsiyasi

Sst - standart namuna eritmasining konsentarsiyasi

Nx - tekshiriluvchi eritma polyarogrammasidagi to‘lqin balandligi

Nst - standart namuna eritmasi polyarogrammasidagi to‘lqin balandligi

 

3. Qo‘shimchalar qo‘shish usuli



Tekshiriluvchi eritmaning konsentratsiyasi noma’lum bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri  standart namuna eritmasidan qo‘shib polyarogramma olish ham mumkin. Bu holda eritmaning konsentratsiyasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

formulada:

Sx - tekshiriluvchi eritmaning konsentratsiyasi

Sst - standart namuna eritmasining konsentratsiyasi

Nx - tekshiriluvchi eritmaning to‘lqin balandligi

Nst - standart namuna eritmasi polyarogrammasidagi to‘lqin balandligi

Vst - standart namuna eritmasining hajmi

Vx -  tekshiriluvchi eritmaning hajmi

 

Polyarografik tahlil turli rusmdagi polyarograflarda bajarilib, ulardan elektron va fotoqayd etuvchi polyarograflar nisbatan qulayhisoblanadi.



Polyarografik tahlil xatoligi 1,5-5%.

Eslatma: Simob bug‘lari  zaharli bo‘lgani uchun, polyarografik tahlil shamollatib turiladigan xonalarda o‘tkazilib, elektrolitik yacheykahavo so‘ruvchi shkafga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Tasodifan to‘kilgan simob yuqlari tezlik bilan yo‘qotilishi shart!

Polyarografik usul yordamida kellinning substansiyadagi va tabletkadagi miqdori, foli kislotasining substansiyadagi va tabletkadagimiqdori, nikotinamidning inyeksion eritmasidagi miqdori, piridoksin gidroxloridning tabletkadagi miqdorini aniqlash mumkin.

 


Download 392,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish