Навоий кон – металлургия комбинати


Foli kislotasining miqdorini aniqlash



Download 392,5 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi392,5 Kb.
#214936
1   2   3   4   5
Bog'liq
POTENSIOMETRIK TITRLASH

2.2. Foli kislotasining miqdorini aniqlash

Aniqlash tartibi:

0,05 g foli kislotasi (aniq tortma) 50 ml hajmli o‘lchov kolbasida 0,05 mol/l natriy karbonat eritmasida eritilib, ayni shu eritma bilanbelgisigacha suyultiriladi. 5 ml eritmaga 5 ml 0,05 mol/l natriy karbonat va 10 ml 0,1 mol/l ammoniy xloridning 30% li spirtdagi eritmasidansolib aralashtirilgach, eritma harorati 250S bo‘lgan polyarografning yacheykasiga joylashtiriladi va 5 minut davomida azot o‘tkazilib 0,6 V danboshlab polyarogramma olinadi.

Suvsiz foli kislotasining foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

formulada:

S - suvsiz foli kislotasining kalibrlangan grafik bo‘yicha topilgan mg/ml miqdori

a - foli kislotasining grammlardagi miqdori

 

Kalibrlangan grafik tuzish



0,05 g foli kislotasining standart namunasi (aniq tortma) 50 ml hajmli  o‘lchov kolbasiga solinib, 0,05 mol/l natriy karbonatdaeritilgach, ayni shu erituvchi bilan belgisigacha suyultirilib, chayqatiladi.

Eritmadan 3, 4, 5, 6, 7, 8 ml o‘lchab olib, xar birining hajmi 0,005 mol/l natriy karbonat bilan 10 ml gacha yetkazilgach, 10 ml dan0,1 mol/l ammoniy xloridning 30% spirtdagi eritmasidan qo‘shib, hosil bo‘lgan eritmalar ayrim-ayrim, harorati 250S bo‘lgan polyarografyacheykasiga joylashtiriladi va 0,6v dan boshlab polyarogrammalari olinadi. To‘lqin balandligiga mutanosib bo‘lgan mikroamperlardagi tokkuchi ordinataga, foli kislotasi standart namunasining mg/ml dagi miqdori abssissaga qo‘yilib, kalibrlangan grafik tuziladi.



 

 



Rasm 13. Polyarografning tuzilish chizmasi

 

1 - tekshiriluvchi eritma, 2 - kapillyar, 3 - simob solingan idish, K - tomchi elektrod, A - makroelektrod, G - galvanometr, V - kuchlanishmanbai, P - simobning tomish tezligini tartibga soluvchi qurilma



POTENSIOMETRIYA
Potensiometrik analiz metodi aniqlanishi kerak bо‘lgan modda eritmasiga botirilgan ikkita elektrod (galvanik element) ning potensiallar ayirmasi (EYUK)ni о‘lchashga asoslangan.

Nernst tenglamasi bо‘yicha aniqlanadigan indikator elektrodning potensiali eritma konsentratsiyasiga proporsionaldir.



Lekin indikator elektrodning potensialini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘lchab bо‘lmaydi. Uning potensiali amaliyotda indikator elektrod va solishtirma elektrodlardan tuzilgan galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi (e.Y.k) qiymati bilan о‘lchanadi.

Yeind.el. Yegalvanik Yesolishtirma  const

Ammo, quyidagi sabablarga kо‘ra voltmetrni elektrodlarga tо‘gridan-tо‘gri ulab aniqlash mumkin emas:

Voltmetrning ishlashi uchun ma’lum miqdordagi elektr toki kerak. Agar bu tokni tuzilgan galvanik element hosil qiladigan bо‘lsa, u holda reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining о‘zgarishi natijasida, shu galvanik element potensialining pasayishi kuzatiladi,

elementning ichki qarshiligi ham kuchlanishning pasayishiga olib keladi. Shuning uchun elementning о‘lchanadigan potensiali uning real potensialidan kichik bо‘ladi.

Element potensialining haqiqiy qiymatini olish uchun, о‘lchash jarayonida undan kam miqdordagi tok о‘tib turish kerak. Bu talablarga javob beradigan о‘lchov asbobi potensiometrdir.

Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar.

Indikator elektrodi potensialining о‘zgarishini kuzatish uchun uni potensiali ma’lum bо‘lgan boshqa elektrod bilan galvanik elementda ulash kerak. Bunday elektrod solishtirma elektrod deyiladi.

Solishtirma elektrodlar sifatida kо‘pincha tо‘yingan kalomel elektrodi va kumush xloridli elektrodlar ishlatiladi.

Hg2CI2(tо‘yingan), KSI (tо‘yingan) Ng - kalomel elektrodi

AgCI (tо‘yingan), KSI (tо‘yingan)  Ag - kumush xloridli elektrod.

Elektrod potensiali, о‘zi botirilgan eritma konsentratsiyasi bilan о‘lchansa, bunday elektrodlar indikator elektrodlari deyiladi.

Potensiometrik о‘lchashlarda indikator elektrodlarning 2 ta asosiy turidan foydalaniladi ( 1 – rasm)

Metall indikator elektrodlari.

Membranali indikator elektrodlari.



a) Metall indikator elektrodlar

Metall indikator elektrodlari qaytar yarim reaksiyalarni beruvchi metallardan tayyorlanadi, masalan, Ag, Su, Ng, Rb, Sd va boshqalar. Bu metallarning ma’lum konsentratsiyalarida potensiallari о‘zgarmasdir. Ayrim metallarning potensiallari kristallik strukturasining deformatsiyasiga, kuchlanishga va sirt qismida metall oksidlarining hosil bо‘lishiga bog‘liqdir. Bunday metallarni indikator elektrodlar sifatida ishlatib bо‘lmaydi (masalan Fe, Ni, So, W, Sr va boshqalar).

Potensiometrik analiz usullari bevosita potensiometriya (ionometriya) va potensiometrik titrlash turlariga bо‘linadi.

Bevosita potensiometrik usullar orasida bu usul vodorod ionii aktivligini ( ) yoki eritmalar rN ini (rN = - lg aniqlashda eng kata ahamiyatga ega. Potensial belgilovchi boshqa ionlar aktivligini aniqlash turli elektrokimyoviy va kimyoviy muvozanatlarning termodinamik konstantlarini hisoblab topishda kata ahamiyatga ega.

Potensiometrik titrlash sof amaliy maqsadga – eritmadagi aniqlanuvchi moda miqdorini tegishli reagentning standart eritmasi bilan titrlab topishga asoslangan. Titrlashda tekshiriluvchi eritmaga indikator elektrod botiriladi va unda potensial hosil bо‘lishi aniqlanuvchi moddaga bevosita (agar u elektrfaol bо‘lsa) yoki bilvosita (agar u elektrnofaol bо‘lsa) bog‘liq va potensial shu moddaning eritmadagi potensialni belgilovchi boshqa komponet bilan kimyoviy о‘zaro ta’sirlanishi natijasida vujudga keladi. Titrlash jarayonidagi kimyoviy reaksiyada aniqlanuvchi modda konsentratsiyasining о‘zgarishi indikator elektrod potensialining о‘zgarishi orqali kuzatiladi.

Potensiometrik titrlash potensiometrik о‘lchashlar natijasiga qarab ekvivalentlik nuqtasini aniqlashga asoslangan. Integral titrlash egri chizigi buyicha ekvivalentlik nuqtasi yaqinida indikator elektrod potensialining keskin о‘zgarishi (sakramasi) ni aniklashga asoslangan.. Differensial titrlash egri chizigi asosida ekvivalentlik nuqtasi egri chizikning keskin bukilishi bо‘yicha topiladi (2 – rasm).

2-rasmda xlorid kislotani natriy gidroksidi biln titrlashni integral va differensiyaal egri chiziqlarii keltirilgan. Rasmdan kо‘rinib turiptiki, ekvivalentlik nuqtasida indikator elektrod potensialining keskin ґzgarishi tufayli EYUK ning keskin sakrashi kuzatiladi. Ushbu sakrash bо‘yicha ekvivalentlik nuqtasini topish va xlorid miqdorini xisoblab chiqish mumkin.



2-rasm. Potensiometrik titrlash egri chiziklari:

a) - integral titrlash egri chizig‘i; b) - differensial titrlash egri chizig‘i;

v)- Gran usuli buyicha titrlash egri chizig‘i.

Ishdan maqsad: Berilgan konsentratsiyasili ishchi eritmlarni tayyorlash va ularni potensialini о‘lchash bilan erigan modda miqdorini (eritma titrini)aniklash malaka va kо‘nikmalarini hosil qilish
Kerakli jixoz va reaktivlar:

- universal ionomer (potensiometr) EV – 74

- shisha va kumush xlor elektrodlari (ESL – 63 -07; EVL – 1M 3)

- shtativ va magnitli aralashtirgich

- V = 100 va 50 ml hajmli о‘lchov kolbalari

- shisha stakan (V = 50 yoki100 ml)

- 10% li NaOH (KON) eritmasi (yoki quruq holdagisi)

- distillangan suv

- byuretka (V = 25 ml)

- pipetka (V= 10 yoki 5 ml)

- filtr qog‘ozi

- 0,1 n H2C2O4 ning ctandart eritmasi


Usulning mohiyati: Mazkur aniqlash usuli tenglamasi YE = YE0 + 0,059 lg CN+ ning amalda kо‘llanilishiga asoslangan bо‘lib, eritmaning potensiallar farki (ΔYE,v) ni о‘lchash bilan eritmadagi vodorod ionlari miqdori (SN+) ni neytrallanish reaksiyasi:

N+ + ON- → N2O yoki N3O+ + ON- →2N2O

tufayli aniqlash imkonini beradi.

Analizni amalga oshirish uchun standart eritma sifatida H2C2O4 ning 0,1n va ishchi eritma sifatida NaOH (KON) ~ 0,1n eritmalari ishlatiladi.

Standart eritma fiksanaldan foydalanib quyidagicha tayyorlanadi. 0,1 gr-ekv. H2C2O4∙ 2 H2O kuruk modda saklagan shisha ampula xajmi 1 litr bulgan ulchov kolbasi ustida shisha voronka ichida ikki tomonidan ochilib (sindirilib), kolba belgisigacha bulib-bulib distillangan suv kuyiladi.

Ishchi eritma laboratoriyadagi 10%li yoki uning quruq holdagisidan foydalanib quyidagicha tayyorlanadi..

100 ml 0,1n NaOH ning ishchi eritmasini tayyorlash.

a) Buning uchun 100 ml 0,1n NaOH ning ishchi eritmasini tayyorlash uchun zarur bulgan modda massasi xisoblanadi:



Demak, laboratoriyadagi quruq NaOH kristallaridan analitik tarozida 0,4000 gr tortib olib, 100 ml sig‘imli о‘lchov kolbasida distillangan suvda eritiladi. Lekin, laboratoriya shariotida 10% li eritmadan foydalaniladi.

b) 10% li NaOH eritmasidan tayyorlash uchun yuqoridagi hisoblashga kо‘ra 0,4 gr NaOH saqlagan eritma hajmi hisoblanadi: 10% li eritmaning zichligini   , deb qabul qilamiz va quyidagi proporsiyadan foydalanamiz:

10% li eritmaning 100 gr. da → 10 gr NaOH erigan

m gr. da → 0,4 gr NaOH

  yoki eritma xajmi V = m/ρ = 4/1 = 4 ml

Demak, 10% li NaOH eritmasidan 100 ml ~ 0,1 n eritma tayyorlash uchun 4 ml 10% li eritmani 100 ml sig‘imli о‘lchov kolbasida distillangan suv bilan suyultirish kerak.

Tayyorlangan ishchi eritma konsentratsiyasini (titrini) aniklash.

Buning uchun standart eritma yordamida titrlash usulidan foydalaniladi. Titrlash uchun tayyorlangan ~ 0,1 n NaOH ishchi eritmani byuretkaga quyib «nol» nuqtaga keltirib kо‘yiladi.

- 0,1 n H2C2O4 eritmasidan pipetka bilan 5 ml alikvot qism о‘lchab olinib stakanga solinadi. Stakanga aralashtirgich, shisha va kumush – xlor elektrodlari tushirilib, magnitli aralashtirgich ustiga byuretkadan NaOH eritmasi tomiziladigan holatda joylashtiriladi.

- stakandagi eritmaning potensiali о‘lchanib, jadvalga yozib qо‘yiladi

- byuretkadan stakanga aralashtirib turilgan holatda 1 ml NaOH eritmasi tomiziladi va 30 sek, davomida eritma potensialini о‘lchab jadvalga yoziladi. Titrlashni shu tartibda davom ettiriladi.

Izoh. Titrlash davomida potensial о‘zgarishi kattalashib borishi bilan tomiziladigan eritma hajmi 0,5; 0,25; 0,1 ml gacha kamaytirilib boriladi, ekvivalent nuqta yaqinidan potensial о‘zgarishi (+YE,v) dan (- YE,v) ga keskin о‘zgarib ketadi (yoki aksincha). Shundan sо‘ng 5 – marta potensial о‘zgarishini aniqlab barcha natijalar jadvalga yozib olinadi.
Jadval 1.




Vtitrant, ml

YE, mv

ΔYE = Yen –Yen +1

ΔV=Vn+1 - Vn

ΔE/ΔV

ΔV/ΔE

1

0

260

-

-

-

-

2

1

258

260-258=2

1-0=1

2/1=2

½=0,5

3

2

255

3

1

3

0,33

4

3

251

4

1

4

0,25

5



















6


















- olingan natijalar asosida titrlashning integral va differensial grafiklari (2-rasm) (YE ~ Vtitrant, ml; ∆YE/∆V ~ V titrant, ml) ni chizib, titrlashning ekvivalent nuqtasini aniqlanadi.

- ekvivalent nuqta qiymatidan foydalanib:

Formula asosida tayyorlangan NaOH ishchi eritmasining aniq konsentratsiyasi (titri) 0,0001 n aniqlikda hisoblanadi.


Noma’lum konsentratsiyali eritmadagi kislota (asos) miqdorini aniqlash.

Buning uchun Sizga laborant tomonidan ma’lum hajmli (2÷5ml) sirka, sulfat, xlorid yoki nitrat kislota eritmasi beriladi.

- bu eritmani 50 ml sig‘imli о‘lchov kolbasiga tо‘liq quyib oling va belgisigacha distillangan suv bilan suyultiriladi.

- tayyorlangan eritmadan pipetka bilan (V = 5 ml) alikvot qism о‘lchab olib, stakanga solinadi.

- stakanga aralashtirgich, elektrodlarni tushurib magnitli aralashtirgich ustiga joylashtiring va yuqoridagi tartib bо‘yicha titrlanadi.

- olingan natijalarni jadvalga yozib olinadi va grafik chizib ekvivalent nuktani aniqlanadi.

- ekvivalent nuqta qiymati (Vekv) dan foydalanib kislota miqdorini quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi:

Masalan: VA = 5 ml xlorid kislota kontrol eritmasini NNaOH = 0,1025n eritmasi bilan titrlaganda ekvivalent nukta VNaOH = 5, 25 ml ekanligi aniqlandi.

Kontrol eritmadagi kislotaning massasi:

«EV – 74 universal ionomeri» dan rN-metr sifatida foydalanish tartibi

1.Pribor 220v. kuchlanishli elektr tarmog‘iga «SET» buragich orqali ulanadi, yuqoridan о‘ng tomon burchagidagi qizil chirokcha yonadi,strelka harakatga keladi.

2.О‘lchov (indikator) elektrodi ESL-63-07 va kumush -xlor (solishtirma) EVL-1MZ elektrodlari shtativga о‘rnatilib,stakandagi eritmaga tushirib qо‘yiladi.

3. «Anion-kation» va «-1- 4» bosgichlari bosilgan holda priborning о‘ng tomon pastida gi qora «t0» bosgichi bosib qо‘yiladi. Pribor «200S» ni kо‘rsatadi va pribor termometr sifatida ishlaydi.

4. rN ni о‘lchash uchun «rX» bosgichi bosiladi va о‘ng tomondan yuqoridagi «0-19» bosgichi bosiladi. Bunda priborning pastki shkalasidan rNning taxmininiy qiymati anik lanadi.Faraz qilaylik strelka 5-6 о‘rtasidagi 5,4 qiymatni kо‘rsatayapti.

5. Bu qiymatni juda aniq qilib olish uchun «4-9» bosgichi bosiladi. Bunda yukori shkalaning boshlanishi rN=4,oxiri rN=9 ga tо‘gri keladi. Strelkaning holatiga kо‘ra tegishli rN=5,XX qiymat aniqlab olinadi.



6. Pribor rN-metr sifatida ishlatilganda indikator elektrod kalibrovka qilinishi shart! Buning uchun standart bufer eritmalar (rN = 1,68 , 3,41 , 4,01, 6,86 va 9,18 ) dan foydalanib, shu qiymatlarga tо‘g‘ri keluvchi YE, mv potensial qiymat-lari aniqlab olinadi. Ular asosida «YE – rN» bog‘liqlik grafigi chiziladi:



Universal ionomer EV-74 ning «ESL-63-07» markali shisha elektrodi kalibrovka grafigi


Grafik shisha elektrodning qanchalik tо‘g‘ri ishlashini kо‘rsatadi. Buning uchun shisha elektrodning funksiyasi hisoblanadi:

φ = ∆ YE / ∆ rN = 59 ± 2 mv bо‘ladi


Ishning maqsadi: xingidron elektrodi yordamida potintsiometrik kislota-asos titrlash.

Ishning mohiyati: indikator elektrodi potentsialning (yoki elementi EYUK ning) sakrashi bo`yicha ekvivalent nuqta aniqlanadi. Indikator elektrodi, odatda, titrlanayotgan modda ionlarga nichbatan qaytar bo`ladi. Potentsial eritmaning rN iga bog‘liq bo`lgan elektroddan foydalanib, kislota yoki asosni neytrallash usulida potentsiometrik titrlanadi. Qaytar oksidlanish-qaytarilish sistemalari uchun indifferent elektrodlar qo`llaniladi. Cho`ktirish yoki kompleks hosil qilish usulida potentsiometrik titrlashda ishchi elektrod titrlash jarayonida cho`kma yoki kompleks hosil qiluvchi komponentga (ionga) nisbatan qaytar bo`lishi kerak.

Elementlarning zanjiri: potintsiometrik titrlash usulida quyidagi elementlar qo`llanilishi mumkin:



To`yingan kalomel va vodorod elektrodlaridan iborat elementda kalomel elektrodi musbat bo`lib, u solishtirish elektrodi sifatida, vodorod elektrodi esa indikator elektrodi sifatida xizmat qiladi. Indikator elektrodi sifatida xingidron qo`llanilsa, u kalomel yoki kumush xlorid elektrodlariga nisbatan musbat bo`ladi.

Hisoblash formulalari:

(1), (2)

bu yerda - titrlanayotgan eritmaning hajmi; - ishqorning kontsentratsiyaisi; va - kuchli va kuchsiz kislotalarinng ekvivalent nuqtalaridagi titrantning hajmlari; va kuchli va kuchsiz kislotalarning kontsentratsiyalari. Agar titrlanayotgan kislotalar aralashmasining kontsentratsiyalari ma`lum bo`lsa, ekvivalent nuqtalar bo`yicha (1) va (2) tenglamalardan eritmadagi kuchli va kuchsiz kislotalarning noma`lum hajm aniqlanadi.

Eritmaning vodorod ko`rsatgichi Nernst tenglamasidan hisoblanadi:

Bu yerda

T=298K da 2,303 RT/F=0,0591

Ishning bajarilishi: Indikator (xingidron) va solishtirish (kalomel) elektrodlaridan iborat galvanik element yig‘iladi.yacheykaga 5-10 ml titrlanishi keroak bo`lgan kislota yoki kislotalar aralashmasi quyiladi. Tatrlanayotgan eritma va titrantning kontsentratsiyalari yaqin bo`lishi kerak (-0,25 N). Avvalo titrant katta miqdorda qo`shiladi (0,5-1,0 ml) va har bir quyilgan ulshdan keyin eritma 2-4 minut davomida aralashtirib turiladi. Zanjir EYUK ning o`zgarishi sezilarli bo`lib qolganda titratning quyilayotgan ulushlari kamaytiriladi, ekvivalent nuqta yaqinida esa titrlash tomchilarda amalga oshiriladi. EYUK ning katta o`zgarishlari kuzatilgan nuqtadan o`tgandan so`ng ikkinchi ekvivalent nuqtaga yaqinlashguncha titratning ulushlari yana oshiriladi.

Titrlash natijalaridan quyidagi bog‘liqliklar tuziladi:

- solishtiri elektrodiga nisbatan o`lchangan indikator elektrodi potentsialining quyilgan titratning hajmidan bog‘liqlik grafigi tuziladi va titrlashning integral egrisi topiladi:

- elektrod potentsiali o`zgarishi ΔE ning qo`shilgan titrant hajmi o`zgarishi ΔV ga nisbatining qo`shilgan titrantning hajmi dan bog‘liqlik ΔE/ΔV=f ( ) grafigi tuziladi va titrlashning differentsial egrisi topiladi;

- titrantning har bir qo`shilgan ulushidan keyingi EYUKning tajribaviy qiymatidan (3) tenglama bo`yicha rN hisoblanadi, grafigi tuziladi va ekvivalent nuqta aniqlanadi.

Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrlayotganda pK2 – pK1≥4 bo`lgan taqdirdagina potentsiallarning ikkita sakrashi aniq namoyon bo`ladi. Shu sababli kuchli kislotalar sifatida HCl, H2SO4 va kuchsiz kislotalar sifatida CH3COOH, HCOOH, H3PO4 va boshqalar olinadi. pKa>8 da neytrallanish nuqtasini aniqlab bo`lmay qoladi.

Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:

Potentsial titrlash natijalari

ml

gr/ekv


E,B

ml


ΔE/

ΔV


VE.N,

ml


rN

VE.N,

ml


pK1 kuch

li kis.


pK2 kuch

siz kis.


Skislota g-ekv/l

Vkislota ml

kuchli

kuchsiz

kuchli

kuchsiz











































Ekvivalent nuktalarni aniqlayotganda yoki rN=f(VMOH) bog‘liqliklarning egrilanish sohalarida egrilarga urinmalar o`tkaziladi va hosil bo`lgan kesmaning o`rtasidan abtsissa o`qiga perpendikulyar tushirib, ekvivalent hajm VE.N. topiladi.

O`quv tajribasidagi kislotani titrlab bo`lgach, shu kislotaning (yoki kislotalar aralashmasining) noma`lum hajmi olinib, uning titri aniqlanadi.

XULOSA

Elektrodlarda bir me’yorda va asta-sekin ortib boruvchi kuchlanish berilganda analiz qilinadigan eritma elektroliz qilinadi. Bunday elektroliz jarayonida tok kuchining kuchlanish qiymatiga bog‘liqligi asbob (polyarograf) yordamida chiziladi. Bundayegrichiziq voltamperegrisiyokipolyarogrammadeyiladi. Bu analiz qilinadigan eritmaning ham miqdoriy tarkibini aniqlashga imkon beradi.



Elektrolitning muhim sharoitlari quyidagilardan iborat. Avvalo, eritma aniqlanadigan komponentning oksidlanish yoki qaytarilish jarayoni boradigan asosiy elektrod ishchi sirt maydoni judak ichik bo‘lib 2-3 kvadrat millimetrdan oshmasligi kerak.

Klassik polyarografiyada bu elektrod egiluvchan plastmassal ishlangorqalitozalangansi mobli rezervuarga biriktirilgan ingichka shisha kapillyardan tomib turuvchi kichkinasi mob tomchisidani boratdir. Ikkinchi , yordamchi yoki solishtirma deb ataladigan elektrodning sirt yuzasi esa katta bo‘lishi kerak.

Ko‘pincha solishtirma elektrod sifatida polyarografiyalanadiga neritmaga elektrolitik kalit orqali ulangan kattat o‘yingan kalomel elektrod olinadi.

Elektrodlardan biri juda kichik bo‘lganligi tufayli, zanjirdagi tok kuchi kuchlanish o‘zgarishi bilan katta oraliqda o‘zgarsa ham baribir juda kichik qiymatiga egadir.

Shuning uchun mikroelektrodda hatto bir necha o‘n minut davomida o‘zaro ta’sir etuvchi modda miqdori, Faradey qonuniga muvofiq, polyarografiyalanadigan eritmadagi moddaning umumiy miqdoridan juda kamdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O. Fayzullaev «Analitk kimyo» Toshkent «Yangi asr avlodi», 2006y.

2. O. Fayzullaev va bosh. «Analitk kimyo» laboratoriya mashg`ulotlari Toshkent «Yangi asr avlodi», 2006y. 445b.

3. M.S. Mirkomilova «Analitik kime». Toshkent, О‘zbekiston, 2000 y

4. Fayzullayev O. «Elektrokimyoviy tershirish usullari» T. «О‘qituvchi» 1995y



5. V.P.Vasilyev «Analitik kimyo» I, II kism, T., О‘zbekiston, 1999.

6. Guretskiy I.Y. i dr. «Praktikum po fiziko-ximicheskim metodam analiza» Moskva «Ximiya»,1987g.
Download 392,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish