Nazariy tilshunoslik masalalari


-6-ma’ruza: Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistemadan farqi.Tilning tizim ekanligi. Tizimning muhim belgilari



Download 15,26 Mb.
bet32/69
Sana01.07.2022
Hajmi15,26 Mb.
#723091
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (2)

5-6-ma’ruza: Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistemadan farqi.Tilning tizim ekanligi. Tizimning muhim belgilari
Reja:
1.Til strukturasi va uning o‘rganilishi.
2.Sistema va struktura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bog‘liq jihatlari.
3.Tilning tizim ekanligi. Tizimning muhim belgilari
Tayanch iboralar: struktura, sistema, strukturaviy tahlil, qoliplashtirish, til tizimi sathlari, fonetik, leksik sath, grammatik sath
Strukturaviy tahlil va strukturalarni qoliplashtirish tabiiy va gumanitar fanlar uchun bir xilda muhimdir. Struktura tushunchasining shakllanishida va barcha fanlarda qo‘llanishida psixologiya fanida yuzaga kelgan ruhiy struktura atamasi muhim rol o‘ynadi. Keyingi davrlarda lingvistik strukturalizm g‘oyalarining boshqa gumanitar fanlar, masalan, falsafa rivojiga ta’siri haqida fikrlar bildirilmokda. (Skrelina 2002: 59). Xullas, struktura g‘oyasi inson bilimlari to‘plamidan muhim o‘rin egalladi. Qator fanlarni umumlashtiruvchi kibernetika ham aslida sistemalar, ularning strukturasi va ushbu sistemalarni qoliplashtirish muammolari bilan shug‘ullanadi. Shu sababli «struktura» tushunchasining mohiyatini aniqlashtirish harakati davom etmoqda. Ushbu tushunchaning umumiyligi uning ta’rifini falsafiy mazmun ifodasi nuqtai nazaridan izohlashni talab qiladi. Tilshunoslikda ham, xuddi boshqa sohalardagidek, ushbu tushuncha izohi u yoki bu falsafiy ta’limot ta’sirida bo‘lishi mumkin (Qiyoslang: Gumboldt 1985: 370-381; Protasov 1999: 142- 143; Radchenko 2002: 140-144; Vaskoshe 1994: 12-14). Binobarin, semasiologiyaning asoschilaridan biri bo‘lgan V.Bryondal «struktura» tushunchasi Sossyur talqinidagi «sistema»ga va Sepir talqinidagi «lisoniy maqsad modeli»ga mos kelishi haqida gapirib, quyidagicha ta’rif bergan: «Psixologiyada struktura tushunchasi yangicha mazmunda, ya’ni elementlarning oddiy birikmasiga qarama-qarshi yaxlitlikni atash uchun qo‘llanmokda. Bu yaxlitlikdagi elementlar bir-birini taqozo etadi va o‘zaro aloqasi asosida mavjuddir» (Bryondal 1965: 97).L.Yelmslev til strukturasini «tobeliklar zaijiri yoki aniqroq aytilganda, funksiyalar to‘ri» sifatida aniqlaydi. «O‘z ichki tuzilishi jihatidan bosqichli bo‘lgan» til strukturasi tahlilini Yelmslev «deduktiv asosda, ketma-ket mavhumlikdan konkretlikka intilgan holda bajarilish»ni taklif qiladi va olim bu usulni imperik metod deb ataydi (Yelmslev 1965: 101).Praga strukturalistlari til strukturasini vazifaviy yondashuv asosida talqin qilmoqchi bo‘lganliklari haqida to‘xtalgan edik. Ularning vakili V.Skalechko, L.Yelmslev ta’rifini izohlab, quyidagilarni yozadi: «Yelmslev tilshunosligi ham muammoni chegaralash yo‘lidadir. Birinchidan, unda semasiologiya o‘ta cheklangan. Semasiologiya muammosi struktura muammosiga tobelashtirilgan: semasiologik vazifa lisonning vazifalaridan biridir, vazifa esa til tarkibiy qismlarining munosabatidan boshqa narsa emas. Turli tillarning farqi ham ularni shakllantiruvchi tamoyillarning turlicha yaratilganligidadir. Demak, farqlanish masalasi struktura muammosiga tenglashtiriladi» (Skalechko 1965: 154).V.Skalechkoning qaydicha, strukturani shakl sifatida talqin qilish ayrim masalalarga bir tomonlama yondashishga olib keladi. Masalan, til va borliq munosabatini (semasiologik muammo), tillarning o‘zaro munosabatini (lisoniy tipologiya), til va uning qismlari o‘rtasidagi munosabatni (til strukturasi). Pragalik olimlar «til boshqa ijtimoiy strukturalardan ajralgan mustaqil struktura» degan fikrga qo‘shilmaydilar (Skalechko 1965: 151). Tilni lisoniy jamoaning muloqot va ekspressiv - ifoda ehtiyojini qondiruvchi tizim sifatida talqin qilish til strukturasining boshqa strukturalar bilan aloqasini e’tirof etishga olib keladi. Demak, til taraqqiyotini lisoniy jamoa taraqqiyoti tarixidan ajratib bo‘lmaydi. AQSH tilshunosligida til strukturasi muammosi qo‘yilmaydi, chunki amerikaliklar asosan nutq faoliyati tadqiqi bilan shugullanadilar; diskreptiv tilshunoslikda ham xuddi generativ grammatikadek til strukturasi va sistemasi nazariy muammo emas. 2.Sistema va struktura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bog‘liq jihatlari. Tilshunoslikda «sistema» va «struktura» tushunchalarining mazmuni qorishtirib yuborilmasligi lozim. Sistema o‘zaro bogliqlikdagi elementlar majmuasidan iborat bo‘lib, bu majmua yaxlitlikni tashkil qiladi va uidagi ishtirokchilarning har biri alohida hamda o‘zaro munosabatda tavsiflanadilar. Struktura esa ushbu sisitemadagi elementlarning munosabatlari asosida yuzaga keladigan tuzilmadir (Nogp 1988: 113-114).Sistema va struktura tushunchalarining shu yo‘sindagi ta’rifi O.Axmanovaning lisoniy atamalar lug‘atida ham o‘z aksini topgan (Axmanova 1969: 412-413; 458). Lug‘atda «sistema»ga til birliklarining botiniy tarkibdagi majmuasi deb qaraladi. Bu birliklar turg‘un (invariant) munosabatlardadir, masalan, ushbu til uchun xos bo‘lgan va nutqiy qurilmalarni hosil qiluvchi sintaktik qoliplar to‘plami. Ushbu ta’rif tilning fonetik tizimini so‘z va morfemalarni farqlash uchun xizmat qiluvchi nutq tovushlari to‘plami sifatida aniqlashga undaydi. Xuddi shuningdek, ushbu til yoki lahja uchun xos bo‘lgan gap turlari va qoliplarini quruvchi so‘z shakllari to‘plami grammatik tizimni tashkil qiladi. Ifoda planiga kiruvchi farqlar umumlashmasiga esa semiologik tizim sifatida qaraladi. O.S.Axmanova «sistema» tushunchasi doirasiga, shuningdek, grammatik kategoriyani ifodalovchi shakllar va forma yasash paradigmasi kabilarni ham kiritadi. Lug‘atda «struktura» tushunchasining mazmuni quyidagicha izohlanadi: 1) tilning tovush, fonologik, morfologik va morfonologik tarkiblariga xos bo‘lgan umumiy, invariant xususiyatlarning bir-biri bilan bog‘liqligi, ya’ni quyi sath birliklarining yuqori sath birliklari tuzilishiga ishtirokiga nisbatan. Bu holda «tovush strukturasi», «leksik struktura», «morfologik struktura» atamalari qo‘llaniladi; 2) struktura atamasiinng ikkinchi ma’nosi «gap strukturasi», «so‘z strukturasi», «ma’no strukturasi» kabi birliklarda namoyon bo‘ladi (Axmanova 1969: 458). Praga lingvistik maktabida «struktura» atamasi ancha tor mazmuida talqin qilinadi. Praga lingvistik lugatida berilgan ta’rifdan ma’lum bo‘ladiki, ushbu tushunchani O.S. Axmanova ajratgan birinchi ma’noda qo‘llab bo‘lmaydi: «Til strukturasi» tushunchasi «so‘z-gap» ga nisbatan mavjud bo‘lgan barcha faktlarni qamrab oladi. Bu gapning umumiy tuzilishi yoki umuman ma’lum tilning grammatik tuzilishi bo‘lish mumkin. ... Umumiy grammatik tizim bir qator alohida tizimlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli tuslanish sistemasi, turlanish sistemasi, fonologik sistema haqida gapirilib, «struktura tushunchasini til grammatik qurilishining umumiy xususiyatlarini atash uchun saqlashadi» (Vaxek 1964: 218). Xullas, sistema va struktura tushunchalari aynan bir hodisa emas. Lekin bu farqqa har doim ham e’tibor berilavermaydi. Ko‘pincha ular sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. Buni, masalan, quyidagi ikki ta’rifni qiyoslaganda sezish mumkin. Birinchi turdagi ta’rifda sistema va struktura tenglashtiriladi, biri ikkinchisining yig‘indisi sifatida qaraladi. Masalan, E.Koseriuning yozishicha, «til o‘zaro bog‘liq strukturalar sistemasidir» (Kosernu 1963:172). A.A.Reformatskiyning ta’kidlashicha, «...har bir tilning o‘z fonetik, grammatik va leksik tizimi mavjud. Tarkibidagi birliklarning qo‘llanishidagi o‘xshashlik majburiy bo‘lgan sistemalarning umumlashmasi tilning strukturasini tashkil qiladi» (Reformatskiy 1967: 270).Sistema va strukturaning ikkinchi ta’rifi tilning dinamik va statik holatlari qarama-qarshiligi bilan bog‘liq holda beriladi. Masalan, B.Pote quyidagi ta’rifni keltiradi: «Agarda ajratilishi va tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan voqelik qismlarini belgilovchi elementlar majmuasini «struktura» deb bilsak, unda «sistema» struktura elementlarining ma’lum paytda qo‘llanishidir» (RoSHeg 1966: 112-113). B.Pote taklif qilgan «sistema (=sistema)» va «sistema (=struktura)» qarama-qarshiligini farqlash Gustav Giyom psixosistematika ta’limotidagi sistema tushunchasining qo‘llanishiga mos keladi. G.Giyom sistemani ikki tomonlama ya’ni dinamik va statik ko‘rinishda tasavvur qiladi. Lekin B.Pote strukturani statik, sistemani esa dinamik tushunchalar sifatida talqin qilsa, rus tilshunosi V.A.Zveginsev bu tushunchalarning statik va dinamik holatlarini teskari ko‘rinishda tasavvur qiladi. Uning yozishicha, «sistema va strukura ... so‘zsiz, bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki hodisalardir. Sistema haqiqiy statik tushunchadir va shunga binoan uning vositasida tilning siixron holati yoritiladi, struktura esa dinamik tushuncha sifatida qo‘llanishi lozim va uning asosida tilning diaxronik hodisalari (tadrijiy jarayonlar) o‘rganilishi kerak» (Zveginsev 1962: 144). Sistema va struktura, ularning farqli jihatlarini yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun yana bir qancha ta’riflarga diqqat qilamiz. Muayyan ob’ektning elementlari (umumlashmasi) struktura deb ataladi. Bu strukturada mavjud elementlarning umumiy o‘zaro bogliqligi sistema deb ataladi.(G.S.Shur) struktura deyilganda, elementlarning o‘zaro bogliqligi tushuniladi». Tilning strukturasi bu uning fonemalari, morfemalari, tuzilmalari va ular orasidagi munosabatlardir.Til strukturasi uning yashirin asosidir. U mavjud tilga nisbatan abstrakt tushunchalar orqali o‘rganiladi. (Yu.S.Stepanov) Sistema deyilganda, o‘zaro bogliq qismlardan-elementlardan tashkil topgan, munosabatlarning aniq sxemasiga, ya’ni strukturasiga ega bo‘lgan har qanday murakkab birliklar tushuniladi. Shunday ekan struktura sxemaning ko‘rsatkichlaridan biridir. (G.P.Melnikov) Shunday qilib, «sistema» va «struktura» tushunchalari bir-birlariga yaqin tursalarda, bir xil ma’no anglatmaydilar. Lugatlarda ta’riflanishicha, «sistema» so‘zi grekcha bo‘lib «tashkil qiluvchi qismlardan iborat bo‘lgan butunlik» degan ma’noni anglatadi. «Struktura» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «tuzilish», «qurilish», «joylashish» degan ma’nolarni ifodalaydi. «Sistema» so‘zi «struktura» so‘ziga nisbatan kengroq ma’noga ega.
3.«Til sistemasi» - til birliklari, kategoriyalari, sathlarining tipik munosabatlaridir.«Til strukturasi» bu birliklarning qismlari va sathlari orasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchadir. Til materialini muayyan belgilarga ko‘ra tasniflash goyasi lingvistika faniga hech qachon begona bo‘lmagan (masalan, til materiali an’anaviy ravishda fonetika (fonologiya), morfologiya, sintaksis qismlariga bo‘lib o‘rgangan). Ammo «til sathi» tushunchasi dastlab Amerika deskriptiv lingvistikasida ilmiy jihatdan asos topdi. Deskriptivistlar hozirgi zamon tadqiqotlaridan farqli o‘laroq, tilning tuzilishini bosqichli bogliqliklarning murakkab tizimi sifatida emas, balki oddiy ketma-ketlik holida tasavvur qilishadi. Amerika deskriptiv lingvistikasida sathlarga ajratish goyasi «Til strukturasining ichidagi turli elementlarning o‘zaro munosabatlari va tilni tasvirlash metodikasi» (Katsnelson 1962: 2) sifatida muayyan ta’limot ko‘rinishini oldi.Sathlarga ajratish konsepsiyasi oliy va quyi sathlar mavjudligini ham e’tirof etadi. Quyi sath deyilganida nisbatan sodda birliklar, masalan, fonemalarning ayrim kichik sistemalar tashkil qilishi, oliy daraja deyilganida esa murakkabroq birliklar, masalan, so‘zlarning tuzilishi nazarda tutiladi. Til tizimi turli darajadagi muayyan murakkablikka ega bo‘lgan birliklar va ulardan foydalanish qoidalari yigindisidir. Til tizimiga turli qoliplar va sxemalar xos bo‘lib, ular asosida turli murakkab birliklar, so‘z birikmalari va jumlalar yasaladi.Til birliklari tuzilishiga ko‘ra ikki tomonlama birlik - ma’lum mazmun anglatuvchi tovushlar kompleksidan yasalishi yoki ushbu ikki tomonlama birlikning farqini ko‘rsatuvchi alohida tovushlardan (fonemadan) iborat bo‘lishi mumkin. Tildan aloqa vositasi sifatida foydalanish, ya’ni uni nutq jarayonida ishlatish til elementlaridan axborotni ifodalaydigan va uzatadigan alohida tizimlar yaratishga olib keladi. Nutq jarayonida hosil bo‘ladigan buiday sistemalar alohida jumlalar bo‘lib, nutq sistemasi sifatida til birliklaridan tashkil topadi. Til birliklari ham murakkablik darajasi va vazifasiga ko‘ra farqlanadilar: fonemalar morfema va so‘zlarning talaffuzini hosil qilsalar, morfemalar so‘zlarni hosil qiladi. So‘zlar esa muayyan qoidalar asosida erkin nutq birliklarini - konkret ibora va jumlalarni hosil qiladi. Bunday holda yuqori darajadagi birliklar quyi darajadagi birliklar hisobiga rivojlanmaydi (Solnsev 1972: 5). Til tizimining sathlardan iborat bo‘lishi haqidagi goyani qo‘llagan olimlardan E.Benvinist (1965: 434-439; 1974: 64) to‘rt sathli tuzilishni taklif qiladi: fonemalar, morfemalar, so‘zlar va gaplar sathlari.Tilning har bir birligiga xos ichki yaxlitlikka va belgi yoki belgilar birikmasining sintagmatik, paradigmatik va ierarxik munosabatlariga asoslangan yagona mezonning qo‘llanishi til tizimida ma’lum ko‘rinishdagi sathlarni ajratish imkonini yaratadi. Bular quyidagilar: 1.Fonetik - fonologik sath. 2.Leksik-semantik sath. 3.Morfem-morfologik sath. 4.So‘z yasash sathi. 5.Sintaktik sath.



Download 15,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish