Nemis adabiyoti tarixi


- MA’RUZA XVIII – asr ma’rifatparvarlik davri adabiyoti



Download 148,01 Kb.
bet14/23
Sana20.07.2022
Hajmi148,01 Kb.
#825670
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
NEMIS ADABIYOTI TARIXI

8- MA’RUZA


XVIII – asr ma’rifatparvarlik davri adabiyoti

8.1. Adabiyotda “Boron va xujum” davri adabiyoti


8.2. Xerder va jahon adabiyoti
8.3. I. Gottshed - nemis marifatparvarligi tashabbuskori
8.4. G.E. Lessing – nazariyoti, tanqidchi va dramaturg
8.5. Romantizm. Yena romantizmi


TAYANCH SO’Z VA IBORALAR


Loakoon
Tadqiqotning tarixiy metodi


Estetik idrok yo’llari
“Bo’ron va xujum” yo’nalishi

Shtyurmer


Klassisizmning vaymar variyanti


XVIII ASR MA’RIFATPARVARLIK ADABIYOTI


Germaniya XVIII – asrda milliy siyosiy birlikka ega bo’lmagan, bir –biri bilan yaxshi bog’lanmagan feodal davlatlar kenglomeratidan iborat edi. Mamlakatni 300 dan ortiq hukumdorlar boshqarar edi. Ularning har biri o’zi hokim bo’lgan davlatga hayotning barcha jabhalarda o’ziga ma’qul bo’lgan siyosatni olib borardi.


Mamlakatning milliy-siyosiy parokandaligi nemis jamiyatining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga monelik qilar edi. Bu muammolarni hal etish uchun barcha nemis peshqadam ma’rifatparvarlari va yozuvchilari kurashar edi.
XVIII –asrda Germaniya taraqqiyot kuchlari o’ta kuchsiz edi. Germaniyaning peshqadam kishilari yorqin kelajakni vatan adabiyotida deb bilardilar. Faqat adabiyotgina barcha g’oyalarning tashuvchisi rolini bajardi. Ijtimoiy –siyosiy taziyqdan norozilik kayfiyatlari adabiyotda o’z ifodasini topdi. XVIII –asr adabiyotiga bir qator buyuk yozuvchi ma’rifatparvarlarni yetishtirib berdi. (Lessing, Xerder, Gyote, Shiller va b.) Ularning pozitsiyalari Yevropa ma’rifatparvarligi ideallari bilan hamohang edi.
Ma’rifatparvarlik harakati aynisa Fransiyada ravnaq topgan bo’lib, u Volter, Didro, Russo kabi buyuk ma’rifatparvarlik ijtimoiy adabiy arboblarni kashf etadi. Nemis ma’rifatparvarlari Germaniyaning qoloqligi tufayli o’z ijtimoiy –siyosiy qarashlarida nisbatan mo’tadil edilar. Shunga qaramay, ularning barchasi antifeodal kayfiyatda bo’lib, knyazlar despotizmini, siyosiy passivlikni qoralar edilar.
VIII – asrda Germaniyada falsafa ilmi muvaffaqiyatlarga erishdi. Nemis yozuvchi- ma’rifatparvarlari ayni zamonda faylasuflar ham edilar. Ular o’z falsafiy risolalarida insonni gumanistik ruhda tarbiyalash masalarini qo’yar, san’at turlarining o’ziga xosliklari muammolarini ishlab chiqar, estetik idrok yo’llarini o’tganar, fanga tadqiqotning tarixiy metodni joriy qilar, inson didi va qarashalari uning nuqtai-nazari bilan bog’liqligini o’rganar edilar.
Nemis marifatparvarlik adabiyoti o’z taraqqiyot jarayonida to’rt bosqichni bosib o’tadi.
Birinchi davr XIII asrning 20-50 yillariga to’g’ri keladi, bu davrda asosan klassisizm hukumronlik qilgan.
Klassisistlar manba qidirib tariiy o’tmishga murojaat etadilar. Ularning ijodi yashovchan zamonaviylik o’z ifodasini topmagan. Poetik so’z ular o’z axloqiy –siyosiy harakatlarini targ’ib etuvchi vosita sifatida foydalanilgan. 40- yillarda klassiszm o’rnini realistik burger adabiyoti egallay boshaydi. Ularning nomoyondalari (Gellert va b.) o’zlari zamondosh bo’lgan voqeilik ifoda eta boshlaydilar. Ularning ijobiy qahramonlari endi Gottshed tasvirlaganday “temir qalbli” li kishi bo’lmay, eng oddiy byurger. Unga hissiyot ham, insonparvarlik ham begona emas.
Ma’rifatparvarlikning ikkinchi davri (60 - yillar) hayotini tasvirlashning realistik tamoyillari g’alaba qilishga olib keldi.
Ma’rifatparvarlikning bu davr tepasida G.E. Lessing turar edi. U o’zining “Loakoon va Hamburg dramaturgiyasi” asarida ma’rifaparvarlik realizmi asoslarini ishlab chiqdi. Ma’rifatparvarlik realizmi bu uyg’onish davri realizmidan keyingi jahon reaslistik san’ati rivojlanishining navbatdagi bosqichidir. Ma’rifatparvarlik –realistlar (Lessing, Shiller, Gyote) o’zlari zamondosh bo’gan jamiyatning ziddiyatlarini o’z pozitsiyalaridan turib ifodalaydilar. Hayotning tarixiy haqiqati manzaralarini chizadilar. Ular o’z asarlarida ijobiy qahramon obrazini yaratar ekanlar, ularni yuksak ma’rifatparvar davrning peshqadam kishilari etib tasvirlaydilar. (Lessingning Odoardo, Minna fon Betnxelm va Shillerning Ferdenand, Luisa Miller va b.) Ma’rifatparvarlik realizmida ikki qatlam ko’zga tashlanadi: real (bemaniliklarni fosh etuvchi) va ideal (go’zallikn o’ziga qamragan ideal). Ammo ma’rifatparvarlik “ideallik” o’ylab topilgan to’qib chiqarilgan narsa bo’lmay, u hayotdan olingan va katta obyektiv mazmunni o’zida mujassamlashtiradi.
Bu kayfiyat Gyote va Shillerning ilk ijodida to’laligicha o’z tajassumini topgan.
Uchinchi davr yozuvchilari (70-80 yillar) o’zlarini shtyurmerlar deb atab, o’zlari mansub yo’nalishni “Bo’ron va hujum ” (Sturm und Drang) deb nomlaganlar.
Shtyurmerlik adabiyoti isyonkor qahramonning qaror topishi, unda katta hayotiy konkretlik, yorqin ifodalangan induvidual chizgilar bo’lish bilan xarakterlidir.
Nemis ma’rifatparvarlik adabiyotining to’rtinchi bosqichi (XVIII asr, 80-90 yillarning ikkinchi yarmi) klassisizm tendensiyalari alohida “Vaymar variant”da qayta jonlangan. Bu yo’nalish amaliy jihatdan samarasiz bo’lgan shtyurmerlar isyonkorlariga javob tarzda bunyodga kelgan edi. Nemis xalqi inqilobiy kurashga tayyor emas. Voqelikni inqilobiy metod bilan o’zgartirishdan hafsalasi pir bo’lgan. Gyote va Shiller gumanizm insoniyatni estetik tarbiyalash tomoniga o’tadi.
“Vaymar klassisizmi”ning eng na’munali asarlari qatoriga Gyotening “Ifigeniya tavridda” , Shillerning antik mavzudagi she’rlari “Gretsiya xudolari” kiradi. Vaymarda XVIII asr fransuz inilobi arafasida va jaroyonida yaratilgan yuqoridagi asarlar qahramonlari isyonkor tarzda emas, gumanistik fikrlovchi kishi sifatida, o’z insoniyligi bilan o’z atrofidagilarga ijobiy ta’sir etuvchi kishi sifatida ifodalanadi. “Vaymar klassisizmi”da eng avvalo hayotning ijobiy, ideal xodisalari o’z ifodasini topgan. O’zida yuksak ijobiy ideallarni mujassamlantirgan axloqiy go’zal inson bunday asrlarning qahramonlaridir (Ifigeniya, Tass, Vilhelm Tell, Hoappa va b.). “Vaymar klassisizmi” garchi boshqa yo’nalishlardan ayricha ish ko’rgan bo’lsa ham, tarixning katta haqiqatini aks ettirishda realizmga yaqin edi.
BO’RON VA HUJUM” DAVRI ADABIYOTI
XVIII asrning 70-80 yillarida nemis adabiyotida o’z ravnaqining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu adabiyot dastavval Gyote va Shillerning ilk ijodlari, Xerder, Lens, Klenger, Shubort, Byurger, Foss ijodlari orqali namoyon bo’lgan bo’lsa va o’z hujumini feodal jamiyatga qaratgan bo’lsa, keyinchalik bu xujum ijtimoiy xarakter kasb etib tarixda konkret, erksevarlik hissiyotlari bilan yo’g’rilgan edi. Bu adabiy harakat “Bo’ron va hujum” (strum und Drang) nomini Klingerning shu nomdagi dramasi nomini oldi, mazkur adabiyot namoyondalari esa shtyurmerlar deb atala boshladi.
“Bo’ron va hujum ” adabiyoti vakillari ma’rifatparvarlik mafkurasi bilan organik tarzda bog’liq holda ish olib bordilar. Ular asl feodal kayfiyatda bo’lib, knyaz despotizmini qattiq tanqid qildilar, hur fikrlilik uchun kurashdilar. Bu yillarda ular Lessingning eng yaxshi an’analarini davom ettiradilar.
Ammo Lessingdan farqli o’laroq shaxs hissiyotini keskinlashgani bilan xarakterlidir. “Bo’ron va hujum” adabiyoti qahramonlari individual jihatdan betakrordir. (Verter, Gers, Karl Moor, Fiekso va b.) Ular to’la ma’noda individual va tipiklikni yagona birlikka aylantirgan edilar.
“Bo’ron va hujum”ning buyuk nazariyotchsi Xerder bo’lib, u o’z maqolalar va tadqiqotlarida yozuvchilar e’tiborini milliy xarakterlar yaratishga ifodalanayotgan voqealardagi individual chizgilarni berishga qaratmoqlari lozimligini uqtiradi.
Xerder sharqiy Prussiyaning kichik shaharchasi Morungenda kambag’al maktab o’qituvchisi xonadonida 1744 yilda dunyoga kelgan. O’n yoshga yetar-yetmas uni rohibga xizmatkorlikka berishadi. U uy yumushlari bilan bir qatorda o’z xo’jayinining geologik matnlarini ko’chirish bilan band bo’ladi.
1764 –yilda Xerder Keningsbergga xirurg bo’lish ilinjida boradi, ammo geologik fakultet talabasi bo’ladi. Unda ayniqsa Sh. Kontning tabiiy fanlar bo’yicha ma’ruzalari katta taassurotlar qoldiradi. Kaytning dunyoni o’zgaruvchanligi haqidagi ma’ruzalari g’oyalari ayniqsa Xerderda ayricha taassurot qoldirib, bu g’oyalar keyinchalik o’z tadqiqotlarida katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqil mutolaa uning dunyo qarashini shakllanishida alohida rol o’ynaydi. U Leybnits, Volter, Baumgarten, Yum, Nyuton va boshqa faylasuflar va tabiatshunoslar asarlari bilan tanishadi, Russo ijodi bilan oshno bo’lish unga alohida ta’sir ko’rsatadi. Talabalik yillari va undan keyin ham Xerder o’z qiziqish deposining kengligi bilan atrofdagilarni hayratga solar edi.
Xerderning adabiy faoliyati 1764-69 yillarda u Rigada Dom ibodatxonasi pasteri bo’lib ishlagan yillari boshlandi. U bu yillari qator maqolalar – “eng yangi nemis adabiyoti haqida chizgilar” (über die neuere deutsche Literatur, Fragmente), “tanqidiy o’rmonlar” (Die Kritische Wulder) yozdi va ularda Xerderning adabiy asar tahliliga novatorona yondashuv yaqqol ko’rinib turar edi.
1770-71 yillarda Strasburgdaligida Gyote bilan tanishadi va u bilan yaqinlashuvi keyinchalik Gyotening, “Bo’ron va Hujum”ga bo’lgan estetik qarashlarini qaror toptirishda muhim rol o’ynaydi. Bu uchrashuvning natijasi sifatida ular tuzgan majmua “San’atda nemis xarakteri” (von deutschen Art und Kunst 1773) bo’ladi. Bu majmuada Gyote me’morchilik haqida, Xerder Shekspir ijodi to’g’risida va xalq qo’shiqlari haqida maqolalar e’lon qiladilar.
1771-75 yillari avval Byupperburgda, keyin Gyote homiyligida Vaymarda yashay boshlaydi va saroy maslahatchisi lavozimida faoliyat ko’rsatadi, umrining oxirigacha shu shaharda yashab ijod etadi.
Xerder ijodining Vaymar davrida uning eng muhim asarlari yozilib, ularda Xerderning jahon adabiyoti haqidagi nuqtai-nazarlari to’laqonli va yorqin o’z ifodasini topgan. “Insoniyat tarixi falsafasi g’oyalari” (Ideen zur Philosophie der Geschichte der Menschheit , 1784-1791) , “Qo’shiqlarda xalq ovozi” (Stimmen der Volker in Lieder 1778-1791), “Insoniylikni taqdirlash uchun maktublar” (Briefe zur Beforderung der Humanität 1794-1797), Kolligone va b.
Xerder, shuningdek, she’rlar va dramalar ham yozgan ammo uning ijodi progressiv g’oyalar ustidan bo’lsa-da, badiiyligi tomonidan ajralib turmagan. Unga dunyoviy shuhrat keltirgan asarlar, falsafiy adabiy-tarixiy asarlardir.
Xerder jahon madaniyati tarixini barcha zvenolari o’zaro bir biri bilan bog’liq betakror jarayon sifatida qaraydi. Harbiy tarixiy davr, har bir xalq o’ziga xoslik muhri bosilgan badiiy qadriyatlarni yaratadi va u insoniyat ruhiy- estetik dunyosini boyitadi, deb hisoblaydi. U “Eng yangi nemis adabiyoti haqidagi chizgilar” asarida tilning roliga alohida ahamiyat beradi, tilni badiiy ijod quroli deb baholaydi. U siz na buyuk shoiru – na buyuk nosirlar yaratiladi, deydi, Xerder. Xerder ta’limotiga ko’ra har qanday taqlid poetik qashshoqlikka olib keladi.
Xerder buyuk falklorist sifatida ham mashhurdir. U Germaniyada birinchilardan bo’lib, xalq og’zaki ijodiga e’tibor qaratdi va o’zi ularni yig’ish va ommalashtirish bilan shug’ullandi.
Xerder – folkloristning eng yorqin asarlaridan biri “Qo’shiqlarda xalqlar ovozi” bo’lib, u 6 kitobdan iboratdir. Ularda nafaqat dunyoning sivilisatsiyasiga erishgan xalqlari xalq og’zaki poetik ijodi, shuningdek, hali o’z yozuviga ega bo’lmagan eskimoslar, lailaidlar, madagaskar xalqlari va boshqalarning ijod namunalari ham o’rin olgan.
Xerder estetik tafakkur tarixida chuqur iz qoldirgan olim tadqiqotchi va ijodkordir.



Download 148,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish