Navoiy kon-metallurgiya kombinati


“ДИАГРАММЫ” USKUNALAR PANELI



Download 92,4 Kb.
bet10/11
Sana25.01.2022
Hajmi92,4 Kb.
#410571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TTAT Sardor

3.2. “ДИАГРАММЫ” USKUNALAR PANELI.



  1. Элементы диаграммы – dagrammani tashkil etuvchi elementlar. Ularni shu maydondan tanlab formatlash mumkin.

  2. Формат – tanlangan digramma elementi formatini o'zgartirish.

  3. Тип диаграммы – Diagramma turini tanlash joyi.

  4. Легенда – diagrammada ishtirok etgan parametrlar haqida ma'lumot ko'rsatadi yoki yashiradi.

  5. Таблица данных – diagrammada berilgan jadval qo'shib ko'rsatiladi.

  6. По строкам – ma'lumotlar jadval satrlari bo'yicha olinadi.

  7. По столбцам – ma'lumotlar jadval ustunlari bo'yicha olinadi.

  8. Текст сверху вниз – matn tepadan pastga yoziladi.

  9. Teкст снизу вверх – matn pastdan tepaga yoziladi.

3.3. Formulalar bilan ishlash

Jadvallar asosiy va hosila ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin. Elektron jadvallarning afzalligi shundaki, ular hosila ma'lumotlarning avtomatik ravishda hisoblashlarni tashkil qilishga imkon beradi. Bu maqsadda jadvallarning katakchalarida formulalar qo'llaniladi.

Agar katakchadagi ma'lumot « = » belgisidan boshlansa, unda Excel programmasi uni formula deb qabul qiladi. Demak, katakchaga formulani kiritishni boshlash uchun, « = » tugmasini bosish kerak. Ammo formulalar satridagi Изменить формулу tugmasida bosish bilan formula kiritilishi bajarilsa, ancha qulayliklar yaratiladi. Bu holda formulalar satrining tagida Formulalar palitrasi ochiladi va unda formulaning hisoblangan qiymati ko'rsatiladi.

Formula deb, sonlarning va sonlar kiritilgan katakchalarning matematik amallarning belgilari yordamida birlashtirilgan ketma ketligiga aytiladi.

Formulada katakchaga murojaat qilish uchun uning nomini ko'rsatish kerak bo'ladi. Buni klaviaturadan kiritib yoki formula kiritish davomida kerakli katakchada bosish bilan bajarish mumkin.

Kiritish tugatilgach, jadvalda formula ko'rsatilmaydi. Uning o'rniga katakchada formulaning hisoblangan qiymati ko'rsatiladi. Agar formulali katakcha joriy qilinsa, unda formulani formulalar satrida ko'rsa bo'ladi.

MATEMATIK MODEL VA MODELLASHTIRISH



Model (lat. modulus – o'lchov, me'yor) biror ob'yekt yoki ob'yektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli globus, osmon va undagi yulduzlar modeli planetariy ekrani; odam suratini shu surat egasining modeli deyish mumkin.

Qadimdan insoniyatni yaxshi sharoitli turmush kechirish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qiziqtirib kelgan. Shuning uchun insoniyat dunyoning turli hodisalarni o'rganib kelishi tabiiy xoldir. Dunyoning barcha tadqiqotlari bizga to'la bo'lmagan va juda aniq bo'lmagan ma'lumot beradi. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosi sirini bilish, jamiyat rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Tuzilgan model o'rganilayotgan hodisa va jarayonni iloji boricha to'la aks ettirishi zarur.

Modellashtirish - bilish ob'yektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud narsa va xodisalarning modellarini yasash va o'rganishdan iboratdir.

Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy-tadqiqot jarayonini osonlashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'yektlarni o'rganishning yagona vositasiga aylanadi. Modellashtirish, ayniqsa, mavhum ob'yektlarni, olis-olislarda joylashgan ob'yektlarni, juda kichik hajmli ob'yektlarni o'rganishda ahamiyati kattadir. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob'yektning ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlash uchun xam foydalaniladi.

Matematik modellashtirish aniq fanlarda turli amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyat bilan qo'llanilib kelinmoqda. Matematik madellashtirish usuli masalani tasvirlaydigan u yoki bu kattaliklarni miqdor jihatidan ifodalash, so'ngra esa ularni bog'liqligini o'rganish imkoniyatini beradi. Bu usul asosida matematik model tushunchasi yotadi.

Matematik model deb, o'rganilayotgan obyektning matematik formula yoki algoritm ko'rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog'lanishga aytiladi.

Masalan, ideal gazning matematik modeli gazning bosimi R. egallagan xajmi V va temperetura T orasidagi funksianal bog'lanishni ifodalaydigan formula (Klayperon formulasi) dan iborat.

Kompyuterlar ixtiro etilgandan so'ng matematik model usulining ahamiyati keskin ortdi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sistemalarni yaratish, so'ngra ularni kompyuterlar yordamida tadqiq etish imkoniyati paydo bo'ldi. Endilikda ob'yekt, ya'ni haqiqiy sistema ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o'tkazish boshlandi.

Kosmik kemalarning harakat trayektoriyasi (chizig'i), murakkab muxandislik inshooatlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar bilan bog'liq bo'lgan ulkan hisoblarning kompyuterda bajarilishi matematik modellashtirish usulining samaradorligini tasdiqlashi mumkin.

Odatda matematik model bilan hisoblash tajribasi haqiqiy obyektni tajriba-tadqiqot etish mumkin bo'lmagan yoki iqtisodiy maqsadga muvofiq bo'lmagan hollarda o'tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy obyekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini hisobga olish kerak. Lekin shunday misollar keltirish mumkinki, kompyuterda o'tkazilgan hisoblash tajribasi o'rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.

Matematik modellashtirishda o'rganilayotgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Matematik model olamning malum hodisalari sinfining matematik belgilari bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir. Matematik model olamni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli usulidir.

Matematik modelni tahlil qilish o'rganilayotgan hodisaning ichiga kirish imkonini beradi. Matematik model tuzish uchun dastlabki masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So'ngra miqdorlar orasida formula yoki algoritm ko'rinishida yozilgan funksional bog'lanish hosil qilinadi.


Download 92,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish