Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti



Download 141,5 Kb.
bet30/30
Sana02.01.2022
Hajmi141,5 Kb.
#309196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Diktantlar-va-uslubiy-tavsiyalar

(280 so‘z)
MUALLIMI SONIY

Shom shahri madrasalaridan birida arabshunos olimlarning yig‘ini davom etardi. Raislik qiluvchi yosh bir yigitchaga so‘z berdi. U arab tili shevasining tovush xususiyatlari haqida ma’ruza qildi. Ma’ruza jiddiy bahsga sabab bo‘ldi. Oxirida barcha tilshunos olimlar bu yigitchani arab tili donishmandi deb tan oldilar. Bu– qomusiy bilim sohibi, mashhur faylasuf, shoir, adabiyotshunos va musiqashunos olim Abu Nasr Forobiy edi.

Abu Nasr Forobiy sakkiz yuz yetmishinchi yili Sirdaryo bo‘yida, Forob shahriga yaqin qishloqda tug‘ilgan. Forobiy Buxoro va Samarqand madrasalarida bilim oldi. Yosh yigit Forobiy ham ilm o‘rganar, ham muallimlik qilardi. Chunonchi, mashhur olim Abu Sirojiddindan astronomiya va matematikani o‘rganadi, o‘zi esa unga mantiq bo‘yicha dars beradi.

Muarrixlarning guvohlik berishicha, Forobiy butun umrini ilm o‘rganishga bag‘ishlab, arab mamlakatlaridagi madrasalarda dars berish bilan kamtarona, faqirona hayot kechirgan. Birgina Shom shahrida uning mingdan ziyod shogirdlari bo‘lgan. G‘animlarning fitnasi bilan hayoti xavf ostida qolganda, uni qutqarganlar ham shogirdlaridir. Forobiy 950-951-yillar orasida vafot etgan.

Abu Nasr Forobiy qomusiy bilim sohibidir. U 130 ta asar yozganligi, ularning o‘n yettitasi turli olimlarning falsafiy asarlariga yozilgan sharh, oltmishtasi alohida kitob, beshtasi bir qancha maqolalarni o‘z ichiga olgan majmualar hisoblanadi. Bular orasida “Siyosat va madaniyat”, “Ruhning mohiyati haqida risola”, “Fozil shahar kishilarining axloqiy qarashlari”, “Falsafaning muqaddimasi”, “Ilmlar majmuasi” asarlari mashhurdir. Forobiy she’riyat va musiqa nazariyasiga doir kitoblar ham yozgan. Uning she’riyatga doir risolasi o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan.

Ilm-fanda dunyoda birinchi muallim qadimgi yunon faylasufi Arastu hisoblanadi. Forobiy antik yunon faylasuflaridan Evklid, Aflotun va Arastu asarlarini tarjima qilib, sharhlab, Sharqda keng tarqalishiga katta hissa qo‘shgani va juda ko‘p falsafiy masalalarni o‘sha olimlar darajasida talqin etgani uchun “muallimi soniy” - “ikkinchi muallim” deb nom olgan.



Buyuk bobomiz Forobiyning mehnatkashligi, bilim o‘rganish borasida muntazam izlanishi, kamtarligi, oddiy mehnatkashlarga xayrixohligi bizga ibratdir.

(293 so‘z).





Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish