Nazariy savollar. Bir qancha jinoyat sodir etish va uning ahamiyatini muhokama eting



Download 0,55 Mb.
bet1/80
Sana30.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#595842
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
2 5420537482498282913


Nazariy savollar.

  1. Bir qancha jinoyat sodir etish va uning ahamiyatini muhokama eting.

Bir qancha jinoyat sodir etish takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyatlar kabi huquqiy institutlarni o‘z ichiga oladi. Shaxs tomonidan bir vaqtda yoki turli vaqtda bir qancha jinoyat sodir etishi, ushbu jinoyatlar uchun sudlanmagan bo‘lsa yoki sudlanganidan keyin sudlanganligi muddati o‘tmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa bir qancha jinoyat sodir etish deb topilishi mumkin. Bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni to‘g‘ri qo‘llash qilmishni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlashda muhim hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qator normalarida takroran jinoyat sodir etish, xavfli retsidivist, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etish kabi jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud. Mazkur og‘irlashtiruvchi holatlarni to‘g‘ri aniqlash bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni bilish bilan bog‘liq. Bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni noto‘g‘ri qo‘llash ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanadigan qilmishlarni jinoyat sifatida noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga olib keladi. Yoki, aksincha, jinoiy qilmishni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholashga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir qancha jinoyat sodir etish JK ning VIII bobida ko’rsatib o’tilgan. Asosan 3 ta turi bor : takroran jinoyat sodir etish; Jinoyatlar majmui; Redsidiv jinoyat. Endi bularning har biriga to’xtalib o’tamiz :
32-modda. Takroran jinoyat sodir etish
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish