Neft va neft gazni qatya ishlash texnologiyasi


Bosim ostida ishlovchi idish, apparatlarni va gaz uskunalarini xavfsizlik talablari 2.5



Download 219,78 Kb.
bet2/11
Sana04.04.2023
Hajmi219,78 Kb.
#924645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs loyihasi

2.4 Bosim ostida ishlovchi idish, apparatlarni va gaz uskunalarini xavfsizlik
talablari
2.5 Gazni qayta ishlashda mukammal qurilmalar qo`llashning talablari
2.6 Tez alangalanuvchi suyuqlik moddalarni tashish va tushirish jarayonida yong‘in portlash xavfini kamaytirsh usullari
III.Hisob qism
IV.Xulosa
V.Foydalanilgan adabiyotlar

0‘zbekistonda neft-gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu sohaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbob uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda eng ilg'or texnologiyalar asosida mahalliy xomashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulollar (benzin, aviakerosin, aviabenzin, dizel yonilg‘isi, neft moylari, suyultirilgan gaz, polietilen granulalari, oltingugurt va bosbqalar) olinmoqda Respublikamiz kimyogar olimlari va mutaxassislari oldida hali o'z yechimini kutayotgan ulkan muammolar turibdi. Bu muammolar jumlasiga qovushoqligi katta bo`lgan neftlarning oquvchanligini ko'paytirish, suv-neft emulsiyalarini parchalash uchun saniarali dekmulgatoilarni sintez qilish, neft xomashyosini birlamchi tozalash uchun yangi usullarni topish, xomashyo va neft mahsulotlarini issiqlik ta'sirida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, neftni qayta ishlash darajasini oshirish, gidrogenizatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun o‘ta faol katalizatorlarni yaratish, gaz kondensati tarkibidan har xil erituvchilarni olishni tashkil etish, texnikaning turli sohalari uchun mahalliy xomashyolar asosida moylash materiallari olishni kengaytirish,neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida ularga oz miqdorda qo'shiladigan moddalarni sintez qilish, ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan tabiiy


gazni chuqur va kompleks tozalash, chiqindisiz va kam energiya talab qiladigan texnologik jarayonlarni kashf etish, tabiiy gazdan suyuq yonilg'i olish texnologiyasini yaratish, yuqori samarali texnologik qurilmalarni ishlab chiqish, asbob-uskuna va jihozlami korroziya va yemirilishdan saqlashning samarali yo`llarini topish, ishlab chiqarishning suyuq va gazsimon chiqindilarini yaxshi tozalaydigan zamonaviy uskunalarni taklif etish kabilarni kiritish mumkin.
Neft va gazni qayta islilash sanoati korxonalarida uglevodorodli xomashyolami zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlab, xalq xo‘jaligi uchun muhim bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda doimo foydalanib borish uchun yuqori malakali muhandis kadrlar (bakalavr va magistrlar) kerak, albatta.O'zbekiston Respublikasining ta’limi to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
talablaridan kelib chiqqan holda bakalavr va magistrlar har tomonlama bilimdon, ilg‘or davlatlar tajribalari bilan tanish, yangi ilmiy g‘oyalar va texnikaviy yechimlarni yaratish qobiliyatiga ega bolishlari zarur. Kadrlar o‘ziga xos zamonaviy tafakkurli, bilimli, malakali va ayni paytda yuksak ma’naviy komillik sifatlariga ega bo‘lishi, 0 ‘zbekistonning kelajagi, mustaqilligimiz kelajagi uchun mas’ul, jonkuyar, fidoyi insonlar bo‘lmog‘i kerak.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o‘zining kitobida ta’kidlab o'tganidek, 0‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning umumiy mineral-xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.G'oyat muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiygaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. Hisob-kitobdan ma'lumki, gaz zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin,ko‘mir-2milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.O'zbekiston neftining sanoat asosida ishlanishi XIX asrning oxirlari 1885-yildan boshlangan. Dastlab Farg‘ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i atrofidagi ikki quduqdan neft olingan. 1900-yili ushbu tumanda geologiya-qidiruv ishlari faol olib borilib, 1904-yili neft favvorasini olishga erishilgan. 1906-yili Farg‘ona viloyatida davriy ishlaydigan ikki kubli uskunadan iborat bo‘lgan neftni haydash korxonnsi qurilgan. Neftning sifati termometr va areometrlar yordamida aniqlangan. Asosiy mahsulot kerosin va mazut hisoblangan. Olingan kerosin aravalar, tuyalarda Andijon, Toshkent, Qo‘qon shaharlaridagi paxta tozalash zavodlari, yog‘ chiqarish korxonalariga va maishiy maqsadlarda foydalanish ucliun jo ‘natilgan. Mazut ternir yo‘l yoqilg‘isi sifatida qo`llanila boshlangan. Benzin esa dastlab korxonaning tashqarisidagi o‘ralarda yoqilgan. 1915-1916- yillarda 0‘rta Osiyoda ichki yonish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar paydo bo‘la boshlagandan keyingina benzinga ehtiyoj paydo bo'lgan. 1907-yili aka-uka Nobellar neftni haydash korxonasini sotib olishadi va uni qayta jihozlashadi. Shu yili Chimyondan neftni haydash korxonasiga qadar neft quvuri o‘tkaziladi. 1940-yili ushbu korxonaning laboratoriyasi mavjud bo‘lib, texnologik jarayon esa yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Qashqadaryo viloyatida 1972-yili Muborak va 1980-yili esa Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalari qurilib, ishga tushirildi.


Download 219,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish