Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(264 so‘z). SHARQNING MA’RIFAT BESHIGI



Download 141,5 Kb.
bet28/30
Sana02.01.2022
Hajmi141,5 Kb.
#309196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Diktantlar-va-uslubiy-tavsiyalar

(264 so‘z).
SHARQNING MA’RIFAT BESHIGI

Qadimiy qo‘lyozmalarda, xususan, Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur asarlarida shahar Choch, Shosh, Binkat, Shoshkent va ilk bor Toshkent nomi bilan qalamga olingan. Toshkentning mayin havosi, maftunkor tabiati, fusunkor bog‘lari mehr-muhabbat ila madh etilgani, butun shahar bo‘ylab o‘tadigan Bo‘zsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqo‘rg‘on, Bo‘rijar, Oqtepa, Qoraqamish kabi jo‘shqin anhor va soylari, musaffo buloqlarining zilol va shifobaxsh suvlari haqida tarixiy manbalarda go‘zal ta’rif-u tavsiflar bitilgani bejiz emas.Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bu xosiyatli zamindan nomlari butun islom olamida mashhur Imom Qaffol Shoshiy, Shayx Xovandi Tohur, Shayx Zayniddin bobo, Ibrohim ota, Qo‘yliq ota singari aziz-avliyolar, ne-ne ulug‘ zotlar yetishib chiqqanida katta hikmat bor. Bu hududda, shuningdek, Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bog‘istoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Ko‘hakiy kabi allomalar yashab, ijod etgan.

Buyuk bobomiz Amir Temurning o‘z saltanatidagi ushbu shaharga mehri o‘zgacha bo‘lgan. Temuriylar tomonidan bu yerda barpo etilgan va hozirgacha savlat to‘kib turgan muhtasham binolar zeb-tarovati ana shu yuksak e’tibordan darakdir.

Toshkent o‘zining olis va boy tarixi davomida boshidan qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni o‘tkazgan, ne-ne buyuk voqealarning guvohi bo‘lgan. Doimo ulkan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy mavqeini saqlab turgan va shu bois turli davrlarda turlicha ulug‘langan. Poytaxtimizning "Tinchlik shahri", "Do‘stlik shahri", "Jasorat shahri", "Non shahri", "Bog‘-rog‘lar shahri", "Sharq darvozasi" sifatidagi shuhrati Mashriq-u Mag‘ribga yoyilgan. 2007-yili bu ta’riflar qatoriga "Toshkent - islom madaniyati poytaxti" degan yuksak nom qo‘shilgani jahon hamjamiyatining Vatanimiz va uning poytaxtiga chuqur ehtiromining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘tgan davrda yurtimizda mazkur muhim voqeaga bag‘ishlangan bir qator xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Sharqning ma’rifat beshiklaridan biri sifatida dovrug‘ qozongan Toshkent shahrining 2200 yilligi mamlakatimizda nishonlanadigan katta to‘y ekani barobarida, dunyo miqyosida muhim ahamiyatga ega ulkan voqea hamdir. Shu kunlarda bu qutlug‘ sanaga tayyorgarlik shukuhi yurtimizning barcha hududlarini qamrab olmoqda. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, Vatanimizning muqaddas ostonasi, davlatimizning bosh shahri bo‘lmish azim Toshkent bilan butun O‘zbekiston xalqi, barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. (270 so‘z)


Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish