Neftgaz geologiyasi va geokimyosi


BOB 2. NEFT VA TABIIY GAZLAR



Download 1,27 Mb.
bet6/34
Sana04.04.2023
Hajmi1,27 Mb.
#924774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
31 bet yangi

BOB 2. NEFT VA TABIIY GAZLAR
2.1.2. Neft va gazning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni

Yuqorida biz neft va gazning insoniyatga juda qadimdan maʼlum bo‘lganligi xususida qisqacha toʻxtalgan edik. Endi biz neft, gaz va ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xujaligida tutgan o‘rni, hamda ularga bo‘lgan ahamiyatining ortishi sabablariga javob topishga harakat qilamiz.


1860-yilda dunyo miqyosida ishlatilgan energiyaning 74% oʻtin va surragatlar (yoqilgʻining sunʼiy turlari: pista ko‘mir, torf, yonuvchi slanes, tezak va h.k)dan, 24,7% - ko‘mirdan va 1% - neftdan (tabiiy gaz bilan birga) olingan. Ko‘rinib turibdiki, oʻsha vaqtda neftning salmog‘i umumiy energiya miqdoridan juda kam, gazniki esa deyarlik yo‘q. bo‘lgan. 1900-yilga kelib o‘tin va surragatlar salmog‘i 57,6% ni tashkil etadi, 39% esa ko‘mirdan olinadi, neftning salmog‘i 2,3% ga yetadi, yonuvchi gazniki esa 0,9% ni tashkil etadi Shundan so‘ng energiya manbai sifatida ko‘mirning salmog‘i tez o‘sa boshlaydi va 1910-yilda butun epergiyaning 65% ko‘mirga toʻgʻri keladi, o‘tin 16%, oʻsimlik va hayvonot chiqindilari - surragatlar 16%, neft 3% ni tashkil etadi. Tabiiy gazdan oʻsha davrda foydalanilmagan.
1930-yillarga kelib ahvol oʻzgara boshlaydi, ko‘mirning energiya manbai sifatidagi salmog‘i 50% ga tushadi, neftning salmog‘i esa 15% ga yetadi, gaz xam ishlatila boshlaydi va u 3% ni tashkil qiladi. Qolganlari gidroenergiya, o‘tin va surragatlarga tug‘ri keladi.
1970-yillarga kelib va butun dunyo energiya balansida neft 34%, gaz 18% ni tashkil etadi, ko‘mir 32%, o‘tin 10%, energiyaning boshqa manbalari 6% ni tashkil etadi.
1998 yilda energiyaning manbalari quyidagicha taqsimlanadi: neft-39%, gaz - 22%, ko‘mir - 26%, gidroelektrostansiyalar-7%, atom elektrostansiyalari - 6%, jami - 100%, ko‘rinib turibdiki, neft va gaz jamiki energiya manbazarining 61% ini tashkil qilmoqda.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda neft va gaz butun jahon energiya balansining 75%ni, transportning esa 100%ni tashkil qilmoqda. Nima uchun neft va gaz keyingi vaqtlarda butun jahon energetika manbai boʻlib kelmoqda, bunday ahvol davom etaveradimi yoki neft va gaz qachongacha boshqa yoqilgʻilar ichida asosiy mavqeni egallaydi?
Ushbu savollarga javob axtarmoq uchun va uning imkoniyatlarini solishtirish maqsadida 1kg yonganda 7000 Kkal energiya beruvchi yoqilgʻini “shartli yoqilg‘i” deb qabul qilamiz va boshqa yoqilgʻilar energiyasini unga taqqoslaymiz:
Shunda: benzin 1kg-1,49 shartli yoqilgʻi;
Neftning oʻzi 1kg - 1,43 shartli yoqilgʻi;
Mazut 1kg - 1,37 shartli yoqilgʻi;
Tabiiy gaz 1m3- 1,17 shartli yoqilgʻi;
Koʻmir 1kg - 0,67 shartli yoqilg‘i;
Torf I kg - 0,35 shartli yoqilgʻi;
oʻtin 1 kg - 0,27 shartli yoqilgʻiga teng ekanligi maʼlum boʻladi. Kurinib turibdiki, boshqa yoqilgʻilarga nisbatan neft va gaz, hamda uning mahsulotlari bir necha barobar ortiq energiya berish imkoniga ega ekan.
Neft va gaz qazib chiqarish ko‘mir va torfga nisbatan osonroq, shu bilan birga ularni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan bogʻliq ishlar ham ancha qulay va arzon. Masalan: 1965-yilda Shebelinko gazkondensat konidan 24,6 mlrd m3 gaz chiqarilgan (30 mln tonna shartli yoqilgʻiga teng). Unda 162 nafar muhandis, 464 nafar texnik va ishchilar ishlagan. Shuncha quvvatga ega bulgan koʻmir yoqilg‘isini olish uchun esa 50 shaxta va 60000 ishchi kerak boʻladi. Koʻmirga nisbatan neft qazib chiqarishdagi ish unumdorligi 6-marta, gazniki esa 55-marta ortiq. Neftning tannarxi koʻmirnikidan 3-4-marta kam boʻlsa, gazniki 33 marta kamdir. Boshqa yoqilgʻini gaz bilan almashtirganda har 1000m3 gaz davlatga katta foyda keltiradi. Neft qazib chiqarish va tashish uchun ketadigan xarajatlar ko‘mirnikiga nisbatan 1,7-marta, gaz 3,37-marta arzon tushadi.
Gazni sanoatda ishlatish ish unumdorligini oshiradi, sanoat chiqindilari hajmi o‘z-o‘zidan kamayadi. Masalan, mis erituvchi pechlarda ko‘mir o‘rniga gaz ishlatilganda energiya sarfi 25% ga kamayadi, unumdorligi 10-12%ga ortadi, mis chiqindilari 17%ga kamayadi.
Gazdan sanoatda, xalq xoʻjaligida va turmushda foydalanish juda ko‘p qulayliklarga ega. Avvalo insonning turmush sharoitlari yaxshilanadi, shaharlarning ozodaligi taʼminlanadi, ekologik sharoitlar yaxshilanadi. Masalan, oila sharoitida 1000m3 gazni ishlatilishida mamlakatimiz axolisi o‘rtacha foyda ko‘radi.
Demak, neft va gaz yoqilgʻisi turli energiya manbalariga nisbatan ham qulay, ham arzon va ekologik jihatdan foydali ekan.
Neft qazib chiqarishning XX asr mobaynida o‘sish va rivojlanishini jadvalda keltiramiz (4-jadval). Undan ko‘rinib turibdiki, 1900-yilda, yani asr boshida neft chiqarish atigi 20 mln. tonna atrofida bulgan bulsa, bu kursatkich 1950-yillarda 520 mln tonnaga yetgan, yani, 1900-yildagi mikdordan 26-marta oshgan, asr oxiriga kelib esa bu kursatkich deyarlik 3,6 mlrd tonnaga yetadi yoki asr boshidagidan 180-marta oshganligini ko‘ramiz. Dunyo miqssida gaz chiqarishning ko‘lami neftdan ortiq bo‘lib, katta odimlar bilan rivojlanmoqda.
Maʼlumki, neft va gaz faqat yoqilgʻi energetika manbai sifatida emas, balki kimyo sanoatining xom ashyosi sifatida xam juda katta axamiyatga molikdir.
Chunonchi, tabiiy gaz va neft bilan birga chiqadigan yoʻldosh gazlar: etan, etilen, polietilen, etil spirta, atsigelen, propan, propilen, polipropilen, plastik massalar, butan, butilen, izobutan, butadiyen, sinetik kauchuk, benzol, atseton, turli eritmalar: fenol, fenol formaaldegid kagronlari, fenolformaaldegid, plastifitorflar, sunʼiy tolalar, oltingugurt, qorakuya va yana ko‘plab maxsulotlar olinadi. Hozirgi kunda gazlardan olinayotgan mahsulotlarning turlari kundan-kunga ortib bormoqda.
4-jadval.
Dunyo mamlakatlari, oʻlkalari va qitʼalarida neft chiqarishning o‘sish ko‘rsatkichlari

Mamlakalar. O‘lkalar, qitalar

Neft qazib chiqarilgan yillar va miqdori (mln. tonna)

1900

1910

1920

1930

1940

1950

1960

1970

1980

1990

2000

Shimolim
Amerika

8,467

28,67

60,58

123,2

186,5

274.3

370,7

556.4

859,9

898,7




AQ.Sh

8,334

28,63

60.55

123,0

185.4

270.3

345,0

474,2

682,2

443

291.2

Kanada

0,1 13

0,043

0,026

0,02

1.7

3,97

25,7

60,36

60,9

99.7

100.0

Meksika

























105,8

156.0

152.
5

Venesuela







0.6

18,69

25,34

74,8

151,0

193,2

1 12,8

1 19,0

152,0

Yaqin va O‘rta Sharq







1,57

6.39

14,16

87,8

268.6

692 9

852.8

898,5

109.0

Saudiya Arabistoni













0.69

27,4

61,5

179,8

496,3

410,0

403.2

Eron







1,67

6,27

9.08

33.2

52,0

197,7

76.0

166.0

178,4

Iroq










0,12

3.31

6.81

48,0

76,8

132.6

15,1

159.1

Quvamt
















17,22

84,0

137,3

83.4

9.4

80.7 I

Liniya






















159,2

85,9

76,6

70.4

Nigeriya



















0,8

53,42

101.8

97,3

99,6

Indoneziya

0.425

1.6



















78,5

78.8

69.0

Buyuk Britaniya

























80,5

93.1

126.9

Norvegiya

























24.4

93.5

160.8

Xitoy

























106.1

139,0

169,8

Rossiya

9,927

9,6

3.8

18,4

31,1

37,8

148.0

358.0

603.2

515,0

317.6


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish