Neftgaz geologiyasi va geokimyosi



Download 1,27 Mb.
bet1/34
Sana04.04.2023
Hajmi1,27 Mb.
#924774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
31 bet yangi



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI



ABU RAYHON BERUNIY nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETЫ


NEFTGAZ GEOLOGIYASI VA GEOKIMYOSI
DARSLIK
ABU RAYHON BERUNIY nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETЫ
I.X. Xolismatov, O.Gʻ. Hayitov, A.V. Mavlonov
NEFTGAZ GEOLOGIYASI VA GEOKIMYOSI
DARSLIK
Tuzuvchilar: Xolismatov I.X., Xayitov O.F., Mavlonov A.V.
Neftgaz geologiyasi va geokimyosi fanidan darslik. Tosh. dav. texn. univ. I. X. Xolismatov, O.Gʻ.Hayitov, A.V.Mavlonov, 2003, 171 - bet.
Ushbu darslik neft va gaz xosil qiluvchi tabiiy qazilmalar: kaustobiolitlar va ularnish yuldoshlari, bitumlar, asfaltlar, asfalgetlar va nirobitumlar, neft, gaz, kondensat va qatlam suvlarning fizik-kimyoviy xossalari, shu bilan birga ularning qatlam sharoitida oʻzgarish qonuniyatlari, neft va gazning hosil bulish nazariyalari, tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlari, tabiiy saqdagichlar, uglevodorodlarning migratsiyasi neft va gaz uyumlari, konlar va ulariing tasnifi, shuningdek yer bag’rida joylashish qonuniyatlari haqida maʼlumotlar berilgan.
Mazkur darslik davlat taʼlim standartlari asosida yaratilgan.
Darslik V-5440800 -“Neft va gaz konlarini izlash va qidirish” va V-5161600 -“Neft va gaz konlarini izlash va qidirish muhandislik pedagogikasi” yo’nalishlari talabalari uchup muljallangan.
Geologiya va neftgaz muxandislik pedagogikasi kafedrasi
Uzbekistan Respublikasi Oliy va urta maxsus taʼlim
vazirligi ilmiy-metodik kengashining qaroriga kura
darslik sifatida nashr etishga tavsiya etildi.
Taqrizchilar: “OʻzLITIneftgaz” institugi bosh ilmiy xodimi, .G-M.F.D., prof. Ergashev Y.
ToshDTU, “Geologiya” kafedrasi mudiri G-M.F.N., dotsent Zokirov R.T.
© Toshkent davlat texnika universitet, 2003
ANNOTATSIYA
Книга составлена как учебник для бакалавров пщ направлению 544800
The book is composed as a text book for bachelors on specialty 544800 "Geology and prospect of the fossils." (oil and gas geology and geophysics) and 5140900 professional pedagogies (oil and gas business).
The text book considers principal theoretical and practical problems of oil and gas geology studying characteristics of oil, gas and condensate, their origins, migration, collector characteristics of the rocks, genetic fields, classification, deposits and conformities. To natural laws of their distribution in the earthʻs crust.
Ushbu darslikda neft va gaz hosil qiluvehi tabiiy qazilmalar; kaustobiolitlar va ularning yoʻldoshlari, bitumlar, asfaltlar, asfaltetlar va pirobitumlar, neft, gaz, kondensat va qatlam suvlarining fizik-kimyoviy xossalari, shu bilan birga ularning qatlam sharoitida fizik-kimyoviy xossalari, shu bilan birga ularning qatlam sharoitiga oʻzgarish qonuniyatlari, neft va gazning hosil bo‘lish nazariyalari, tog jinslarining kollektorlik xususiyatlari, tabiiy saqlagichlar, uglevodorodlarning migrasiyasi, neft va gaz uyumlari, konlari va ularning tasnifi, va yer bag‘rida joylashish qonuniyatlari haqida maʻlumotlar berilgan.
Mazkur darslik davlat taʻlim standartlari asosida tayyorlangan.
Darslik 440800 "Neft va gaz konlarini izlash va qidirish" va 161600 "Neft va gaz konlarini izlash va qidirish muhandislik pedagogikasi" yonalishlari talabalari uchun moljallangan.
KIRISH
Mustaqil Uzbekistan Respublikasida neft va gaz sohasi boʻyicha yetuk mutaxassislar tayyorlash dolzarb masalalardan biridir, zero respublikamiz neft va gaz mustaqilligi masalasi eng muhim vazifa boʻlib, u muvoffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Vatanimiz bagʻrida mavjud neft va gaz konlarini qidirib topish, ularni o‘rganish va qazib chiqarish, xalq xoʻjaligiga taqdim qilish eng muhim vazifalardan biridir. Bu murakkab vazifani ilmiy asosda bajarish va uning uddasidan chiqish albatta mutaxassislarning malakasiga bogʻliq.
Neft va gaz sohasi mutaxassislarini tayyorlashda «Neft-gaz geologiyasi va geokimyosi» fani alohida o‘rin egallaydi. Hozirgacha tayyorlangan muxandis mutaxassislar va bundan buyon tayyorlanadigan bakalavr va magistrlar uchun mazkur fan asosiy fanlardan boʻlib, u mineralogiya, petro­grafiya, gidrogeologiya, geofizika, litologiya, geokimyo, bio­logiya, fizika fanlari hamda, neft va gaz konlari geolo­giyasi, neft va gaz konlarini izlash va qidirish usullari, neft va gaz uyumlarini ishlash va ishlatish, neft va gaz qudukdarini burgʻilash kabi sohalar bilan chambar-chas bogʻliq.
Neft-gaz geologiyasi va geokimyosi fani haqida fikr yuritar ekanmiz neft va gazlarning hosil boʻlish qonuniyatlarini oʻrganishga alohida eʼtibor berish lozim va bu borada akademik I.M.Gubkinning g‘oyalari hali ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu mavzuda nashr etilgan A.F.Dobryanskiy (1948), I.O. Brod N. E.Yeromenko (1950), A.I.Laverson (1954), A.A.Karsev (1969,1978), V.A.Sokolov (1971), A. A Bakirov (1982 y), va boshqalarning darslik va oʻquv qo‘llanmalarning ahamiyatini alohida koʻrsatib o‘tish zarur. Neft geo- kimyosiga oid A.F.Dobryanskiy hamda gaz geokimyosiga oid V.A.Sokolovni va O.M.Akromxoʻjayevning ilmiy asarlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Neft va geologiyasi va geokimyosiga fanidan oʻzbek tilida hozirgacha biror qoʻllanma va darslik chop etilmagan.
Darslikni yozishda yuqorida nomlari qayd etilgan mualliflarning kitoblaridan, chunonchi; A.V.Mavlonovning (1992) «Neft-gaz konlari geologiyasi», B.Sh.Akromov va R.K.Sidiqxoʻjayevlarning (1994) «Qatlam fizikasi», Z.S.Ibrohimovning (1996) «Neft va gaz konlarini izlash va qidirishning nazariy asoslari», I.X. Xolismatov va O.Gʻ. Hayitovning (1999) «Neft va gaz konlari geologiyasi», O.Gʻ. Hayitovning (1999) «Neft-gaz geologiyasi va geokimyosi» fanidan maʼruzalar toʻplamidan, I.X.Xolismatov va O.Gʻ.Hayitovning (2000) «Neft-gaz geologiyasi va geokimyosi» fanidan amaliy mashgʻulotlar uchun uslubiy qoʻllanma, shuningdek A.A.Abidov, I.Irgashev, M.X.Qodirovlarning (2000) «Neft va gaz geologiyasi» ruscha-oʻzbekcha lugʻatidan mazmunan foydalanildi. Undan tashqari koʻpgina amaliy maʼlumotlar va koʻrsatkichlarning oʻz yurtimiz bagʻridagi kon va uyumlar asosida keltirilishini joiz deb bildik va shunga harakat qildik.
Sohani yoritilishida eng ahamiyatga molik va yaqqol ko‘rsatkich boʻla oladigan dunyo miqyosidagi materiallar ham o‘quv qo‘llanmadan oʻz oʻrnini topgan.
Nihoyat shuni taʼkidlash kerakki, tabiatning koʻp qirrali boyliklari jumladan neft va gaz, toʻgʻrisida hali kuplab qo‘llanmalar yoziladi. Neft va gaz haqida yozib kelindi, bundan buyon ham yoziladi.
Mualliflar darslikni sifatini yaxshilashga qaratilgan taklif va mulohazalarni bajonidil qabul qilishadi va oldindan minnatdorchilik bildirishadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish