Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/267
Sana06.09.2021
Hajmi4,98 Mb.
#165968
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   267
Bog'liq
mojlar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi

 
 


18 
 
2-mavzu. Motor yoqilg’ilari klassifikastiyasi. Motor yoqilg’ilarining sifatiga 
qo’yiladigan asosiy talablar. 
 
 
 
Neft  va  gaz  olim  va  muxandislarni  o’ziga  tobora  jalb  qila  boshlagan  “neft 
maxsulotlarini  qo’llash”  deb  ataladigan    yo’nalish  paydo  bo’ldi.  O’tgan  asrning  50-
yillarida 
chop 
etilgan 
“Neftnoe 
tovarovedenie”, 
“Osnovi 
primeneniya 
nefteproduktiv” degan o’quv qo’llanmalari juda yaxshi ma’lum. Bu vaqtga kelib neft 
va neft maxsulotlari o’zining ishlab chiqarish va qo’llash ko’lami bo’yicha metall va 
don  (bug’doy)  bilan  bir  qatorda  birinchi  o’ringa  chiqdi.  Urushdan  keyingi  yillarda 
mamlakatning  texnik  progressi  va  iqtisodiy  rivojlanishida  yoqilg’i  va  surkov 
moylarning  roli  ancha  oshdi,  ularni  qo’llash  keskin  oshdi  (so’z  o’n  va  yuz  million 
tonnalar  ustida  borar  edi)  va  ular  ishlatilishining  optimal  sharoitlardan  chekinishi 
katta qo’shimcha materiallar sarflarga olib kelar edi. YOqilg’i surkov materiallarning 
sifatiga  qo’yiladigan  talabalar  xarakteri  ham  o’zgargan  edi:  Agar  avval    faqat 
texnikadan  kelib  chiqqan  bo’lsalar,  keyinchalik  esa  vaqt  o’tishi  bilan  energetik, 
texnologik  va  ekologik  omillar  ko’proq  ta’sirni  ko’rsata  boshladi.  Xomashyo  qazib 
olish  tan  narxi  va  neft  narxining  keskin  oshishi,  neft  sifatining  yomonlashishi,  atrof 
muhitni  muhofazalash  me’yorlarning  qattiqlashuvi  yoqilg’i  –  surkov  materiallarini 
ratsionalliroq  va  tejamliroq  qo’llashni  izlash  kerakligini  talab  qildi.  Optimal  sifat  va 
samarali qo’llash muammolari soxalararo (muassasalararo) xarakterga ega bo’ldi.  
 
Vujudga  kladigan  muammolarni  yagona  markazlashtirilgan  reja  bo’yicha 
birgalikda echishga to’g’ri keladi. Faqat shu holatdagina mustaqil kompleks ilmiy fan 
sifatida  bo’lgan  ximmotologiya  oldida  doimo  vujudga  keladigan  murakkab  va  ko’p 
qirrali masalalarni echish mumkin bo’ldi. Uncha etakchi masalalar bo’lgan yoqilg’i –
surkov  materiallarning  ishlab  chiqarilishi  va  qo’llanilishiga  sodir  bo’ladigan  hodisa 
va jarayonlarning bayoni, tushuntirilishi va olodindan aytilishi yuklatildi. 
 
Dvigatelsozlikning 
rivojlanishi, 
dvigatel, 
mashina 
va 
mexanizmlar 
konstruksiyasining  murakkablanishi,  ular  quvvuti  va  ish  kuchlanishining  uzluksiz 
oshishi,  tayyorlashda  turli  metall  va  qotishmalarni  qo’llash  yoqilg’i  va  surkov 
materiallarining sifatiga qo’yiladigan talablarning qattiqlashishiga olib keldi va neftni 
qayta  ishlashning  optimal  yo’llarini  va  rejimlarini  jadallashtirishni  izlashga  sabab 
bo’ldi.  
 
Gubkin nomidagi institutda mashxur pedagog va olim N.I.CHernojukov (1894-
1971)  tomonidan  ximmotologiyani  bir  vaqtning  o’zida  ilmiy  yo’nalish  va  o’quv  fan 
sifatida  rivojlanishiga  asos  solingan.  Moy  va  surkovlarni  ishlab  chiqarish 
texnologiyasi  va  neft  maxsulotlarini  qo’llash  kafedrasida  (1949  y  asos  solingan) 
texnologik  yo’naluvchanligi  aniq  ifoda  etilgan  ximmotologiya  soxasidagi  birinchi 
ilmiy-pedagogik  maktab  vujudga keldi. U  o’z ichiga  neft  xomashyosining kimyoviy 
tarkibini  obdon  o’rganish,  turli  reagentlarni  qo’llash  bilan  texnologik  jarayonlarning 
asoslangan  tanlovi  va  ishlab  chiqarishning  konkret  sharoitlarida  ularni  o’tkazish 
rejimlarini  optimallashtirish.  Bunday  yondashuv  texnika  tomonidan  qo’yiladigan 
o’sib  kelayotgan  talablarga  binoan  tovar  neft  maxsulotlarining  sifatini  rostlash  va 
yaxshilashga  imkon  berdi.  Bu  esa  neft  maxsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilari 


19 
 
iste’molchilari  orasida  ishlab  chiqarilayotgan  maxsulotning  miqdori  va  sifati 
orasidagi  o’sib  kelayotgan  qarama-qarshiliklarni  yumshatishga  yordam  berdi. 
Ma’lumki,  neftni  birlamchi  ishlashda  maxsulot  chiqishi  qancha  ko’p  bo’lsa,  odatda 
uning  sifati  shuncha  past  bo’ladi.  SHu  sababli  moy  va  surkovlarni  ishlab  chiqarish 
jarayonnlarining  jadallashuvi  (tozalanishning  optimal  chuqurligini  o’rnatish, 
elektromagnit va akustik maydonlarni, SFM qo’llash) yuqori chiqishni saqlab qolgan 
holda  mahsulotning  talab  qilinadigan  sifat  darajasini  ta’minlashga  ruxsat  beradi. 
Umumiy qilib olganda bu ximmotologiya vazifalardan birining texnologik yo’l bilan 
muhim echimi bo’lib  hisoblanadi, ya’ni neftni qayta  ishlash zavodi darajasida  ishlab 
chiqaruvchi  va  iste’molchi  orasida  (mashinasozlik  kompleksi,  transport  va  boshqa 
korxonalar)  murosaga  kelish  yo’li  topildi.  YOqilg’i  –surkov  materiallarining  sifatini 
texnologik  rostlash  asosida  neft  maxsulotlarini  ishlab  chiqarish  va  qo’llashda  sodir 
bo’ladigan  maxsus hajmiy va sirt xossalariga, fizikaviy va kimyoviy hodisalarga ega 
bo’lgan  murakkab  dispers    sistemalar  bo’lgan  neft  maxsulotlarining  strukturasi 
to’g’risidagi kolloid-kimyoviy tushunchalar yotadi.  
 
1961  yilning  o’zidayoq  K.K.Papok  ximatologiyaning  maqsadi  va  vazifalarini 
ifodalab  turib  uning  muammolarini  ikkita  asosiy  blokka  ajratdi:  birlamchi  va 
ikkilamchi. Birlamchilari dvigatel, jixoz, turli mashina va mexanizmlarini yaratish va 
takomillashtirish  jarayonida  vujudga    keladi.  Bu  davrda  yoqilg’i,  moy  va 
surkovlarning    sifatiga  qo’yiladigan  texnik  talablar  ishlab  chiqiladi  va  asoslab 
beriladi.  Ikkilamchilari  texnikani  ekspluatatsiya  qilish  vaqtida  yoqilg’i-surkov 
materiallarini  almashtirish,  xizmat  qilish  vaqtini  uzaytirish  yoki  sifatini  o’zgartirish 
zarurligi  paydo  bo’lgan  taqdirda  vujudga  keladi.  SHu  yerni  o’ziga  ekologik 
muammolar,  sifatni  tiklash,  ishlatilgan  surkov  materiallarini  regeneratsiyalash  va 
utilizatsiya  qilish  kiradi.  Yoqilg’i  yoki  surkov  materiali  sifatining  past  darajasi 
dvigatel,  mashina  yoki  mexanizmlar  ishining  mustahkamligi  va  tejamkorligining 
pasayishiga  sabab  bo’ladi.  Ichki  yonish  dvigatellarida  yoqilg’i  va  moylarning    sifati 
orasidagi  o’zaro  ta’sir  va  o’zaro  bog’liqlikni  hisobga  olish  muhim  ahamiyatga  ega. 
Odatda, yoqilg’i sifatidagi  muhim o’zgarishlar (oltingugurt arenlar  va  x.k.)  moyning 
sifatida  o’zgarishlar  sodir  bo’lishi  zarurligini  keltirib  chiqaradi.  Og’irroq  oltingugurt 
saqlagan  yoqilg’ini  qo’llash  oltingugurtli  organik  birikmalarning  zararli  ta’sirini 
neytrallaydigan yuqori sifatli moyni qo’llashni talab qiladi.  
 
Ximmotologiyaning  hozirgi  zamon  rivojlanishi  bir  necha  sabablar  bilan 
belgilanadi,  ular  orasidagi  asosiylari  bo’lib  quyidagilar  hisoblanadi:  neft  sifatining 
yomonlashuvi,  alternativ  xomashyo  manbalarini  qo’llash,  mashinasozlikning 
rivojlanishi, texnikaning yangi turlarining paydo bo’lishi, bular esa yoqilg’i va surkov 
materiallarining  sifatiga  qo’shimcha  talablar  (ishning  harorat  diapazonini 
kengaytirish).  
 
SHuni  ta’kidlash  muhimki  yuqori  sifatli  yoqilg’i  –  surkov  materiallarining 
ishlab chiqarilishi quyidagilarga ko’maklashadi: 
-  Ishlab  chiqarish  hajmining  va  tegishli  ravishda  neftni  qayta  ishlash,  kimyoviy 
va sanoatning boshqa sohalaridagi kapital mablag’larning saqlab qolinishiga; 
-  Yoqilg’i sarfi va ularga qo’yiladigan talablarning pasayishiga; 


20 
 
-  Surkov  materiallarining sarfining kamayishiga  va almashtirilish davriyligining 
qisqarishiga; 
-  Mamlakat  korxonalarida  ishlab  chiqariladigan  tovar  neft  maxsulotlari 
assortimentining unifikatsiyalanishiga va qisqarishiga; 
-  Atrof muxitga zararli ta’sirining kamayishiga va umuman ekologik vaziyatning 
yaxshilanishiga; 
-  Sohaning  tovar  maxsulotlari  bo’yicha  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirishga 
va tegishli ravishda mamlakatdan xom neftni chiqarishni chegaralashga; 
-  Transport  vositalari,  jihozlar  va  boshqa  texnikani  ekspluatatsiya  qilishning 
mustahkamligi, uzoq xizmat qilishi va tejamliligining oshishiga. 
Bularning  hammasi  yoqilg’i-surkov  materiallarining  ishlab  chiqarilishida  va 
ularni    texnikani  ekspluatatsiya  qilishning  real  sharoitlarida  qo’llashda  ishtirok 
etadigan  ximmatologiyalarning  hal  qiladigan  asosiy  maqsadi  va  masalalari 
hisoblanadi. 
 

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish