Nazariy tilshunoslik masalalari


-ma’ruza: Asosiy lingvistik konsepsiyalar



Download 15,26 Mb.
bet30/69
Sana01.07.2022
Hajmi15,26 Mb.
#723091
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (2)

3-ma’ruza: Asosiy lingvistik konsepsiyalar
Reja:
1.Humboldt lingvistik ta’limoti
2. F.de.Sossyur lingvistik ta’limoti
3. Sharl Ballining lingvistik ta’limoti
Tayanch iboralar: milliy til, ruhi, xalq til va nutq, nutq va tushunish, Humboldt, F.de.Sossyur, Sharl Balli kabi olimlarning lingvistik ta’limotlari
Humboldt talqinicha, tillar xalqlar va alohida shaxslarning ijod mahsuli, chunki til nutqiy faoliyat jarayonida yuzaga keladi. Tillar - shaklan milliy. Olim lisoniy an’ana hodisasining muhimligiga e’tiborni qaratadi. Chunki, til- avloddan avlodga meros. U til va uning sohibi bo‘lgan jamoa munosabatini bilish zarurligini ta’kndlaydi, zero, til tizimndagi umumiylik va xususiylik belgilari aynan jamoa va shaxs munosabatlariga borib taqaladi. Bu munosabatlar asosida, o‘z navbatida, til tizimining ijtimoiy va individual xususiyatlari qarama-qarshiligi (antinomiyasi) shakllanadi.
Humboldt tomonidan ajratilishi taklif qilingan navbatdagi antinomiyalar til va nutq qarama-qarshiligi (til bir butun hodisa sifatnda nutqiy faoliyatdan farq qiladi) hamda nutq va tushunish (qobiliyati) qarama-qarshiligidir (yagona bir til birligini so‘zlovchi va tinglovchi bir xilda tushunishmaydi).
Humboldt ta’limotida «ruh» tushunchasi etakchi kategoriya, ammo unga biror bir aniq tavsif berilmagan. Masalan, «xalq ruhi» tushunchasining, til tabiatini inson umumiy faoliyatining shakli «namunasi» tarzida talqin qilinishi buning misolndir. Inson ruhining umumiy goyasi aniq holatlarda xalq ruhi shaklnda namoyon bo‘ladi va bu holatlarni bevosita idrok qilish, bilish imkoni mavjud. «Til, - deb yozadi Humboldt - butun tarkibiy tuzilishi bilan milliy ruhning ijodiy mahsulidir». Bir oz keyiiroq «Ruhning milliyligi va til qurilishi bir-biri bilan shunchalik darajada chambarchaski, ularning biri mavjud bo‘lganda, ikkinchisining bo‘lishi muqarrar». Til millat ruhining tashqi qiyofasidir, «millat tili uning ruhi va millat ruhi uning tilidir - bundan ortiqroq bir-birini takrorlovchi hodisalarni tasavvur qilish qiyin» deb qayd qiladi. (Qarang: Zveginsev 1960, 1-qism: 71).
Inson va lisonning chambarchas aloqasini e’tirof etgan Humboldt ikki muhim metodologik tamoyilni qabul qilishga undaydi: 1. Lison tadqiqisiz insonni bilish mumkin emas; 2. Lison tabiatini bilish va tushuntirishga faqatgina inson va uning dunyosiga tayangan holda erishish mumkin. Birinchi tamoyil Humboldtning inson haqidagi ta’limoti (qiyosiy, umumiy va falsafiy antropologiya) asosini tashkil qiladi. Ikkinchisi esa olimning til haqidagi lingvofalsafiy nazariyasi shakllanishnda asos xizmatini o‘taydi.
Til falsafasidagi antropologik tamoyil bevosita boshqa ikki tamoyil - transsendentallik va immanentlikka - qarama -qarshndir. Bu tamoyillardan biriichisi doirasida til «Olloh kashfiyoti» sifatida talqin qilinib, borliq ustidan hukmronlik qiluvchi kuchlar harakati bilan boglanadi va natijada til inson mavjudligi doirasidan tashqari hodisa ko‘rinishnda tasavvur qilinadi. Immanentlik tamoyili asosnda esa til, aksiicha, «o‘zi - o‘zida va o‘zi uchun» mavjud bo‘lgan hodisa ruhini oladi hamda uning mohiyatini uning o‘z ichki tuzilishidan izlash kerak.
Humboldtning til tizimining antropologik talqiniga doir qarashlariga binoan, ya’ni «til ontologiyasiga insonning kiritilishnda», inson va uning olami tavsifi til tizimini tasavvur etishning oddiy nazariy ustqurmasi bo‘lmasdan, uning muhim tarkibiy qismndir. Bunda inson olami tabiat dunyosi bilan qiyosda va umumiy yaxlitlikda qaraladi. Ularning uchrashuv nuqtasi insondir. Inson, o‘z navbatida, ikki boshlangich belgiga ega, birinchisi - tabiatan fizik, «tirik jon», ikkiichidan - til, madaniyat kabi ijtimoiy hodisalar bilan bogliq hodisa. Humboldt antropologiyasida inson jismoniy, ruhiy, ma’naviy yaxlitlik (butunlik) hisoblanadi. Inson harakatchan, faol, mustaqil, ongli faoliyat qobiliyatiga ega bo‘lgan, erkin jondir. Madaniyat va sivilizatsiya - inson faoliyatining mevasi.
Olimning qayd etishicha, inson olami dialektik tartibotga ega. Dialektika qonuniyatlari til tizimi tartibotining asosini tashkil qiladi. Til mohiyatining dialektik tartibotini Humboldt tilni har tomonlama tavsiflovchi mazmuniy qarama- qarshiliklar vositasnda isbotlashga harakat qiladi: 1.mavhumlik - moddiylik (shakl va material); 2. ichki - tashqi; 3. faoliyat - mahsulot; 4. tirik - o‘lik; 5. erkinlik- bogliqlik; 6. invariant - variant; 7. umumiy -xususiy. 8. ijtimoiy - shaxsiy; 9. zahira - mavjud; 10. cheksiz (davomsiz) - chegaralangan (tugallangan); 11. ichki imkoniyat - faollashuv; 12. sub’ektiv - obyektiv va hokazo.
Ushbu mazmuniy qarama-qarshiliklar negizida til mavjudligini qayd etuvchi asosiy antinomiyalar shakllanadi: 1. til - yagonalik va turli-tumanlik xususiyatlarini mujassamlashtiradi; 2. til - insonning lisoniy qobiliyati va ushbu qobiliyatning aniq til shaklida faollashuvidir; 3. til - faoliyat emonatsiya (nur tarqatuvchi) sifatida; 4. til - energiya va ergon sifatida; 5. til - nutq va uni anglash.
F.de.Sossyur lingvistik ta’limoti. Yangi davr tilshunosligida Ferdinand de Sossyurning goyalari asosan ikki yo‘nalishda o‘rganilmoqda: 1) olimning semiotik va lingvistik goyalari bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi goyalar sifatnda qaralmokda; 2) sintaktik strukturalar («namuna» yoki «qoliplar») ko‘rinishndagi «mavhum birliklar» lisoniy belgilarga (gap va uning qismlari) nisbatan ikkinchi bosqichdagi mavhumlashtirish natijasidir. Sossyur tilshunosligining asosiy goyalaridan biri belgi nazariyasini asoslash bilan bogliq bo‘lib, buning asosida semiologik tamoyil yotadi. Ma’lumki, olim inson nutqining barcha ko‘rinishdagi holatlari va uning bilan bogliq barcha hodisalarni batafsil o‘rganish lozimligini bir necha bor uqtirgan. Bu esa, o‘z navbatida, lingvistika fani oldiga o‘z-o‘zini formallashtirish va o‘z-o‘zini bilish (epistemologik vazifani bajarish) shartini qo‘yadi. Faqat ushbu shart ta’minlanganidan so‘nggina lisoniy tizimning siixron va diaxron tahlilini bajarish va tillarning umumiy xususiyatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Tilshunoslikda uzluksiz muhokama qilinib kelinayotgan Sossyur ta’limotiga oid masalalardan yana biri «belgining sof lingvistik mohiyati va uning tahlili» masalasidir. Bu masala muhokamasida asosiy e’tibor belgining ikkiyoqlama xususiyatga ega bo‘lishiga qaratilmoqda. Buida Sossyur umuman «so‘z» tushunchasi haqida so‘z yuritayotib, «konkret birlikni» aniqlashga harakat qilganligini unutmaslik lozim. «Konkret birlik» so‘zlovchi ongida dastlab ifodalovchi belgilarni farqlovchi vosita sifatida ajratilsa, keyingi bosqichda ma’no va shaklni moslashtiruvchi vosita sifatida tasavvur qilinadi. Tilning boshqa semiotik tizimlardan asosiy farqi shuidaki, lisoniy birliklar nutkda ketma-ket tarzda ifoda topadi. Sossyurning sintaksisga oid ta’limoti alohida e’tiborga loyikdir. Ma’lumki, ushbu ta’limot nuqtai nazaridan qaralgaida, tilning sintaksis tuzilishi tahlilida sintagmalarni ajratish va ularning strukturaviy mundarijasini o‘rganish lozim. Ammo Sossyur ta’limotining davomchilari sintagmani barcha hollarda ham ajratib bo‘lmasligini sezishib, «signifikativ parallellik»ni vujudga keltiradigan holatlarni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlashdi.
Shveysariyalik tilshunos Sharl Ballining (1865 - 1974) asarlarida lisoniy tahlilning qariyb barcha sohalariga oid fikrlar va goyalar mavjud. Olimning stilistikaga oid tadqiqotlari ushbu sohaning rivojiga katta hissa qo‘shdi, hozirgi paytda taraqqiy etayotgan yo‘nalish - kommunikativ stilistika ko‘p jihatdan aynan Sh.Balli ta’limotidan nazariy «ozuqa» olmoqda. Lekin Balli ta’limotida yana bir soha borki, uning umumiy tilshunoslik fani uchun nazariy va amaliy ahamiyati alohida ekanligini hech kim inkor etmasa kerak. Bu - lisoniy tipologiya sohasidir. Ballining lisoniy tipologiya nazariyasiga oid goyalari «Umumiy tilshunoslik va fransuz tili muammolari» (ruscha nashri 1955) risolasida yoritilgan. Ushbu nazariyaning asosiy maqsadi til tizimining lugaviy, grammatik va fonetik sathlarining tipik xususiyatlarini yagona bir metodologik tamoyil asosida yoritish uslubini yaratishdir. Bu vazifani bajarish uchun Balli «progressiv (o‘suvchan) ketma - ketlik» tushunchasini qo‘llaydi va ushbu tamoyil vositasida til tizimining har qaiday sathiga oid birliklarning tuzilishini tushunish mumkin, deb hisoblaydi. Balli ta’limotida hayajonli nutq holatini o‘rganish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, olim hayajonli nutq faoliyati tadqiqiga sotsiologik nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv o‘sha davr uchun yangilik edi va shu asosda tilshunoslikda tamoman yangi yo‘nalish -lingvostilistika yuzaga keldi. Lingvostilistikaning til tizimi va nutqiy faoliyatni funksional jihatdan tadqiq qilish borasidagi mahsuldor natijalari barchaga ma’lum.



Download 15,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish