Nazariy tilshunoslik masalalari



Download 15,26 Mb.
bet23/69
Sana01.07.2022
Hajmi15,26 Mb.
#723091
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (2)

Til va nutq hodisalarining qarama-qarshi xususiyatlari. Til va nutqning quyidagi qarama-qarshi xususiyatlari mavjud:
1. Til turli xil birliklar orasidagi barqaror munosabatning majmui bo‘lsa, nutq esa shu majmuiga oid birliklardan foydalanib, ayrim kommunikativ maqsadlar uchun hosil qilingan qurilmalar va ularning funksional realizatsiyasidir.
2. Til birliklari paradigmatik, nutq birliklari sintagmatik bog‘lanishda yashaydi.
3. Til tizimi fonema, leksema, morfema, so‘z birikmasi va gap kabi til birliklariga oid bo‘lgan kichik tizimlarning o‘zaro tashkil etuvchilik roli asosidagi bog‘lanishidan vujudga keladi.Nutq tizimi esa turli tipdagi kichik til tizimlaridan tanlab olingan birliklar yordamida hosil qilinadigan, shaxsiy kommunikativ maqsad uchun xizmat qilib, o‘zining fizik, moddiy ko‘lamiga ega bo‘lgan hosilalar bilan ish ko‘radi.
4. Til birliklari umumiylik va mohiyatni invariantlarda, nisbatan o‘zgarmas barqarorlikda, nutq birliklari esa variantlarda, xususiy ko‘rinishlarda aks ettiradi.
5. Til imkoniyat bo‘lib, nutq shu imkoniyatning ma’lum darajada yuzaga chiqarilishidir. Natijada bir til materiali asosida turli xil uslublar shakllanadi.
6. Til birliklariga avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyati, nutq birliklariga esa vaqtinchalik va erkinlik xususiyati xosdir.
7. Xullas, til uchun umumiylik, imkoniyat, tayyorlik, majburiylik, birliklari chegaralanganlik xos bo‘lsa, nutq uchun xususiylik, voqelik, hosilalik, ixtiyoriylik, birliklari chegaralanmaganlik xosdir.


2-ma’ruza:Tilshunoslik fani taraqqiyoti tarixidan
Reja:
1.Qadimgi davr tilshunosligi: qadimgi hind, qadimgi yunon, rim va qadimgi xitoy tilshunosligi
2. O‘rta asrlarda tilshunoslik. Arab tilshunosligi.
3. O‘rta Osiyoda tilshunoslik.
4. Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik.
5.XIX-XX asr tilshunosligi
Tayanch iboralar: klassik sanskrit, Vedalar, hind olimlari, yozma yodgorliklar, lug‘atlar, Panini, “Ashtadxyan”, yunon tilshunosligi, falsafiy davr, grammatik davr, Geraklit, Demokrit, Platon, Anaksimen
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi va o‘zining alohida o‘rganish ob’ektiga va tekshirish metodiga ega bo‘ldi. Qat’iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini bosib o‘tdi. Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta’limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi. O‘rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O‘rta Osiyoda taraqqiy qildi.

Download 15,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish