Nemis adabiyoti tarixi


REFORMATSIYA DAVRI ADABIYOTI



Download 148,01 Kb.
bet8/23
Sana20.07.2022
Hajmi148,01 Kb.
#825670
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
NEMIS ADABIYOTI TARIXI

REFORMATSIYA DAVRI ADABIYOTI

Ilk gumanistlar, Royxlin, „Noma’lum kishilar xatlari“ning mualliflari, Rotterdamlik Erazm sxolastikaga, cherkov jaholatiga qarshi yo’naltirilgan o’z ijodlari bilan reformatsiyani tayyorlashga zamin tayyorlaydilar.


Katolik cherkovini isloh qilish uchun kurashni aks ettirgan reformatsion harakatni Germaniyada jiddiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sabablari bor edi.
Katolik cherkovining juda katta yerlari b’olib, dehqonlarni ayovsiz ezar, xalqni doimiy muhtojlikda tutishni o’z vazifasi, deb bilar edi. Papa nemis knyazliklari hayotiga aralashar, mamlakatning siyosiy parokandaligini qo’llab- quvvatlar edi.
Bu esa, tabiiyki, nemis jamiyatining kuchli noroziligiga sabab bo’lar edi. Katolisizm hokimligiga qarshi asta-sekin umummilliy oppozitsiya tarkib topa boshladi. Har bir sinf Rimga qarshi kurashda o’z manfaatlarini ko’rar edi.
Nemis knyazlari cherkov yerlarining birlashishini xohlasalar, burgerlar poplarsiz cherkov uchun, dehqonlar esa cherkov va feodal yer egaligiga qarshi sotsial tenglik uchun kurashishni istar edilar. Dehqonlarning talablari eng inqilobiy talablar edi. Nemis Reformatsiya harakatida uchta yo’nalish: knyazlik, Luter rahbarlik qilgan burgerlik va Munser bosh bo’lgan xalq reformatsiyasi mavjud edi. 1517 yili monach Martin Luter (1483-1546) Vittenbergda papa hokimiyatini suiste’mol qiluvchilarga qarshi qaratilgan 95 tezisini e’lon qiladi. Bu katolik cherkoviga qarshi chiqish uchun o’ziga xos signal bo’lib, omma orasida keng tarqaldi. Butun nemis xalqi harakatlantiruvchi kuchga aylangan edi. Luter o’z reformatrlik faoliyatinning dastlabki bosqichida o’zini dadil tutdi. U taklif etgan cherkov islohi protestantizmning ko’rinishlaridan biri edi. Luter har qanday sidqi dildan xudoga ishonuvchi kishi o’z qalbini bevosita xudoga iltijo qilish bilan qutqarishi mumkin, deb o’rgatadi. Bu bilan poplar va Rim papasining vositachiligiga hojat yo’q, demoqchi bo’ladi. U cherkov aqidalarining zarirligi, katolik dogmalarining muqaddasligi haqida cherkov ta’sis etgan qonun-qoidalarining shartligini rad etdi va keyingi paytda noto’g’ri talqin etilgan (teksti buzilgan) “Injil” va “Tavrot”ning tekstlariga bevosita murojaat etishga chaqirdi. Luter o’z ta’limotini alohida g’ayrat bilan himoya qildi. U chaqmoq singari Rim papasi xizmatkorlarining kuydirishga, ulardan qonli o’ch olishga undadi. Papaga qarshi anafemaga berilgan, cherkovdan yuz o’girgan Luter 1520 yili papa bulasini yoqib yuboradi va o’z jasorati bilan xalq hurmatiga sazovor bo’ladi. U hatto Vorms reyxstagida uni (1521 yili) dahriylikda ayblanganlarida ham o’z e’tiqodidan qaytmadi. Bu paytda u reformatsion harakatning haqiqiy dohiysiga aylangan va xalq ko’magiga tayangan edi. Lekin dehqonlar urushi boshlangach, Luter ikkilanib qoldi. Dastlab u isyonchilarga hamdardlik bildirgach, ularning talablari o’rinli ekanligini ta’kidlagan bo’lsa ham, xalq ozodlik alangasi mavjud tuzumga xavf solib, mamlakatning yangi-yangi hududlariga yoyilgan sari Luter sekin-asta O’nglar tomonga o’ta boshlaydi, bora-bora reaksiya lageri tomonda bo’lib qoladi. U o’zining „Dehqonlarni halok etuvchilik qaroqchilik to’dalariga qarshi“degan nazarida knyazlarga isyonchilarni „Bo’g’ish lozim“, deb maslahat beradi. „Qo’zg’oln ko’targan kishidan zaharliroq, zararliroq, shaytonroq maxluq bo’lmasa kerak“, deb yozgan edi. „U, - deb davom etadi Luter,- quturgan itga o’xshaydi, quturganni esa o’ldirish lozim.“ Xristianlarni yarashtirish g’oyasi uchun Luter xalqni sotsial qulikka mahkum etishga, o’z erki uchun kurashish huquqiga qarshi chiqishiga rozi. Shunga qaramay, Luterning xizmatalari shubhasizdir. U Rim papasiga qarshi jamoatchilik fikrini uyg’otdi, Germaniyaning katolik cherkovi azobidan qutula olishiga yordam berdi. Erazm, royxlinlar singari u xalqni turli dogmatik tasavvurlarga tanqidiy yondoshishga o’rgatdi. Bu o’rta asr sharoitida, cherkov fikrlashga emas, toat-ibodatga undab turgan bir paytda juda katta progressiv ahamiyatga ega edi. Luter nemis adabiyoti tarixida ham katta o’rin tutadi. Uning yozuvchilik, tarjimonlik, qo’shiqchilik faoliyati bunga misoldir. Ayniqsa uning “Injil” tarjimoni sifatidagi xizmati buyukdir. Luterning o’z e’tiroficha , o’z tarjimasi “Saksoniya idora tili”ning grammatik normalarini asos qilib olgan bo’lib, bu sheva nemis jamiyati keng tabaqalari orasida tarqalgan edi. Shu bilan birga Luter tarjimasidagi “Injil”leksik sostaviga ko’ra, chinakam xalq kitobi edi. Lug’ati boy jonli xalq tili imkoniyatlaridan keng foydalangan edi. O’z til reformasi bilan Luter nemis adabiy tiliga asos solgan edi. U tarjima qilgan “Injil” Germaniyaning barcha chekkalarida o’qilar, nemislarda yagona til haqidagi tushunchani tarbiyalar, bu esa millatning birlashuviga xizmat qilar edi. Luter didaktik janrda asarlar yaratdi. Ezopga taqlidan “Ezopona masallar” yaratdi(1530) . uning sher va eshak haqidagi allegorik hikoyasida aytilishicha, har ikki jonivor taxtga da’vogarlik qilib, aqllilik va epchillikda bellashadilar. Eshak g’olib chiqadi. Luter hokim tabaqalarning eshaknamo nodonligi haqida hech ikkilanmay yozadi. “Shunday qilib, Eshak qirol bo’lib qoldi, uning ajdodi hozirgi kunda ham barcha hayvonlar ustidan hokim.”
Luter ko’plab diniy qo’shiqlar avtori hamdir. U nemis tiliga psalmalarni tarjima qilib qolmay, o’z ta’limoti prinsiplarini ham himoya qildi. Luter pozitsiyasi emotsional, nemis xalqining Reformatsiya davridagi ruhiy ko’tarinkiligini o’ziga singdirgan optimizm bilan sug’orilgan. Uning “Parvardigor- kuchli madadkor” nomli XVI asr Marselyezasiga aylangan qo’shiqning tekst va ohangini yaratdi.
1524 yili Germaniyada nemis tarixining yirik voqealaridan biri dehqonlar urushi boshlandi.
Dehqonlar ommasining e’tirof etilgan dohiysi va mafkurachisi Tomas Myunser (1540- 1525) edi. U o’zining ijtimoiy- siyosiy programmasida dehqonlar demokratiyasi talablaridan ancha ilgarilab ketgan edi.
XVI asrda Germaniyada T.Myunser g’oyalarini hayotga tadbiq etuvchi va g’alabaga eltuvchi kurashni boshqaradigan sinf mavjud emas edi. O’zi ruhoniy bo’lgan T. Myunser “yerda xudoning jannatini” yaratishga boshqalarni undar edi. U olijanob maqsadlarga xizmat qilishni ruhoniylikni chinakam irodasi, deb bilgan edi. Uning ta’limotiga ko’ra, inson ruhi turli - tuman diniy aqidalar sirtmog’idangina emas, sotsial va siyosiy zulmdan ham ozod bo’lishi kerak. Bu masalada u Luter bilan kelisha olmas edi. Yerda “xudoning jannatini yaratish” mulkdorlikni, sinfiy tengsizlikni yo’qotmay turib mumkin emas, deb hisoblar edi u.
Myunser shaxsiy mulkni tan olmas, mehnatkash xalqqa tegishli bo’lgan siyosiy tuzum uchun kurashar edi. U Luterni insonni o’z erkidan, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etib, dinni ezuvchilar xizmatiga berib, qo’yganlikda aybladi. “Dunyodagi eng yomon narsa,- deb yozadi Myunser,- bechora kambag’alga hech kim yordam qo’lini cho’zmaydi, kuchlilar nima xohlasalar shuni qiladilar… ular barcha jonivorlarni o’z mulklariga aylantirib olganlar. Suvdagi baliqlar, osmondagi qushlar, zamindagi o’simliklarning hammasi ularning ixtiyorida. Shu sababli ular kambag’allar orasida “o’girlik qilma- xudoning irodasi shu”, deb aytadilar-u, o’zlari bunga amal qilmaydilar. Shunday qilib ular barchani qisib- qimtiydilar-kambag’al dehqon va hunarmandlarni talaydilar. Oddiy xalq arzimas narsani olguday bo’lsa, buning uchun uni osadilar, doktor Lugner (aldoqchi Luter demoqchi) bo’lsa, ularga fatvo beradi.
Myunser tolmas siyosiy tadqiqotchi bo’lib, isyon g’oyalarini diniy formada, “Injil”dan keltirilgan misollarga suyangan holda xalq qalbiga singdirar edi. Buning uchun u cherkov kafedrasidan foydalanar, knyazlarning ta’qib qilishiga qaramay uning ma’ruzalarini tinglashga ko’plab kishilar to’planar edilar. Myunser ularning qalbida ezuvchilarga nafrat uyg’otar, ularni kurashga tayyorlar edi.
1524 yili iyunda dehqonlar urushi boshlanib, bir yil mobaynida Germaniyaning katta territoriyasiga yoyildi. Isyonchi dehqonlar qahramonona jang qildilar. Myunser bu paytda Myunxauzenda bo’lib, bu yerda isyonchilar 1525 yil martida hokimiyatni o’z qo’llariga oladilar. Va Myunser rahbarligida kommuna tuzadilar. Lekin kuchlarning teng emasligi Frankenxauzen yaqinidagi jangda Myunser otryadlarining mag’lubiyatiga sabab bo’ladi. O’zi raqiblari tomonidat tutilib, turli qiynoqlarga duchor qilinadi va 1525 mayida o’ldiriladi.
Dehqonlar urushi voqealari feodal tuzumiga qarshi zarba bo’ldi. Buni aks ettirgan katta adabiyot paydo bo’ldi. Revolutsion lagerda tarqatilgan varaqalar qo’ldan- qo’lga otdi, sayyohlar boshqa joylarga ham tarqatdilar. Bular hammasi jonli nemis tilida yozib olganligidan xalq orasiga tez yetib borar, ko’pchilikning mulkiga aylanar edi. Eng ommaviy janr qo’shiq bo’lib, u kurashga ilhomlantirar, kishilarni jangga chorlar edi.

6-MA’RUZA


Burgerlik adabiyoti


6.1. Axmoqlar satirasi


6.2. Sebastian Brant va burgerlik satirasi


6.3. X.Saks va uning “Ishyoqmaslar ” aatirasi


6.4. Uyg’onish davri va xalq kitoblari





Download 148,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish