Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


TALABALARNI BAHOLASH TARTIBI



Download 0,92 Mb.
bet148/148
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#285478
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
2 5350734501477617770

TALABALARNI BAHOLASH TARTIBI
Baholash tartibi o’z ichiga nazoratlar turini (oraliq, joriy va yakuniy) qamrab oladi. Таlabaning o’zlashtirish darajasi quyidagi yo’l bilan baholanadi:


Darajasi

Ballar (foiz)

Reyting

A+

95 – 100 ball

4.0

A’LO

А

90 – 94 ball

B+

85 – 89 ball

3.5

JUDA YAXSHI

B

80 – 84 ball

3.0

C+

75 – 79 ball

2.5

YAXSHI

C

70 – 74 ball

2.0

D+

65 – 69 ball

1.5

SHARTLI O’TDI

D

60 – 64 ball

1.0

F

59 ball va undan past

0.0

O’TMADI


Ballar taqimoti:

Oraliq nazorat - 20 ball.

Joriy nazorat - 30 ball.

Yakuniy nazorat - 50 ball.

Jami: 100 ball



Nazorat turi

Nazorat shakllari

Har bir nazorat uchun belgilangan maksimal

ball

Nazoratlar soni


Nazorat shakllari bo’yicha belgilangan

maksimal

ball

Joriy

nazorat



1.Og’zaki so’rov


1

2


14


10


2.Mustaqil ish

4


5


20


Oraliq

nazorat


1 Og‘zaki

20

1

20

Yakuniy


1 Yozma

50


1


50


Jami: 100 ball



TALABALARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MEZONLARI.
A+”, “A”, “B+” baho: talaba materiallarni mustaqil ravishda tez o’zlashtiradi: xatolarga yo’l qo’ymaydi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi.

B”, “C+”, “C” baho: talaba materiallarni yaxshi o’zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yadi.

D+”, “D” baho:asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va to’liqlik yetishmaydi; materiqllarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.

F” (o’tmadi) baho:materiallarni o’zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg’ulotlarda ishtirok etmaydi.

Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

- mashg’ulotlardagi ishtiroki (davomat);

- mashg’ulotlardagi faollik va ijodkorlik;

- asosiy va qo’shimcha o’quv materiallarini o’zlashtirish;

- mustaqil ta’lim bo’yicha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish;

- nazoratning barcha turlarinii o’z vaqtida bajarish.
AKADEMIK VA ETIK TALABLAR



Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko’chirmakashlikka (plagiat) yo’l qo’yilmaydi.

Test, o’quv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko’chirib olinishiga yo’l qo’yilmaydi, boshqa talabaning o’rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.

Kurs bo’yicha har qanday nazorat topshirig’ini soxtalashtirgan talaba “fanni o’zlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.

Mashg’ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

Mashg’ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.

Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo’lish talab etiladi.



Kontakt soatlari*: mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, ularni taqdim etish, zarur ma’lumotlar va turli materiallar bo’yicha savollarga quyidagi grafik asosida o’qituvchiga murijaat qilishingiz mumkin:




Kun

Vaqt

Xona

1.

Chorshanba, payshanba

9.00.dan 12 00 gacha

207


* Eslatma: Mazkur blok har bir oqituvchi tomonidan ozining individual-shaxsiy ishchi dasturidai mkoniyatdan keli bchiqib toldiriladi.

QIZIQARLI MATERIALLAR




Eramizdan oldingi IV ming yillik

Eramizdan oldingi III ming yillik

Eramizdan oldingi II ming yillik. Tezxat

Nima tasvirlangan

Ma’nosi

Bobil

Ossuriya









Oyoq

Yurmoq, turmoq, keltirmoq









Chap qo`l

Chap









Qoziqcha buyraga qoqish uchun

Qoziqcha, qurmoq









Yulduz

Osmon, xudo









Baliq

Baliq


Finikiya alifbosi

Yozuvlar o’lkasiga sayohat”




“Yozuvlar o’lkasi” ning ko’chalari





Ieroglif



SUG’D

AVESTO




SUG’D



IEROGLIFLAR









AVESTO”



\



ETNOLOGIYA” FANIDAN FOYDALI MASLAHATLAR



Guruhlarga bo’lib ishlash. Pedagogda quyidagicha asosli savol tug’ilishi mumkin: dars vaqti cheklangan bo’lsa, qanday qilib barcha o’quvchilarga o’z fikrini bildirish imkoniyatini berish mumkin? Fikrimizcha, agar darsda ish ma’lum tarzda uyushtirilsa, buni amalga oshirsa bo’ladi. Kichik guruh larga bo’lib ishlash munozara o’tkazish va o’quvchilarni bah sga jalb etishning eng samarali shakllaridan biridir. U hatto eng uyatchan va jur’atsiz o’quvchilarga ham faollashishimkonini beradi.

Guruh 4-5 kishidan ortiq bo’lmasligi lozim. Bunday tarkibda har bir ishtirokchi qo’yilgan masalani yechishga o’z hissasini qo’shishi mumkin. Shu tarzda guruh ning ishi rag’batlantiriladi va har bir ishtirokchi samarali ishlay oladi.

Biroq bu faoliyat o’qituvchidan ham, o’quvchilardan ham muayyan amaliy ko’nikmalarni talab qiladi.

Guruh lar ishini shartli ravishda to’rt bosqichga bo’lish mumkin:

- guruh larga bo’lish (ularning tarkibini muntazam o’zgartiring, 3 kishidan ko’p bo’lmagan guruh lardan boshlang), auditoriyada tegishli tarzda muhit yaratish;

- isholib borish (ya’ni bah slashish) qoidalarini (bu qoidalar oldindan kollektiv ravishda qabul qilinishi va ko’rinarli joyga ilib qo’yilishi mumkin), topshiriqni (qanday bajarish, qancha vaqt sarflash, kim vaqtni kuzatib boradi, hatto guruh lar uchun yozma yo’riqnomalar tayyorlash, lekin ularni og’zaki e’lon qilish maqsadga muvofiq) va undan so’nggi amallarni (masalan, natijalar istagan har qanday o’quvchi tomonidan butun auditoriyada muhokama qilinadi yoki guruh vakili guruh ning umumiy fikrini barchaga xabar qiladi) tushuntirish;

- har bir guruh da bah sni olib boruvchi, kotib, ma’ruzachi belgilanadi (juda qisqa vaqt ichida);

- har bir guruh da muammoni muhokama qilish;

- guruh da qabul qilingan yechimni taqdim qilish;

- umumiy auditoriyada guruh larning ishiga yakun chiqarish.



Bahs-munozara – biror-bir bahsli masala yoki muammoni ommaviy muhokama qilish. O’quvchilar bilan birgalikda munozara olib borish qoidalarini ishlab chiqish mumkin. Bunga asos sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:

- bah sga kirishishdan avval o’z nuqtai nazaringizni aniq shakllantirib oling;

- o’z nuqtai nazaringizni qo’llab-quvvatlovchi dalillarni tayyorlang;

- sodda tilda, lekin mantiqli va izchil gapirishga harakat qiling;

- o’z fikrlaringizni faktlarga asoslanib tuzing, o’zingiz aniq bilmagan narsani gapirmang;

- siz fikriga qo’shilmagan kishining fikrlarini noto’g’ri talqin qilmang;

- aytib o’tilgan g’oyalarni takrorlashga faqat shaxsiy nuqtai nazarni isbotlash maqsadida yo’l qo’yiladi;

- ovozingizni baland ko’tarmang. Eng yaxshi dalil – aniq va tekshirilgan faktlar, ishontirishning eng yaxshi vositasi – qat’iy mantiqdir;

- guruh doshingizni xafa qilmaslikka, kamsitmaslikka harakat qiling. Bah sdoshingizga hurmat ko’rsatishingiz – siz nafaqat bah sda kuchli ekaningizni, balki yaxshi tarbi ko’rganligingizning ham dalili;

- uncha faol bo’lmagan va uyatchan o’rtoqlaringizni ham munozaraga jalb etishga intiling – har bir kishining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega!



Dalil keltirish – biror bir fikr, konsepsiya, nazariyaning haqiqat ekanligini tasdiqlashuchun keltiriladigan boshqa fikr, mulohaza yoki mulohazalar yig’indisi.

FSI uslubi. O’quvchilarning muhokama qilish mahoratini o’stirishusuli. Bunda muhimi har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikrini yoki g’oyasini bildirishidir. Muhokama ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi lozim:

fikr – o’quvchilar o’z fikrlarini, nuqtai nazarlarini bayon qiladilar;

sabab – o’quvchi nima uchun boshqacha emas, aynan shunday o’ylayotganligining sabablari ko’rsatiladi;

izoh – misol bilan keltirilgan sabab izoh lanadi.



Tadqiqot (masalan, o’xshashliklar va farqlarni topish; ketma-ketlikni belgilash; moslik, ustunlik yoki kamchiliklarni topish; oqibatlarni aniqlash; umumlashtirish) o’quvchilarning yechimni ishlab chiqishlari jarayoni, u og’zaki yoki yozma tarzda bo’lishi ham, shuningdek, “aqliy hujum” uslubi bilan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday yondashishda (qo’llanma matni, qo’shimcha adabiyotlar, ma’lumotnomalar va OAV xabarlariga oid) faktlar va statistik materiallarni tah lil qilish muhim hisoblanadi.

Eh tiyojlarni baholash – biror holat yoki boshqa faktik material asosida avvalo muayyan guruh larning eh tiyojlari aniqlanadi, so’ng esa muammoni hal etishuchun ma’lum harakatlar ro’yxati ko’rsatiladi. Bu topshiriqning birinchi varianti – 1-mavzudagi qochoqlar uchun lager qurishni rejalashtirish (65-betga qarang), ikkinchi varianti – quyidagi mazmundagi jadvallarni to’ldirish: biror harakatni amalga oshirishda fuqaro nima qila olishi mumkin, davlat nima qila olishi mumkin, fuqaro yoki davlat nima qila olmaydi (90-betga qarang); biron narsa-hodisaning hozirgi zamondagi Shaxs yoki davlat uchun, Amir Temur davridagi davlat yoki shaxslar uchun ustunliklari nimada (68-betga qarang).

Ahamiyatiga qarab tartibga solish – bunda bir qator mulohazalarni ko’rib chiqish va ularning har birini boshqasiga nisbatan muhimligi yoki qimmatliligi jihatidan taqqoslash talab etiladi. Bunday topshiriqni bajarish shaxsiy fikrga asoslangan bo’lib, ko’p bah slarga sabab bo’ladi. Bu xildagi topshiriqlar o’quvchilarning biror muammoni amalda qanday tushunishlarini aniqlashuchun juda foydali. Masalan, bir guruh taniqli arboblarning bitta muammo bo’yicha bildirgan fikrlarini shu tarzda tabaqalashtirib ko’rish mumkin.

Rollarga bo’linib o’ynash – pedagog taklif qilgan dilemma vaziyatini sah nalashtirish. Bunday yondashuvda o’rganilayotgan muammolar shaxsiy ahamiyatga ega bo’lib boradi: o’quvchilar obrazga kirar ekanlar, muammoni yanada chuqurroq o’rganadilar. Bu xildagi mashqlarni bajarishda aktyorlik qobiliyati unchalik ahamiyatga ega emas. Berilgan rolga mos xulq-atvor usulini (tarzini) tanlash, inson hatti-harakatlarining sabablarini, uning ko’nglida kechayotgan holatni va yuz berayotgan voqealarga munosabatini asoslab berish qobiliyati ko’proq muhimdir. O’yin davomida ikkinchi darajali holatlarni muhokama qilish bilan ovora bo’lmasdan, qo’yilgan masalani yechish muhim.

Har kim har kimni o’qitadi – o’qituvchi o’quvchilarga varaqchalar tarqatadi, bu varaqchalarda, masalan, Konstitutsiyadan, shunga o’xshash boshqa qonunchilik hujjatlaridan, xalqaro bitim yoki bironta asar matnidan ko’chirma bo’lishi mumkin (har bir ishtirokchiga bittadan varaqcha). Bunda har uchinchi yoki to’rtinchi varaqchada bir xil axborot qaytariladi, ya’ni uch yoki to’rt kartochka guruh dagi uquvchilar soniga mos nusxada ko’paytiriladi. Har bir o’quvchi “o’zining” varaqasi bilan tanishib chiqib, qisqa vaqt ichida bunday ma’lumotga ega bo’lmagan guruh doshlarini “o’qitadi”, xuddi shunday kartochkaga ega boshqa o’quvchilar uning fikrlarini to’ldirishi mumkin.

O’z pozitsiyangni tanla (fikrlar shkalasi) – bu harakatchan o’yin varianti bo’lib, uni o’tkazishda o’quvchilarning u yoki bu vaziyatga munosabati aniqlanadi. O’quvchilar oldida bah s-munozaraga qadar muayyan muammo qo’yiladi va uning aniq yechimi beriladi. Auditoriya devorlariga yechimga “Roziman”, “Rozi emasman”, “SHubhalanaman” so’zlari yozilgan plakatlar osib qo’yiladi (uchta plakatga “100%”, “50%”, “0%” raqamlarini yozish bilan ifodalash ham mumkin). O’quvchilarga ularning nuqtai nazarini aks ettiradigan plakat yonida turishni taklif qiling. Ulardan o’zaro maslahatlashib olib, nega aynan shu pozitsiyani egallaganini tushuntirib berishni so’rang. Bah sdan so’ng shu guruh lar a’zolari nuqtai nazarlari o’zgargan-o’zgarmaganligi to’g’risida o’z fikrlarini aytishlari kerak. Har bir guruh dan qarama-qarshi tomon keltirgan eng ishonarli dalilni aytib berishni iltimos qilish mumkin.

Bu mashq guruh larda yozma ravishda ham bajarilishi, mustaqil ekspertlar guruhi (har bir guruh dan bah sni kuzatib turadigan, lekin bah sga aralashmaydigan bir kishi ajratiladi) esa har bir guruh tanlagan qarorni izoh lab berishi mumkin.



Aqliy hujum – qisqa vaqt ichida berilgan masalani yechishning ko’plab yo’llarini topishga imkon beruvchi uslub. Pedagog o’quvchilarga muayyan qisqa vaqt ichida muammoni hal etishning yoki muammo vujudga kelishi haqidagi farazlarning imkoni boricha ko’p variantlarini aytishni taklif qiladi. Eng ko’p miqdorda g’oya bildirish rag’batlantiriladi. Qaror guruh dagi barcha a’zolar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi lozim. Bir kishi bu qarorni butun auditoriya e’tiboriga havola qilishi kerak. Guruh ning qarorini hamma ko’rishi va keyinchalik maqsadga yo’naltirilgan holda muhokama qilishuchun vatman qog’oziga yozib qo’yilsa yaxshi bo’ladi.

Umumlashtirish – bunda o’quvchilar o’rganilayotgan materialning asosiy joylarini aniqlashlari, ularni turli usullarda muayyan shaklga kiritishlari va yozib olishlari kerak. Bunday axborot ro’yxat, qisqa insho, jadval, chizma, sxema ko’rinishida bo’lishi mumkin.

"Charxpalak" usuli. Bu usul bir necha guruhlardan ularga berilgan savollarga javob olishga imkon beradi. Masalan, 5 ta guruh tashkil etiladi. Har bir guruh ga vatman qog’oziga yozilgan bittadan savol beriladi. Ularga javob yozishuchun 2-3 minutdan vaqt ajratiladi. SHu vaqt ichida har bir guruh vatman qog’oziga berilgan savolga o’z javoblarini yozishi va qolgan 4 guruh ga ham o’z javoblarini yozishi uchun joy qoldirishi kerak. Ajratilgan vaqt tugagach har bir guruh o’z qog’ozlarini soat strelkasi bo’ylab (yoki strelkaga teskari yo’nalishda) keyingi guruh ga beradi. Guruh lar ularga berilgan savollarga yana o’z javoblarini yozib uni navbatdagi guruh ga uzatadilar. SHunday qilib, vatman qog’ozlari charxpalak misol aylanadi, bu hol har bir guruh ga o’zlarining dastlabki savollari qaytib kelguncha davom etadi. Bu usul 10 – 15 minut davomida 5 guruh dan mavzuning 5ta savoliga yozma javob olishga imkon beradi.

Bahs-munozarada ishtirok etish. Ko’pincha mashg’ulotlarda faqat bir necha kishigina o’quv jarayonida faol qatnashadi, qolganlar esa o’zini chetga tortib turadi. Bah s ishtirokchilari doirasi eng faol o’quvchilar bilan cheklanib qolishi maqsadga muvofiq emas. Aynan mana shu sababli bah s-munozarani kichik guruh larda o’tkazish tavsiya etiladi. Pedagog bir guruh dan boshqa guruh ga o’tib, ularning ishini boshqarib borishi, muhokama mavzusiga oid qo’shimcha savollar bilan yordam berishi, ishchanlik muhitini saqlab turishi lozim. Faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’quvchilarga 3 minutdan 10 minutgacha bo’lgan qandaydir aniq muddat davomida o’qituvchining aralashuvisiz savollarni muhokama qilishimkonini berish kerak. Biroq o’quvchilar mavzudan tashqari suh batlarga berilayotgan bo’lsalar, o’qituvchi aralashishi zarur. Hatto jonli bah s ketayotgan bo’lsa ham, xulq-atvorni boshqarib turuvchi intizom haqida unutmaslik lozim. Guruh larda mustaqil ishlash fikrlarning erkin bo’lishini nazarda tutadi, lekin faqat salbiy tanqid va nigilizm (hamma narsani inkor etish) – bu erkinlik emas.

Refleksiya (lot. reflexio – ortga murojaat, ortga qaytish) – o’quvchilarning dars to’g’risidagi tasavvurlarini o’rganish shakli. Har bir mashg’ulot yakunida o’quvchilarga alohida varaqda bir-ikkita fikr yozishni taklif qilish mumkin:

- bugun men qanday yangi narsani o’rgandim...;

-meni hayron qoldirgan narsa shu bo’ldiki, ...;

-menda shunday savollar tug’ildi:... (bu savollarni keyingi mashg’ulotda doskaga, vatman qog’oziga yozish mumkin).

SHunga o’xshashishning boshqa turi: pedagog dars tugashida o’quvchilarning e’tiborini asosiy g’oyalarga qaratadi (Konsepsiyaga qarang), masalan, ularni o’qib beradi va har bir o’quvchidan bu muammolarni u qanday tushunishi to’g’risida ish daftarida bir necha qator fikr yozishni so’raydi.

Mavzular bo’yicha tavsiyalar asosan o’qituvchilarga kamroq tanish bo’lgan xalqaro insonparvarlik huquqi (XIH )ga doir masalalarga tegishlidir. Savollarga oid tushuntirishlar jamiyatshunoslikning nazariy kursi hamda xalqaro huquqning mohiyati, asosiy qoidalari va uning me’yorlariga amal qilishning o’ziga xos masalalari yuzasidan bo’ladi.

Bah s ishtirokchilarining samarali muloqotlarini yengillashtirish maqsadida auditoriyadagi partalar va o’quv jihozlarini joylashtirishning taxminiy variantlarini taklif qilamiz.

Auditoriyani bah s olib borishga oid qoidalar, taniqli kishilarning fikrlari, hikmatli iboralar, maqol va matallar yozilgan plakatlar bilan bezatish mumkin. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining sharh lari keltirilgan maxsus stendlar, geografik va siyosiy xaritalar, tarixiy shaxslarning portretlari, kitoblardan olingan illyustratsiyalar, kartinalarning nusxalari, fotosuratlar va ko’plab boshqa shunga o’xshash narsalardan ham foydalanish mumkin. O’qituvchiga auditoriyada vaziyatga qarab partalarni turlicha joylashtirishga e’tibor berishni so’raymiz.



Avtoxton - (yunon.)-mahalliy, jaydari, tub aholi mahalliy yer egasi bo’lgan xalq, mamlakatning ibtidoiy aholisi, aborigenlar.

Animizm (lot.-jon, ruh) - dunyoda jon va ruhlar mavjudligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo’lgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o’z hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko’rish, gallyutsinatsiya, o’lim va hakazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog’langan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin absrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog’liq ruh to’g’risidagi tasavvurlar paydo bo’lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo’lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir ko’rsata oladi deb tasavvur qilingan. SHu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. Animizmning ayrim ko’rinishlari bizgacha yetib kelgan.

Antropogenez (yunon.) - inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyatining shuningdek, jamiyatning kundalik rivojlanish jarayoni. Antropogenez haqidagi ta’limot antropologiya tarmog’i hisoblanadi.

Antropologiya (yunon.)-odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining paydo bo’lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq, tafovut, o’zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologlar odam haqida tushuncha, odamni o’rganuvchi fan odamning suyak tuzilishi, teri va sochining rangi va boshqa tiplari, fiziologik, jinsiy va boshqa xususiyatlarini o’rganadi. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir. Bu fanga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo’lganiga qaramay, u fan sifatida faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi odam organizmning tuzilishi va rivojlanishiga juda ta’sir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarini o’rganadigan bo’limi «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asrning o’rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo’lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o’ynagan. Odam paydo bo’lganidan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanishi qonuniyati bilan chambarchas bog’langan. Antropologiyaning fan bo’lib rivojlanilishida tabiat va jamiyat to’g’risidagi fanlar ijobiy rol o’ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, antpologiya qo’idagi uchta katta bo’limdag iborat: 1) Odam morfologiyasi; 2) Antropologenez; 3) Irqshunoslik (etnik antropolgiya). Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o’zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqishi davri va sabablarini ularning yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o’z hissasini qo’shadi. Antropologiya biologiya fanining faqat nazariy sohasi bo’libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko’p sohalarida masalan, odamning jismoniy o’sishini o’rganishda, shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.

Antropologik tip - muayyan hududga mansub odamzotning tuzulishidagi irqiy turg’un belgilarning shakllangan majmui. Bu atama bilan katta irqlar, ularning bo’limlari ham ifodalanadi.

Genealogiya (yunon.shajara) - yordamchi tarix fanlardan biri XVII-XVIII asrlarda vujudga kelgan. Bilimlarning amaliy sohasi, shajaralar tuzish, urug’ va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxsning tarixiy va qarindoshlik aloqalarini o’rganadi.

Genezis (yunon.) - kelib chiqish. Etnografiyada xalqlarning kelib chiqishi.

Jamoa (ar.) - kishilarning qavmiga uyushuv shakli. Jamoa asosan ibtidoiy jamiyat tuzumiga xos bo’lib, ayrim hollarda sinfiy jamiyatda ham uzoq vaqt saqlanib qoluvchi kishilar birlashmalari shakllaridan biri. Jamoa uchun ishlab chiqarish vositalari (ko’pincha yerga) birgalikda egalik qilish, o’z-o’zini idora etish huquqidan to’la yoki qisman foydalanishi xarakterlidir. Jamiyat tarqqiyoti jarayonida jamoaning shakli va mazmuni o’zgara beradi. Jamoaning urug’ jamoasi, qishloq jamoasi, uy, oila jamoasi, qo’shnichilik jamoasi yoki hududiy jamoa kabi ko’rinishlari mavjud.

Initsiatsiya (lot.) - bag’ishlash, ibtidoiy davrda o’smirlarni voyaga yetgan erkak va ayollar safiga o’tkazish marosimiyu islomda o’g’il bolalar sunnati initsiatsiya hisoblanadi.

Innovatsiya (lot.) - yangilanish, meros va an’analarni avloddan-avlodga o’tishi natijasida madaniyatda vujudga kelgan yangi ko’rinishlar.

Integratsiya (lot.) - tiklanish, to’ldirish, turli xalqlarning birlashuvi, turli etnoslarning bir hududida etnik-madaniy aloqalarini o’rnatish jarayoni.

Irq (ar.) - ildiz, tomir, odamlarning kelib chiqishi, gavda tuzilishi va qiyofasi o’xshash bo’lgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir. Kishilarning tana tuzilishi, tashqi qiyofasi (teri, ko’z va suyagining rangi, soqolining siyrak yoki qalinligi, bo’y-basti, yuz tuzilishi, bosh suyagining shakli, qon guruhi) va boshqalariga qarab guruh-guruhga ajratiladi. Jahondagi barcha xalqlar to’rtta katta irqlarga bo’linadi: yevropoid (evrosiyo), mongoloid (osiyo-amerika), negroid va astroloid (Okeaniya). Bulardan tashqari irqiy birikmalar ham mavjud. Har bir irq yana bir qancha mayda guruhlarga ham bo’linadi.

Irqlar - Homo Sapilns turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq o’ziga xos irsiy belgilar, mas, ko’z, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisiga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirgi odamlar 3 ta ekvatorial (negroid, avtraloid, yevrosiyo), yevropoid (osiyo-amerika, mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstraloid, yevropoid, mongoloid, amerikan oid) yirik irqlarga bo’linadi. Har bir irq ichida yana kichikroq irq, ya’ni kenja irq bo’ladi. Masalan, ekvatorial irq, negr, negrill, bushmen irq, negr, negrill, bushmen irq, avstraliya va boshqa irqlarga, yevropoid irq esa Atlantika-Boltiq, Hind-O’rta dengizi, o’rta yevropa va Arktika, janubiy Osiyo va boshqalarga ajraladi.

Irqlar paleolitning syunggi davrlarida bundan 40-30 ming yil avval odam yer yuzini egallashi bilan shakllana boshladi. O’sha davrda ko’pchilik irq belgilari moslashish xususiyatiga ega bo’lganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Masalan, ekvatorial irqda terining qora rangi ultrabinafsha nurlar ta’siridan himoyalovchi, burun qatagining keng bo’lishi, nam tropik iqlim sharoitida suv bug’lanishini kuchaytiruvchi, tananing uzun bo’lishi, tana yuzasining tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali termoregulyatsiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan.



Barcha irqlar homo Sapilns ga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega, ularning barchasi biologik va psixik jihatdan teng bo’lib, evolyutsion rivojlanishning bir xil pog’onasida turadi. Hamma irqlar madaniyat va sivilizatsiya eng yuqori darajada rivojlanishida bir xil imkoniyatga ega. Hozirgi zamon fani mavjud irqlar bir xil qobiliyatga ega emasligi, ular evolyutsiyasining turli bosqichlarida turganligi to’g’risidagi irqchilik g’oyalarini inkor etadi. Odam irqlarni millat, «til guruhi» tushunchalari bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Bitta millat tarkibida har xil irqlar va aksincha bitta irqning o’zi turli millatlar tarkibiga kirishi mumkin.

Klan (gel) - avlod, urug’, qabila, patronimiya.

Konglomerat (lot.) - birikish, qushilish, bog’lanish, to’plangan turli toifa va elatlarning uyushtirilishidan tashkil topgan ijtimoiy-siyosiy tuzum. (Masalan, quldorlik, feodalizm davrida tuzilgan yirik davlatlar).

Konsolidatsiya (lot.) - mustahkamlayman, yiriklashuv, til va madaniyat jihatidan yaqin va qon-qardosh bo’lgan xalqlarning yagona bo’lib birlashuvi, etnoslarning bir-biriga yaqinlashib qo’shilib ketishi.

Magiya (yunon.) - sehrgarlik, odamning o’zini g’ayri tabiiy kuchlar ta’sirida ko’rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari.

Madaniyat (ar.) - inson qo’li va aql idroki bilan yaratilgan moddiy va madaniy boyliklar. Rus tilida «kultura» so’zi aslida lotincha so’z bo’lib, «ishlab chiqarish», «yasash», «yaratish» degan ma’noni anglatadi. Madaniyat tushunchasi tarixiy davr (antik madaniyat), aniq jamiyat, elat va millati hamda faoliyati yoki hayotining o’ziga xos sohalarini tavsiflash uchun qo’llaniladi. Madaniyat moddiy va madaniy madaniyatga bo’linadi. Moddiy madaniyatga xo’jalik qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim-kechaklar, bezaklar, taomlar, idish-tovoqlar, turar joylar va boshqalar kiradi. Ma’naviy madaniyatga esa oila-nikoh munosabatlari, urf-odatlar, marosimlar, e’tiqodlar, tasviriy san’at, folklor kabilarni o’z ichiga oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog’liqdir.

Asosiy adabiyotlar

  1. Ashirov A.A., Atadjanov Sh. Etnologiya. – Тoshkent. - TDPU. 2008.

  2. Jabborov I. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – T. 2007.

  3. Jabborov I. Jahon etnologiyasi asoslari. – T., 2005.

  4. Jabborov I. O’zbeklar: Turmush tarzi va madaniyati. T.. 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. - 104 b.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. - 488 b.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  4. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. - 48 b.

  6. Asqarov A. Eng qadimiy shahar. ––T.: “Fan”, 2001.

  7. Asqarov A. O‘zbek xalqi etnogenez va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy metodologik asoslari //O’zbekiston tarixi. 2002. № 4. – B. 54-60.

  8. Boboyorov G’. Choch tarixidan lavhalar ilk o’rta asrlarda. Toshkent. 2010.

  9. Bo’riyev O. Manbalarda Shahrisabz tavsifi. Qarshi. 2004.

  10. Doniyorov A., Ashirov A., Bo‘riyev O. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. Toshkent, “Yangi nashr”, 2011.

  11. Mahmudov Q. Qadimgi Turkiston. – T. 2011.

  12. Mavlonov O’. Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari. – T. 2008.

  13. Mullo Olim Mahmudxo’ja. Tarixi Turkiston. – T. 1995.

  14. Ртвеладзе Э. Цивилизации, государство, культуры Цетральной Азии. – Тошкент. 2005.

  15. Xo’jayev A. Buyuk ipak yo’li: munosabatlar va taqdirlar. – T. 2007.

  16. Annayev T. Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – T. 1997.

  17. Мартынов А. И. Археология. – М. “Высшая школа”. 2006.

  18. Основы Этнологии: Учебное пособие. / Под ред. проф. В.В.Пименова. – М. 2007. 696 стр.

  19. Садохин А.П. Грушевитская Т.Г. Этнология. Учебник для высших ученых заведений. М. “Асадема”. 2000.

  20. Широкогоров С. М. Этнографические исследования (избранное работы и материалы). Владивосток. 2001.

  21. Shoniyozov K. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni. – T. 2001.

  22. Этнология. Учебник для высших ученых заведений. Под ред. П.А.Садохина. – М. 2000.

  23. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi asoslari. – T. “O’qituvchi”. 2008.

  24. Jabborov I. O’zbek xalqi etnografiyasi. – T. “O’qituvchi”. 1994.

  25. Archeology. The Basics, London First published. 2001. by Routledge.

  26. History of civilizatsions of Central Fsia Volume I, II Unesco Publishing. 2001.

  27. Egamberdiyeva N. Arxeologiya. O’quv qo’llanma. – T. 2011.

Axborot manbalari

  1. www. history. ru

  2. www.natura.com

  3. www.arxeology.ru

  4. www.tvirpx.com

NDPI Tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi S.I.Xamrayeva tomonidan tayyorlangan “Etnologiya” fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmuaga

TAQRIZ

O‘zbekiston Respublikasida zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilinishi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo etdi. Yuqoridagi me’yoriy hujjatlari respublikamizda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan, OTMlarini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, axborotlashtirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishni keng yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Rivojlangan davlatlarining ta’lim tizimida pedagog asosiy e’tibori markazida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatlariga, mustaqil bilim olishlari va zarur bilimlarni egallashlari, hayotdagi turli xil holatlarga moslashish va mustaqil qaror qabul qilishi, mantiqiy fikrlay olish malakalarini shakllantirish birinchi darajaga ko’tarilgan bo’lib, respublikamizning uzluksiz ta’lim jarayoniga ham tadbiq qilinmoqda. OTM talabalari bilan ishlash jarayonida ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda tarix darslarida innovatsion texnologiyalarni qo’llash orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Mazkur O’UMda mavzular kesimida ma’ruzalar matni, seminar mashg’uloti, mustaqil ta’lim topshiriqlari, glossariy, fan dasturi, ishchi dastur, adabiyotlar ro’yxati, tarqatma materiallar, testlar topshiriqlari, baholash mezoni, qiziqarli materiallar hamda xorijiy adabiyotlardan havolalar mavjud.

Ushbu o’quv uslubiy majmua talab darajasida tayyorlangan va uni o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etaman.

NDPI tarix fakulteti

Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri A.Aminova



NDPI Tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi S.I.Xamrayeva tomonidan tayyorlangan “Etnologiya” fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmuaga

TAQRIZ

2017-2021 yillarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim-tarbiya sohasinini uzluksiz takomillashtirib borish, zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yanada rivojlantirish orqali ta’lim tarbiya sifatini oshirishni taqozo etdi. Yuqoridagi me’yoriy hujjatlari respublikamizda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan, oliy ta’lim tizimini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, axborotlashtirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishni keng yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Qolaversa, mamlakatimizda iqtisodiy salohiyatini oshirishda o’ta muhim soha – turizmni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bir paytda OTM, xususan, tarix ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga mohiyatini yetkazish va bo’lajak sohalarida bu boradagi bilimlarni takomillashtirishni ko’zda tutadi. Ushbu O’UMda mavzular kesimida ma’ruzalar matni, seminar mashg’uloti, mustaqil ta’lim topshiriqlari, glossariy, fan dasturi, ishchi dastur, adabiyotlar ro’yxati, tarqatma materiallar, testlar topshiriqlari, baholash mezoni, qiziqarli materiallar hamda xorijiy adabiyotlardan havolalar mavjud.

Ushbu o’quv uslubiy majmua talab darajasida tayyorlangan va uni o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etaman.



NDPI tarix fakulteti

Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti: R.Tolibov

Kafedra manzili: Navoiy shahar Ibn Sino ko’chasi 45 uy

Telefon raqami: 8(436)225-33-99



Elektron manzil: www.nspihistory.uz


1 R.H.Winthrop. Dictionary of Concepts in Cultural Anthropology. N.Y., Westport, Connecticut, L., 1991, p.101

2 Лурье С.В. Историческая этнология. Учебное пособие для вузов.- М., Аспект Пресс, 1998. С.5.


1 Дониёров А. Œзбекистон этнографияси тарихидан лавќалар (ХХ асрнинг 20-80 йиллари).-,Т.: Янги аср авлоди, 2003.7-бет.

1 Садохин А.П., Грущевицкая Т.Г. Этнология. Учебник для высших учебных заведений. –М., Academa, 2000. С.16.

1 Диаспора (diaspora –лотинча - “жойлашув”; инглизча. - diaspore ) тор маънода – Вавилон томонидан Исроил подшолигини (эр авв.6 аср.) босиб олингандан сœнг ташкил šилинган яшаш жойлари, кейинчалик эса Фаластиндан ташšарида дунё бœйича барпо этилган яшаш жойларига айтилган; б) кенг маънода у ёки бу этник гуруќнинг тарихий этник ватанидан ажралган холдаги яшаш манзилларига нисбатан айтилади. Мисол учун, корейс диаспораси,­ ирланд диаспораси.

2 Бирор бир этник гуруќ ёки этносни узининг миллий-этник хамда сиёсий-давлат уюшмаси билан чегара минтакада яшаса ирредента дейилади. Масалан, Узбекистондаги киргизлар, туркманлар ва тожиклар диаспора була олмайди улар ирредентлар дейилади..

1 Лурье С.В. Историческая этнология. М.,1998.С.38.

1 Садохин.А.П. Этнология. М., 2000.С.104.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish