Nаzmul javohir” asarining yaratilish tarixi haqida



Download 4,95 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi4,95 Kb.
#562559
  1   2
Bog'liq
NAZM-UL JAVOHIR


Nаzmul javohir” matni.


Reja:

  • Nаzmul javohir” asarining yaratilish tarixi haqida

  • Nаzmul javohir” dagi ruboiylar tahlili

  • Nаzmul javohir” ningilmiy-tanqidiy matni va nashrlari ustida ishlash


1.“Nаzmul javohir” asarining yaratilish tarixi haqida
Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir” deb atalgan to’rtlik she’rlar to’plamining sarlavhasini “She’r durdonalari” yoki “She’riy durdonalar” deyilsa bo’ladi. Bu to’rtliklar Hazrat Alining rivoyati bilan aytilgan va she’rga solingan payg’ambar (s.a.v.) hadislari — hikmatli so’zlariga bag’ishlangan. Alisher Navoiy Hazrat Alining adabiy mahoratiga yuksak baho bergan. U o’zining “Mahbubu-l-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) asarida she’r ahli to’g’risida so’z yuritganda birinchi bo’lib Hazrati Alini tilga olgan. Navoiy bu asarida yozadi: “Bu aziz qavmning peshvo va muqtadosi va bu sharif xaylning sardaftari va sarxayli valoyat bahrining gavhari va karomat avji munir axtari Amir ul mo’min Ali navarallohu vajhahu (Alloh uning yuzini nurli qilsin)durkim, nazm devonlari mavjuddur va anda asror va nukat noli’dud” (Adisher Navoiy, 14-jild. B. 24-25). Ma’nosi: Bu aziz qavmning (shoirlarning) peshvo va yo’lboshchisi va bu sharif guruhning ilg’ori va boshlig’i, azizlik dengizining gavhari va karomat avjining yorug’ yulduzi Amir ul mo’min Ali…durki, nazm devonlari bor va unda sirlar va nozik ma’noli so’zlar behisobdir.
2.“Nаzmul javohir” dagi ruboiylar tahlili
Biz Navoiyning “Nazmu-l-javohir asari boshdan oyoq ta’lim-tarbiyaga doir. “Nazmu-l-javohir”da Navoiy elu yurt hayoti tajribasidan kelib chiqqan xulosa va umumlashmalari orqali ezgulik, insoniylik, adolat g’oyalarini keng targ’ib etadi. Kishilarni ma’naviy yuksaklikka ko’tarishga harakat qiladi, moddiy va ma’naviy uyg’unlik qanday bo’lmog’i kerakligi to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi.
Navoiy “Nazmu-l-javohir” muqaddimasida yozgan:
Yorab, bu javohirlarniki, manzum etdim,
Chekkanim anga har nuktaki, ma’lum etdim,
Har nuktaga bir tarona marqum etdim,
Ko’p gavhar aning zimnida maktum etdim.
Ma’nosi:
Ey xudo, bu javharlarni she’r bilan yozib chiqdim,
Turli nozik ma’noli so’zlarni terib ularning
(mazmunini) ma’lum qildim.
Har bir shunday so’zga bir ohang berdim.
Ularning orasiga ko’p gavharlarni berkitdim.
Endi biz “Nazmu-l-javohir”dagi to’rtliklarni ko’rmakka va ularda berkitilgan gavharlarni ochmoqqa kirishamiz.
Hazrat Ali rivoyat qilganlardan birinchisi bunday: “Imonu mar’iy yu’rafu bi iymonihi”. Ma’nosi: Kishining imoni uning ahdiga vafosida ko’rinadi. Demak, kishidagi imon, ya’ni ishonch, e’tiqod uning o’z ahdiga vafodorligida bilinadi. Shu fikrni Navoiy she’r bilan bunday bayon etgan:
Imoni aningki, kufrig’a sotir (berkituvchi) erur
Chin nukta demakka ul kishi qodir erur
Har kimsaki, imon ishida mohir erur
Imonini bilki, otidin zohir erur.
Ma’nosi:
Ul kishiki, imoni kufrini yo’qotar ekan,
Chin toza ma’noli so’z demakka qodirdir.
Imon ishida mahorat kasb etgan har bir kimsaning
Imoni uning otidan bilinib turadi.
Ushbu to’rtlikdagi asosiy masala nukta va imondir. Nukta – chin toza ma’noli so’z. Bunday so’zni demakka qodir inson sof imon egasi bo’lgan insondir. Ko’rinib turibdiki, Navoiy asl nusxadagi ma’noni ancha kengaytirgan. Asl nusxada “aymon” ahdga vafo qiluv to’g’risida boradi. Navoiy esa imonga ega bo’lmoqni bosh o’ringa qo’yadi. Haqiqiy chin ma’noli so’zni demoqqa faqat imon ishida mohir bo’lgan zotgina qodirdir. Kim sof imon egasi bo’lsa, bu uning otidanoq anglashilib turadi. Demak, hamma gap imon, ishonch, e’tiqodda saxovatli bo’lmoqlikdadir.
“Axuka man asoka fil shiddati” (2). Falokat yetganda yordamga kelgan kishi birodaringdir. Navoiy bu hikmatni bunday sharh qiladi:
Qardoshing emas ulki qo’yub bosh sanga,
Davlat chog’i qilg’ay o’zni qo’ldosh sanga.
Kim qildi qatig’lig’da vafo fosh sanga,
Ul bo’ldi haqiqat ichra qardosh sanga.
Ma’nosi:
Sen davlatga ega bo’lgan chog’ingda yoningda
Senga bosh qo’yib turgan kishi qardosh emas.
Boshingga og’ir kun kelganida senga vafo
Ko’rsatgan kishi haqiqiy chin qardoshingdir.


Download 4,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish